18.12.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2056
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 18.12.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2056
Kuchga kirish sanasi
28.12.2009
Hujjat 30.03.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TABIIY TOSHDAN BUYUMLAR (PLITALAR, BLOKLAR) ISHLAB CHIQARISHDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 18-dekabrda 2056-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi 267-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tabiiy toshdan buyumlar (plitalar, bloklar) ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir v.b. A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 12-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68-B-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 12-noyabrdagi 68-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy toshdan buyumlar (plitalar, bloklar) ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalar tabiiy toshdan buyumlar (plitalar, bloklar) ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalar tabiiy toshdan buyumlar (plitalar, bloklar) ishlab chiqarish tashkilotlariga (bundan keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 6-2026/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3798, 27.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3798/0288-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 6-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3798, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3798/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 6-2026/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3798, 27.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3798/0288-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati vazifalariga tashkilotda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi boʻyicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish va ushbu ishlar oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi va xizmatchilar bilan yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriq berish, oʻqitish va ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish ishlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tashkilotlarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari, bilimlari sinovdan oʻtkazilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bogʻliq ishchilar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 6-2026/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3798, 27.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3798/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan kasblar va ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xom ashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bogʻliq xavflar hisobga olinishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar hamda amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻta xavfli ishlarga faqat maxsus oʻqitilgan, ushbu ishlarni bajarish huquqini beruvchi hujjatga ega boʻlgan xodimlar qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 6-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3798, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3798/0288-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda masʼul xodim qoʻl qoʻyib rasmiylashtirilgan maxsus naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tashkilot (sex) rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, ishchilarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻirligi ish joylarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya qilish orqali tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Har bitta tashkilot yoki alohida ishlab chiqarish xavfli va zararli mehnat sharoitlarga ega boʻlgan kasblar, ish oʻrinlari va hududlarining Sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiq zararlilik va xavflilik sinfi koʻrsatilgan roʻyxatiga hamda ishlab chiqarish omillarining zararlilik va xavflilik koʻrsatkichlari, mehnat jarayonining ogʻirlik koʻrsatkichlari boʻyicha mehnat sharoitlarining amaldagi gigiyenik tasnifiga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoxud yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda roʻyxatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tashkilotlarda zararli ishlab chiqarish omillarining taʼsirini kamaytirish yoki ularni bartaraf etish uchun jamoa va yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlik oʻrinlari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik elektr, uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Yakka tartibdagi himoya vositalari quyidagi turlarga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus kiyim-kechak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus poyabzal;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus bosh kiyimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nafas aʼzolarining himoya vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻlni himoyalash vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh uchun himoya vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuzni himoyalash vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eshitish aʼzolarini himoya qilish vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻzni himoya qilish vositalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tashkilot maʼmuriyati xodimlarni belgilangan meʼyorlarga muvofiq, kerakli yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlashi, ulardan foydalanish muddatlariga hamda saqlash, yuvish, tozalash va taʼmirlash boʻyicha zaruriy shartlariga rioya qilinishini taʼminlagan holda yakka tartibdagi himoya vositalarini berish hisobini yuritishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Kasbiy tanlov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tashkilotlarda kasbiga koʻra tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tashkilot mutaxassislari, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori boʻlgan boshqa ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Xavfli ishlarga tegishli kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlashga haqli emas.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotlarga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi majburiy tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va tavsiyalarning bajarilishi uchun javobgarlik tashkilotning maʼmuriyati zimmasiga yuklanadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tashkilot maydonlari va binolarning joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” talablariga mos boʻlishi kerak.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish, hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Tashkilotda avtoyoʻllar yoki piyoda yoʻlkalari bilan tutashgan ichki tashkilot temir yoʻllari uchrashgan joylarda avtoyoʻllar va piyodalar uchun oʻtish yoʻllari boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangani boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Yilning yoz vaqtida yoʻlkalar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Tashkilotlarda harakatlanuvchi temir yoʻl sostavlarini intensiv harakatlanishiga oʻtish joylari avtomatik signal bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarni (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Hoʻl jarayonlardagi xonalarda, hamda issiq oʻtkazuvchi pollarda (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlovchi ishchi joylarida yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanishni taʼminlashi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga mos kelishi kerak.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga mos kelishi lozim.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Binoga transport vositalarini kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Avtomobil transportini binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan avtomobillar eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Barcha tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish va holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Koʻrik xulosalari, ulardan topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Halokatni bartaraf etilguncha ishlab chiqarish jarayonlari xavfli hududlarda toʻxtalishi lozim, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Oʻtish joylarida (galereyalarda, zinalar maydonchalarida va shunga oʻxshash) joylashgan isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga oʻxshashlar), ruxsat etilgan oʻtish yoʻlkalarini enini kamaytirmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Ishchi joylariga ochiq darvoza, eshik yoki texnologik teshikdan keluvchi havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishda 21° S, oʻrta ogʻir ishda 17° S, ogʻir ishda 16° S dan past boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Xodimlarni isinishi uchun xonalarda havo harorati 22° S dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Binolarda joylashgan ishchi maydonlaridan, xodimlarni isinish xonalarigacha boʻlgan masofa 75 m, tashkilot maydonidagi ishchi joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-§. Suv taʼminoti va oqova suvlar tizimiga qoʻyiladigan talablar
(11-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlar tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Tashkilotni ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi oqova suvlariga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi kerak.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Tozalangandan soʻng suvda zararli moddalarni tarkibi sanoat tashkilotlarini loyihalashtirish sanitar normalari oʻrnatgan, chegaralangan ruxsat etilgan konsentratsiyasidan oshib ketishi kerak emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Issiq va qoliplash sexlarida, bugʻlantirish kameralari boʻlinmalarida va qozonxonalardagi ishchilar smenada, tarkibida 0,5% gacha tuz boʻlgan, bir kishiga 4-5 l hisobida gazli suv bilan taʼminlanishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha boʻlgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Ichimlik suvni harorati 8° S dan 20° S gacha boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va oqova suvlar tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Tashkilotda oqova suvlar tizimi yoʻq boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish oqova suvlariga dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralariga ruxsat etiladi.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Tashkilot maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sunʼiy yoritishlar SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Avariya yoritish tarmoqlariga birorta elektr energiya isteʼmolchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarni sozligi kamida chorakda bir marta tekshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Yorugʻ tushuvchi oynalarni yilda ikki martadan kam boʻlmagan holda tozalash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) toʻsib qoʻyishga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Sunʼiy yoritishda ikki tizim ishlatiladi: umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Uchastkalarda va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan holi holda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Yuqori xavfli xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Oʻta xavfli xonalarda, xonalardan tashqari, hamda uskunalar va inshoatlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarni kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. Barcha koʻchma yoritqichlar himoyalanish darajasi 1R54 dan kam boʻlmagan va metall himoyalanish toʻri hamda shisha qalpoq bilan uskunalangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-§. Mehnat va dam olish yuzasidan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Tashkilotlarda xodimlarning ish vaqti, dam olish vaqti, shuningdek qisqartirilgan ish vaqti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻta zararli va oʻta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan davomiyligining talablari inobatga olingan holda, tashkilotlarning ichki mehnat qoidalari asosida belgilanadi.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Texnologik hujjatlarda hisobga olinishi lozim boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Tabiiy toshga ishlov berish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Texnologik jarayonlar xavfsizligini taʼminlash uchun quyidagi choralar nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) texnologik jarayon tanlaganda, zararli ishlab chiqarish omillari eng kam ifodalangan texnologik jarayonlarni qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) zararli ishlab chiqarish omillari boʻlganda kompleks mexanizatsiya, avtomatizatsiya, texnologik jarayonlarni va operatsiyalarni masofadan boshqarishni qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) himoya vositalarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) texnologik uskuna qayta jihozlaganda, tayyorlanganda, yigʻilganda va foydalanilganda xavfsizlik choralari nazarda tutilishi va ish xonasi havosiga zararli chiqindilarni chiqishini kamaytirish yoki ularni oldini olish choralari nazarda tutilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ish xonalari havosida zararli chiqindilarni toʻliq kamaytirishning iloji boʻlmasa, xonalar va uchastkalarning ish hududlarida mumkin qadar uning tarqalishini kamaytirish maqsadida, zararli moddalar ajralib chiqadigan joydan havoni soʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Toshga urib ishlov berish ishlari alohida xonalarda yoki alohida boʻlgan ish joylarida balandligi 2 m dan kam boʻlmagan ovoz yutuvchi ekran bilan toʻsilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Ogʻirligi 20 kg dan ortiq boʻlgan plitalarga ishlov berish texnologik jarayonlarida bitta operatsiyadan ikkinchisiga oʻtkazilishi mexanizatsiya vositalari (arava, rolgangda) yordamida bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Toshga arralash va silliqlash-pardozlash dastgohlarida ishlov berilganida sovutish suyuqliklarini berib turish lozim. Agarda sovutish suyuqligini berish toʻxtab qolsa jihozlarni avtomatik toʻxtashi nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Toshlarga ishlov berish texnologik jarayonlaridagi oqova suvlar oqova suvlar tizimiga tashlanishidan oldin zararli ishlab chiqarish chiqindilaridan tozalanishi lozim.
(86-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Texnologik jarayonlar tashkil qilinganida va olib borilganida quyidagilar talab qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishlab chiqarish xonalarining ish hududidagi meteorologik sharoitlar va havosidagi chang miqdori GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablar”ga mos kelishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ish joylarida tovush bosimi miqdori oktava polosasida, tovush darajasi va ekvivalent tovush darajasi GOST 12.1.003-83 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari”ga mos kelishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari” talablariga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Ishlab chiqarishda oʻrganilmagan yongʻin va portlash xavfi va toksik xususiyatlariga ega boʻlgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarish jarayonida qoʻllash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Texnologik obyektlarning portlash xavfliligi holati yuzasidan belgilangan tartibda nazorat oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Texnologik jarayonlar joylashtirilgan binolar va xonalarning portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit ishlab chiqarish chiqindilari (oqova suvlari, ventilyatsiya chiqindilari va shu kabi) bilan ifloslanish ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Barcha ishlab chiqarish sexlari, xom ashyo va tayyor mahsulot omborxonalari, maʼmuriy va boshqa yordamchi binolar hamda inshootlar dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Ventilyatsiya tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Har bir sex, uchastka, omborda mavjud meʼyorlar asosida, hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Tashkilotlarda barcha ishlab chiqarish, yordamchi va maishiy xonalarda yongʻin xavfsizligiga javobgar shaxs tashkilot rahbariyatining buyrugʻiga asosan tayinlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Tashkilotlarda yongʻin xavfsizligi idoralari tomonidan belgilangan meʼyorlarda yongʻinga qarshi kurashish uchun oʻt oʻchirish vositalari boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi texminimumi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va ularga tegishli yoʻl-yoʻriqlar berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Bino va yongʻin suv manbai yoʻlaklari, xamda yongʻin vositalari va uskunalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak. Binolar oraligʻidagi yongʻinga qarshi masofa uzilmalarida materiallar, uskunalar, boʻsh idishlarni taxlash va avtomobil toʻxtov joyi uchun ishlatishga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Xodimlar himoyasini va ishlab chiqarish uskunalarini avtomatik oʻchishini taʼminlovchi texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish tizimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Uskuna va avtomatlashtirilgan liniyalar, ularning ishga tushganligi haqida ogohlantiruvchi yoritish va tovush signallari tizimi bilan taʼminlanadi. Signal elementlari ( qoʻngʻiroq, sirena, lampa) mexanik shikastlanishdan himoyalangan boʻlishi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ish hududida signalni eshitishi va koʻrishini taʼminlab joylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Elektr tokidan shikastlanishning oldini olish uchun ishlab chiqarish uskunasi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xavf manbai boʻlgan ishlab chiqarish uskunasi tok uzatuvchi qismi mustahkam qotirilgan, izolyatsiyalangan, toʻsilgan yoki odamlar uchun oʻtib boʻlmas joyda oʻrnatilgan boʻlishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) elektr uskunaning ochiq boʻlgan tok uzatuvchi qismi eshigi yopiluvchi korpus (shkaf, blok) yoki odamlar uchun oʻtishi mumkin boʻlgan joyda joylashganda yopiq himoya yopqichi (kojuxi) boʻlishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ishlab chiqarish uskunasining metall qismi izolyatsiya shikastlanishi natijasida elektr kuchlanishining xavfli koʻrsatkichi 10-15 mA. taʼsirida boʻlsa, yerga sim orqali ulangan boʻlishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ishlab chiqarish uskunasi elektr zanjiri sxemasida barcha elektr zanjirni taʼminlash tarmogʻidan oʻchirish markaziy moslamasi nazarda tutilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Yechiladigan himoya va toʻsiq moslamalari faqat konstruksiya yoki texnologik sabablar boʻyicha ularni statsionar oʻrnatish imkoni boʻlmaganidagina qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Taʼmirlash va sozlash ishlarini bajarish, hamda texnologik jarayonni va mexanizm ishini kuzatish uchun toʻsiqlarda yopiluvchi oyna yoki lyuklar nazarda tutilishi mumkin. Kuzatish oynasi va lyuklarining tuzilmasi (konstruksiyasi) xizmat koʻrsatuvchi xodimning kuzatish qulayligi va xavfsizligini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Boshlangʻich materiallar, yarim va tayyor mahsulotlar hamda ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transportda tashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Ishlov beriluvchi materiallar va yarim mahsulotlar hajm oʻlchamlari ishlovni bajaruvchi uskuna pasporti koʻrsatkichlariga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Omborlar va yuk saqlash uchun maydonchalar, qurilma va uskunalari, ularning qurilishi sanitariya va yongʻinga qarshi meʼyorlar va qoidalar hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan texnologik loyiha meʼyorlari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Yuklash-tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Ombor va yuk saqlash uchun maydonchalarda barcha yuklash, tushirish va ogʻir mehnat kategoriyasiga tegishli yukni harakatlantirish jarayoni mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Yuk saqlash uchun maydonchalar sathi tekis boʻlib, chuqurchalarsiz va 5º dan oshmaydigan nishabi boʻlishi kerak. Yuk saqlash uchun maydonchalar qoplamasi unga keluvchi yoʻllar qoplamasiga teng boʻlishi lozim. Yilning qish oylarida yuk saqlash uchun maydonchalar doimo qor va muzdan tozalanib, qum, kul yoki shlak sepilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kiraverishda harakat yoʻnalishi, yuklash-tushirish joyi yoki transport vositalarining toʻxtab turish joyini koʻrsatuvchi chizma osilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Tashkilotga qoplarda kelib tushgan abraziv va pardozlash materiallari yopiq xonalarda saqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Yashik va qoplardagi yuklar omborda agʻnamaydigan qilib ustma-ust taxlangan boʻlishi lozim. Qoʻlda ustma-ust taxlanish balandligi 3 m dan oshmasligi, yuk koʻtarish mexanizmi yordamida taxlanganda — 6 m dan oshmasligi lozim. Yirtilgan va nosoz idishdagi yukni ustma-ust taxlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Omborda ustma-ust taxlangan yoki yuk idishlari stellajlar oraligʻidagi yoʻlakning eni 1.5 m dan kam boʻlmasligi lozim. Omborda transport vositalari ishlatilganda, yoʻlakka qoʻshimcha qoʻllaniladigan transport vositalari oʻlchamlari kengligidagi yoʻl boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Tabiiy toshning bloklari oraligʻi taxtali qistirmalar bilan shtabellarga taxlanishi va uning balandligi ikki qatordan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Vagonlardan tushirib taxlanayotgan va vagonga yuklashga tayyorlanayotgan materiallar va uskunalar, yuk bilan temir yoʻl izining relsigacha boʻlgan masofa 2 m dan yaqin, taxlangan yukning bandligi 1,2 m dan ortiq boʻlganda — 2,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Boʻshagan idish va boshqa oʻrovchi materiallar doimo ombordan shu maqsadlar uchun ajratilgan joyga chiqarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Har bir ombor uchun materiallarni saqlash va ishlarni xavfsiz olib borishi boʻyicha yoʻriqnoma tashkilot maʼmuriyati tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Barcha qoʻzgʻalmas uskunalar, agregat va dastgohlar ishlab chiqargan zavod koʻrsatmasiga binoan mustahkam asoslarga va poydevorlarga oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Barcha aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlar (vallarning chiqib turgan uchlari, harakat uzatuvchi tasmalar va boshqalar) toʻsilgan boʻlishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Toʻsiqlar mustahkam, yengil, ishonchli ravishda mahkamlangan boʻlishi va uning qisib qoluvchi tirqishlari, kesib oluvchi va oʻtkir burchaklari boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. Ogʻirligi 5 kg dan ortiq boʻlgan toʻsiqlar ushlash uchun qulay dastaklarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Oʻzidan changli havo chiqaruvchi ishlab chiqarish uskunalari zichlab berkitilishi va chang havoni soʻrish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Yangi oʻrnatilgan yoki kapital sozlashdan chiqqan uskunalarni xavfsizlik texnikasi muhandisi ishtirokida dalolatnoma tuzilgandan keyin ishlatishga ruxsat berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Mashinani sozlash, tozalash, moylash va kamchiliklarini bartaraf qilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha ishlarni bajarish elektr taʼminotidan uzib qoʻyilgan, butunlay harakatdan toʻxtagan va ogohlantiruvchi belgi osib qoʻyilgan holatda bajarilishi lozim. Mashinani yurgazish belgini osib qoʻygan shaxs tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Toʻsiqlarning va himoyalovchi moslamalarning hamda asboblarning sozligi sex (boʻlinma) rahbariyati tomonidan muntazam tekshirib turilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125. Montaj va demontaj vaqtida qoʻllanadigan tagliklar va koʻtarish mexanizmlari ish boshlashdan avval sinab koʻrilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126. Ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va masofadan boshqarishni qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ergonomik talablarni qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) foydalanish, taʼmirlash, yigʻish, transportda tashish va saqlash boʻyicha xavfsizlik talablariga amal qilish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127. Ishlab chiqarish uskunasini tozalash ishlari maxsus asboblar yordamida (shyotka, qirgʻich, ilmoq va boshqalar) amalga oshirilishi lozim. Ishlab turgan uskunada tozalash va yigʻishtirish ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128. Uskuna ishlab turgan vaqtda uning harakatlanuvchi qismlarini qoʻlda moylash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129. Toshga ishlov beruvchi dastgohlarini ish joylarida kengligi 1,5 m dan kam boʻlmagan taxta toʻshamasi boʻlishi lozim. Taxta plankalar orasidagi oraliq masofasi 3 sm dan oshiq boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130. Kesuvchi asboblarni almashtirish faqat yuritish yurgizuvchilarini elektr tizimidan oʻchirilganida amalga oshiriladi. Almashtirish paytida elektr tarqatuv qurilmasidan himoyalovchilar olinib, ishga tushirish qurilmasiga GOST 12.4.026-76 boʻyicha “Yoqilmasin — odamlar ishlamoqda” yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Arralash dastgohlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131. Arralash dastgohlariga uzatib beruvchi aravalarni harakatlanishi mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132. Aravalarni rels yoʻllari boʻylab harakatlanish tezligi 15 m/min dan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
133. Uzatib beruvchi aravalarni harakatlanishi ogohlantiruvchi ovozli signal bilan kuzatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
134. Uzatib beruvchi aravalarni yoʻnaltiruvchisining sathi arralovchi ramali dastgohning dastgoh aravachasining rels yoʻllari sathi bilan barobar boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135. Uzatib beruvchi aravalarni tuzilmalarida dastgoh aravachasi oʻzidan-oʻzi gʻildirab ketishini oldini olish uchun toʻxtatish moslamasiga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136. Dastgoh aravachasiga oʻrnatilgan blok mustahkam qotirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
137. Bir nechta bloklarni joylashtirishda dastgoh aravachasida bir-biriga nisbatan surilib ketishi bartaraf etilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
138. Bloklarni joylashtirishda bir-biriga sement qorishma (gips qipiq, beton va boshqa qorishmalar) bilan qotirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
139. Arralash dastgohining dastgoh aravachasi ish hududida aravacha tuzilmasida nazarda tutilgan moslamalar yordamida mustahkam qotirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
140. Dastgohdan dastgoh aravachasini gʻildiratib chiqarib olishdan oldin arralangan mahsulotlar dastgoh aravachasini tirgovichlariga taxta qistirgich bilan qotirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141. Taʼminlovchi va borib-keluvchi arralovchi ramaning temir toʻrli yechiluvchi toʻsiqlari yurituvchini ishga tushirish qurilmasi bilan shunday blokirovka qilingan boʻlishi kerakki, toʻsiqlar yechilganida dastgoh avtomatik tarzda toʻxtashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
142. Ramali dastgohning boshqaruv pulti dastgohni toʻsiqlaridan tashqarida, xizmat koʻrsatish uchun qulay joyda joylashgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
143. Ramali dastgohni arralari jamlanmasini almashtirish arralash ramasi pastki holatida bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
144. Boshqaruv pultidan dastgohni harakatlanuvchi qismlari koʻrinib turishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
145. Arralash dastgohining olmaz-diskli kesuvchi qismi sozlanadigan yaxlit temir yopqich bilan toʻsilgan boʻlishi lozim. Nosoz olmaz-diskli kesuvchidan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Silliqlash-pardozlash dastgohlari va konveyer liniyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
146. Plitalarni silliqlash-pardozlash dastgoh stollari ishlayotganlarni suv, abraziv va ishlov berilayotgan tosh qismlari sachrashidan himoyalovchi balandligi 0,25 m dan kam boʻlmagan bortlarga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
147. Silliqlash-pardozlash konveyerlari silliqlovchi asbob aylanmayotganida yoki u va ishlov berilayotgan tosh singanida avtomatik tarzda toʻxtashini taʼminlovchi blokirovka qurilmasiga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
148. Konveyerdan singan yoki hajmsiz plitalarni olinishi faqat dastgoh elektr tizimidan oʻchirilib, tegishli xavfsizlik choralari koʻrilganidan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Freza dastgohlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
149. Yigʻma frezalarni tuzilmasi ish paytida uning tishlarini tushib ketishi ehtimolini istisno etishi lozim.Tishi singan frezalarni qoʻllanishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
150. Toshni gidravlik qisib turuvchi tizimda bosim tushib ketganida dastgoh avtomatik tarzda toʻxtashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
151. Qirrali freza dastgohlarini kesish hududi sovutish suyuqligisiz ishlaganida aspiratsiya tizimiga ulangan mahalliy soʻruvchi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Urib ishlovchi dastgoh va asboblar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
152. Tosh bloki sindirish joyida yogʻoch taklikka shunday yotqizilishi kerakki, yaʼni uning yassi tepa qismi gorizontal holatda boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
153. Shtabelda turgan bloklarni sindirilishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
154. Pnevmatik qoʻl asbob bilan ishlaganda (perforator, chopuvchi va uruvchi bolgʻalar) tebranishni soʻndiruvchi qurilmalar (karetka, manipulyator va ushlagichlar) qoʻllanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
155. Toshni urib ishlov berish ishlarida band boʻlgan ishchilar himoya koʻzoynaklari va shovqinga qarshi himoyalanish vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Termo oqimli asboblar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
156. Toshga termo oqimli asbob bilan ishlov berilishi, jihozlangan ochiq maydonlarda yoki ovozni izolyatsiya qiluvchi yonmaydigan material bilan toʻsilgan va yongʻinga qarshi vositalar bilan taʼminlangan kabinalarda (koʻpikli yongʻin oʻchiruvchi vosita, asbest namati, qumli yashik) amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
157. Termo oqimli asboblardan foydalanish ishlab chiqaruvchi zavodning foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
158. Termo oqimli asboblarda yonilgʻi sifatida etil spirtini ishlatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
159. Termo oqimli asboblardan foydalanishda xodimlar himoya koʻzoynaklari va shovqinga qarshi himoyalanish vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
160. Soʻndiruvchi barabanlarga bugʻ yetkazib beruvchi quvurlar normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Yopishgan plitalarni ishlab chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161. Yopishtirish aralashmasini komponentlarini maydalanishi (qotiruvchi, toʻldiruvchi) yopiq maydalash apparatlarida, yopishtirish arralashmasini tayyorlanishi esa — tiqinlari zichlangan arralashtirgichlarda bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
162. Termastatlar va quritish kameralarning tiqinlari zichlangan va issiqlikka izolyatsiyalangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
163. Plitalarni yopishtirishda stol yuzasi (yopishqoq aralashmani quyish) almashadigan qoplamaga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Taʼmirlash ishlarini bajarishda mehnat xavfsizligi talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Taʼmirlash ishlarini oʻtkazish tartibi va sharoiti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
164. Taʼmirlash ishlarini tashkil etish va bajarish tashkilot kasaba qoʻmitasi bilan kelishilgan va bosh muhandis tasdiqlagan uskunani taʼmirlash rejasiga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
165. Tashkilot hududida ishlab chiqarishni (sex) yoki sexda qurilma, agregat, ayrim asbob-uskunalarni taʼmirlashga toʻxtatish uchun tashkilot (sex) boʻyicha buyruq (farmoyish) chiqarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
166. Tashkilot hududidagi uskuna, bino va inshootlarni taʼmirlash boʻyicha ishlarni pudrat uslubida bajarishda, buyurtmachi bosh pudratchi bilan birgalikda taʼmirlash ishlarini bajarish vaqtida ishlovchilarning xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlovchi tadbirlar ishlab chiqishi va tasdiqlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
167. Buyruq bilan tasdiqlangan bosh pudratchi va ishlab turgan tashkilot masʼul vakillari ishni boshlashdan oldin naryad-ruxsatnomani rasmiylashtirishi lozim. Bosh pudratchi ish beruvchisiga barcha pudratchi tashkilotlar xavfsiz sharoitlarda ish bajarishi va ularning ishini muvofiqlashtirishni taʼminlashi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda masʼuliyat yuklatiladi. Taʼmirlash ishlari muddati naryad-ruxsatnomada koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
168. Buyruqda pudratchilardan bevosita ish rahbari, shuningdek koʻrsatilgan ishlarga uskunalar va obyektni toʻliq tayyorlash, ishlarni xavfsiz amalga oshirish va pudratchilar yoki buyurtmachining taʼmirlash xizmati bilan tezkor aloqalar uchun javobgar shaxslar hamda tegishli chora-tadbirlar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
169. Barcha uskunalarda tashkilot bosh muhandisi tasdiqlagan jadval boʻyicha belgilangan muddatlarda rejali taʼmirlash ishlari oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
170. Taʼmirlash ishlarida band boʻlgan pudratchining barcha xodimlari taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin, ushbu sexda ishlarni xavfsiz olib borish uchun xodimlar xavfsizlik texnikasi boʻyicha kirish yoʻriqnomasidan oʻtkazilishi lozim. Yoʻriqnomadan oʻtkazish ishlari buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
171. Rejalashtirilgan ishlarni bajarishdan oldin mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomadan oʻtkazish ishlari pudratchi tashkilot tomonidan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
172. Pudratchi ishlayotgan hududda buyurtmachi tomonidan zararli va yonish xavfi boʻlgan moddalarni paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan meʼyoriy sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaratilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
173. Asbob-uskuna va kommunikatsiyalarda taʼmirlash ishlarini amalga oshirishdan oldin, quyidagilar bajarilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiya taʼminotidan oʻchirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni texnologik muhit qoldiqlaridan, asbob-uskunani zararli, zaharli va yonuvchi gaz va mahsulotlardan boʻshatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼmirlanadigan asbob-uskuna, kommunikatsiya, quduq va oʻralardagi inert, yonuvchi, zaharli gazlar va kislorod miqdorini tegishli tahlillarini oʻtkazish yoʻli bilan tekshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
174. Tashkilot hududida qazish ishlarini bajarishda buyurtmachi pudratchiga naryad-ruxsatnoma bilan birga tegishli sex va xizmatlar bilan kelishilgan ruxsatnomani yozma tarzda topshirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175. Pudratchining ehtiyojlari uchun elektr energiyani ulash, shuningdek ish tugaganidan keyin uzish, sex boshligʻining ruxsati boʻyicha buyurtmachining bosh energetik xizmati tomonidan bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
176. Taʼmirlash ishlari tugallanganidan soʻng asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni qabul qilish dalolatnomasi ikki tomonlama imzolanib, ushbu asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni ishga tushirish haqida farmoyish chiqqandan soʻng, foydalanishga qabul qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§.Taʼmirlash ishlarini olib borishda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
177. Taʼmirlash ishlarini boshlashdan oldin quyidagilar amalga oshirilishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektrdvigatel elektr taʼminoti tarmogʻidan uskunani harakatlantiruvchi va uni toʻldirib boʻshatuvchi qurilmasidan oʻchiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr taqsimoti qurilmasidan elektr saqlagichlar sugʻiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uskunadan harakatlantiruvchi elektr dvigatelni oʻchirishda, muftani uzish, harakatlantirish tasmalari, zanjirlarini yechish va boshqalar bajariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlantirish moslamasiga GOST 12.4.026-76 boʻyicha “Yoqilmasin — odamlar ishlamoqda” yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
178. Texnika xavfsizligi boʻyicha yuqori talablar qoʻyilgan ishlarni bajarishda, elektrodvigatellarni elektr taqsimlash qurilmalaridan oʻchirish, uskunani harakatlantiruvchi elektrodvigateldan uzish, GOST 12.4.026-76 boʻyicha “Yoqilmasin — odamlar ishlamoqda” yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osish, masʼul rahbar va ish bajaruvchini shaxsan ishtirokida bajarilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
179. Xavfsizlik belgisini olish va uskunani yoqish, texnika xavfsizligi boʻyicha yuqori talablar qoʻyilgan ishlar uchun masʼul rahbar ruxsatidan soʻng bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
180. Mashinaning barcha harakatlanuvchi yoki xavf tugʻdiruvchi qismlari maxsus gʻiloflar bilan toʻsilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181. Balandlikdagi ishlarda faqat tayanch yoki rezinali qoplamalar bilan taʼminlangan soz narvonlardan foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
182. Narvonni tirab qoʻyish bilan bogʻliq ishlar ikki ishchi bilan bajariladi, ulardan biri ishlovchining xavfsizligi uchun narvon asosida doimo boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
183. Koʻchiriluvchi narvon tekis sathga oʻrnatilib, asosi rezinaga kiygizilgan boʻlishi lozim. Tirab qoʻyiluvchi narvonni yerga oʻrnatish uchun asosi metall uchli boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
184. Tirab qoʻyiluvchi narvonlarni oʻzaro bogʻlab, shuningdek elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatish va taʼmirlashda temir narvonni qoʻllash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
185. Tirab qoʻyiluvchi narvondan foydalanishdan oldin va har yarim yilda, gorizontal tekislikga 75º burchak ostida oʻrnatilib, narvon oʻrtasi qadam pogʻonasiga qoʻyilgan 120 kg ogʻirlikdagi statik yuk koʻtarish sinovidan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
186. Tirab qoʻyiluvchi narvonni umumiy uzunligi, ishchini narvon tepa uchidan 1 m dan kam boʻlmagan masofada joylashgan pogʻonada turib, ish bajarish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
187. Taʼmirlash ishlari yer sathi, maydoncha yopqichi yoki qoplamadan 5 m yuqori balandlikda bajarilganda, balandlikda ishlarni bajarishi uchun ruxsat berilgan xodim tomonidan bajarilishi lozim. Bunday ishlarni himoya kamari va muhofaza arqonidan foydalanmasdan bajarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
188. Ogʻirligi 50 kg dan yuqori boʻlgan uskuna qismi va tarmogʻini yechish hamda oʻrnatish mexanizatsiyalangan uslubda bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§.Uskuna va moslamani taʼmirlash va uni foydalanishga topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
189. Ishchilar bajariladigan ish xususiyatiga muvofiq soz asbob va moslamalar jamlamasi bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
190. Asbob va moslamalar holati bir oyda bir martadan kam boʻlmagan davrda tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191. Texnik xizmat koʻrsatish, davriy va kapital taʼmir boʻyicha ishlarni bajarish tartibida, ishlab chiqaruvchi — zavod tasdiqlagan taʼmirlash va foydalanish hujjatida belgilangan zarur ish hajmini koʻrsatish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
192. Texnologik uskuna taʼmirlangandan soʻng sinash va ishlatib koʻrishdan oʻtkazilishi zarur. Qism va agregatlarni ishlatib koʻrish avvalo 2 soat davomida “Boʻsh” harakatda, soʻng 10 soat davomida ish yuklovi ostida amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
193. Ishlatib koʻrish uchun mexanizmlarni yoqishdan oldin, tarmoqlar toʻgʻri yigʻilgani, begona jismlar yoʻqligini koʻrish va ishonch hosil qilish, havo uzatish pnevmatik tizimi toʻgʻri ulanib, mustahkam qotirilganligiga ishonch hosil qilish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
194. Sinov va ishlatib koʻrish davrida taʼmirlangan tarmoq va agregatlarini barcha nuqsonlari, elektrodvigatel va tarmoq podshipniklarini qizish darajasi hamda moy oqishi bartaraf qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
195. Uskunani taʼmirdan soʻng foydalanishga yaroqliligi, qabul qiluvchi komissiyani dalolatnomasida qayd qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
196. Uskuna yigʻilgandan yoki taʼmirlangandan soʻng foydalanish uchun yoqishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) odamlarni xavfsiz joyga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mashina tashqarisi va ichidan begona buyumlarni olib tashlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) himoya toʻsiqlari mavjudligi va mustahkamligini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) harakatlanuvchi qismlarni moylash va sozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) himoya saqlovchi va nazorat oʻlchov asboblarini sozligini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) uskuna yigʻilishini toʻgʻriligini tekshirishda, oʻzaro bogʻliq harakatlanuvchi mexanizmlarni toʻliq siklida uni harakatlanuvchi qismini aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) uskunani boʻsh harakatda va ish yuklovi ostida sinash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
197. Tashkilotlarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
198. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(198-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi va “Oʻzqurilishmateriallari” Aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 23-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 23-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 23-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 23-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi I. XOLMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 23-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzqurilishmateriallari” AK Boshqaruv raisi E. AKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 23-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 50-51-son, 550-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son; 30.03.2026-y., 10/26/3798/0288-son)