1 -ILOVA
|
№ |
Tadbir |
Muddati |
Mas’ullar |
|
1. |
“Toshkent — islom madaniyati poytaxti” risolasini o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlash va chop etish |
2007-yil mart |
Toshkent islom universiteti, Tashqi ishlar vazirligi |
|
2. |
O‘zbekistonning chet ellardagi diplomatik vakolatxonalarida taqdimot va ko‘rgazmalar, davra suhbatlari, folklor guruhlarining chiqishlari, o‘zbek xalqining ma’naviy-madaniy merosi va uning jahon madaniyatiga qo‘shgan hissasi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish |
Yil davomda |
Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Do‘stlik jamiyatlari kengashi, Badiiy akademiya, “Tasviriy oyina” uyushmasi |
|
3. |
Toshkent shahridagi mashhur islom mutafakkirlari — Shayx Zayniddin, Shayx Xovand Tohur, Qaffol Shoshiy, Xoja Alambardor, Yunusxon, Baroqxon, Zangiota me’moriy obidalari asosida ziyoratchilar uchun sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish |
2007-yil mart |
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi |
|
4. |
Toshkent tarixiga oid tematik, nodir kitoblar va qo‘lyozma manbalar ko‘rgazmalarini tashkil etish |
2007-yil mart — dekabr |
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Temuriylar davlati tarixi muzeyi, Toshkent islom universiteti, Tashqi ishlar vazirligi |
|
5. |
Toshkent shahrining islom madaniyati poytaxti, deb e’tirof etilishiga bag‘ishlangan turkum maqolalar tayyorlab, rus, ingliz va arab tillariga tarjima qilish va internetda e’lon qilish |
2007-yil muntazam |
Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Jahon” axborot agentligi |
|
6. |
O‘zbek, rus, ingliz va arab tillarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning din va ma’naviyat masalalariga bag‘ishlangan maqola va ma’ruzalar to‘plamini nashrga tayyorlash |
2007-yilning III choragi |
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonalari idorasi, Matbuot va axborot agentligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
7. |
“Toshkent - islom madaniyati poytaxti” nomli hujjatli filmni yaratish va uning taqdimotini o‘tkazish |
2007-yilning I choragi |
“O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti, “Jahon” axborot agentligi |
|
8. |
Diniy va dunyoviy ilmlar rivojiga hissa qo‘shgan mashhur islom allomalarining hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan kitoblar, risolalar va ilmiy-ommabop maqolalarni chop etish |
2007-yilning I—III choraklari |
O‘zekiston Fanlar akademiyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi |
|
9. |
“Toshkent —islom madaniyatining durdonasi” fotoalbomini nashr etish va taqdimotini o‘tkazish (o‘zbek, rus, ingliz va arab tillarida) |
2007-yilning III choragi |
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom universiteti, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi |
|
10. |
Toshkent islom universitetida “Merosimiz—faxrimiz” mavzuida tadqiqotchi va talabalar anjumanini o‘tkazish |
2007-yil aprel |
Toshkent islom universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi |
|
11. |
“Buyuk ajdodlarimizning islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” rukni ostida ko‘rsatuvlar tayyorlash |
Yil davomida |
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom universiteti |
|
12. |
“Hazrati Usmon mushafi”, “Imom Buxoriy”, “Hazrati Imom majmuasi: kecha va bugun” hujjatli filmlarini yaratish |
2007-yil may |
“O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi |
|
13. |
“Shahrim — faxrim”, “O‘zbekiston — bag‘rikeng diyor”, “Mehr—muruvvat — oliy fazilat”, “O‘zbekiston javohirlari” mavzularida ijtimoiy videoroliklar tayyorlash |
muntazam |
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
|
14. |
“Islom madaniyati ravnaq topgan yurt” mavzusida taniqli musavvirlar va xalq amaliy san’ati ustalarining ijodiy ishlari ko‘rgazmasini tashkil etish |
2007-yil iyun |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, “Oltin meros” jamg‘armasi |
|
15. |
“Markaziy Osiyoda islomiy qadriyatlar: bag‘rikenglik va insonparvarlik” mavzuiga oid xalqaro anjuman o‘tkazish |
2007-yil iyun |
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Markaziy Osiyoni tadqiq qilish Fransiya instituti va YUNESKOning Markaziy Osiyoni tadqiq qilish xalqaro instituti (Samarqand), Toshkent islom universiteti |
|
16. |
Toshkent shahrida “O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi ravnaqiga qo‘shgan hissasi” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish |
2007-yil sentyabr |
Tashqi ishlar vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Fanlar akademiyasining Tarix va Sharqshunoslik institutlari, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent islom universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Respublika Imom Buxoriy ilmiy-ma’rifiy markazi |
|
17. |
Toshkent islom universiteti manbalar xazinasida saqlanayotgan qo‘lyozmalar katalogining elektron variantini tayyorlab, veb-saytda joylashtirish |
2007-yil sentyabr |
Toshkent islom universiteti |
|
18. |
Toshkent davlat konservatoriyasida Toshkent “Islom madaniyati poytaxti” deb e’l�n qilinishiga bag‘ishlangan maxsus konsert dasturini tashkil etish |
2007-yil sentyabr |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi |
|
19. |
“Shosh vodiysi allomalarining ilmiy-ma’rifiy merosi” to‘plamini nashr etish |
2007-yil sentyabr |
Toshkent islom universiteti |
|
20. |
O‘zbekiston hukumati tomonidan ajdodlarimizning madaniy va ma’naviy boyliklarini qayta tiklash, ta’mirlash va asrab avaylash bo‘yicha qilinayotgan ishlarni mahalliy va xorijiy OAVda keng yoritish |
Yil davomida |
Matbuot va axborot agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent islom universiteti |
|
21. |
O‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng din va vijdon erkinligi, jamiyatdagi tinchlik va diniy bag‘rikenglik, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik mavzulariga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop maqolalarni respublika va xorijiy OAVda chop etish |
Yil davomida |
Matbuot va axborot agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi |
|
22. |
Talaba va o‘quvchilarni Toshkent shahridagi me’moriy va tarixiy yodgorliklar bilan tanishtirish maqsadida ekskursiyalar uyushtirish |
Yil davomida |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi |
|
23. |
AYSESKO saytida Toshkent shahrining islom sivilizatsiyasi ravnaqiga qo‘shgan hissasi haqida hikoya qiluvchi muhim tarixiy, ilmiy va adabiy ma’lumotlarni joylashtirish |
2007-yilning III choragi |
Tashqi ishlar vazirligi, AYSESKO kotibiyati |
|
24. |
O‘rta asrlarda yaratilgan “Tarixi jadidi Toshqand” (“Toshkentning yangi tarixi”) qo‘lyozmasi asosidagi risolani nashrga tayyorlash |
2007-yilning IV choragi |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi |
|
25. |
Toshkent islom universiteti saytida “Toshkent — islom madaniyati poytaxti” nomli rukn ochib, u yerda mazkur mavzuga oid materiallarni jamlash |
Yil davomida |
Toshkent islom universiteti |
|
26. |
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida “Toshkent: kecha va bugun” nomli ko‘rgazma tashkil etish |
2007-yilning III-IV choraklari |
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita |
2-ILOVA
| R.Qosimov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Tashkiliy qo‘mita raisi |
| A.To‘xtayev | — | Toshkent shahar hokimi, Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari |
| O.Yusupov | — | Din ishlari qo‘mitasi raisi v.b., Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari |
|
Tashkiliy qo‘mita a’zolari: | ||
| Sh.Minovarov | — | Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari |
| R.Qurbonov | — | Madaniyat va sport ishlari vaziri |
| A.Xodjayev | — | O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi |
| Z.�akimov | — | “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |
| B.Alimov | — | O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori |
| Sh.Salixov | — | O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti |
| T.Qo‘ziyev | — | O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi |
| U.Alemov | — | O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy |
| Sh.Yovqochev | — | Toshkent islom universiteti rektori |