Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 06.09.2001 yildagi 363-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“BESTEKS” QO‘SHMA KORXONASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini raqobatbardosh mahsulotga qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish asosida respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekyengilsanoat” uyushmasining “Beshariqto‘qimachi” aksiyadorlik jamiyati, Germaniyaning “Tekstima Eksport Import GmbX” kompaniyasi va Turkiyaning “Sokay” va “Tekmen Tekstil” kompaniyalari tomonidan “Beshariqto‘qimachi” aksiyadorlik jamiyatining kalava ishlab chiqarishi bazasida yiliga 6836 tonna ip-gazlama ishlab chiqaradigan, quvvatlari 2002-yilning IV choragida ishga tushiriladigan “Besteks” qo‘shma korxonasi tashkil etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Besteks” qo‘shma korxonasining ustav fondi 13,833 mln Germaniya markasi miqdorida shakllantirilishi, ulushlar: “Beshariqto‘qimachi” aksiyadorlik jamiyati — binolar va inshootlar sifatida 36,4 foiz (5,033 mln Germaniya markasi); “Tekstima Eksport Import GmbX” kompaniyasi — 20,24 foiz (2,8 mln Germaniya markasi), “Sokay” kompaniyasi — 21,68 foiz (3,0 mln Germaniya markasi) va “Tekmen Tekstil” — 21,68 foiz (3,0 Germaniya markasi) miqdorida taqsimlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy qiymati 46,329 mln Germaniya markasi bo‘lgan loyihani mablag‘ bilan ta’minlash 1-ilovaga* muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5734,5 ming Germaniya markasi miqdoridagi asbob-uskunalar yetkazib berishga kontrakt qiymatining 15 foizi xorijiy muassislarning qo‘shma korxona ustav fondiga qo‘shilgan valyuta mablag‘lari hisobiga “Besteks” qo‘shma korxonasining o‘z valyuta mablag‘lari hisobiga to‘lanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32495,4 ming Germaniya markasi miqdoridagi asbob-uskunalar yetkazib berishga kontrakt qiymatining 85 foizi “Germes AG” jamiyati (Germaniya)ning sug‘urta qoplamasi ostida beriladigan xorijiy bank krediti hisobiga to‘lanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalangan krediti, vositachilik haqi va kreditga xizmat ko‘rsatish xarajatlari 2-ilovaga* muvofiq “Besteks” qo‘shma korxonasining o‘z valyuta mablag‘lari hisobiga qaytarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy muassislar — “Sokay” va “Tekmen Tekstil” kompaniyalari kreditdan foydalanishning butun muddati mobaynida marketingni va ishlab chiqariladigan kalava hajmining kamida 80 foizi tegishli davrda shakllangan jahon narxlaridan past bo‘lmagan narxlarda erkin almashtiriladigan valyutada eksportga yetkazib berilishini ta’minlashi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki investitsiya davri uchun foizlar kapitallashuvini hisobga olgan holda “Germes AG” jamiyati (Germaniya)ning sug‘urta qoplamasi ostida xorijiy bank bilan belgilangan tartibda qarz bitimi tuzsin va asbob-uskunalar yetkazib berishga kontrakt qiymatining 85 foizini mablag‘ bilan ta’minlash uchun kredit resurslarini “Besteks” qo‘shma korxonasiga qayta moliyalasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining xorijiy bank oldidagi to‘lov majburiyatlari bo‘yicha va “Besteks” qo‘shma korxonasi majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berishga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati bo‘yicha yuridik xulosani qarz bitimiga ilovada belgilangan shakl bo‘yicha belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 6-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
363-son