Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2025 07.08.2008 yildagi PQ-938-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI HUZURIDA MUQADDAS QADAMJOLARNI SAQLASH VA OBOD ETISH XAYRIYA JAMG‘ARMASINI TASHKIL QILISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muqaddas islom dini, islom falsafasi va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ulamo va aziz-avliyolarning tabarruk nomlari bilan bog‘liq Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Hazrati Imom, Shohi Zinda, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Ko‘k gumbaz, Dorus-saodat, Qosim shayx kabi mamlakatimiz hududidagi qutlug‘ ziyoratgoh va qadamjolarni talab darajasida saqlash va obodonlashtirish, ularning infratuzilmasini takomillashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda “Nuroniy” jamg‘armasining O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasini tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish jamg‘armasining Vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga, ijrochi direksiyasi tuzilmasi esa 2-ilovaga muvofiq tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish jamg‘armasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yurtimizda yashab o‘tgan, yodgorlik va qadamjolari qutlug‘ ziyoratgohga aylanib ketgan aziz-avliyo va mutafakkirlarning qoldirgan bebaho merosini xalqimiz, avvalo yoshlarimizning qalbi va ongiga chuqur singdirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noyob tarixiy-me’moriy majmualar bo‘lmish mazkur ziyoratgohlarni saqlash, tiklash-ta’mirlash va yanada obodonlashtirish, ularning infratuzilmasini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qadamjolarning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu maskanlarga mahalliy va xorijiy fuqarolarning keng ko‘lamdagi ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy ta’lim muassasalari uchun mutaxassislar tayyorlash hamda diniy sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish masalasida moliyaviy ko‘mak berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish jamg‘armasi faoliyatining moliyaviy manbalari quyidagilardan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy tashkilotlar, shuningdek, yurtimizdagi idora va muassasalar, ijtimoiy tashkilotlar, korxonalar, tijorat banklari va fuqarolarning xayriya mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarning xayriya tashkilotlari, jamg‘armalar, davlat rahbarlari, din arboblari va boshqa shaxslarning xayr-ehsonlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan xayriya mablag‘lari uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida maxsus hisob raqami ochilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasiga tushadigan mablag‘lar soliqqa tortilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-avgustdagi “Din sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim ishlarini va faoliyatini yanada takomillashtirishda ijtimoiy ko‘mak va imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi 364-sonli qarori ikkinchi bandining ikkinchi abzatsida qayd etilgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida tashkil etilgan maxsus jamg‘arma haqidagi punkt o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maxsus jamg‘armaning mol-mulki va moliyaviy mablag‘larini yangitdan tuzilayotgan Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasi balansiga o‘tkazish haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining taklifi ma’kullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning tasarrufidagi diniy tashkilotlar uchun kommunal xizmatlar (tabiiy gaz, ichimlik suvi, issiqlik energiyasi, elektr energiyasi, telefon, oqava suv va maishiy chiqindilarni tashish) bo‘yicha belgilangan to‘lov imtiyozlari hisobidan hosil bo‘lgan mablag‘lar O‘zbekiston musulmonlari idorasi budjetiga o‘tkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasining O‘zbekiston musulmonlari idorasining ma’muriy binosiga joylashtirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Uzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasi nizomini belgilangan tartibda ruyxatdan o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 7-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-938-son

O‘zbekiston Respublikasi 2008-yil 7-avgustdagi PQ-938-sonli qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston musulmonlari vdorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashi TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O. Yusupov‎ —‎ Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi vazifasini bajaruvchi, kengash raisi‎
U. Alimov‎ —‎ O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, kengash raisi o‘rinbosari‎
J. Nuriddinov‎ —‎ O‘zbekiston musulmonlari idorasi ta’lim bo‘lim mudiri, kengash mas’ul kotibi‎
R. Qurbonov‎ —‎ Madaniyat va sport ishlari vaziri‎
J. Qo‘chqorov‎ —‎ Moliya vazirining o‘rinbosari‎
R. Abdullayev‎ —‎ Toshkent islom universiteti rektori‎
N. Baxtiyorov‎ —‎ Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari‎
E. Boqiboyev‎ —‎ “Nuroniy” jamg‘armasi raisi‎
A. Ahmedov‎ —‎ “Mahalla” jamg‘armasi raisi‎
A. Qodirov ‎ —‎ Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari‎
A. Alimov‎ —‎ “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi‎
Z. Hakimov‎ —‎ “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi‎
O‘. Xolmuhamedov‎ —‎ “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktori‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: joylardagi hokim o‘rinbosarlari kengash a’zolari hisoblanadi. Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-sentabrdagi PF-5194-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi 2008-yil 7-avgustdagi PQ-938-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas kadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijrochi direksiyasining TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.‎ Ijrochi direktor‎ 1‎
2.‎ Bosh hisobchi — kassir‎ 1‎
3.‎ Ekspert-ta’mirshunos‎ 1‎
4.‎ Ziyoratlarni tashkil qilish bo‘yicha mutaxassis‎ 2‎

‎‎Jami —5 ta shtat birligi