O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING DAVLAT AXBOROT RESURSLARINI HAMDA INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARINI HISOBGA OLIShNI TAKOMILLAShTIRIShGA OID AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Davlat axborot resurslarini hamda interaktiv davlat xizmatlarini hisobga olishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
tegishli davlat axborot resurslari hamda interaktiv davlat xizmatlari shakllantirilishini, ulardan foydalanilishini va ularning o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlanishini va yangilanishini ta’minlasinlar;
zaruriyatga ko‘ra davlat organlarining ishlatilayotgan axborot tizimlarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-avgust,
239-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-avgustdagi 239-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda):
a) 2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga keyinchalik Ro‘yxatga kiritish uchun yil mobaynida shakllantirilgan davlat axborot resurslari bo‘yicha axborot kiritsinlar”;
b) 3-banddagi “har yili 1-fevralgacha” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatida:
4-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 4-1 — 4-3-pozitsiyalar qo‘shilsin:
|
4-1. |
Soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalari reyestri |
Davlat soliq qo‘mitasi |
|
4-2. |
Soliq deklaratsiyalari reyestri | |
|
4-3. |
Moliya va soliq hisoboti reyestri |
36-1-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 36-2-pozitsiya qo‘shilsin:
|
36-2. |
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining hamda talabalarining bitiruv malaka ishlari va magistrlik dissertatsiyalari ma’lumotlar bazasi |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
39-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 39-1-39-2-pozitsiyalar qo‘shilsin:
|
39-1. |
Ozonni buzuvchi moddalarni olib kirish va olib chiqishni hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi |
|
39-2. |
Mahsulotlar va chiqindilarni ekologik ekspertizadan o‘tkazish ma’lumotlar bazasi |
quyidagi mazmundagi 51-2-pozitsiya qo‘shilsin:
|
51-2. |
Asosiy xomashyo tovarlari kotirovkalari ma’lumotlar bazasi |
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
83-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 83-1 — 83-3-pozitsiyalar qo‘shilsin:
|
83-1. |
Bojxona yuk deklaratsiyasi ma’lumotlar bazasi |
Davlat bojxona qo‘mitasi |
|
83-2. |
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi | |
|
83-3. |
Davlat chegarasi orqali o‘tayotgan transport vositalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi |
quyidagi mazmundagi 116 — 123-pozitsiyalar qo‘shilsin:
|
116. |
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining yagona ma’lumotlar bazasi |
Davlat-tijorat Xalq banki |
|
117. |
Malaka toifalari to‘g‘risida sertifikat olgan O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablari pedagoglari reyestri |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi |
|
118. |
Akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi reyestr | |
|
119. |
Yuridik shaxslarga temir yo‘l transporti obyektlari, mahsulotlari va texnologiyalarini ularning belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan berilgan qabul qilish xulosalari reyestri |
O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
|
120. |
Milliy va xorijiy axborot resurslari ma’lumotlar bazasi |
O‘zbekiston milliy kutubxonasi |
|
121. |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tayyor ilmiy-texnik ishlanmalari ma’lumotlar bazasi |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi |
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 34-son, 374-modda; 2017-y., 38-son, 1037-modda)