Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.12.2009 yildagi 311-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010 — 2012-YILLARDA QO‘QON SHAHRIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI DASTURI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘qon shahrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada keng rivojlantirish hamda shu asosda ichki bozorni tovar va xizmatlar bilan to‘ldirishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlari, shu jumladan sanoat korxonalari bilan kooperatsiyalash yo‘li bilan kasanachilikni rivojlantirish hisobiga tashkil etish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qo‘qon shahrini sanoat jihatidan rivojlantirish hamda uni obodonlashtirish va infratuzilmasini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 19-oktabrdagi F-3283-son farmoyishiga muvofiq tuzilgan Ishchi komissiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Farg‘ona viloyati va Qo‘qon shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2010 — 2012-yillarda Qo‘qon shahrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlansin, Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘qon shahrida sanoat ishlab chiqarishi, xizmatlar va servis sohasida yangi kichik biznes korxonalari tashkil etish parametrlarini 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘qon shahrida xizmatlar va servis sohasida kichik biznesni, shuningdek bandlik yo‘nalishlari bo‘yicha kasanachilikni rivojlantirish hisobiga ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash parametrlarini 2-ilovaga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-oktabrdagi F-3283-son farmoyishiga muvofiq tuzilgan Ishchi komissiya (R.S. Azimov)ga vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar, mahalliy hokimiyat organlarining ushbu qaror bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni belgilangan muddatlarga muvofiq amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi (X.X. Ne’matov)ga, Qo‘qon shahar hokimi (Sh.U. Sobirov)ga ushbu qarorda belgilangan 2010 — 2012-yillarda Qo‘qon shahrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi parametrlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda ta’minlash yuzasidan shaxsan javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qo‘qon shahar hokimligi shahar korxonalari va tashkilotlari, tijorat banklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarning tashabbuskorlari bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga zarur ta’sis hujjatlarini tayyorlashda, yer uchastkalari, turar joy bo‘lmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini ajratishda, shuningdek biznesni tashkil etish va yuritish uchun zarur bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlarini amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha belgilangan parametrlarning bajarilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan kasanachilikning turli shakllarini, birinchi navbatda, sanoat korxonalari bilan kooperatsiyalash asosida kengaytirish bo‘yicha aniq tadbirlar kompleksini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chora-tadbirlar dasturining belgilangan parametrlari bajarilishi yuzasidan monitoring tashkil etsin, uning natijalarini har oyda ko‘rib chiqsin hamda muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha zarur tezkor va amaliy chora-tadbirlar ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010 — 2012-yillarda Qo‘qon shahrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining bajarilishi to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tijorat banklariga Qo‘qon shahridagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, eng avvalo, boshlang‘ich (dastlabki) kapitalni shakllantirish, ularning faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish, zamonaviy asbob-uskunalar va mini-texnologiyalar sotib olish, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kreditlar ajratilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 11-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
311-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 50-51-son, 539-modda)