Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.02.2023 03.11.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1948-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 03.11.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1948-2
Kuchga kirish sanasi
13.11.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.02.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA OChILADIGAN BANK HISOBVARAQLARI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 3-noyabrda 1948-2-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 451-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 18-son, 229-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 17-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29/4-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 17-oktabrdagi 29/4-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mijozlar tomonidan hisobvaraqlar ochish uchun bankka mazkur Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan hujjatlar taqdim qilingan kundan so‘ng, banklar ikki ish kuni mobaynida, agar qonun hujjatlarida boshqacha hollar nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularga hisobvaraqlar ochishlari shart.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi “qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraq ochish uchun asos bo‘lgan hujjatlari, bank hisobvarag‘i shartnomasi, shuningdek, unga kiritilgan o‘zgartirishlar, ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari, ikkilamchi hisobvaraqlar ochilganligi to‘g‘risidagi asosiy hisobvarag‘ini ochgan bankka yuborgan xabarning nusxasi hamda bekor qilingan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchalar mijozning yuridik yig‘majildida saqlanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 12-band quyidagi tahrirdagi “d” va “e” kichik bandlar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d) tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar tomonidan — ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat). Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli ko‘rsatilgandan so‘ng, bank tomonidan undan nusxa olinadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 13-band quyidagi tahrirdagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g) tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan — ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari, shuningdek, yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat). Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli ko‘rsatilgandan so‘ng, bank tomonidan undan nusxa olinadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 14-band quyidagi tahrirdagi “g” va “d” kichik bandlar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g) vakolatxona yoki filialga berilgan vakolatlarni belgilovchi hujjatning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) vakolatxona yoki filial nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan) hujjat. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli ko‘rsatilgandan so‘ng, bank tomonidan undan nusxa olinadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 16-band quyidagi tahrirdagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g) norezident yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat). Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli ko‘rsatilgandan so‘ng, bank tomonidan undan nusxa olinadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 17-banddagi “shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport va unga tenglashtirilgan hujjat) taqdim qilinadi” degan so‘zlar “shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat) taqdim qilinadi va bank tomonidan ushbu hujjatlardan nusxa olinadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 23-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 31-band quyidagi tahrirdagi “v” kichik band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v) norezident bank tomonidan va u ro‘yxatga olingan davlatda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar qo‘llanilishi to‘g‘risidagi axborot.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 39-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav)da ko‘rsatilgan ma’lumotlar (ta’sischilar, aksiyadorlar, ishtirokchilar yoki boshqa ma’lumotlar) o‘zgargan taqdirda, mijoz ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni notarial tasdiqlangan nusxasini bankka taqdim qiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 45-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Asosiy hisobvaraq o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot axborotlar bazasida qonun hujjatlarida belgilangan muddatda saqlanadi. Ushbu muddat tugagandan so‘ng o‘tkazilgan asosiy hisobvaraq to‘g‘risidagi ma’lumot arxivlanadi va belgilangan tartibda saqlanadi.”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 45-son, 487-modda)