Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 18.08.2009 yildagi 234-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ISTE’MOL BOZORINI YoZUV DAFTARLARI BILAN TA’MINLAShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika iste’mol bozorini, shu jumladan ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalarini “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga hamda milliy ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizga mos sifatli yozuv daftarlari bilan ta’minlash ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika ta’lim muassasalarini yozuv daftarlari bilan ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur, deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Dasturda belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli bajarilishi uchun tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Dasturning bajarilishi yuzasidan tegishli monitoring o‘rnatsin va amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari ro‘yxatiga 2-ilovaga muvofiq qo‘shimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.N. Aripov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 18-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
234-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 234-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ta’lim muassasalarini yozuv daftarlari bilan ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r‎ Chora-tadbirlar‎ Bajarish muddati‎ Bajarish uchun mas’ullar‎ Chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi
I. Ishlab chiqarilayotgan yozuv daftarlari sifatini oshirish
1.1‎ Amaldagi TSt 29-011:2005 “Umumiy daftarlar. Texnikaviy shartlar” va TSt 29-036:2007 “Maktab daftarlari. Texnikaviy talablar” standartlariga daftarlarni bezatishda ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan hamda milliy qadriyatlarimizga zid, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongi, tafakkuri hamda tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ma’lumotlar aks ettirilishi mumkin emasligini inobatga olgan holda belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.‎ 2009-yil sentyabr Matbuot va axborot agentligi, “O‘zstandart” agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi‎ Tegishli standartlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha me’yoriy hujjat‎
1.2‎ Yozuv daftarlari uchun gigiyenik talablarni belgilovchi sanitariya qoida va me’yorlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish.‎ 2009-yil sentyabr Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, Matbuot va axborot agentligi‎ Sanitariya-gigiyena normalari va qoidalari‎
II. Yozuv daftarlari ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish
2.1‎ Yozuv (shu jumladan kundalik, rasm) daftarlarini bezatishning ta’lim jarayoni talablariga javob berishini ta’minlash bo‘yicha ishchi guruhini tashkil qilish. ‎ 2009-yil sentyabr Matbuot va axborot agentligi, Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi‎ Idoralararo harakat dasturini tasdiqlash‎
2.2‎ Yozuv (shu jumladan kundalik, rasm) daftarlari sifatini nazorat qilishda, xomashyoni qabul qilishda va ularni ishlab chiqarishda tegishli talablarga rioya etish bo‘yicha soha mutaxassislarini o‘qitish kurslarini tashkil etish.‎ Doimiy ravishda‎ Matbuot va axborot agentligi, “O‘zstandart” agentligi, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish instituti, yozuv daftarlari ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar‎ Idoralararo kelishilgan ish rejasi dasturi‎
III. Yozuv daftarlari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash
3.1‎ Ishlab chiqaruvchilar yozuv (shu jumladan kundalik, rasm) daftarlarini ishlab chiqarish uchun import qilinadigan qog‘oz bo‘yicha qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilish, shuningdek import qilinadigan boshqa xomashyo, texnologik asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar bo‘yicha bojxona to‘lovlarini maqbullashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritish.‎ 2009-yil sentyabr Matbuot va axborot agentligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi Tegishli qaror loyihasi‎
3.2‎ Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida daftar va boshqa idora mahsulotlarini respublikaga olib kirishda to‘lanadigan bojxona to‘lovlarini maqbullashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.‎ 2009-yil sentyabr Matbuot va axborot agentligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi Tegishli qaror loyihasi‎
IV. Milliy ma’naviyatga zid hamda sifatsiz yozuv daftarlarining respublikaga keltirilishining oldini olish va ularning sotilishini taqiqlash
4.1‎ Milliy ma’naviyatimizga, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga zid bo‘lgan axborotga, dizaynga ega bo‘lgan va me’yoriy hujjatlar talablariga javob bermaydigan yozuv daftarlarining respublikamizga keltirilishining oldini olish tadbirlarini amalga oshirish hamda ichki bozorni bunday mahsulotlardan tozalash.‎ Tegishli mexanizmlar joriy etilgandan so‘ng doimiy ravishda Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari‎ Vazirlik va idoralar hamkorligidagi tadbirlar rejasi‎
4.2‎ Sotuvga chiqarilgan o‘quv anjomlari sifati yuzasidan doimiy monitoring olib borish.‎ Doimiy ravishda Matbuot va axborot agentligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi‎ Monitoring tadbirlari‎
4.3‎ Respublika hududiga yozuv daftarlari va boshqa idora mahsulotlari noqonuniy keltirilishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish.‎ Doimiy ravishda Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita, Davlat bojxona qo‘mitasi‎ Tadbirlar rejasi‎
4.4‎ Noqonuniy yo‘llar bilan respublikaga keltirilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan yozuv (shu jumladan kundalik, rasm) daftarlarini va boshqa idora mahsulotlarini respublikamiz bozorlarida sotilishini taqiqlash chora-tadbirlarini kuchaytirish.‎ Doimiy ravishda Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi‎ Tadbirlar rejasi‎
V. Milliy ma’naviyatga zid hamda sifatsiz yozuv daftarlaridan respublika ta’lim muassasalarida foydalanishni taqiqlash ishlarini kuchaytirish
5.1‎ Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan milliy ma’naviyatimizga, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga javob beradigan yozuv (shu jumladan kundalik, rasm) daftarlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.‎ 2009-yil avgust oyidan boshlab doimiy ravishda Matbuot va axborot agentligi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi‎ Yozuv (shu jumladan kun�alik, rasm) daftarlari ishlab chiqarish‎
5.2‎ Ta’lim muassasalarida ma’naviyatga zid hamda sifatsiz daftarlardan foydalanmaslik bo‘yicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.‎ Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi‎ Kompleks chora-tadbirlar‎
5.3‎ Iste’mol bozorini yozuv daftarlari bilan ta’minlashni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish.‎ Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya‎ Televideniye, radio hamda bosma ommaviy axborot vositalarida ko‘rsatuvlar, ruknlar, maqolalar va h. k.‎
5.4‎ Yozuv daftarlari bezaklarining mazmun-mohiyati bo‘yicha alohida talablarni ishlab chiqish va ta’lim muassasalari rahbarlari, ota-onalar hamda o‘quvchi-talabalarga yetkazish.‎ Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi‎ Tegishli talablar ro‘yxati, ota-onalar, o‘quvchi-talabalar bilan uchrashuvlar, suhbatlar‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 234-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari ro‘yxatiga kiritilayotgan qo‘shimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari ro‘yxatiga quyidagi tahrirdagi 40-1 pozitsiya qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

40-1.‎

Yozuv, kundalik, rasm daftarlari‎

4820 10 500 0,
‎4820 20 000 0

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 34-son, 371-modda)