Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.12.2021 16.08.2000 yildagi 325-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.12.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

OLIY TA’LIM MUASSASALARI REKTORLARINI DAVLAT ATTESTATSIYASIDAN O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uzluksiz ta’lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirishdagi o‘rnini, kasbiy, ma’naviy va tashkilotchilik sifatlarini aniqlash, ularning tashabbuskorligi va ijodiy faolligini rivojlantirish, shuningdek, joriy yilning 21-iyulida Vazirlar Mahkamasining majlisida oldinga qo‘yilgan kadrlar tayyorlash va ularni joy-joyiga qo‘yish vazifasini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi hissalarini aniqlash, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayoni va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish ishlari holatini baholash uchun oliy ta’lim muassasalari rektorlari davlat attestatsiyasidan o‘tkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy ta’lim muassasalarining rektorlarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazish Respublika komissiyasining tarkibi hamda attestatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda oliy ta’lim muassasalari rektorlarini davlat attestatsiyasiga oid me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n kun muddatda iqtidorli yosh olimlar to‘g‘risida ma’lumotlar zaxirasini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalari rektorlarining davlat attestatsiyasini Nizom talablariga rioya qilgan holda 2000-yilning avgust-sentyabr oylarida o‘tkazsin va o‘z xulosalarini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Attestatsiya jarayonini adolatli va xolisona o‘tkazish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi bilan birgalikda har yili avgust oyida oliy ta’lim muassasalari reytingi haqidagi ma’lumotni Respublika komissiyasiga taqdim etsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari X.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 16-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
325-son

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 16-avgustdagi 325- son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy ta’lim muassasalari rektorlarini attestatsiyadan o‘tkazish Respublika komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

1.‎ Karomatov H.S.‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, komissiya raisi‎‎
2.‎ Risqiyev T.T.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, rais o‘rinbosari (kelishuv bo‘yicha)‎
3.‎ Qurbonov Sh.E.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining bosh inspektori‎
4.‎ Vorisov A.K.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi, mas’ul kotib‎
5.‎ G‘ulomov S.S.‎ —‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri‎
6.‎ Jo‘rayev R.H.‎ —‎ Xalq ta’limi vaziri‎
7.‎ Polvon-zoda A.A.‎ —‎ Adliya vaziri‎
8.‎ Ibrohimov Sh.‎ —‎ Mehnat vaziri‎
9.‎ Nazirov F.G‘.‎ —‎ Sog‘liqni saqlash vaziri‎
10.‎ Jo‘rayev X.R.‎ —‎ Madaniyat ishlari vaziri‎
11.‎ Habibullayev P.Q.‎ —‎ Fan va texnika davlat qo‘mitasi raisi‎
12.‎ Abdullayev F.S.‎ —‎ O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori‎
13.‎ Zohidov R.K.‎ —‎ “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi raisi‎
14.‎ Maxsitov B.M.‎ —‎ Davlat sport qo‘mitasi raisi‎
15.‎ Qo‘ziyev T.K.‎ —‎ Badiiy akademiya raisi‎
16.‎ Abdullayev Sh.Y.‎ —‎ Moliya vazirining o‘rinbosari‎
17.‎ Jo‘rayev A.M.‎ —‎ Qishloq va suv ho‘jaligi vazirining o‘rinbosari‎
18.‎ Karimov A.A.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni yetakchi konsultanti‎
19.‎ Muhiddinov M.M‎ —‎ Davlat test markazi direktori‎
20.‎ Ubaydullayeva R.A.‎ —‎ “Ijtimoiy fikr” markazi direktori‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 16-avgustdagi 325-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy ta’lim muassasalari rektorlarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy ta’lim muassasalari rektorlarining davlat attestatsiyasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Mehnat kodeksi, amaldagi qonun hujjatlari hamda mazkur Nizom asosida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat attestatsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rektorlarning kasbiy sifatlarini va o‘zlari rahbarlik qilayotgan oliy ta’lim muassasasida ta’limni tashkil etishda ularning o‘rnini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ta’lim standartlari, ta’lim darajasi hamda kadrlar tayyorlash sifatiga bo‘lgan talablar bajarilishining ta’minlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarining joriy etilishi, zamonaviy o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yo‘llanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan va ishlab chiqarishning ta’lim jarayoni bilan integratsiyasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro hamkorlik amalga oshirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy-texnik bazaning mustahkamlanishi va boshqa ishlarning yo‘lga qo‘yilishini xolisona baholash maqsadida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy ta’lim muassasalari rektorlarining davlat attestatsiyasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tashkil etilgan Respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat attestatsiyasi, idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha turdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oliy ta’lim muassasalari rektorlarining attestatsiyasi kamida 5 yilda bir marta o‘tkaziladi. Zarur hollarda vakolatli davlat organlari tashabbusi bilan navbatdan tashqari davlat attestatsiyasi o‘tkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. ATTESTATSIYANI O‘TKAZISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Respublika komissiyasining ish muddati va jadvali uning raisi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy ta’lim muassasalari rektorlari davlat attestatsiyasi o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Attestatsiyadan o‘tkaziladigan rektor attestatsiyaga uzrli sabab bilan kelmagan taqdirda komissiya attestatsiyani boshqa muddatga ko‘chirishi mumkin. Attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan qatnashmagan rektor attestatsiyadan o‘tmagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Respublika komissiyasining majlisi komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Attestatsiya to‘g‘risidagi qaror ochiq ovoz berish yo‘li va majlisda qatnashayotgan komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat attestatsiyasi yakuni to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirish bayonnoma ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnomaga attestatsiya stenogrammasi hamda majlisga aloqador barcha hujjatlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Har bir rektorga shaxsiy hujjatlar yig‘majildi rasmiylashtiriladi. Mazkur jildga rektor to‘g‘risida batafsil ma’lumot, oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlar, attestatsiya o‘tkazilishi va uning yakunlari bo‘yicha barcha zarur hujjatlar tikiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oliy ta’lim muassasalari rektorlarining Davlat attestatsiyasi yakuni to‘g‘risidagi xulosani rasmiylashtirish komissiya tomonidan belgilangan shakllarga binoan amalga oshiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Respublika komissiyasi o‘z faoliyatiga vazirlik va idoralar xodimlarini va mutaxassislarini jalb etadi, oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarning holatini atroflicha ko‘rib chiqadi, sotsiologik tadqiqotlar va so‘rovlar o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi xulosa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat attestatsiya komissiyasining xulosasiga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— egallab turgan lavozimiga loyiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
—egallab turgan lavozimiga noloyiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
—attestatsiyadan shartli o‘tgan deb e’tirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Attestatsiyadan shartli o‘tgan rektor 6 oydan so‘ng qayta attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyadan o‘tuvchi egallab turgan lavozimiga noloyiq deb e’tirof etilgan holda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimidan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Lavozimga yangi tayinlangan oliy ta’lim muassasasi rektorining attestatsiyasi uning mehnat faoliyati boshlanganidan kamida bir yildan so‘ng o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oliy ta’lim muassasalarining rektorlari davlat attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.