Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.12.2009 yildagi 310-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-2012 YILLARDA QO‘QON ShAHRINING SANOAT SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISh, IShLAB ChIQARIShNI MODERNIZATSIYALASh VA MAHALLIYLAShTIRISh LOYIHALARINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI DASTURI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi ishlab chiqarishlar tashkil etish, ishlab turgan sanoat korxonalarini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarilayotgan raqobatbardosh mahsulotlarni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish hisobiga Qo‘qon shahrining sanoat salohiyatini yanada rivojlantirish, shuningdek shu asosda aholining bandligini va daromadlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qo‘qon shahrini sanoat jihatidan rivojlantirish hamda uni obodonlashtirish va infratuzilmasini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 19-oktabrdagi F-3283-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Ishchi komissiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, Farg‘ona viloyati va Qo‘qon shahri hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari ishtirokida ishlab chiqilgan 2010 — 2012-yillarda Qo‘qon shahrining sanoat salohiyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi ma’qullansin. Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010 — 2012-yillarda Qo‘qon shahri korxonalarini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash, sanoat mahsulotlarini mahalliylashtirishni chuqurlashtirishning aniq dasturini 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘qon shahri sanoat korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturini 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘qon shahrining istiqbolsiz sanoat korxonalarini yangi mulkdorlarga jadal sotish tadbirlarini 3-ilovaga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishchi komissiya (R.S. Azimov)ga belgilangan muddatlarga muvofiq ushbu qaror bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlar samarali amalga oshirilishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan Farg‘ona viloyati va Qo‘qon shahri hokimliklari, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n kun muddatda Chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish tarmoq jadvallarini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan parametrlarga va muddatlarga muvofiq korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va bankrot korxonalarni yangi mulkdorlarga jadal sotish chora-tadbirlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda Chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan tadbirlar bajarilishi monitoringini olib borsinlar, tadbirlarni so‘zsiz hal etish yuzasidan zarur tezkor va amaliy chora-tadbirlar ko‘rsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda Ishchi komissiyaga Chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan tadbirlar bajarilishi to‘g‘risida axborot bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha maxsus idoralararo komissiya ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan loyihalarni belgilangan tartibda tegishli yilning Investitsiya dasturiga va Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bir hafta muddatda 3-ilovaga kiritilgan iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan belgilangan tartibda bankrotlik tartibotini qo‘llash tashabbusi bilan chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy xo‘jalik sudiga qarzdor korxonalarni bankrot deb e’tirof etish to‘g‘risidagi da’vo arizalarini ko‘rib chiqishni hamda 3-ilovada ko‘rsatilgan ishlamayotgan, iqtisodiy nochor va eskirgan asbob-uskunalardan foydalanayotgan sanoat korxonalari bo‘yicha tugatish ishini boshlashni jadallashtirish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qo‘yilsinki, istisno tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-ilovaga kiritilgan sanoat korxonalari bankrot deb e’lon qilingandan keyin ularni mulkiy komplekslar shaklida tijorat banklari va investorlarga sotish, ishlab chiqarish tiklangandan hamda korxonalar yangi mulkdorlarga sotilgandan keyin, keyinchalik qarzlarni kreditorlarga qaytargan holda, savdo o‘tkazilmasdan investitsiya majburiyati ostida bepul berish shartlarida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inventarizatsiya, mol-mulk qiymatini baholash hamda bankrot korxonalarning mol-mulkini sotib oluvchi tijorat banklari va investorlar bilan shartnomalar tuzish tugatish ishi boshlangan paytdan boshlab uch hafta mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ishchi komissiya (R.S. Azimov)ga ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2010 — 2012-yillarda Qo‘qon shahrining sanoat salohiyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturiga, zaruriyat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning xulosalari hisobga olingan holda tuzatish kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 11-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
310-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 50-51-son, 538-modda; 2011-y., 50-son, 515-modda)