Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Temir yoʻl tarmogʻining ayrim korxonalari aksiyalarining davlat paketlarini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK ustav fondiga oʻtkazish toʻgʻrisida
Respublika temir yoʻl tarmogʻini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 18-martdagi PQ-1074-son “2009 — 2013-yillarda temir yoʻl tarmogʻini rivojlantirish va modernizatsiya qilishning kompleks dasturi toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining ilovaga muvofiq roʻyxatdagi aksiyadorlik jamiyatlarining davlat aktivlarini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK ustav fondiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ilovada koʻrsatilgan aksiyadorlik jamiyatlarining davlat aktivlarini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK ustav fondiga nominal qiymati boʻyicha oʻtkazsin hamda uning ustav fondini tegishli ravishda koʻpaytirsin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-oktabr,
286-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-oktabrdagi 286-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Davlat aktivlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK ustav fondiga oʻtkaziladigan aksiyadorlik jamiyatlari
ROʻYXATI
T/r | Aksiyadorlik jamiyatlarining nomi | Oʻtkaziladigan davlat aktivlari miqdori (%) | Davlat aktivlari oʻtkazilgandan soʻng “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondlaridagi ulushi |
1. | “Oʻztemiryoʻlkonteyner” OAJ | 39 | 90 |
2. | “Oʻzvagontaʼmir” OAJ | 39 | 90 |
3. | “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” OAJ | 47 | 98 |
4. | “Toshkent yoʻlovchi vagonlarini taʼmirlash zavodi” OAJ | 39 | 90 |