Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN TURKMANISTON OʻRTASIDA OZODLIKDAN MAHRUM ETIShGA HUKM QILINGAN ShAXSLARNI JAZONI OʻTAShNI DAVOM ETTIRISh UChUN TOPShIRISh TOʻGʻRISIDAGI ShARTNOMANI (TOShKENT, 2009 YIL 25 FEVRAL) RATIFIKATSIYA QILISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 12-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 4-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2009-yil 4-dekabrda maʼqullangan
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun topshirish toʻgʻrisidagi Shartnoma (Toshkent, 2009-yil 25-fevral) ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 17-dekabr,
OʻRQ-234-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 50-51-son, 533-modda)