O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SLOVAKIYA RESPUBLIKASI BILAN YaQIN ISTIQBOLDAGI HAMKORLIKNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasining Slovakiyaga 2008-yil 13-14-mart davridagi tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Slovakiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida erishilgan ahdlashuvlarni to‘liq ko‘lamda va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi bilan Slovakiya Respublikasi o‘rtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish tadbirlari rejasi (keyingi o‘rinlarda Tadbirlar rejasi deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralarning Tadbirlar rejasini bajarish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin.
3. Vazirliklar va idoralar rahbarlari Tadbirlar rejasida nazarda tutilgan bandlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlasinlar, ularning amalga oshirilishi to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 18-aprel,
71-son
O‘zbekiston Respublikasi bilan Slovakiya Respublikasi o‘rtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish
TADBIRLAR REJASI
| T/r | Maqsad | Tadbirlar | Muddatlari | Bajaruvchilar |
| I. Siyosiy soha | ||||
| 1. | Siyosiy-diplomatik munosabatlarni faollashtirish | 1.1. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi va Slovakiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish | 2009-yil | Tashqi ishlar vazirligi |
| II. Iqtisodiy munosabatlar sohasi | ||||
| 2. |
Savdo-iqtisodiy va investitsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish |
2.1. Slovakiya tadbirkorlari tashrifini tashkil etgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Slovakiya Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi o‘rtasida Iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolagan holda Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston — Slovakiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisini o‘tkazish | 2008-yil II yarim yillik | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
| 2.2. Tegishli ikki tomonlama bitim imzolash yo‘li bilan O‘zbekiston va Slovakiya Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish | 2008-yil | O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi | ||
| 2.3. O‘�bekiston fermyerlarining Slovakiyaga tanishuv tashrifini tashkil etish masalalarini ishlab chiqish | 2008-yil | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fermer xo‘jaliklari uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi | ||
| 2.4. O‘zbekistonda Slovakiya investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etgan holda avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish | 2008-2009-yillar | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar | ||
| 2.5. O‘zbekiston vakillarini Slovakiya korxonalarida ishlash uchun yuborish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish | 2008-yil | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi | ||