Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.08.2009 yildagi 246-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009 — 2012 YILLARDA NAMANGAN VILOYATIDA KIChIK BIZNES, TADBIRKORLIK VA KASANAChILIKNI RIVOJLANTIRISh DASTURI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, Namangan viloyatining ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan yanada to‘liq foydalanish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, ichki bozorni mahalliy tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirish, shu asosda aholi bandligi va daromadini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-iyuldagi F-3215-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Ishchi komissiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Namangan viloyati hokimligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida ishlab chiqilgan 2009 — 2012-yillarda Namangan viloyatida kichik biznes, tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirish dasturi ma’qullansin. Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqlar, shaharlar va tumanlar bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishi sohasida kichik biznesning yangi korxonalarini tashkil etish parametrlari 1 va 1a-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar turlari, shaharlar va tumanlar bo‘yicha xizmatlar sohasida kichik biznes korxonalari tashkil etish parametrlari 2 va 2a-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar va tumanlar bo‘yicha kasanachilik sohasida ish o‘rinlari tashkil etish parametrlari 3-ilovaga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-iyuldagi F-3215-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Ishchi komissiyaga (R.S. Azimov) vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy hokimiyat organlarining ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni belgilangan muddatlarga muvofiq amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchiga (B.T. Yusupov), viloyatning shaharlari va tumanlari hokimlariga Dasturda belgilangan parametrlar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Namangan viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda Dastur parametrlari yil choraklariga bo‘lib chiqilgan holda barcha shaharlar va tumanlarga aniq yetkazib berilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik biznes korxonalari tashkil etish bo‘yicha loyihalarning tashabbuskorlariga zarur yer uchastkalari, noturar joy obyektlari ajratilishida, shuningdek biznesni tashkil etish va yuritish uchun zarur bo‘lgan ro‘yxatga olish tartib-qoidalaridan o‘tishda har tomonlama ko‘maklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur parametrlari bajarilishi monitoringini tashkil etsin hamda korxonalar va hududlar bo‘yicha kichik biznes va kasanachilikni rivojlantirishning muammoli masalalarini muntazam ravishda ko‘rib chiqsin, ularni hal etish yuzasidan zarur shoshilinch amaliy chora-tadbirlar ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning bajarilishi to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Namangan viloyati hokimligiga Namangan viloyati tumanlari va shaharlari hokimlariga va hokimlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga, shuningdek Kichik biznes, tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirish dasturi topshiriqlari to‘liq darajada bajarilishini ta’minlayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlari xodimlariga xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ro‘yxatdan o‘tkazish paytida davlat boji sifatida olingan mablag‘lar va mahalliy budjetlar parametrlari ortig‘i bilan bajarilishidan olingan mablag‘lar hisobiga har chorak yakunlari bo‘yicha ularning lavozim maoshiga 30 foizgacha miqdorida mukofot belgilash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda viloyat tumanlari va shaharlari hokimliklarining, shuningdek vazirliklar va idoralar hududiy bo‘linmalarining kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlari va xodimlarini mukofotlash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tijorat banklariga Namangan viloyati kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, eng avvalo dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirish, ular faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish, zamonaviy asbob-uskunalar va mini-texnologiyalar sotib olish, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kreditlar ajratilishini ta’minlash tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 24-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
246-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 35-son, 383-modda)