Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2024 27.03.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1928
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrugʻi, 27.03.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1928
Kuchga kirish sanasi
06.04.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ADVOKAT STAJYORINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 27-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1928]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 3-iyundagi 10-mh-sonli “Advokat stajori va yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3517, 04.06.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunining 81-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 48-modda) muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Advokat stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) hamda Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2009-yil 27-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79-mh-son

Adliya vazirining 2009-yil 27-martdagi 79-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokat stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 2-son, 48-modda) muvofiq advokat stajorining (bundan keyingi o‘rinlarda stajor deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Stajor tomonidan advokat maqomiga ega bo‘lishga tayyorlanish va uning kasbiy bilimlarini hamda ko‘nikmalarini hosil qilish stajirovkaning asosiy vazifasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Stajirovka advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlar hay’ati, yuridik maslahatxonasi) o‘taladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi stajor bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek, sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs stajor bo‘lishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Stajorning faoliyat ko‘rsatishiga rahbarlik qiladigan advokat (stajirovka rahbari) kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Stajirovka o‘talishini rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxs (bundan keyingi o‘rinlarda talabgor deb yuritiladi) stajirovkani qaysi advokatlik tuzilmasida o‘tash niyatida bo‘lsa, o‘sha advokatlik tuzilmasiga ariza bilan murojaat qiladi. Talabgor stajirovkani yuridik maslahatxonada o‘tash uchun O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga (bundan keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarma deb yuritiladi) ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lgan shaxsiy varaqa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarjimai hol;

oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 8-mh-sonli (ro‘yxat raqami 1928-1, 06.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/1928-1/0520-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat daftarchasi, birinchi marta ishga kirayotgan talabgorlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qish (avvalgi ish) joyidan tavsifnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor tomonidan boshqa hujjatlar ham taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Talabgor stajorlikka qabul qilinishidan oldin advokatlik tuzilmasida (hududiy boshqarmada) suhbatdan o‘tadi, bunda talabgor tayyorgarligining umumiy darajasi, uni stajorlikka qabul qilish to‘g‘risida ariza berishga undagan sabablar aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Advokatlik tuzilmasining (hududiy boshqarmasining) rahbari suhbat natijalariga ko‘ra, talabgorni stajorlikka qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Stajorlikka qabul qilish advokatlik tuzilmasi (hududiy boshqarmasi) rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi, stajirovka rahbari ham shu buyruq bilan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Stajorning mehnat sharoitlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan belgilanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan advokatlik tuzilmasining (hududiy boshqarmasining), stajirovka rahbarining hamda stajorning huquq va majburiyatlari, stajorning mehnatiga haq to‘lash tartibi, ish rejimi, mehnat shartnomasining (kontraktning) amal qilish muddati, uni tugatish shartlari belgilanadi, advokatlik tuzilmasi (hududiy boshqarmasi), stajirovka rahbari va stajor o‘zaro munosabatlarining boshqa masalalari tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Stajorning asosiy ish joyi stajirovka o‘tayotgan advokatlik tuzilmasidir. Stajorning o‘rindoshlik asosida ishlashi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Stajirovkani tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Stajirovka advokatlik tuzilmasi tomonidan tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Stajirovka kamida uch oy davom etishi mumkin. Stajirovkaning eng ko‘p muddati ikki yildir.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 12-dekabrdagi 549-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1928-2, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1928-2/2305-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzoq muddat (betoblik, harbiy yig‘inlarga chaqirilganlik va shu kabilar bilan bog‘liq holda) ishda bo‘lmagan vaqt stajirovka muddatiga qo‘shilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Advokatlik tuzilmasi (hududiy boshqarmasi) tomonidan stajorga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi. Stajorlar qatoridan chiqarilganida guvohnoma advokatlik tuzilmasiga (hududiy boshqarmasiga) qaytarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Advokatlik tuzilmasida har bir stajorning shaxsiy ishi yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Stajirovka o‘tashi ustidan nazoratni advokatlik tuzilmasining rahbari amalga oshiradi. Advokatlik tuzilmasining rahbari stajirovka o‘tashini ta’minlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajor tomonidan stajirovkaning yakka tartibdagi rejalari bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajirovka rahbari bergan topshiriqlar va ularning stajor tomonidan bajarilishi aks ettiriladigan stajorning kundaligi yuritilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajor tomonidan aniq ishlar bo‘yicha qonunchilik va sud amaliyoti o‘rganilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajor tomonidan advokatlik tuzilmasining rahbar organi oldida keyinchalik o‘z vaqtida referatlar tayyorlanishi va himoya qilinishi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajorning kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlarda ishtirok etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajorning stajirovka o‘tashi to‘g‘risida o‘z vaqtida va to‘liq hisobot berishi ustidan nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Stajor o‘z faoliyatini stajirovka rahbari bergan alohida topshiriqlarni bajargan holda uning rahbarligi ostida amalga oshiradi. Bunda stajirovka rahbari stajorga zarur yordam ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Stajor advokatlik faoliyati bilan mustaqil shug‘ullanishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Stajirovka rahbari stajor bilan birgalikda advokatlik tuzilmasining rahbari tomonidan tasdiqlanadigan har choraklik stajirovkaning yakka tartibdagi rejalarini tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Stajirovkaning yakka tartibdagi rejasida stajor tomonidan bajariladigan ish mazmuni va bajarilishning aniq muddatlari, shuningdek, kasb tayyorgarligi bo‘yicha stajor bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning mazmuni va muddatlari belgilanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Stajor stajirovka o‘tash davrida kundalik yuritib, unga stajirovka rahbarining topshiriqlarini va bajargan ishlari to‘g‘risidagi hisobotni yozib boradi. Kundalik har haftada stajirovka rahbari tomonidan tekshiriladi va imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Stajirovka davrida stajor advokatlik faoliyatining barcha yo‘nalishlaridagi sohalarda kasbiy bilimlar va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda stajirovka rahbari stajorga zarur maslahatlar va tushuntirishlar berishi, o‘rganish uchun zarur bo‘lgan qonunchilik hujjatlari va sud amaliyotini tavsiya qilishi shart. Stajor qonunchilik hujjatlari va sud amaliyotini o‘rganib bo‘lganidan keyin stajirovka rahbari tomonidan u bilan aniq mavzular bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Stajirovka davrida stajor kelgusi ishdagi ixtisoslashuvni hisobga olgan holda huquq va protsessning dolzarbroq masalalari bo‘yicha ikkita referat tayyorlaydi. Tayyorlangan referatlar advokatlik tuzilmasining rahbar organi oldida keyinchalik himoya qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi referatni himoya qilganidan keyin stajor bilimlar, Advokatlarning kasb etikasi qoidalarining asosiy normalarini o‘zlashtirishi va ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs), advokatga maslahat so‘rab murojaat qilgan shaxslar bilan suhbat olib borishni bilishi, shuningdek, sud, protsessning boshqa ishtirokchilari bilan muomala qilish taktikasini o‘zlashtirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi referatni himoya qilganidan keyin stajor sudlarda himoya qilish taktikasi va uslubiyoti bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishi, to‘g‘ri va asoslangan nuqtai nazarni ishlab chiqishi, ish bo‘yicha mazmunli nutq tayyorlashi va so‘zlashni bilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Stajorga nisbatan Advokatlarning kasb etikasi qoidalari va advokatlik sirini saqlashga doir talablar tatbiq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Stajorga nisbatan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Stajorning mehnatiga haq to‘lash va ijtimoiy sug‘urtasi advokatlik tuzilmasiga kelib tushgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Stajorning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Stajor stajirovkani o‘tash davrida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik tuzilmasi tomonidan tashkil etiladigan amaliy mashg‘ulotlarda qatnashishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik tuzilmasining ishida ishtirok etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik tuzilmasida mavjud bo‘lgan huquqiy ma’lumotlar bazalaridan, maxsus adabiyotlardan foydalanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ materiallarni turkumlashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotini umumlashtirish, stajirovka rahbariga topshiriqlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va boshqa materiallar to‘plash bilan shug‘ullanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajirovka rahbari bilan birgalikda sud majlislarida, tergov harakatlarida ishtirok etishga, huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa xatti-harakatlarni sodir etishga haqli.
(25-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Stajor stajirovkani o‘tash davrida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajirovka rahbarining topshiriqlarini vijdonan, o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik sirini saqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik tuzilmasining mehnat intizomiga rioya etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq stajor boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
(26-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Stajirovka yakunlarini chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Stajor stajirovkaning barcha yakka tartibdagi rejalarini bajarib bo‘lganidan keyin yozma hisobot tayyorlaydi, unda o‘zi tomonidan stajirovkaning yakka tartibdagi rejalarni bajarilishining yakunlari aks ettirilishi kerak. Hisobot stajirovka rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Stajirovka muddati tugaganidan keyin stajirovka rahbari stajorga mufassal tavsifnoma tuzadi, unda uning tayyorgarlik darajasi, stajirovka davomida u tomonidan kasbga doir olingan amaliy va nazariy bilimlari hamda ko‘nikmalari, topshiriqlarni bajarishida va kollektivning jamoat hayotida ishtirokining faolligi, shuningdek, stajorni malaka imtihonini topshirishga kirishi to‘g‘risidagi tavsiyasi aks ettirilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Stajorga tavsifnoma advokatlik tuzilmasi rahbarining imzosi va tuzilmaning muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Stajor bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinadi, stajor esa advokatlik tuzilmasidan chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajorning stajorlar qatoridan chiqarish to‘g‘risidagi arizasiga binoan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajorni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sudning qarori qonuniy kuchga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajor tomonidan advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda advokaturaning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajor o‘z vazifalarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajorni sudlanganligi olib tashlanmagan yoki sudlanganlik holati tugallanmaganlikni kelib chiqishiga olib keladigan jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilganligi to‘g‘risidagi sudning hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajorlikka kirayotganda talabgor tomonidan o‘zi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar taqdim etgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajor O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajirovka o‘tashning eng oxirgi muddati tugaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat shartnomasi (kontrakt) qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha ham bekor qilinishi mumkin.
(29-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Advokatlik tuzilmalari belgilangan tartibda tegishli hududiy boshqarmalarga stajirovka bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Statistik ma’lumotlarni to‘plash va o‘rganish yakunlari bo‘yicha hududiy boshqarmalar advokatlik byurolari, advokatlik firmalari, advokatlar hay’atlari uchun stajirovka o‘tashga eng kam miqdorda ish o‘rinlarini belgilashi mumkin. Hududiy boshqarmalar yuridik maslahatxonalarida stajirovka o‘tash uchun zarur miqdorda ish o‘rinlari yaratadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Mazkur Nizomni buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatlar palatasining raisi T. SAYIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 27-mart
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 13-son, 152-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/1928-1/0520-son, 13.12.2018-y., 10/18/1928-2/2305-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)