Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 15.03.2007 yildagi 51-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 02.08.2007 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOShKENT ShAHRI “ISLOM MADANIYATI POYTAXTI” DEB EʼLON QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻTKAZILADIGAN TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti — AYSESKO (ISESCO) tomonidan Toshkent shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-mart kunidagi topshirigʻi ijrosini taʼminlash, tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, mamlakatimiz, xususan poytaxtimizning dunyo sivilizatsiyasi, islom fani va madaniyati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi, yurtimizdagi koʻlamli tarixiy oʻzgarishlarni xalqimiz va jahon jamoatchiligi oʻrtasida keng targʻib etish, vatandoshlarimiz, ayniqsa yosh avlod qalbi va ongiga Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusini yanada chuqurroq singdirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan amalga oshiriladigan tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼrifiy tadbirlar Dasturi 1-ilovaga, respublika tashkiliy qoʻmitasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmita Dasturda belgilangan tadbirlar keng jamoatchilik va chet ellardagi yirik olimlar va mutaxassislarning faol ishtirokida amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etiladigan xorijiy olimlar roʻyxati va ularning maʼruzalari yuzasidan aniq takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maʼnaviyat targʻibot markazi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan birgalikda Dasturda belgilangan targʻibot-tashviqot ishlarini yuqori saviyada tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligiga Toshkent shahrining 2007-yilda “Islom madaniyati poytaxti” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan amalga oshiriladigan tadbirlarning mohiyati va ijrosini keng koʻlamda yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent shahar hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahriga “Islom madaniyati poytaxti” maqomi berilishi munosabati bilan shahardagi islomiy obidalar, ziyoratgohlarda va ularning atrofida obodonchilik-taʼmirlash ishlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharning diqqatga sazovor joylari, markaziy koʻchalar, xiyobonlar, tadbirlar oʻtkaziladigan hamda tadbir ishtirokchilarining yashash joylarida bezash ishlarini amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga tadbirlar oʻtadigan joylar va ishtirokchilarning yashash joylarida Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 15-son qarori talablariga rioya etilishini taʼminlash topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Dasturda belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda homiy sifatida qatnashish istagini bildirgan nodavlat va jamoat tashkilotlari, xorijiy va xalqaro tuzilmalarning tashabbuslari qoʻllab-quvvatlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 2-avgustdagi 162-sonli qarorga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 15-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 15-martdagi 51- son qaroriga
1 -ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri 2007-yilda “Islom madaniyati poytaxti” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan amalga oshiriladigan tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

№‎

Tadbir‎

Muddati‎

Masʼullar‎

1.

“Toshkent — islom madaniyati poytaxti” risolasini oʻzbek, rus va ingliz tillarida tayyorlash va chop etish ‎

2007-yil mart ‎

Toshkent islom universiteti, Tashqi ishlar vazirligi ‎

2.‎

Oʻzbekistonning chet ellardagi diplomatik vakolatxonalarida taqdimot va koʻrgazmalar, davra suhbatlari, folklor guruhlarining chiqishlari, oʻzbek xalqining maʼnaviy-madaniy merosi va uning jahon madaniyatiga qoʻshgan hissasi boʻyicha tadbirlar oʻtkazish ‎

Yil davomda ‎

Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Doʻstlik jamiyatlari kengashi, Badiiy akademiya, “Tasviriy oyina” uyushmasi‎

3.‎

Toshkent shahridagi mashhur islom mutafakkirlari — Shayx Zayniddin, Shayx Xovand Tohur, Qaffol Shoshiy, Xoja Alambardor, Yunusxon, Baroqxon, Zangiota meʼmoriy obidalari asosida ziyoratchilar uchun sayyohlik yoʻnalishlarini ishlab chiqish‎

2007-yil mart ‎

“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ‎

4.‎

Toshkent tarixiga oid tematik, nodir kitoblar va qoʻlyozma manbalar koʻrgazmalarini tashkil etish‎

2007-yil mart — dekabr ‎

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Temuriylar davlati tarixi muzeyi, Toshkent islom universiteti, Tashqi ishlar vazirligi‎

5.‎

Toshkent shahrining islom madaniyati poytaxti, deb eʼtirof etilishiga bagʻishlangan turkum maqolalar tayyorlab, rus, ingliz va arab tillariga tarjima qilish va internetda eʼlon qilish‎

2007-yil muntazam ‎

Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Jahon” axborot agentligi‎

6.‎

Oʻzbek, rus, ingliz va arab tillarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning din va maʼnaviyat masalalariga bagʻishlangan maqola va maʼruzalar toʻplamini nashrga tayyorlash ‎

2007-yilning III choragi ‎

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonalari idorasi, Matbuot va axborot agentligi, Tashqi ishlar vazirligi ‎

7.‎

“Toshkent - islom madaniyati poytaxti” nomli hujjatli filmni yaratish va uning taqdimotini oʻtkazish‎

2007-yilning I choragi ‎

“Oʻzbekkino” milliy agentligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti, “Jahon” axborot agentligi‎

8.‎

Diniy va dunyoviy ilmlar rivojiga hissa qoʻshgan mashhur islom allomalarining hayoti va ilmiy faoliyatiga bagʻishlangan kitoblar, risolalar va ilmiy-ommabop maqolalarni chop etish ‎

2007-yilning I—III choraklari ‎

Oʻzekiston Fanlar akademiyasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Toshkent islom universiteti, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi‎

9.‎

“Toshkent —islom madaniyatining durdonasi” fotoalbomini nashr etish va taqdimotini oʻtkazish (oʻzbek, rus, ingliz va arab tillarida)‎

2007-yilning III choragi ‎

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Toshkent islom universiteti, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi‎

10.‎

Toshkent islom universitetida “Merosimiz—faxrimiz” mavzuida tadqiqotchi va talabalar anjumanini oʻtkazish‎

2007-yil aprel‎

Toshkent islom universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi‎

11.‎

“Buyuk ajdodlarimizning islom sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi” rukni ostida koʻrsatuvlar tayyorlash‎

Yil davomida ‎

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Toshkent islom universiteti‎

12.‎

“Hazrati Usmon mushafi”, “Imom Buxoriy”, “Hazrati Imom majmuasi: kecha va bugun” hujjatli filmlarini yaratish‎

2007-yil may ‎

“Oʻzbekkino” milliy agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ‎

13.‎

“Shahrim — faxrim”, “Oʻzbekiston — bagʻrikeng diyor”, “Mehr—muruvvat — oliy fazilat”, “Oʻzbekiston javohirlari” mavzularida ijtimoiy videoroliklar tayyorlash ‎

muntazam‎

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi‎

14.‎

“Islom madaniyati ravnaq topgan yurt” mavzusida taniqli musavvirlar va xalq amaliy sanʼati ustalarining ijodiy ishlari koʻrgazmasini tashkil etish‎

2007-yil iyun ‎

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, “Oltin meros” jamgʻarmasi‎

15.‎

“Markaziy Osiyoda islomiy qadriyatlar: bagʻrikenglik va insonparvarlik” mavzuiga oid xalqaro anjuman oʻtkazish‎

2007-yil iyun ‎

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Markaziy Osiyoni tadqiq qilish Fransiya instituti va YUNESKOning Markaziy Osiyoni tadqiq qilish xalqaro instituti (Samarqand), Toshkent islom universiteti‎

16.‎

Toshkent shahrida “Oʻzbekistonning islom sivilizatsiyasi ravnaqiga qoʻshgan hissasi” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish‎

2007-yil sentyabr ‎

Tashqi ishlar vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Fanlar akademiyasining Tarix va Sharqshunoslik institutlari, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent islom universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Respublika Imom Buxoriy ilmiy-maʼrifiy markazi‎

17.‎

Toshkent islom universiteti manbalar xazinasida saqlanayotgan qoʻlyozmalar katalogining elektron variantini tayyorlab, veb-saytda joylashtirish‎

2007-yil sentyabr ‎

Toshkent islom universiteti‎

18.‎

Toshkent davlat konservatoriyasida Toshkent “Islom madaniyati poytaxti” deb eʼl�n qilinishiga bagʻishlangan maxsus konsert dasturini tashkil etish‎

2007-yil sentyabr ‎

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi ‎

19.‎

“Shosh vodiysi allomalarining ilmiy-maʼrifiy merosi” toʻplamini nashr etish‎

2007-yil sentyabr‎

Toshkent islom universiteti‎

20.‎

Oʻzbekiston hukumati tomonidan ajdodlarimizning madaniy va maʼnaviy boyliklarini qayta tiklash, taʼmirlash va asrab avaylash boʻyicha qilinayotgan ishlarni mahalliy va xorijiy OAVda keng yoritish‎

Yil davomida ‎

Matbuot va axborot agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent islom universiteti‎

21.‎

Oʻzbekistonda mustaqillikdan soʻng din va vijdon erkinligi, jamiyatdagi tinchlik va diniy bagʻrikenglik, millatlararo doʻstlik va hamjihatlik mavzulariga bagʻishlangan ilmiy-ommabop maqolalarni respublika va xorijiy OAVda chop etish‎

Yil davomida ‎

Matbuot va axborot agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi‎

22.‎

Talaba va oʻquvchilarni Toshkent shahridagi meʼmoriy va tarixiy yodgorliklar bilan tanishtirish maqsadida ekskursiyalar uyushtirish‎

Yil davomida ‎

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi‎

23.‎

AYSESKO saytida Toshkent shahrining islom sivilizatsiyasi ravnaqiga qoʻshgan hissasi haqida hikoya qiluvchi muhim tarixiy, ilmiy va adabiy maʼlumotlarni joylashtirish‎

2007-yilning III choragi ‎

Tashqi ishlar vazirligi, AYSESKO kotibiyati‎

24.‎

Oʻrta asrlarda yaratilgan “Tarixi jadidi Toshqand” (“Toshkentning yangi tarixi”) qoʻlyozmasi asosidagi risolani nashrga tayyorlash‎

2007-yilning IV choragi ‎

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi‎

25.‎

Toshkent islom universiteti saytida “Toshkent — islom madaniyati poytaxti” nomli rukn ochib, u yerda mazkur mavzuga oid materiallarni jamlash‎

Yil davomida ‎

Toshkent islom universiteti‎

26.‎

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida “Toshkent: kecha va bugun” nomli koʻrgazma tashkil etish ‎

2007-yilning III-IV choraklari ‎

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil15-martdagi 51- son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yilda Toshkent shahri islom madaniyati markazi deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlar boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
R.Qosimov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita raisi
A.Toʻxtayev‎ —‎ Toshkent shahar hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari‎
O.Yusupov‎ —‎ Din ishlari qoʻmitasi raisi v.b., Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

‎‎Tashkiliy qoʻmita aʼzolari:

Sh.Minovarov‎ —‎ Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari‎
R.Qurbonov‎ —‎ Madaniyat va sport ishlari vaziri
A.Xodjayev‎ —‎ Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi‎
Z.�akimov‎ —‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi‎
B.Alimov‎ —‎ Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori
Sh.Salixov‎ —‎ Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti‎
T.Qoʻziyev‎ —‎ Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi‎
U.Alemov‎ —‎ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy
Sh.Yovqochev‎ —‎ Toshkent islom universiteti rektori‎
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 2-avgustdagi 162-sonli qarorga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)