O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1999 – 2001 YILLARDA VA 2005 YILGAChA BO‘LGAN DAVRDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BALIQ VA BALIQ MAHSULOTLARI IShLAB ChIQARIShNI KO‘PAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi amalga oshirilishini ta’minlash, baliq va baliq mahsulotlarini sanoat asosida ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va aholining ularga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbaliq” aksiyadorlik kompaniyasining respublika manfaatdor idoralari bilan kelishilgan 1999 — 2001-yillarda va 2005-yilgacha bo‘lgan davrda:
hovuz xo‘jaliklarida baliq va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish, ularni tabiiy suv havzalaridan ovlash, fermer xo‘jaliklarida yetishtirish, shuningdek baliq konservalari ishlab chiqarish hajmlari bo‘yicha takliflari 1 — 3-ilovalarga* muvofiq;
* 1—3 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
“O‘zbaliq” aksiyadorlik kompaniyasining eksport quvvatini rivojlantirish bo‘yicha takliflari 4-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 289-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 13-son, 86-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga va “O‘zbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi tegishli tijorat banklariga 5-ilovaga* muvofiq tarmoq korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash uchun va import o‘rnini qoplash dasturi bo‘yicha 6-ilovaga* muvofiq baliq-konserva korxonalari qurilishi uchun 1999 — 2001-yillarda belgilangan tartibda uzoq muddatli kreditlar berish tavsiya etilsin.
* 5-6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 289-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 13-son, 86-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mo‘ynoq va boshqa kichik baliq-konserva korxonalari quvvatlarini ish bilan ta’minlash uchun o‘z xomashyo bazasini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga “O‘zbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida kaspiy mayda balig‘ini iqlimlashtirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida 1999-yil 1-avgustgacha xulosa tayyorlash topshirilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 289-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 13-son, 86-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. “O‘zbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida tarmoqni Tiklash va rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilsin, unga:
(4-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 289-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 13-son, 86-modda)
baliqchilik xo‘jaliklarini qayta tiklash va texnika bilan qayta jihozlash, zamonaviy, eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarishlarni yaratish;
baliqlarning yangi turlarini iqlimlashtirish, havzalarga mayda baliqlarni qo‘yib yuborish va tabiiy suv havzalari mahsuldorligini oshirishga yo‘naltirilgan baliqchilik-melioratsiya ishlarini amalga oshirish;
baliq yetishtirishni ko‘paytirishni ta’minlovchi infratuzilmani yaratish tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash vazifasi yuklansin.
Quyidagilar Tiklash va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat aksiyalari paketlari bo‘yicha olingan dividendlarning 25 foizi;
(4-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 289-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 13-son, 86-modda)
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
5. “O‘zbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Tiklash va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni 20 kun muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazsin.
(5-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 289-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 13-son, 86-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli foydalanilishini qattiq nazorat qilsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari baliqchilik xo‘jaliklariga ajratilgan yerlarning boshqa maqsadlarda foydalanilishiga, ularning paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish uchun ajratilishiga yo‘l qo‘ymasinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.M.Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 14-iyul,
344-son