Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.05.2001 26.11.1999 yildagi 509-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.05.2001
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FOSFORLI OʻGʻITLAR IShLAB ChIQARIShNI KOʻPAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-maydagi 219-sonli “Qizilqum fosforit konlarini kompleks oʻzlashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jeroy-Sardara fosforit rudasi konini qazishning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshilash, ularni respublika kimyo korxonalarida mahalliy xomashyodan ishlab chiqarish hisobiga fosforli oʻgʻitlarga boʻlgan ehtiyojni hamda eksport qilishni koʻpaytirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Qizilqum fosforit kombinatida rudadan fosforni eng koʻp miqdorda ajratib olishni taʼminlovchi, sanoat mahsulotlarini yanada boyitishning nam va qizdirish jarayonlari bilan tayyorlashning quruq usullaridan foydalangan holda konsentratlar olishning kombinatsiyalangan texnologiyasini qoʻllash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qizilqum fosforit kombinatida fosforli konsentratlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish ishlarini quyidagi ikki bosqichda amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqich (2000-yil) — kombinatning I navbatini sanoat mahsulotini suv aylanishining yopiq sikli vositasida yuvgan holda yanada boyitish boʻyicha ochiq turdagi liniya bilan jihozlash hamda yiliga 1500 ming tonna rudani qayta ishlash va 700,0 ming tonna fosforit konsentrati, shu jumladan tarkibida 30 va 24 foiz fosfor boʻlgan yuqori darajadagi 500,0 ming tonna konsentrat ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqich (2001-2002-yillar) — kombinatning II navbatini qurish hamda rudani qayta ishlash hajmini yiliga 3600 ming tonnaga yetkazish va 1960,0 ming tonna, shu jumladan tarkibidagi fosfor 30 foiz boʻlgan 360,0 ming tonna va 27 foiz boʻlgan 800,0 ming tonna boyitilgan konsentrat ishlab chiqarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qizilqum fosforit kombinatining I navbati tarkibida rudani qayta ishlashning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oshiruvchi boyitishning qoʻshimcha liniyasini yetkazib berishni mablagʻ bilan taʼminlash Navoiy kon-metallurgiya kombinatining oʻz mablagʻlari hisobiga taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qizilqum fosforit kombinati II navbatining kon, karyer, maydalash-ezgʻilash, boyitish va qizdirish jihozlarini yetkazib berishni mablagʻ bilan taʼminlash “Germes” agentligining sugʻurta qoplamasi ostida “KXD Gumbold Vedag” (Germaniya) kompaniyasi tomonidan jalb etiladigan chet el kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Navoiy kon-metallurgiya kombinati “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzsanoattexnologiya” loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti va “Oʻzkimyoloyiha” ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qizilqum fosforit kombinatining II navbatini kombinatsiyalangan sxema boʻyicha loyihalash uchun boshlangʻich maʼlumotlarni 1999-yil oxirigacha tayyorlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“KXD Gumbold Vedag” kompaniyasini jalb etgan holda 2000-yilning birinchi yarim yilligida Qizilqum fosforit kombinati II navbati qurilishining texnik-iqtisodiy asoslanishini ushbu qarorning 2-bandida belgilangan bosqichlarga muvofiq ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2000-yilning birinchi yarim yilligida Qizilqum fosforit kombinatining I navbati tarkibida qurilishni hamda kombinatsiyalangan texnologiya boʻyicha boyitilgan fosforit konsentratlari olish jarayonini ishlab chiqishni tugallasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Yaponiyaning “Mitsui” va “Toyo Injiniring” kompaniyalari konsorsiumi bilan birgalikda Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining sugʻurta qoplami ostida xorijiy banklar kreditlari hisobiga Samarqand kimyo zavodini texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish boʻyicha, tarkibida 100 foiz R205 boʻlgan yuqori konsentratsiyali fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish quvvatini quyidagi ikki bosqichda oshirishni hisobga olgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqich (2001-yil) — yiliga 125 ming tonna;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqich (2002-yil) — yiliga 200 ming tonna;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Teksuna” kompaniyasi (AQSh) bilan birgalikda AQSh eksport-import bankining sugʻurta qoplami ostida xorijiy banklar kreditlari hisobiga, 2003-yilga borib fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish quvvatini yiliga 280 ming tonnagacha yetkazgan holda Olmaliq “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasini texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish boʻyicha taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, Samarqand kimyo zavodi Yaponiyaning “Mitsui” va “Toyo Injiniring” kompaniyalari konsorsiumi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand kimyo zavodini kengaytirish va rekonstruksiya qilish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini 1999-yil oxirigacha tugallasinlar va tasdiqlash uchun kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaponiya kompaniyalari konsorsiumining loyihaning birinchi bosqichini muddatidan oldin mablagʻ bilan taʼminlash majburiyatini hisobga olgan holda uni 2000-yilda, ikkinchi bosqichini esa — 2002-yilning 1-yarim yilligida tugallasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, Olmaliq “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasi “Oʻzkimyoloyiha” ilmiy-tadqiqot instituti va “Teksuna” kompaniyasi (AQSh) bilan birgalikda “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasini rekonstruksiya qilish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini AQShning Eksimbanki sugʻurta qoplamasi ostida chet el kreditlarini jalb qilgan holda uch oy muddatda ishlab chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mazkur qarorda koʻrsatilgan barcha loyihalarning oʻz vaqtida kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini va ularni mablagʻ bilan taʼminlash uchun xorijiy banklar kreditlari jalb qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti mazkur qarorda sanab oʻtilgan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini vakolatli organlar, vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda belgilangan tartibda koʻrib chiqsin va ularni tasdiqlash yuzasidan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 26-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
509-son