O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA O‘ZGARTISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2009-yil 13-noyabrdagi PF-1227-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-yanvar,
PF-4164-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 4-yanvardagi PF-4164-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritiladigan o‘zgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-son Farmoni ilovasining o‘n beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimi bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlanish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentining mudiri”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni 2-ilovasining o‘n yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimi bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlanish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudirining birinchi o‘rinbosari, ishchi guruh kotibi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 1-2-son, 1-modda)