Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.10.2009 22.07.1996 yildagi 261-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.10.2009
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

XALQARO VALYUTA FONDI VA JAHON BANKI GURUHI BILAN HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-oktabrdagi 274-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, shuningdek mavjud qoʻshma loyihalarni amalga oshirish hamda yangilarini tayyorlashni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi bilan hamkorligini rivojlantirish boʻyicha 1-ilovaga muvofiq Muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda Muvofiqlashtiruvchi kengash) tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlashtiruvchi kengash huzurida 2-ilovaga muvofiq ishchi guruhi tuzilsin, unga kengash kotibiyati funksiyasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Muvofiqlashtiruvchi kengashga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga koʻrsatiladigan moliyaviy va texnik yordamdan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
makroiqtisodiy rivojlantirish borasida xorijiy va milliy ekspertlar tomonidan ishlab chiqiladigan hujjatlar boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Moliyaviy va texnik hamkorlik loyihalarida ishtirok etadigan vazirliklar va idoralarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash boʻyicha masʼul shaxslarni tayinlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tasdiqlangan amaldagi loyihalarni bajarishning borishi toʻgʻrisida Muvofiqlashtiruvchi kengashga yilning har choragida hisobotlar taqdim etish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 22-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
261-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1- ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 14-dekabrdagi 520-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2- ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 14-dekabrdagi 520-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)