Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NAMANGAN VILOYATIDAGI QURILISHI TUGALLANGAN REZAKSOY SUV OMBORIDAN FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Namangan viloyatidagi qurilishi tugallangan Rezaksoy suv omboridan ishonchli foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Namangan viloyatidagi qurilishi tugallangan, 200,0 mln kub metr sigʻimli Rezaksoy suv ombori Davlat qabul komissiyasi qarori bilan foydalanishga qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvtaʼmirfoydalanish” respublika birlashmasi tarkibida Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
“Oʻzsuvtaʼmirfoydalanish” respublika birlashmasining Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasining xodimlarining cheklangan soni 63 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 9 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
bir oy muddatda Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasi ustavini tasdiqlasin va uning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
qurilishi tugallangan, 200,0 mln kub metr sigʻimli Rezaksoy suv omborining Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasi balansiga oʻtkazilishini taʼminlasin;
suv omboridan ishonchli foydalanilishi va suv resurslaridan oqilona foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2008-yilda Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasi taʼminoti xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtirsin;
2009-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasi taʼminoti uchun zarur budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-may,
91-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 91-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzsuvtaʼmirfoydalanish” respublika birlashmasining Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasi
tuzilmasi