05.01.2010 yildagi 2-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QUTQARUV XIZMATLARI VA QUTQARUV TUZILMALARINI FAVQULODDA VAZIYATLARNI BARTARAF ETISHGA JALB QILISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A.Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 5-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasiga muvofiq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qutqaruv ishlarini (keyingi oʻrinlarda “qutqaruv xizmatlari” deb ataladi) amalga oshirishga qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini jalb qilish sohasida huquqiy tartibga solishni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qutqaruv xizmatlarini jalb qilish — qutqaruv ishlarini amalga oshirishda boshqaruv organlarining, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish vazifalarini hal etish uchun zarur boʻlgan kuch va vositalarning qatnashishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar roʻy berganda oʻtkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar roʻy bergan zonalarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslikka hamda xavfli omillar taʼsirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan ishlar kompleksi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda kechiktirib boʻlmaydigan ishlar — bu qutqaruv ishlarini har tomonlama taʼminlash, favqulodda vaziyatlarda jabrlangan aholiga tibbiy va boshqa yordam koʻrsatish, odamlarning hayoti va sogʻligʻini saqlash uchun eng kam zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish, ularning ish qobiliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbari — favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etilgan kuchlar va vositalarga bevosita rahbarlik qiladigan hamda oʻz vakolatlariga muvofiq ularning oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtiradigan mansabdor shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatni bartaraf etish shtabi — favqulodda vaziyatning xususiyatini baholash, uni lokalizatsiya qilish va bartaraf etish, bevosita ofat yuz bergan tumanda aholi, hududlar va atrof muhitni himoya qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish uchun favqulodda vaziyatni bartaraf etish ishlari rahbarining qarori bilan tashkil etiladigan organ.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Qutqaruv xizmatlarini jalb qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qutqaruv xizmatlarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatilayotgan obyektlar va hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishga doir harakatlar rejasiga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar roʻy bergan va ularning koʻlami kengaya boshlagan taqdirda belgilangan tartibda;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatiga rahbarlik qilayotgan yoki buning uchun qonunchilikda belgilangan vakolatlarga ega boʻlgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari mansabdor shaxslarining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yirik koʻlamli tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar roʻy berganda shoshilinch qutqaruv ishlarini bajarish va jabrlangan aholiga yordam koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining muhandislik—sapyorlik boʻlinmalari, kimyoviy himoya boʻlinmalari va boshqa harbiy boʻlinmalari, harbiy-transport aviatsiyasi va harbiy-tibbiy xizmat muassasalari jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qutqaruv xizmatlarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish vakolatiga ega boʻlgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlarning, shu jumladan jamoat birlashmalarining mansabdor shaxslari qarori bilan qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan obyektlar va hududlarning favqulodda vaziyatlardan himoyalanganligi darajasini taʼminlaydigan chora-tadbirlar majburiy tartibda koʻrilishi bilan birga olib borilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qutqaruv xizmatlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilingan qutqaruv xizmatlari ishiga rahbarlik qilish va ularning oʻzaro hamkorligini tashkil etish favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lokal favqulodda vaziyatlarda — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar va obyektlarning rahbarlari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transchegaraviy va respublika miqyosidagi favqulodda vaziyatlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qutqaruv xizmatlarini jalb etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarining vakolatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transchegaraviy va respublika miqyosidagi favqulodda vaziyatlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lokal favqulodda vaziyatlarda — davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlar tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Odamlarning hayoti va sogʻligʻiga bevosita tahdid boʻlganda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari mustaqil ravishda quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqlidir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
evakuatsiya tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar zonalaridagi obyektlarda va hududlarda qutqaruv ishlarini olib borish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar zonalariga kirishni cheklash toʻgʻrisida;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun favqulodda vaziyatlar zonalaridagi tashkilotlarning moddiy resurslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish toʻgʻrisida;
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari va jamoat qutqaruv tuzilmalarini, shuningdek qutqaruv ishlari olib borishga boʻlgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlgan taqdirda, mazkur tuzilmalar tarkibiga kirmagan qutqaruvchilarni favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishga jalb qilish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qutqaruvchi boʻlmagan ayrim fuqarolarni kechiktirib boʻlmaydigan qutqaruv ishlarini olib borishga ixtiyoriylik asosida jalb qilish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar koʻlamining kengayib borishi va ularni bartaraf etish ishlarining borishi taqozo etgan boshqa zarur choralarni koʻrish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari qutqaruv ishlarini bajarishga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lokal favqulodda vaziyatlarda — favqulodda vaziyatlar roʻy bergan joydagi tashkilotlar yoki obyektlarning qutqaruv tuzilmalarini, shuningdek Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining shaharlar va tumanlar hududiy kichik tizimlarining yigʻma qutqaruv tuzilmalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda — Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining hududida favqulodda vaziyatlar roʻy bergan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy kichik tizimlarining qutqaruv xizmatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transchegaraviy va respublika miqyosidagi favqulodda vaziyatlarda — Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining hududida favqulodda vaziyatlar roʻy bergan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hududiy kichik tizimlarining qutqaruv xizmatlarini jalb etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agar favqulodda vaziyat koʻlamlarini mavjud kuch va vositalar bilan lokalizatsiya qilish va bartaraf etish imkoni boʻlmasa, favqulodda vaziyatni bartaraf etish ishlari rahbari yordam soʻrab davlat yoki xoʻjalik boshqaruvining yuqori organiga yoki roʻy bergan favqulodda vaziyat tasnifini hisobga olgan holda zarur yordam koʻrsatishi yoki favqulodda vaziyatni bartaraf etishga rahbarlik qilishni oʻz zimmasiga olishi mumkin boʻlgan mahalliy davlat hokimiyati organiga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning kuch va vositalari yetarli boʻlmaganda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining kuchlari va vositalari jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Favqulodda vaziyatlarning xususiyatlarini baholash, ularni lokalizatsiya qilish va bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, bevosita ofat yuz bergan tumanlarda aholi, hududlar va atrof tabiiy muhitni himoya qilish uchun tegishli rahbarlarning qarorlari bilan operativ shtablar tashkil etilishi mumkin. Operativ shtablarning boshliqlari favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish rahbarlarining oʻrinbosarlari hisoblanadi, ularning tarkibiga esa manfaatdor davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Favqulodda vaziyatni bartaraf etish tezkor shtabining funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Quyidagilar favqulodda vaziyatni bartaraf etish tezkor shtabining funksiyalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatni bartaraf etishga jalb qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining qutqaruv xizmatlari oʻzaro hamkorligini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qutqaruv ishlarini rejalashtirish va amalga oshirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qutqaruv xizmatlarini qutqaruv ishlarini amalga oshirishga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari qutqaruv xizmatlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Shtab boshligʻining qabul qilinadigan barcha qarorlari, buyruqlari va farmoyishlari roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda belgilangan tartibda ijrochilarga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Favqulodda vaziyatni bartaraf etishga jalb qilingan qutqaruv xizmatlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Favqulodda vaziyatlarning turi va koʻlamlariga qarab qutqaruv xizmatlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika darajasida — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tuzilmasida qutqaruv xizmatlari mavjud boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va obyekt darajasida — mahalliy davlat hokimiyati organlari va favqulodda vaziyatlar boʻyicha hududiy boshqarmalar tomonidan idoraviy mansub hududlardagi tashkilotlar va obyektlarning qutqaruv xizmatlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilinadigan va unda qatnashadigan qutqaruv xizmatlari favqulodda vaziyatni bartaraf etish ishlari tegishli rahbarining tezkor boʻysunishiga jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Jalb qilingan kuch va vositalarni moddiy va moliyaviy taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Taʼminlash turlari boʻyicha hamkorlik qilish jalb qilingan qutqaruv xizmatlarining ehtiyojlarini imkoni boricha toʻliq qondirish va jabrlangan aholini zarur moddiy va texnik vositalar bilan taʼminlash maqsadida tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlarini hamda amalga oshirilayotgan qutqaruv ishlarini moddiy va moliyaviy taʼminlashni tashkil etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan tashkilotlarning rahbarlari va xodimlari ishlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi uchun belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qutqaruv xizmatlari favqulodda vaziyatlar roʻy bergan joyga qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat taʼminlash moʻljali bilan butlangan malakali mutaxassislar va jihozlangan maxsus texnika, asbob-uskunalar, anjomlar va boshqa qutqaruv vositalari bilan keladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlarini moddiy va moliyaviy taʼminlash favqulodda vaziyatlar zonasidagi obyektlar va tashkilotlarning mablagʻlari, ushbu obyekt va tashkilotlar mansub boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari mablagʻlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari va boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mablagʻlar yetarli boʻlmaganda yoki koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar mavjud boʻlmaganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻ ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Qutqaruv ishlarini toʻxtatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Qutqaruv xizmatlari qutqaruv ishlarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlarining qarorlari asosida toʻxtatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Favqulodda vaziyatlarning ikkilamchi omillari yuzaga kelishi xavfi mavjud boʻlgan ayrim uchastkalarda qutqaruv ishlarini toʻxtatish favqulodda vaziyatlarni tugatishda aholi va hududlarning xavfsizligini taʼminlash sohasida bajarilgan ishlar natijalari toʻgʻrisida ekspert komissiyasining tegishli xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda favqulodda vaziyatni bartaraf etish ishlari rahbarining qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ekspert komissiyasini tashkil etish, uning shaxsiy tarkibini, vazifalari va faoliyat koʻrsatishini belgilash masalalari roʻy bergan favqulodda vaziyat tasnifi hisobga olingan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining tegishli rahbari qarori bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Qutqaruv xizmatlarini favqulodda vaziyatni bartaraf etishga jalb etish toʻgʻrisida _____________________________________________________ ning‎‎

(qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladigan shaxsning lavozimi) ‎‎

QARORI ‎

‎‎___________________________________________________________ asosida

‎‎(qutqaruv ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi hujjatning nomi, raqami va sanasi)

‎‎quyida sanab oʻtilgan qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining jangovar boʻlinmalari qutqaruv ishlariga jalb qilinsin:

‎‎1. ________________________________________________________________

‎‎(qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari yoki jalb qilinadigan boshqa boʻlinmaning nomi. Ot kuchi va texnika soni koʻrsatiladi)

2. ________________________________________________________________
3. ________________________________________________________________
4. ________________________________________________________________
5. ________________________________________________________________
6. ________________________________________________________________
7. ________________________________________________________________

Yuqorida sanab oʻtilgan boʻlinmalar issiq ovqat, shaxsiy tarkib va texnikani joylashtirish uchun joy bilan taʼminlansin.‎

‎‎__________________________________________________________________

(Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan shaxsning lavozimi., imzosi F.I.O.)‎‎

_____________________‎

(sana)‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 7-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)