O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida” 2009-yil 30-oktabrdagi 1083-I-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida” 2009-yil 4-dekabrdagi 693-I-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar ikki hafta muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-dekabr,
PF-4158-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 21-dekabrdagi PF-4158-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2010-yil 1-yanvardan kiritiladigan o‘zgartishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 16-iyundagi PF-871-son Farmoni 3-bandining uchinchi xatboshidagi “ijtimoiy sug‘urta” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 11-avgustdagi PF-6277-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2003-yilning 1-aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘rniga kompensatsiya pul to‘lovlarini joriy etish to‘g‘risida” 2003-yil 27-martdagi PF-3227-son Farmoni 3-bandidan “va budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-yilning 1-mayidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2005-yil 13-apreldagi PF-3596-son Farmoni bilan tasdiqlangan, uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha har oyda kompensatsiya pul to‘lovlari beriladigan shaxslarning imtiyozli toifalari ro‘yxatidan 1 va 2-bandlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi PF-6112-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 06/20/6112/1517-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 558-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 06/20/6112/1517-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son)