Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 05.05.2008 yildagi PQ-861-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“QATAGʻON QURBONLARI XOTIRASI” MUZEYINING FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqimizning ozodlik va mustaqillik uchun olib borgan koʻp yillik mashaqqatli kurashini haqqoniy va toʻlaqonli aks ettirish, mustabid tuzum davridagi ommaviy qatagʻonlar tufayli qurbon boʻlgan, insonlik shaʼni, qadr-qimmati toptalgan vatandoshlarimizning hurmati va xotirasini joyiga qoʻyish, fuqarolarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat tuygʻularini kuchaytirish borasida “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeylari alohida muhim ahamiyatga ega ekanini nazarda tutib respublika jamoat tashkilotlari, taʼlim muassasalari, jamoatchilik vakillari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olib hamda muzey faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyining yangi ilmiy ekspozitsiyasini yaratish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishchi guruhi bir oy muddatda yangi ekspozitsiyaning har tomonlama puxta oʻylangan ilmiy-tarixiy konsepsiyasi va mavzu rejasini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi muzeyning yangi ekspozitsiyasini yaratish ishlarini 2008-yilning 1-avgustiga qadar yakuniga yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar hokimligi 2008-yilning 1-iyuliga qadar muzeyning mavjud binosini rekonstruksiya qilish, yangi ikkita ekspozitsiya zalini oʻz ichiga olgan qoʻshimcha bino qurish ishlarining yakunlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qurilish, rekonstruksiya, yangi ekspozitsiyasini yaratish, tegishli asbob-uskuna va jihozlarni xarid qilish boʻyicha ishlarni belgilangan muddatda oxiriga yetkazish maqsadida loyihalash va qurilish ishlarining bir vaqtda amalga oshirilishi, yuqorida zikr etilgan barcha ishlarning tender tanlovlari savdosi oʻtkazmasdan amalga oshirilishiga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh Prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Fanlar akademiyasi, Prezident devoni arxivi, “Oʻzarxiv” agentligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar mustamlakachilik va qatagʻon davriga oid hujjatlar, kino-foto materiallar, ashyoviy dalillardan ishchi guruhining foydalanishi, ekspozitsiya faoliyati uchun kerakli deb topilgan arxiv hujjatlarining belgilangan tartibda muzeyga berilishi uchun zarur chora- tadbirlarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi muzeyning yangi ekspozitsiyasini yaratish ishlari uchun taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan oʻz vaqtida mablagʻ ajratishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 5-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-861-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-maydagi PQ-861-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyning yangi ilmiy ekspozitsiyasini yaratish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruhi tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
B.Hasanov‎ —‎ “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori, guruh rahbari‎
M.Quronov‎ —‎ Respublika milliy gʻoya va mafkura markazi rahbari‎
A.Aʼzamov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni yetakchi konsultanti‎
A.Rahimov‎ —‎ Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimi‎
N.Habibullayev‎ —‎ Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori‎
D.Alimova‎ —‎ Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori‎
J.Ismoilova‎ —‎ Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi direktori‎
T.Doʻstayev‎ —‎ Oʻzbekiston amaliy sanʼat muzeyi direktori‎
E.Nuriddinov‎ —‎ Fanlar akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimi‎
M.Rahimov‎ —‎ Fanlar akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimi‎
Q.Rajapov‎ —‎ Fanlar akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimi‎
R.Abdullayev‎ —‎ Fanlar akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimi‎
S. Axmedov‎ —‎ “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyining ekspozitsiya boʻlimi mudiri‎
A.Ikromjonov‎ —‎ Oʻzbekiston xalq rassomi‎
O.Karimboboyeva‎ —‎ “Mediartpress” dizaynerlik firmasi direktori‎
H.Umarov‎ —‎ Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi dizayner rassomi‎