Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 07.09.2009 yildagi PQ-1183-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010 YIL HOSILI UChUN KUZGI BOShOQLI DON EKINLARINI EKISh, NAVLARNI JOYLAShTIRISh VA XARID QILIShNING TAShKILIY ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshoqli don ekinlari navlarini oqilona joylashtirishni ta’minlash, kuzgi ekin ekishni maqbul agrotexnik muddatlarda sifatli o‘tkazishda fermer xo‘jaliklarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining g‘allakor xo‘jaliklar bilan don mahsulotlari korxonalari o‘rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini umumlashtirish asosida tayyorlangan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari ekiladigan maydonlar hamda navlar bo‘yicha ularning tezpishar va serhosil navlarini joylashtirish to‘g‘risidagi 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan 2010-yilda yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urug‘ligi tayyorlash hajmlari to‘g‘risidagi 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan sug‘oriladigan yerlar uchun 2010-yil hosilidan yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urug‘ligi yetkazib berish hajmlari to‘g‘risidagi 3-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish hamda sug‘oriladigan yerlarda Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallari, shuningdek Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urug‘chilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2010-yil hosilidan superelita urug‘ligini tayyorlash to‘g‘risidagi 4-ilovaga* muvofiq takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi zimmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bahorgi ekishga yetarli hajmda sifatli, kalibrlangan, dorilangan va sertifikatlangan boshoqli don ekinlari urug‘larini, shuningdek qishloq xo‘jalik ekin texnikasini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sug‘oriladigan yerlarda asosan birinchi va ikkinchi reproduksiyali birinchi-ikkinchi klassdan past bo‘lmagan urug‘lar va lalmi yerlarda uchinchi reproduksiyadan past bo‘lmagan urug‘lar ekilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
don yetishtiruvchilar mazkur qaror bilan tasdiqlangan boshoqli don ekinlari navlarining joylashtirilishiga qat’iy amal qilishlari uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarbop don, navlashtirilmagan, sifatsiz tayyorlangan va dorilanmagan urug‘larni ekish, respublika hududida ekish tavsiya qilinmagan navlarni joylashtirish hamda ularni ishlov berish qiyin bo‘lgan yerlarga ekish qat’iyan taqiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri (Sh.M. Mirziyoyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshoqli don ekinlari navlarining tasdiqlangan tarzda joylashtirilishi va moddiy resurslarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlariga rioya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng yaxshi fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘plangan ijobiy tajribaning umumlashtirilishi va tatbiq etilishi, navning biologik xususiyatlariga muvofiq ravishda boshoqli don ekinlariga ishlov berish bo‘yicha agrotexnika tadbirlariga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshoqli don ekinlari ekishni har bir hudud uchun maqbul bo‘lgan muddatlarda — sug‘oriladigan yerlarda 2009-yilning 25-oktabrigacha va lalmi yerlarda 15-noyabrgacha tugallanishini ta’minlash ustidan tizimli nazoratni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi xizmat ko‘rsatuvchi banklar bilan birgalikda 2010-yil hosili doniga xarid narxlari tasdiqlangunga qadar 2009-yil hosili doniga o‘rtacha shakllangan narxlar bo‘yicha texnologiya kartalariga muvofiq muddatlar va kutilayotgan xarajatlar (shu jumladan urug‘lik qiymati)ga binoan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan boshoqli don ekinlari yetishtirishga kredit bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshoqli donning yangi, istiqbolli, serhosil navlarini xarid qilish borasida fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutgan holda, g‘allakor xo‘jaliklarni sifatli boshoqli don urug‘ligi bilan ta’minlash to‘g‘risidagi Nizomni bir oy muddatda belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yilning 1-avgustigacha mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlari hisobga olinishi va har bir g‘allakor fermer xo‘jaligiga yetkazilishini ta’minlagan holda, tumanlashtirilgan yuqori samarador boshoqli don seleksiyaviy navlarining asosiy xo‘jalik-biologik belgilari va xarakteristikalari bo‘yicha Ma’lumotnomani tayyorlasin va chop etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir tumanlashtirilgan boshoqli don ekinlari seleksiyaviy navini yetishtirish xususiyatlari va asosiy xarakteristikalari haqida fermyerlar o‘rtasida joylarda seminarlar hamda keng tushuntirish ishlari tizimli asosda o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagrosug‘urta” DASK sug‘urta qoplanishini 90 foizga qadar oshirish va sug‘urta tariflarini amaldagidan 50 foizga tushirish hisobidan yangi, yuqori samarador seleksiyaviy navlarning ekilishini rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlarini nazarda tutgan holda, boshoqli don ekinlari hosilini sug‘urtalash tartibini bir oy muddatda qayta ko‘rib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi fermer xo‘jaliklarining boshoqli don ekinlari urug‘larini sotish shoxobchalaridan foydalanishlarini yaxshilash uchun, ularning respublika bo‘ylab joylashishini qayta ko‘rib chiqsin va mazkur shaxobchalar tarmog‘ini kengaytirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi 2009-yilning 20-sentabrigacha respublikaning elita-urug‘chilik xo‘jaliklari buyurtmanomalari bo‘yicha 2009-yilda kuzgi ekish uchun xorijiy ilmiy muassasalardan 240 tonna hajmida boshoqli don ekinlarining superelita urug‘lari keltirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi olib kelinayotgan 240 tonna boshoqli don ekinlarining superelita urug‘lari uchun istisno tariqasida bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 7-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1183-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 9-son, 370-modda)