O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MAJBURIY TARTIBDA SERTIFIKATLANADIGAN MAHSULOT TURLARI RO‘YXATIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Iste’molchilarning sog‘lig‘ini muhofaza qilishni kuchaytirish va ularning huquqlarini himoya qilish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini nazorat qilish darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-avgust,
241-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-avgustdagi 141-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari ro‘yxatiga kiritilayotgan qo‘shimchalar
1. 30-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 30-1-pozitsiya qo‘shilsin.
|
30-1. |
Kazein, kazeinatlar va kazeinning boshqa hosilalari; albumin, albuminat va albuminning boshqa hosilalari; jelatin (yelimshak) va jelatinning hosilalari; pepton va uning hosilalari; oqsil moddalar va ularning boshqa hosilalari; dekstrin va boshqa modifikatsiyalangan kraxmallar; fermentlar; ferment preparatlari |
3501 10 900 0**; |
2. Izohga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“** faqat oziq-ovqat sanoatida, farmatsevtika mahsulotlari va mollar uchun ozuqa ishlab chiqarishda qo‘llaniladiganlari”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 34-son, 375-modda)