Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 22.04.2009 yildagi PQ-1103-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009 — 2014 YILLARDA OʻZBEKISTON MILLIY AVTOMAGISTRALINI REKONSTRUKSIYA QILISh VA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan, Oʻzbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi I toifali toʻrt yoʻlakli xalqaro avtomobil yoʻllarini qurish hamda rekonstruksiya qilish yoʻli bilan respublikaning barcha mintaqalarini ishonchli birlashtiradigan yagona milliy transport tizimini yaratish, uning negizida avtotransportda yuk tashish hajmlarini koʻpaytirish va samaradorligini oshirish, yangi ish joylarini shakllantirish hamda aholining bandligi oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va “Oʻzavtoyoʻl” DAK tomonidan ishlab chiqilgan 2009 — 2014-yillarda Oʻzbekiston milliy avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirishning quyidagilarni oʻz ichiga oladigan parametrlari:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 21-dekabrdagi PQ-1446-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 512-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston milliy avtomagistrali” loyihasini amalga oshirishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlari kompleksi 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilida berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009 — 2014-yillarda Oʻzbekiston milliy avtomagistralini rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan parametrlar toʻliq hajmda hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi ijrochi direktori va “Oʻzavtoyoʻl” DAK raisi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yoʻllari uchastkalarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha buyurtmachi etib — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yoʻllari uchastkalarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha zarur hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha bosh loyihalovchi tashkilot etib — “Yoʻl loyiha byurosi” MChJ loyiha instituti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlardan oʻtadigan avtomobil yoʻllari uchastkalarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha bosh pudrat tashkilotlari etib — “Oʻzavtoyoʻl” DAKning tegishli hududiy boʻlinmalari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq xalqaro va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kredit mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan avtomobil yoʻllari uchastkalari boʻyicha bosh pudrat tashkiloti tuzilgan xalqaro shartnomaga muvofiq tanlov asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Oʻzbekiston milliy avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish loyihasi amalga oshirilishini jadallashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini, ushbu mablagʻlarni faqat sement-beton qoplamali uchastkalar qurilishiga maqsadli yoʻnaltirgan holda jalb etish masalalarini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6 toʻplamdan iborat ixtisoslashtirilgan mobil asfalt-beton komplekslarini Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi resurslaridan 5 yil davomida toʻlanadigan kredit mablagʻlari hisobiga 2010-yilning birinchi choragida yetkazib berilishini hisobga olgan holda ularni xarid qilish boʻyicha belgilangan tartibda tender savdolari oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda Oʻzbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish obyektlari mazkur Qarorga 1-ilovaga* muvofiq belgilangan tartibda Investitsiya dasturiga kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Oʻzavtoyoʻl” DAK va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda 2009-yil 1-avgustgacha motellar va kempinglar, AYQSh, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari hamda boshqa obyektlarning yagona meʼmoriy qiyofasini hisobga olgan holda, aniq investorlarni va ularni moliyalashtirish manbalarini belgilash bilan ularning kompleks qurilishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisini rivojlantirish dasturi loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi 2009 — 2014-yillarda Oʻzbekiston milliy avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish loyihasini amalga oshirishning butun davri ichida bajarilayotgan yoʻl-qurilish ishlari, shuningdek xalqaro va milliy talablarga muvofiq darajada qoʻllanadigan qurilish materiallari sifati ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 22-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1103-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 4-son, 173-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 512-modda)