Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.01.2008 yildagi 12-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008—2012 YILLARDA QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYATLARIDA QURILISh MATERIALLARI SANOATINI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on yangi temir yo‘li bo‘ylab joylashgan hududlarida mineral xomashyo bazasini yanada kengaytirish va samarali o‘zlashtirish, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish, shuningdek qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “O‘zqurilishmateriallari aksiyadorlik kompaniyasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008—2012-yillarda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qurilish materiallari ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishning maqsadli parametrlari to‘g‘risida 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008—2012-yillarda amalga oshirish, uchun investorlarga tavsiya etilayotgan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalari to‘g‘risida 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun 2008—2012-yillarda sanoat asosida o‘zlashtirish tavsiya etilayotgan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qidirib topilgan, biroq foydalanilmayotgan xomashyo konlarini ishga tushirish to‘g‘risida 3-ilovaga* muvofiq takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Paxta-bank” aksiyadorlik-tijorat banki, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki, “Ipoteka-bank” aksiyadorlik-tijorat ipoteka banki, “Hamkorbank” aksiyadorlik-tijorat banki, “Asaka” davlat aksiyadorlik-tijorat banki va O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik-tijorat sanoat-qurilish banki tomonidan ushbu qarorga 2-ilovaga* kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jami 500 mln so‘mdan ortiq maqsadli kreditlar ajratish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda yangi ishlab chiqarishlar quvvatlarining, muhandislik va ijtimoiy infratuzilmaning, shuningdek ishlab chiqariladigan mahsulotlarning har bir turi bo‘yicha eksport hajmlarining asoslangan hisob-kitoblari bilan birga loyiha hujjatlarini tayyorlash, kelishish va tasdiqlashga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlasinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari investorlarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, konlarni o‘zlashtirishda, tasdiqlangan loyiha yechimlariga muvofiq obyektlar qurilishi uchun yer uchastkalari ajratish masalalarini hal etishda, shuningdek ularni amalga oshirish davomida tizimli asosda yordam ko‘rsatish va ko‘maklashish bo‘yicha bir oy muddatda chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasiga hamda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklariga qurilish materiallari sanoati sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish tajribasiga ega bo‘lgan xorijiy investorlarni qidirib topish va jalb etishda ko‘maklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi Surxondaryo viloyatida sement ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida Oqtoshdagi istiqbolli maydonlarda joylashgan gipsli tosh konlarida izlash-qidirish ishlarini olib borish va 2011-yilgacha tugallash chora- tadbirlarini ko‘rsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi investitsiya loyihalarini davlat ekspertizasidan o‘tkazishda yangi ishlab chiqarishlarning yuqori texnologiyaligi va samaradorligi, mineral xomashyo va yoqilg‘i-energetika resurslari tejalgan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoshligi va tannarxi masalalariga alohida e’tibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi hamda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining birgalikdagi taqdimiga ko‘ra, tegishli ravishda asoslangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha Idoralararo kengash tomonidan investitsiya loyihalari ro‘yxatiga tasdiqlangan maqsadli parametrlar saqlab qolingan holda, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi;
(8-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-oktabrdagi qarori tahririda 274-son — O‘R QHT, 2009-y., 43-son, 456-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi raisi hamda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimlari loyiha amalga oshirilayotgan viloyatlarda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishning maqsadli parametrlari o‘z vaqtida ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 23-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-son