O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI HUJJATLARIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 28-iyuldagi PQ-1166-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati (Sh.X. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 7-oktabr,
PQ-1199-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 7-oktabrdagi PQ-1199-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo‘sh pul mablag‘larini bank oborotiga jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-726-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 41-son, 441-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)