Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 17.12.2009 yildagi 316-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IQTISODIYOTNING REAL SEKTORI AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI YaNADA OShIRIShNI TAʼMINLAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyotning real sektori aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, ishlab chiqarishni rivojlantirishga investitsiyalarni jalb etish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha 2009-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan aksiyadorlik jamiyatlarining soliqlar boʻyicha qarzlarining tegishli summalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha “Oʻzagromashservis” uyushmasi korxonalarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan 24,9 mlrd soʻm miqdoridagi kreditlar boʻyicha qarzlarini ayni bir vaqtda hisoblab yozilgan penya boʻyicha qarzni hisobdan chiqargan holda, tarkibiy oʻzgartirish hisobiga aksiyadorlik jamiyatlarining ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushini saqlab qolish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzagromashservis” uyushmasining 2-ilovaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun 2010-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra hisoblab yozilgan soliqlar boʻyicha qarzlari summasini toʻlash muddati 2012-yil 1-yanvargacha uzaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga va davlat ulushi xoʻjalik birlashmalarining ustav jamgʻarmalariga berilgan aksiyadorlik jamiyatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha ekvivalentda kamida 400 ming AQSh dollari summasigacha ustav jamgʻarmasining shakllantirilmagan qismini asosiy fondlarni qayta baholash natijasida hosil boʻlgan zaxira jamgʻarmasi hisobiga toʻldirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy fondlarni qayta baholash hisobiga hosil boʻlgan, ustav jamgʻarmasini shakllantirishga yoʻnaltirilgan zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari summasining qayta baholangan tegishli asosiy fondlar chiqib ketganda soliq solinadigan bazaga kiritilmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi 1-ilovaga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlarining ustav jamgʻarmalari 2010-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda toʻliq shakllantirilmagan taqdirda ustav jamgʻarmasi yetishmagan qismining 2010-yil 15-fevralgacha 2009-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra soliqlar boʻyicha qarzlarning tegishli summasi hisobiga davlat ulushini koʻpaytirish yoʻli bilan toʻldirilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi 1 va 2-ilovalarga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlar emissiyasini yigʻim undirmasdan davlat roʻyxatidan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 17-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
316-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 50-51-son, 544-modda)