Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.05.2001 yildagi 230-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001—2005 YILLARDA KOMPYuTER VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISh, “INTERNET”NING XALQARO AXBOROT TIZIMLARIGA KENG KIRIB BORIShNI TAʼMINLASh DASTURINI IShLAB ChIQIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini iqtisodiyot, fan va taʼlimning barcha sohalariga keng joriy etish, xalqaro axborot tizimlariga, shu jumladan, “Internet”ga kirib borishini kengaytirish, yuqori malakali dasturchi-mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2001—2005-yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish boʻyicha maxsus ishchi guruh ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maxsus ishchi guruh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada kompyuter va axborot texnologiyalarini tashkil etish va rivojlantirish, dasturiy taʼminlash, kompyuter asbob-uskunalari va axborot tarmoqlari sohasida kadrlar tayyorlash, “Internet”ning xalqaro axborot tarmoqlariga kirib borishi holatini va uning amaliy qoʻllanilishi darajasini chuqur va batafsil oʻrganib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur tahlil asosida uch oy muddatda 2001—2005-yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga Hukumatning tegishli qarori loyihasini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur loyihasini shakllantirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmoqlarida, umumtaʼlim maktablari, kollejlar va litseylar, oliy oʻquv yurtlarining oʻquv jarayonida zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, tegishli taʼlim standartlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari boʻyicha yuqori malakali dasturchilar va mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy taʼminlash, kompyuter va tarmoq asbob-uskunalari, raqamli telekommunikatsiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika oʻquv va tadqiqot muassasalari, korxonalari va tashkilotlarining xalqaro axborot tarmoqlariga, shu jumladan, “Internet”ga keng kirib borishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompyuter va axborot texnologiyalari sohasida asbob-uskunalar va texnik vositalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompyuter va axborot texnologiyalari sohasida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maxsus ishchi guruh Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Hukumat qarori loyihasini tayyorlashda axborot tizimlari va tarmoqlarini tashkil etish, rivojlantirish va ularning oʻzaro hamkorligiga, istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish, tarmoq standartlari va normativlarini belgilashga doir ishlarni muvofiqlashtiruvchi Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazini tashkil qilish yuzasidan taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika korxonalari va tashkilotlaridan, xalqaro tashkilotlardan homiylarni, shuningdek, xorijiy investorlarni keng jalb etgan holda Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil qilish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.Golishev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 23-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
230-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 23-maydagi 230-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001—2005-yillarda axborot va kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Azimov R. S.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari‎
2. Usmonov T. B.‎ —‎ Fan va texnika davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari‎
3. Saidova G. K.‎ —‎ Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi‎
4, Oripov A. N.‎ —‎ Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari‎
5. Bahromov A. Oʻ.‎ —‎ Makroiqtisodiyot va statistika vazirining birinchi oʻrinbosari‎
6. Axliddinov R. Sh.‎ —‎ Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari‎
7. Qosimov R. S.‎ —‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari‎
8. Husanov J. H.‎ —‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻrta maxsus taʼlim markazi rahbari‎
9. Umarov Sh. X.‎ —‎ “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi‎
10. Muntyan V.‎ —‎ PROONning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy vakilining oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha)‎
11. Kuttner V.‎ —‎ “Simens” kompaniyasi vakolatxonasining bosh direktori (kelishuv boʻyicha)‎
12. Ismoilov B. M.‎ —‎ Fan va texnika davlat qoʻmitasining axborotlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi‎
13. Nabiyev O. M. —‎ Fanlar akademiyasining zamonaviy axborot texnologiyalari markazi bosh direktori‎
14. Hamdamov R. N‎ —‎ Toshkent davlat texnika universitetining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori‎
15. Xoʻjayev A. J.‎ —‎ “OʻzPAK” bosh direktori‎
16. Sharipov 3. 3.‎ —‎ Yangi axborot texnologiyalari agentligi direktori‎
17. Arapov A. V.‎ —‎ “Kompyuter-Osiyo” ilmiy-texnika parkining bosh direktori‎
18. Stanishevskiy K.‎ —‎ “Naytov” kompaniyasi guruhi rahbari‎
19. Najiboyev O.‎ —‎ “Fido biznes” masʼuliyati cheklangan jamiyat boʻlimi boshligʻi‎
20. Navotniy V. S.‎ —‎ Fanlar akademiyasining “Akademtarmoq” loyihasi rahbari‎
21. Norov L.‎ —‎ “Oʻzbekiston internet orqali taraqqiyot” loyihasi rahbari‎
22. Olevskiy E. I.‎ —‎ “Olsoft” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori‎
23. Gʻulomov R. A.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining bosh konsultanti (kelishuv boʻyicha)‎
24. Rahimov A. M.‎ —‎ Vazirlar Mahkamasining yetakchi mutaxassisi‎