Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.12.2009 18.08.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1995
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 18.08.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1995
Kuchga kirish sanasi
28.08.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.12.2009
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 8-iyuldagi PF-4119-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 18-avgustda 1995-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2009-yil 24-noyabrdagi 72 va 113-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 16-noyabrdagi PF-4152-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2049, 26.11.2009-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 8-iyuldagi PF-4119-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 8-iyuldagi PF-4119-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 31-oktabrdagi 59 va 105-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-oktabrdagi PF-4042-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ni tasdiqlash haqida”gi (roʻyxat raqami 1867, 2008-yil 5-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 44-45 son, 450-modda) qarori 2009-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 11-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 11-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2009-yil 11-avgust 50, 82-sonli qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 8-iyuldagi PF-4119-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻRIQNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 8-iyuldagi PF-4119-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandiga binoan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Farmonga muvofiq 2009-yilning 1-avgustidan quyidagilarning eng kam miqdorlari belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ish haqi — oyiga 33 645 soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yoshga doir pensiyalar — oyiga 66 660 soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 66 660 soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 40 375 soʻm.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi (33 645 soʻm x 8 = 269 160 soʻm).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Pensiya qayta hisoblanadigan oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun, ilovaga muvofiq yillar boʻyicha differensiyalangan yangi tuzatuvchi koeffitsiyentlar oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Pensionerning ish haqlari toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmagan yoki oʻrtacha bir oylik ish haqining tuzatuvchi koeffitsiyent qoʻllanilgandan keyingi yangi miqdori belgilangan eng kam ish haqi miqdori (33 645 soʻm)ga etmasa, pensiyani qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshga doir pensiyalar, I va II guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin etimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun tayanch miqdorlar oyiga 66660 soʻm, III guruh nogironlik va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosi uchun 33 330 soʻm miqdorida belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi eng kam ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir hamda I va II guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yangi oʻrtacha oylik ish haqining miqdori 33 645 soʻmdan 121 200 soʻmgacha (III guruh nogironlik pensiyasi va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun 111 100 soʻmgacha) boʻlgan miqdorni tashkil etgan hollarda pensiyalarni qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshga doir pensiyalari, I va II guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin etimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun pensiyaning tayanch miqdori oyiga 66 660 soʻm miqdorda, III-guruh nogironlik pensiyalari va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yuqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosi uchun 33 330 soʻm miqdorida belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir pensiyalar hamda I va II guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qolgan toifadagi pensionerlarning pensiyalarini qayta hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pensiyalarni hisob-kitob qilish uchun yangi eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi olinadi (269 160 soʻm);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisoblab topilgan oʻrtacha ish haqi pensiyani hisoblashda qabul qilingan pensioner ish stajining miqdoriga bogʻliq foizlarga koʻpaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (33645 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 8-iyuldagi PF-4119-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnomaga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiyalarni qayta hisoblashda oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun qoʻllaniladigan tuzatuvchi koeffitsiyentlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davrlar‎ Koeff.‎ Davrlar‎ Koeff.‎
1971-yil yilga qadar‎ 1461,5604‎ 1994-yil 1-iyuldan‎ 718,1646‎
1971-yil‎ 1424,3736‎ 1994-yil 1-avgustdan‎ 588,7301‎
1972-yil‎ 1388,9929‎ 1994-yil 1sentyabrdan‎ 511,8163‎
1973-yil‎ 1344,5639‎ 1994-yil 1-noyabrdan‎ 397,1173‎
1974-yil‎ 1254,3684‎ 1995-yil 1-yanvardan‎ 397,1173‎
1975-yil‎ 1226,8425‎ 1995-yil 1-martdan‎ 201,0311‎
1976-yil‎ 1200,5185‎ 1995-yil 1-sentabrdan‎ 154,7903‎
1977-yil‎ 1167,1983‎ 1996-yil 1-yanvardan‎ 154,7903‎
1978-yil‎ 1127,9540‎ 1996-yil 1-apreldan‎ 115,0659‎
1979-yil‎ 1105,7394‎ 1996-yil 1-sentabrdan‎ 80,2949‎
1980-yil‎ 1077,3669‎ 1997-yil 1-yanvardan‎ 80,2949‎
1981-yil‎ 1057,0826‎ 1997-yil 1-iyuldan‎ 55,9045‎
1982-yil‎ 1056,9614‎ 1998-yil 1-yanvardan‎ 55,9045‎
1983-yil‎ 1037,5213‎ 1998-yil 1-iyuldan‎ 40,6921‎
1984-yil‎ 1037,4026‎ 1999-yil 1-yanvardan‎ 33,3260‎
1985-yil‎ 1024,8434‎ 1999-yil 1-avgustdan‎ 25,9596‎
1986-yil‎ 1012,5294‎ 2000-yil 1-avgustdan‎ 16,9058‎
1987-yil‎ 988,6218‎ 2001-yil 1-avgustdan‎ 12,0769‎
1988-yil‎ 923,5416‎ 2002-yil 1-apreldan‎ 10,5020‎
1989-yil‎ 866,3108‎ 2002-yil 1-avgustdan‎ 9,1305‎
1990-yil‎ 781,7936‎ 2003-yil 1 maydan‎ 7,6089‎
1991-yil‎ 539,4666‎ 2004-yil 1-avgustdan‎ 5,8534‎
1992-yil 1-yanvardan‎ 159,5006‎ 2005-yil 1 maydan‎ 4,8770‎
1992-yil 1-iyuldan‎ 74,6165‎ 2005-yil 1-oktabrdan‎ 4,0640‎
1992-yil 1-oktabrdan‎ 35,8635‎ 2006-yil 1-iyuldan‎ 3,3868‎
1993-yil 1-yanvardan‎ 26,4450‎ 2006-yil 1-noyabrdan‎ 2,8224‎
1993-yil 1-apreldan‎ 18,9604‎ 2007-yil 1-avgustdan‎ 2,2579‎
1993-yil 1-iyundan‎ 8,0918‎ 2007-yil 1-noyabrdan‎ 2,0526‎
1993-yil 1-iyuldan‎ 5,1961‎ 2007-yil 1-dekabrdan‎ 1,8815‎
1993-yil 1-sentabrdan‎ 3,9851‎ 2008-yil 1-apreldan‎ 1,6800‎
1993-yil 1-noyabrdan‎ 2,4189‎ 2008-yil 1-sentabrdan‎ 1,4000‎
1994-yil 1-yanvardan‎ 1,8119‎ 2008-yil 1-noyabrdan‎ 1,3250‎
1994-yil 1-martdan‎ 1,0869‎ 2008-yil 1-dekabrdan‎ 1,2500‎
1994-yil 1-iyundan‎ 0,7256‎ 2009-yil 1-avgustdan‎ 1,0000‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 34-son, 376-modda)