Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO VALYUTA JAMGʻARMASI BILAN HAMKORLIKNI ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro valyuta jamgʻarmasi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Valyuta va tashqi savdo tizimini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishga kompleks yondashishni ishlab chiqish uchun Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan qoʻshma ishchi guruh ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
2. Ishchi guruh Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida xalqaro amaliyotda qabul qilingan uslubiy yondashuvlardan kelib chiqib va respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olib tashqi savdoni tartibga solishni yanada soddalashtirish, birjadan tashqari valyuta bozorini mustahkamlash, valyuta tizimini erkinlashtirish va milliy valyutaning joriy operatsiyalar boʻyicha konvertatsiya qilinishiga erishish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni, shuningdek teng muvozanatli almashtirish kursini belgilashga doir takliflarni 1998-yil 1-maygacha ishlab chiqsin.
3. Ishchi guruh raisi ishchi guruh dasturi va faoliyati jadvalini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va kelishish uchun kiritsin.
4. Ishchi guruh Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ekspertlari bilan birgalikda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan hamkorlik qilishga yondashuvlar va uning prinsiplari boʻyicha takliflarni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Markaziy bank, Davlat bojxona qoʻmitasi, boshqa vazirliklar va idoralar ishchi guruh aʼzolarining soʻrovlari boʻyicha barcha zarur axborotlarni belgilangan tartibda taqdim etsinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 18-mart,
118-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-martdagi 118-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Valyuta va tashqi savdo tizimlarini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishga kompleks yondashishni ishlab chiquvchi ishchi guruh
TARKIBI
| 1. Mullajonov F. M. | — | Markaziy bank raisi, ishchi guruh Raisi |
| 2. Guskova T. N. | — | Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari , ishchi guruh raisining oʻrinbosari |
| 3. Rozenberg K. | — | Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakilligi boshligʻi (kelishuvga koʻra) |
| 4. Golishev V. A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi (kelishuvga koʻra) |
| 5. Saidova G. K. | — | Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi |
| 6. Normurodov M. B. | — | Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari |
| 7. Gʻofurov Sh. R. | — | Makroiqtisodiyot va statistika vazirining birinchi oʻrinbosari |
| 8. Askarov M. A. | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi oʻrinbosari |
| 9. Abduqodirov A. M, | — | Davlat mulki qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| 10. Azimov R. S. | — | Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Boshqaruvi raisi |
| 11. Qoʻchqorov J. A. | — | Moliya vazirining oʻrinbosari |
| 12. Mannopbekov N. T. | — | Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti boʻlimi boshligʻi |