Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 19.06.2009 yildagi PQ-1133-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGINING OʻN SAKKIZ YILLIK BAYRAMIGA TAYYORGARLIK KOʻRISh VA UNI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda mustaqillik biz uchun eng ulugʻ, eng aziz qadriyat boʻlib, milliy oʻzligimiz, or-nomusimiz, gʻurur-iftixorimiz timsoli, ezgu orzu-intilishlarimiz, yutuq va marralarimizning hayotbaxsh manbai sifatida shu muqaddas zaminda yashayotgan barcha vatandoshlarimiz qalbidan tobora mustahkam oʻrin egallamoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu sababli ham xalqimiz, jamoatchiligimiz mamlakatimiz mustaqilligining har bir sanasini munosib kutib olish va nishonlash uchun doimo katta tayyorgarlik koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu borada shakllangan ijobiy anʼanalarni uzviy davom ettirgan holda, istiqlol yillarida el-yurtimizning fidokorona mehnati bilan qoʻlga kiritilgan ulkan natijalarning mohiyati va ahamiyatini, qadr-qimmatini chuqur anglash, mamlakatimizda va xalqaro jamoatchilik oʻrtasida keng targʻib qilish, bayram tadbirlarini xalqimiz xotirasida yorqin iz qoldiradigan yuksak saviyada oʻtkazish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻn sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi shu yilning 30-iyuniga qadar “Mustaqillik biz uchun — oʻzligimizni anglash, yurt tinchligi va barqarorligining, inson manfaati, erkinligi va farovonligining, biz koʻzlagan demokratik jamiyat barpo etishning garovidir” degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu dasturni tayyorlashda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatanimiz mustaqilligining oʻn sakkiz yilligini munosib kutib olish, tarixan qisqa bu davrning yosh davlatimiz uchun siyosiy sohada, davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyot va maʼnaviyat, ijtimoiy hayot, sud-huquq tizimi, tashqi siyosat va xavfsizlikni taʼminlash borasida har tomonlama rivojlanish va yuksalish, jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egallash davri boʻlganini chuqur ochib berishga xizmat qiladigan kompleks madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqlol el-yurtimiz uchun oʻz taqdirining haqiqiy egasi boʻlib, oʻz qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish uchun keng imkoniyat yaratib berganini, har bir fuqaroning iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda isteʼdod va qobiliyatini toʻla namoyon etish, inson huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarish, hech kimdan kam boʻlmaydigan hayot barpo etishning mustahkam zamini boʻlib kelayotganini oʻtkaziladigan barcha tadbirlarning maʼno-mazmuniga chuqur singdirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqillik yillarida boy tariximiz, betakror merosimiz, muqaddas dinu diyonatimiz, koʻhna urf-odat va anʼanalarimizning qayta tiklangani, bugungi kunda mehr-oqibat, bagʻrikenglik, hamjihatlik kabi oliyjanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga uygʻun boʻlib yashash, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuygʻusi hayotimizdan atroflicha oʻrin olayotganini keng targʻib etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqimizning xohish-irodasi bilan qatʼiy tanlab olgan milliy taraqqiyot yoʻli asosida keng koʻlamli islohotlar izchil davom ettirilayotgani, jahon moliyaviy inqirozi oqibatlariga qaramay, iqtisodiyotimizning oʻsish surʼatlari, aholining hayot va farovonlik darajasi barqaror saqlanib qolayotganini, mamlakatimizda qabul qilingan muhim ijtimoiy dasturlar, jumladan, “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” davlat dasturining ijobiy samaralarini har tomonlama ochib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini, yurtimizning qiyofasi tubdan oʻzgarib, shahar va qishloqlarimiz yanada obod boʻlib borayotganini aniq va taʼsirchan hayotiy misollar yordamida yoritib berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida mustaqillik bayramiga bagʻishlab aholining keng qatlamlari oʻrtasida maʼrifiy uchrashuvlar, jonli muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar oʻtkazish maqsadida taniqli olimlar, adiblar va sanʼatkorlardan iborat maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot guruhlari tashkil etilgani hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Nuroniy” va “Mahalla” jamgʻarmalariga mustaqillik bayramining oʻn sakkiz yilligini munosib nishonlash uchun joylarda tegishli komissiyalar tuzish hamda respublika dasturida belgilab berilgan asosiy maqsad va vazifalarni amalga oshirish, bayram munosabati bilan shahar va qishloqlarda, mahalla va guzarlarda, koʻpqavatli uylar atrofida obodonlashtirish ishlarini olib borishni koʻzda tutadigan tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu reja va dasturlarda belgilangan tadbirlarni rasmiyatchilik va balandparvozlik holatlariga yoʻl qoʻymasdan, keng jamoatchilik vakillarini jalb etgan xolda, oddiy odamlarning qalbi va ongiga yetib boradigan, ularning ruhi va kayfiyatini koʻtaradigan, yangi marralar sari ilhomlantiradigan mazmun va shakllar asosida oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublika komissiyasi oʻz yigʻilishlarida dasturda belgilangan chora-tadbirlar markazda va joylarda qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har qaysi hudud, vazirlik va idora rahbarlari hisobotini muntazam ravishda eshitib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda oʻtkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar boʻyicha yuksak professional mahorat va tajribaga ega boʻlgan ssenarist va rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, isteʼdodli yosh sanʼatkorlar, folklor sanʼati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Madaniyat va sport ishlari vazirligi “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi, Yozuvchilar va Bastakorlar uyushmalari bilan birgalikda yurtimiz istiqlolini tarannum etishga qaratilgan eng yaxshi qoʻshiqlar, musiqa asarlari uchun “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika tanlovining yakuniy bosqichini oʻtkazsin. Tanlov gʻoliblari va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan birgalikda avgust oyining oxirida mamlakatimiz mustaqilligiga bagʻishlangan “Eng ulugʻ, eng aziz” anʼanaviy tanlovining yakuniy bosqichini oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi va Bastakorlar uyushmasi yosh ijrochilar oʻrtasida “Nihol” mukofotiga nomzodlarning respublika saralash bosqichini hamda gʻoliblar ijrosidagi konsert dasturini avgust oyining birinchi yarmida yuqori darajada tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda joylardagi ishlab chiqarish korxonalari, xoʻjaliklar, jamgʻarmalar hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mustaqillikning oʻn sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Qarorning ijrosini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 19-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1133-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 6-son, 230-modda)