O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BIRLAShGAN ARAB AMIRLIKLARIGA RASMIY TAShRIFI ChOG‘IDA ERIShILGAN KELIShUVLARNI AMALGA OShIRISh HAMDA IKKI TOMONLAMA HAMKORLIKNI YaNADA KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
2008-yil 17-18-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga Rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi ikki tomonlama hukumatlararo hamda idoralararo bitimlarni to‘laqonli va o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga Rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan bitim va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish Tadbirlari dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Birlashgan Arab Amirliklari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik doirasida amalga oshirish uchun ishlab chiqilayotgan loyihalar ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ushbu Qaror ilovalarida ko‘rsatilgan vazirliklar va idoralar, mas’ul ijrochilar Birlashgan Arab Amirliklari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Rasmiy tashrif davomida imzolangan hujjatlar va bitimlar ijrosi, ushbu Qaror bilan tasdiqlangan Tadbirlar dasturida nazarda tutilgan aniq tadbirlarning o‘z vaqtida ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin.
3. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri V.I. Norov zimmalariga yuklansin.
Ushbu Qaror bilan tasdiqlangan Tadbirlar dasturining ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga har chorakda axborot berib borilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-mart,
PQ-820-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 3-son, 165-modda)