13.08.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1882-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 13.08.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1882-1
Kuchga kirish sanasi
23.08.2009
Hujjat 23.08.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SUGʻURTALOVChILARNING SUGʻURTA ZAXIRALARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 13-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1882-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 16-son, 197-modda), Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-sonli “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 26-son, 299-modda) muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 107-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1882, 2008-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 52-son, 529-modda) bilan tasdiqlangan “Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 24-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009-yil 24-iyuldagi 74-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 5-band quyidagi mazmundagi “v-1” kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v-1) keyingi yillarda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun moʻljallangan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (IFJMS BZ) (ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 6-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni va/yoki ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshiruvchi sugʻurtalovchilar tegishlicha, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasini (OChZ FJMS) va/yoki ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasini (OChZ IFJMS) shakllantirishlari shart”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 7-bandda “va transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasidan” soʻzlari “transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasidan va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi mazmundagi 25-1 va 25-2-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“25-1. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (IFJMS BZ) keyingi yillarda sugʻurtaning mazkur turi boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun moʻljallangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasining hisob-kitobi quyidagi koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha hisobot davrida hisoblangan sugʻurta brutto-mukofoti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha hisobot davrida amalga oshirilgan sugʻurta toʻlovlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni hisobot davrida amalga oshirish xarajatlari (shu jumladan, sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa koʻrsatkichlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IFJMS BZni hisoblash maqsadida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish xarajatlari miqdori (shu jumladan, sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar) hisobot davrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta brutto-mukofotining 30 foizi miqdorida oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IFJMS BZning hisob-kitobi brutto-sugʻurtalash koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda (qayta sugʻurtalovchilar ishtirokini (ulushini) hisobga olmagan holda) amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-2. Sugʻurtalovchi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasini quyidagi tartibda hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IFJMS BZ miqdorini hisob-kitob qilish bazasi sifatida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishdan hosil boʻlgan moliyaviy natija miqdori qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishdan hosil boʻlgan moliyaviy natija hisobot davridagi sugʻurtaning mazkur turi boʻyicha daromadlar miqdori va hisobot davridagi sugʻurtaning mazkur turi boʻyicha xarajatlar miqdori oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha daromadlar quyidagilarning yigʻindisi sifatida aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davrida hisoblangan sugʻurta brutto-mukofotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab topilmagan mukofot zaxirasi, xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi va sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasining hisobot davrida kamayish tomonga oʻzgarishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha xarajatlar quyidagilarning yigʻindisi sifatida aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davrida sugʻurta shartnomalarining muddatidan oldin tugatilishi (shartlarining oʻzgartirilishi) munosabati bilan sugʻurta qildiruvchilarga qaytarilgan sugʻurta mukofotlari (badallari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish xarajatlari (shu jumladan, sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilardan iborat boʻlgan hisobot davrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha joriy sugʻurta toʻlovlarini taʼminlash xarajatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab topilmagan mukofot zaxirasi, xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi va sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasining hisobot davrida koʻpayish tomonga oʻzgarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davrida amalga oshirilgan sugʻurta toʻlovlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi farq koʻrsatilgan daromadlarning 5 foizidan ortiq boʻlsa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi hisobot davri oxiriga koʻrsatilgan ortiq summaga koʻpayadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha xarajatlar summasi daromadlar summasidan ortib ketsa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi hisobot davri oxiriga xarajatlarning daromadlardan ortgan summasiga kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sugʻurtalovchi hisobot davri boshiga qadar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasini hisoblamagan boʻlsa, mazkur zaxira hisobot davri boshiga nolga teng deb qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi hisob-kitoblar natijasida manfiy qiymatga ega boʻlsa, mazkur zaxira nolga teng deb qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasini hisob-kitob qilish uchun mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan jadvallardan foydalaniladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 26-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga (IFJMS OChZ) ajratmalar miqdori, hisobot davrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta brutto-mukofotining 5 foizi miqdorida belgilanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OChZ har bir hisobot sanasiga hisoblanadi. OChZ miqdori hisobot sanasining boshiga boʻlgan OChZ miqdoriga oshirilgan va hisobot davrida ogohlantirish chora-tadbirlariga sarflangan mablagʻlar summasiga kamaytirilgan hisobot davrida ushbu zaxiraga qilingan ajratmalar miqdoriga teng boʻladi (FJMS OChZ va IFJMS OChZ bundan mustasno). Biroq aniqlangan OChZning miqdori (FJMS OChZni va IFJMS OChZni hisobga olmagan holdagi, hisobot sanasiga boʻlgan OChZ miqdori) har qanday holatda ham umumiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalarini hisobga olmagan holda) yalpi hisoblangan sugʻurta mukofotining 10 foizidan koʻp boʻlmasligi lozim”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“IFJMS OChZ har bir hisobot sanasiga alohida hisoblanadi. IFJMS OChZ miqdori hisobot sanasining boshiga boʻlgan IFJMS OChZ miqdoriga oshirilgan va hisobot davrida ogohlantirish chora-tadbirlariga sarflangan mablagʻlar summasiga kamaytirilgan hisobot davrida ushbu zaxiraga qilingan ajratmalar miqdoriga teng boʻladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 32-bandning birinchi xatboshidagi “(FJMS BZdan tashqari)” soʻzlari “(FJMS BZ va IFJMS BZdan tashqari)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 42-bandda “1, 2 va 3-ilovalariga” soʻzlari “1, 2, 3 va 4-ilovalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur oʻzgartish va qoʻshimchalarning 1-ilovasidagi tahrirga muvofiq 2-ilova bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 2-ilova 3-ilova deb hisoblansin va mazkur oʻzgartish va qoʻshimchalarning 2-ilovasidagi tahrirga muvofiq bayon etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 3-ilova 4-ilova deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1-jadval*‎

_________________________________________ ning

‎‎(sugʻurtalovchining toʻliq nomi)
‎‎20__ y. “___” ____________ holatiga
‎ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy
‎sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasini
‎hisoblash maqsadida daromadlar, xarajatlar va moliyaviy natijalarning
‎‎HISOB-KITOBI
Satr № Koʻrsatkich nomi‎ Miqdori (ming soʻm)
1.‎ Hisobot davrida hisoblangan sugʻurta brutto-mukofoti‎
2.‎ Hisobot davri boshiga IMZ‎
3‎. Hisobot davri oxiriga (hisobot sanasiga) IMZ‎
4.‎ Hisobot davri boshiga XZZ‎
5.‎ Hisobot davri oxiriga (hisobot sanasiga) XZZ‎
6.‎ Hisobot davri boshi�a SXZZ‎
7.‎ Hisobot davri oxiriga (hisobot sanasiga) SXZZ‎
8.‎ Hisobot davrida amalga oshirilgan sugʻurta toʻlovlari‎
9.‎ Shartnomalarning muddatidan oldin tugatilishi (shartlarining oʻzgartirilishi) munosabati bilan hisobot davrida sugʻurta qildiruvchilarga qaytarilgan sugʻurta mukofotlari (badallari)‎
10.‎ Hisobot davrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish uchun amalga oshirilgan xarajatlar (shu jumladan, sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar) (10 satr = 1satr x 30%)
11.‎ Hisobot davrida IMZ, XZZ va SXZZ oʻzgarishi (11 satr = 3 satr – 2 satr + 5 satr – 4 satr + 7 satr – 6 satr) ‎
12.‎ Jami — daromadlar
‎(agar 11 satr > = 0, bu holda 12 satr = 1 satr;
‎agar 11 satr < 0, bu holda 12 satr = 1 satr – 11 satr)
13.‎ Jami — xarajatlar
‎(agar 11 satr > = 0, bu holda 13 satr = 8 satr + 9 satr + 10 satr + 11 satr;
‎agar 11 satr < 0, bu holda 13 satr = 8 satr + 9 satr + 10 satr)
14.‎ Moliyaviy natija (daromadlarning xarajatlardan yoki xarajatlarning daromadlardan yuqoriligi) (14 satr = 12 satr – 13 satr)‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2-jadval*

_________________________________________ ning

‎‎(sugʻurtalovchining toʻliq nomi)
20__ y. “___” ____________ holatiga
‎ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy
‎sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasining
‎‎HISOB-KITOBI
Satr № Koʻrsatkich nomi‎ Miqdori (ming soʻm)
1.‎ Daromadlar
‎(1-jadvalning 12 satri maʼlumotlariga koʻra)
2.‎ Moliyaviy natija (daromadlarning xarajatlardan yoki xarajatlarning daromadlardan oshganligi)
‎(1-jadvalning 14 satri maʼlumotlariga koʻra)
3‎. Hisobot davri boshiga ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (IFJMS BZ)
4.‎ IFJMS BZ ning koʻpayishi/k�mayishi (agar 2 satr > = 0,05 x 1 satr, bu holda 4 satr = 2 satr – 0,05 x 1 satr;
‎agar 0 < = 2 satr < 0,05 x 1 satr, bu holda 4 satr = 0;
‎agar 2 satr < 0, bu holda 4 satr = 2 satr)
5.‎ Oraliq yakun (3 satr + 4 satr)
6.‎ Hisobot sanasiga ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (agar 5 satr < 0, bu holda 6 satr = 0;
‎agar 5 satr > = 0, bu holda 6 satr = 5 satr)

‎‎‎Mazkur shaklda berilgan maʼlumotlar toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaymiz. Shuningdek, mazkur shakl sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq tuzilganligini tasdiqlaymiz.

‎Imzolar:‎


‎___________________________________


‎___________‎

(F.I.Sh.)‎

(imzo)

_______________________________________________‎

(sugʻurtalovchi ijro etuvchi organining rahbari lavozimi)

Bosh hisobchi _________________________________________ ___________‎

(F.I.Sh.)‎

(imzo)

Muhr oʻrni”.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Faqatgina sugʻurtalovchi tomonidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha faoliyat olib borilgan taqdirda toʻldiriladi. Mazkur jadvaldagi daromadlar, xarajatlar va moliyaviy natijani aniqlashda qoʻllaniluvchi barcha miqdorlar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishga taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

______________________________________ ning

‎‎(sugʻurtalovchining toʻliq nomi)

‎20___ y. “___” ________ holatiga
‎sugʻurta zaxiralarining umumiy miqdori

Zaxiralar Jami (ming soʻm) Shulardan xorijiy valyutada
AQSh dollari‎ yevro‎ boshqa‎ jami (ming soʻm ekv.)
Ishlab topilmagan mukofot zaxirasi (jami)‎
1-hisob guruhi, shu jumladan:‎
FJMS boʻyicha IMZ‎
IFJMS boʻyicha IMZ‎
2-hisob guruhi‎
3-hisob guruhi‎
4-hisob guruhi‎
Qayta sugʻurtalovchilarning IMZdagi ulushi‎
Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi (jami), shu jumladan:‎
FJMS boʻyicha XZZ‎
IFJMS boʻyicha XZZ‎
Qayta sugʻurtalovchilarning XZZdagi ulushi‎
Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi (jami), shu jumladan:‎
FJMS boʻyicha SXZZ‎
IFJMS boʻyicha SXZZ‎
Qayta sugʻurtalovchilarning SXZZdagi ulushi‎
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (FJMS BZ)‎
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi (IFJMS BZ)‎
Mukofotlar zaxirasi (jami)‎
jumladan, hayotni sugʻurta qilishning jamgʻarilib boruvchi turlari boʻyicha zaxira
Qayta sugʻurtalovchilarning HJZdagi ulushi‎
Hayotni sugʻurta qilishning boshqa turlari (jamgʻarilib boruvchi turlaridan tashqari) boʻyicha zaxira‎
Qayta sugʻurtalovchilarning HZdagi ulushi‎
Qayta sugʻurtalovchilarning mukofotlar zaxirasidagi ulushi‎
Texnik zaxiralarning umumiy miqdori‎
Qayta sugʻurtalovchilarning texnik zaxiralarda umumiy ulushi‎
Ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi (jami), shu jumladan:‎
FJMS OChZ‎
IFJMS OChZ‎
Sugʻurtaning boshqa turlari boʻyicha OChZ‎
Boshqa sugʻurta zaxiralari‎
…‎
Sugʻurta zaxiralarining umumiy miqdori‎
Qayta sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralaridagi umumiy ulushi‎

‎‎‎Mazkur shaklda berilgan maʼlumotlar toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaymiz. Shuningdek, mazkur shakl sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq tuzilganligini tasdiqlaymiz.

‎Imzolar:‎‎ ____________‎‎_____________________‎___________

‎‎
‎_____________

‎‎‎(F.I.Sh.)

‎‎(imzo)

‎‎____________________________________________
‎‎‎‎(sugʻurtalovchi ijro etuvchi organining rahbari lavozimi)

‎Bosh hisobchi‎ _____________________________________


‎‎‎_____________

‎(F.I.Sh.)

‎(imzo)

Muhr oʻrni”.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 32-33-son, 367-modda)