13.08.2009 yildagi 231-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasini, “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasini amalga oshirish maqsadida hamda Vazirlar Mahkamasining “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash haqida” 2009-yil 3-apreldagi 98-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uch oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shaismatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 13-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
231-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimida (keyingi oʻrinlarda — davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimi deb ataladi) radioaktiv moddalar (keyingi oʻrinlarda RM deb ataladi) va radioaktiv chiqindilarni (keyingi oʻrinlarda RCH deb ataladi) davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini yuritishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini respublika darajasida davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish — Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan RM va RCH aylanishi subyektlarida RM va RCHni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini idoraviy darajada davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish — Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga idoraviy mansub RM va RCH aylanishi subyektlarida RM va RCHni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RM va RCH aylanishini mintaqaviy darajada davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish — Oʻzbekiston Respublikasining tegishli maʼmuriy-hududiy birligi hududida joylashgan RM va RCH aylanishi subyektlarida RM va RCHni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga idoraviy mansub tashkilotlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radioaktiv moddalar — tarkibida belgilangan radiatsiyaviy xavfsizlik normalari va qoidalarining eng kam qiymatidan ortiq aktivlikdagi radionuklidlar boʻlgan har qanday agregat holatidagi yadroviy materiallarga tegishli boʻlmagan moddalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanish uchun moʻljallanmagan, tarkibidagi radionuklidlarning aktivlik darajasi qonunchilikda belgilangan koʻrsatkichlardan yuqori boʻlgan har qanday agregat holatidagi moddalar”.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RM va RCH aylanishi subyektlari — Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunchilikda belgilangan tartibda RM va RCHni qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat koʻrsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi, zararsizlantirilishi va koʻmib tashlanishi boʻyicha RM va RCH aylanishi sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ionlashtiruvchi nurlanish manbai (INM) — oʻzidan ionlashtiruvchi nurlanish chiqaruvchi yoki chiqarishga qodir boʻlgan qurilma va (yoki) radioaktiv modda, yadroviy materiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ionlashtiruvchi nurlanish — radioaktiv parchalanishda, yadroviy evrilishlarda, moddadagi zaryadlangan zarralar harakatining sekinlashuvida hosil boʻladigan hamda muhit bilan oʻzaro taʼsir etish chogʻida har xil qutbli ionlarni hosil qiladigan nurlanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yopiq radionuklid manbai — qoʻllanilishi va eskirishi davrida, oʻzidan chiqayotgan moʻljallangan radionuklidlarning atrof muhitga tarqalishini istisno qiluvchi qurilma, ionlashtiruvchi nurlanish manbai;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq radionuklid manbai — qoʻllanilishi davrida oʻzidan chiqayotgan radionuklidlarni atrof muhitga tarqatuvchi ionlashtiruvchi nurlanish manbai;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiatsiyaviy xavfsizlik — fuqarolar va atrof muhitning ionlashtiruvchi nurlanishning zararli taʼsiridan himoyalanganligi holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-himoya zonasi — mazkur manbani normal holatlarda ishlatganda fuqarolarning nurlanish olish darajasi aholi uchun belgilangan asosiy meʼyordan ortishi mumkin boʻlgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai atrofidagi hudud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatish zonasi — radiatsiyaviy monitoring oʻtkaziladigan sanitariya-himoya zonasidan tashqaridagi hudud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy xavfsizlik — yadroviy materiallardan xavfsiz foydalanishni taʼminlaydigan tadbirlar kompleksi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radionuklidlar bilan zararlangan hudud — normalar va qoidalarda belgilangan minimal qiymatidan oshadigan va nurlanishga olib keladigan radioaktiv moddalar maʼlum miqdorda bor boʻlgan atom energiyasi ishlatilgan obyektlar (sanoat, sanitariya-himoya zonasi va kuzatish zonasidagi yer va hovuzlar) hududi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yillik taʼsir darajasi (ekvivalenti) — bir yil ichida olingan tashqi nurlanish taʼsiri (ekvivalent) darajasi yigʻindisi hamda shu yil davomida organizm qabul qilgan shartli radionuklidlarning ichki nurlanishi kutilgan taʼsir (ekvivalent) darajasi. Yillik taʼsir darajasi birligi — zivert (Zv).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoaviy taʼsir darajasi — individual taʼsir darajalari yigʻindisiga teng boʻlgan nurlanishning stoxastik taʼsiri vujudga kelishining jamoaviy xavfi chorasi. Jamoaviy taʼsir darajasi birligi — inson-zivert (chel. — Zv).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nuklid — berilgan massa sondagi (yadrodagi proton va neytronlar massasi) va atom raqamli (yadrodagi proton va neytronlar soni) xilma-xil atomlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Davlat tomonidan hisobga olinishi va nazorat qilinishi kerak boʻlgan RM va RCH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar davlat tomonidan hisobga olinishi va nazorat qilinishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
minimal qiymatli solishtirma aktivligi (MQSA), xonada yoki ish joyidagi aktivligi (MAA) va alohida nuklidlar radiatsiyaviy xavflilik guruhi ushbu Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan qiymatdan oshadigan RM. Yangi tayyorlangan RM omborga kelib tushgan vaqtida davlat tomonidan hisobga olinadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan tasniflash boʻyicha qattiq va suyuq RCH, ushbu Nizomga 3-ilovada koʻrsatilgan tasniflash boʻyicha gaz holatidagi RCH.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yongʻindan xabar beruvchi signalizatsiyalardagi radionuklid manbalar, radiatsiyaviy nazorat asboblarida ishlatiladigan etalonli manbalar, radiofarmatsevt preparatlar, immunologik analiz uchun toʻplamlar, tibbiyot uchun belgilangan radioizotop generatorlar, radionuklidlar bilan belgilangan birikmalar, shuningdek asosida yemirilish davri 60 (oltmish) sutkagacha boʻlgan eritmalar va radioizotop preparatlar, yod-125 ni qoʻshgan holda, faqat ularni ishlatadigan RM va RCH aylanishi subyektlarida hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. RM va RCH aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish axborotlarni yigʻish, qayta ishlash va yetkazish, uni ruxsat berilmagan foydalanishdan himoya qilish, qonunchilik talablariga muvofiq boshqa axborot tizimlari bilan elektron koʻrinishda maʼlumot almashishni taʼminlaydigan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. RM va RCHni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. RM va RCHni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish RM va RCH aylanishi subyektlarida dastlabki hisobga olish natijalari va RCH ning barcha aylanishi hamda ularning bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi maʼlumotlariga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RM va RCHni dastlabki hisobga olish ular turgan, saqlanadigan va koʻmiladigan punktlar (joylar) boʻyicha hamda radionuklid tarkibi, aktivligi, ularning hajmi va soniga qarab olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastlabki hisobga olishni yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan qoʻllanmaga asosan belgilanadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RM va RCH aylanishi subyektlari tomonidan RM va RCH olinishi va berilishi vaqtidagi hisobga olish va nazorat qilish toʻgʻrisida 10 kun ichida axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RM va RCH aylanishi subyektlari tomonidan RM va RCHni hisobga olish va nazorat qilish toʻgʻrisida joriy yilning 1-fevraligacha yillik yangilanadigan axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlovchi tashkilotlar, RM radionuklid manbalar, tarkibida radionuklid manbai boʻlgan asboblar (apparatlar, qurilmalar) bilan taʼminlovchi tashkilotlar hamda ularni qayta ishlovchi, saqlovchi va koʻmib yuboruvchi tashkilotlar tomonidan har chorakda bir marta RM berilishi (olinishi) toʻgʻrisidagi axborot taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Hisobga olish va nazorat qilish shakllari Atom energiyasi xalqaro agentligi tavsiyalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. RM va RCHning fizik mavjudligini aniqlash uchun RM va RCH aylanishi subyektlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RM va ular joylashgan joyni — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan INMni inventarizatsiyadan oʻtkazish yoʻriqnomasiga asosan har yili;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RCH va ular saqlanadigan va koʻmiladigan punktlarni hamda RM va RCH aylanishi subyektlari kuzatuv chegarasida joylashgan radionuklidlar bilan zararlangan hududlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan INMni inventarizatsiyani oʻtkazish yoʻriqnomasiga asosan besh yilda bir marta inventarizatsiyadan oʻtkazadilar.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. RM va RCH aylanishi subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan, u tugatilgan yoki qayta tashkil qilingan, RM va RCH bilan ishlash butunlay toʻxtatilgan, oʻgʻirlik, RM va RCH turgan yoki saqlanadigan punktlarga (joylarga) ruxsat berilmagan taʼsir oʻtkazish aniqlangan taqdirda, favqulodda holatlar oqibatlari bartaraf qilingandan keyin RM va RCH navbatdan tashqari inventarizatsiyadan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. RM va RCH aylanishi subyektlarida RM va RCHni yoʻqotishlar, shuningdek topilgan yoki hisobga olinmagan RM aniqlanganda tashkilot tezda oʻzidan yuqori turuvchi tashkilotga (mavjud boʻlsa), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga maʼlum qiladi. Hisobga olinmagan va topilgan RM va RCH davlat hisobiga olinadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. RM va RCH aylanishi subyektlari rahbarlari maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga oʻz vaqtida, ishonchli va toʻliq taqdim etilishi hamda qonunchilikka muvofiq maxfiylik rejimi taʼminlanishi uchun javob beradilar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Xodimlarni oʻqitish, tayyorlash va qayta tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Respublika, idora va mintaqa darajalarida RM va RCH aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi xodimlarni oʻqitish, tayyorlash va qayta tayyorlash belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bazasida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. RV va RCH aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish boʻyicha rahbar xodimlarni va mutaxassislarni oʻqitish dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi bazasida davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha doimiy ishlaydigan maslahat punkti tashkil qilinadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. RM va RCHni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi buzilganligi uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Nizom buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minimal ahamiyatli solishtirma aktivlik (MQSA), ish joyidagi yoki xonadagi aktivlik (MAA) va alohida nuklidlarning radiatsiyaviy xavflilik guruhi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nuklid‎ MASA, Bk/g‎ MAA, Bk‎ Xavflilik guruhi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎
C-14‎ 1 E+04‎ 1 E+07‎ V‎
P-32‎ 1 E+03‎ 1 E+05‎ B‎
P-33‎ 1 E+05‎ 1 E+08‎ G‎
Fe-55‎ 1 E+04‎ 1 E+06‎ V‎
Fe-59‎ 1 E+01‎ 1 E+06‎ V‎
Co-57‎ 1 E+02‎ 1 E+06‎ V‎
Co-60‎ 1 E+01‎ 1 E+05‎ B‎
Zn-65‎ 1 E+01‎ 1 E+06‎ V‎
Sr-90‎ 1 E+02‎ 1 E+04‎ B‎
Y-90‎ 1 E+03‎ 1 E+05‎ B‎
Tc-96‎ 1 E+01‎ 1 E+06‎ V‎
Tc-96m‎ 1 E+03‎ 1 E+07‎ V‎
Tc-97‎ 1 E+03‎ 1 E+08‎ G‎
Tc-97m‎ 1 E+03‎ 1 E+07‎ V‎
Tc-99‎ 1 E+04‎ 1 E+07‎ V‎
Tc-99m‎ 1 E+02‎ 1 E+07‎ V‎
Ag-110m‎ 1 E+01‎ 1 E+06‎ V‎
Sb-124‎ 1 E+01‎ 1 E+06‎ V‎
I-123‎ 1 E+02‎ 1 E+07‎ V‎
I-125‎ 1 E+03‎ 1 E+06‎ V‎
I-126‎ 1 E+02‎ 1 E+06‎ V‎
Cs-137‎ 1 E+01‎ 1 E+04‎ B‎
Eu-152‎ 1 E+01‎ 1 E+06‎ V‎
Gd-153‎ 1 E+02‎ 1 E+07‎ V‎
Tm-170‎ 1 E+03‎ 1 E+06‎ V‎
W-181‎ 1 E+03‎ 1 E+07‎ V‎
W-185‎ 1 E+04‎ 1 E+07‎ V‎
Tl-204‎ 1 E+04‎ 1 E+04‎ B‎
Pb-210*‎ 1 E+01‎ 1 E+04‎ B‎
Bi-210‎ 1 E+03‎ 1 E+06‎ V‎
Po-210‎ 1 E+01‎ 1 E+04‎ B‎
Rn-220*‎ 1 E+04‎ 1 E+07‎ V‎
Rn-222* 1 E+01‎ 1 E+08‎ G‎
Ra-226* 1 E+01‎ 1 E+04‎ B‎
Ra-228*‎ 1 E+01‎ 1 E+05‎ B‎
Ac-228‎ 1 E+01‎ 1 E+06‎ V‎
Th-228*‎ 1 E+00‎ 1 E+04‎ B‎
Th-230‎ 1 E+00‎ 1 E+04‎ B‎
tabiiy — Th (Th-232 qoʻshilgan holda)‎ 1 E+00‎ 1 E+03‎ A‎
Cd-109‎ 1 E+04‎ 1 E+06‎ V‎
Th-234* 1 E+03‎ 1 E+05‎ B‎
U-234‎ 1 E+01‎ 1 E+04‎ B‎
U-235* 1 E+01‎ 1 E+04‎ B‎
U-238* 1 E+01‎ 1 E+04‎ B‎
tabiiy — U‎ 1 E+00‎ 1 E+03‎ A‎
Pu-238‎ 1 E+00‎ 1 E+04‎ B‎
Pu-239‎ 1 E+00‎ 1 E+04‎ B‎
Am-241‎ 1 E+00‎ 1 E+04‎ B‎
Cf-252‎ 1 E+01‎ 1 E+04‎ B‎
Pm-147‎ 1 E+04‎ 1E+07‎ V‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: * Quyidagi tegishli radionuklidlar hosil boʻlgan radionuklidlar bilan muvozanat holatida keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pb-210‎ Bi-210, Po-210‎
Rn-220‎ Po-216‎
Rn-222‎ Po-218, Pb-214, Bi-214, Po-214‎
Ra-226‎ Rn-222, Po-218, Pb-214, Bi-214, Po-214, Pb-210, Bi-210, Po-210‎
Ra-228‎ Ac-228‎
Th-228‎ Ra-224, Rn-220, Po-216, Pb-212, Bi-212, Tl-208 (0.36), Po-212 (0.64)‎
tabiiy — Th‎ Ra-228, Ac-228, Th-228, Ra-224, Rn-220, Po-216, Pb-212, Bi-212, Tl-208 (0.36), Po-212 (0.64)‎
Th-234‎ Pa-234m‎
U-235‎ Th-231‎
U-238‎ Th-234, Pa-234m‎
tabiiy — U‎ Th-234, Pa-234m, U-234, Th-230, Ra-226, Rn-222, Po-218, Pb-214, Bi-214, Po-214, Pb-210, Bi-210, Po-210‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aktiv darajalari jadvalda keltirilgan aktivlikdan kam boʻlganda xodimlardan boʻlgan shaxslar va aholining yillik individual nurlanishi taʼsiri darajasi 10 mkZv dan va avariya holatida esa 1 mZv dan, jamoaviy taʼsir darajasi 1 ins.-Zvdan oshmaydi. Teriga ekvivalent nur darajasi 50 mZv/yil dan oshmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tabiiy radionuklidlar texnogen nurlanish manbalaridan isteʼmol tovarlariga oʻtganida (masalan, Ra-226, Po-210) yoki kimyoviy zaharliligi boʻyicha (toriy, uran va boshqalar uchun) baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bir qancha nuklidlar birga boʻlganda ularning umumiy aktivligi jadvaldagi qiymatiga nisbatan birlikdan oshmasligi kerak. Ushbu ilovada keltirilgan radionuklidlar jami aktivlikning minimal qiymatiga bogʻliq ravishda (MAA) radiatsiyaviy xavflilik boʻyicha 4 guruhga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A — 1 x 103 Bk;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
B — 1 x 104 i 1 x 105 Bk;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V — 1 x 106 i 1 x 107 Bk;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
G — 1 x 108 i 1 x 109 Bk, hamda Kr-83m, Kr-85m va Xe-135m.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jadvalda koʻrsatilmagan radionuklidlarning MASA, MAA va radiatsiyaviy xavflilik guruhi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suyuq va qattiq holatdagi RCH tasnifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chiqindilar kategoriyasi‎‏ Solishtirma aktivlik, kBk/kg‎‎
beta-nur chiqaruvchi radionuklidlar‎ alfa-nur chiqaruvchi radionuklidlar (transuranlilardan tashqari)‎ transuranli radionuklidlar‎
Past aktivlikdagilar‎ 103 dan kam‎ 102 dan kam‎ 101 dan kam‎

Oʻrtacha aktivlikdagilar‎

103 dan 107 gacha‎

102 dan 106 gacha‎

101 dan 105 gacha‎

Yuqori aktivlikdagilar‎

107 dan ortiq‎

106 dan ortiq‎

105 dan ortiq‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gaz holatidagi RCH tasnifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Chiqindilar kategoriyasi‎

Hajmli aktivlik, Ki/mq‎

Past aktivlikdagilar‎ 10-10 dan past‎
Oʻrta aktivlikdagilar‎ 10-10 dan 10-6 gacha‎
Yuqori aktivlikdagilar‎ 10-6 dan yuqori‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallar aylanishi subyektlari — Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunchilikda belgilangan tartibda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat koʻrsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi, zararsizlantirilishi va koʻmib tashlanishi boʻyicha yadroviy materiallar aylanishi sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilishdagi anomaliyalar — yadroviy materiallarning yetishmasligi (ortiqchaligi), hisobga olish va hisobot hujjatlaridagi xatolar, yadroviy materiallarni nazorat qilish vositalarining buzilishi, ishlamasligi, yadroviy materiallarni ishlatish va berish tartibining buzilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atributlar — koʻrib yoki ish vositalari bilan tekshirishni amalga oshirish mumkin boʻlgan predmetning tavsifi (masalan, predmetning identifikatori, predmetning joylashishi, predmetdagi aralashishni indikatsiya qilish vositasining ahvoli, predmetning geometrik oʻlchamlari, netto va brutto ogʻirligi va hokazolar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atributiv belgilar — predmetning u yoki bu atributlarining borligi yoki yoʻqligini bir xil maʼnoda tasdiqlovchi belgilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallar balansi — balanslararo davrda balans material zonasida hujjatlarda belgilangan va mavjud yadroviy materiallar miqdorining qiyosiy yakuni;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallar turlari — izotop tarkibi maʼlum bir chegaradagi yadroviy materiallar. Yadroviy materiallarning turlari respublika miqyosida yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining tartibga soluvchi hujjatlari asosida belgilanadi;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori boyitilgan uran (YUBU) — uran 235 izotopi boʻyicha boyitilishi 20% dan kam boʻlmagan uran;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
past darajada boyitilgan uran — uran 235 izotopi boʻyicha boyitilishi 20% dan kam boʻlgan uran;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
materiallar balansi zonasi (MBZ) — yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish uchun yadroviy qurilma yoki yadroviy materiallarni saqlash punkti doirasida hududiy va maʼmuriy belgilangan zona. Zonada oʻlchashlar asosida yadroviy materiallarning zona ichida yoki uning tashqarisida har bir joyi oʻzgartirilishida miqdori belgilanadi va belgilangan vaqt davridagi yadroviy materiallar balansi chiqariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inventarizatsiya farqi — yadroviy materiallarning amalda mavjud va hujjatlarda belgilangan miqdori oʻrtasidagi farq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fizik inventarizatsiya — MBZdagi mavjud yadroviy materiallarning haqiqiy miqdorini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallarning kategoriyalari — yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish nuqtai nazaridan yadroviy materiallarning miqdoriy tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy oʻlchash nuqtasi — yadroviy materiallarning oqimi va mavjud miqdori oʻlchanishi mumkin boʻlgan joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallarni nazorat qilish — yadroviy materiallarning mavjud miqdori va olib oʻtilishini maʼmuriy nazorat qilish. Bu yadroviy materiallar, uskunalar va maʼlumotlardan foydalanishni nazorat qilishni, yadroviy materiallarni kuzatishni, yadroviy materiallarning ruxsat berilgan joylashishi va joyi oʻzgartirilishini tekshirishni oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallarni nazorat tekshiruvidan oʻtkazish — yadroviy materiallar mavjudligini atributiv belgilar boʻyicha hisobga olish birliklari shaklida tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
material-balansli hisobot — balanslararo davrda yadroviy materiallarning mavjud miqdori va balansi toʻgʻrisidagi belgilangan shaklda tuzilgan hisobot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balanslararo davr — ketma-ket ikki fizik inventarizatsiya oʻrtasidagi davr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallar (YAM) — tarkibida yadro moddalari mavjud boʻlgan yoki boʻlinadigan (parchalanadigan) yadro moddalari ishlab chiqarishga qodir boʻlgan, shuningdek tarkibida yadro materiallari boʻlmagan yoki yadro materiallari ishlab chiqarishga qodir boʻlmagan, biroq yadro ichidagi energiyasi portlab ajralib chiqilishiga (yadro portlashi) moʻljallangan qurilmalarda foydalanilishi mumkin boʻlgan materiallar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Barcha yadroviy materiallar (uran, plutoniy, toriy) ularning miqdoridan, jismoniy holatidan qatʼi nazar davlat tomonidan hisobga olinadi va nazorat qilinadi, qazib olishda yoki qayta ishlashda rudaning tarkibida boʻlgan yadroviy materiallar bundan mustasno.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yadroviy materiallar davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishning tartib-qoidalarini, metodlarini aniqlashga tabaqalashtirilgan yondashishni taʼminlash maqsadida kategoriyalar boʻyicha tasniflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yadroviy materiallar aylanishi subyektlari MBZni yadroviy qurilma yoki yadroviy materiallarni saqlash punkti chegarasida belgilaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Har bir MBZda yadroviy materiallarning asosiy oʻlchash nuqtasi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yadroviy materiallarga nisbatan oldingi miqdoriy tavsiflarni oʻlchash va yadroviy materiallar atributiv belgilari ishonchliligini tasdiqlaydigan foydalanishni nazorat qilish vositalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yadroviy materiallarni hisobga olish ularning miqdoriy tavsifini oʻlchash natijalariga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar yadroviy materiallar miqdoriy tavsifining oldingi oʻlchanishi natijalari ishonchliligi qoʻllanilgan foydalanishni nazorat qilish vositalarining zarur holati, tegishli tasdiqlovchi oʻlchashlar bilan tasdiqlansa, ushbu natijalardan foydalanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldindan oʻlchash, eksperimental tadqiqotlar natijalariga asoslangan hisob-kitob usuli (metodikalar)ni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yadro reaktorida joylashgan mahsulotlardagi yadroviy materiallar massasi hisobga olish maqsadida reaktorga joylanishidan to reaktordan nurlangan mahsulotlar chiqarib tashlanishiga qadar oʻzgarmaydi deb qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yadroviy materiallarning amaldagi mavjud miqdorini aniqlash maqsadida MBZda fizik inventarizatsiya oʻtkaziladi. Yadroviy materiallarning fizik inventarizatsiyasi jarayonida hisobga olish maʼlumotlari, atributiv belgilar, yadroviy materiallarning miqdoriy tavsifini oʻlchash tekshiriladi. Fizik inventarizatsiya tugallangandan keyin yadroviy materiallar balansi chiqariladi, inventarizatsiya farqi va har bir yadroviy material uchun MBZda uning nuqsoni aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniq bir yadroviy materialning MBZdagi inventarizatsiya farqi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IF = FM – HM = NM – KoʻM + KaM – NM, bunda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FM — yadroviy materiallarning MBZdagi amaldagi mavjud miqdori, bu ushbu fizik inventarizatsiya natijasida aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HM — inventarizatsiyani oʻtkazish boshida MZBdagi hujjatlar bilan roʻyxatga olingan yadroviy materiallar miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KoʻM — muayyan balanslararo davrda barcha tushumlar, ishlatishlar va hokazolar natijasida MBZdagi yadroviy materiallar miqdorining aniqlangan va hujjatlarda qayd etilgan koʻpayishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KaM — muayyan balanslararo davrda MBZdan barcha joʻnatilishlar, yadroviy aylanish, nobudgarchilik va hokazolar natijasida MBZdagi yadroviy materiallar miqdorining aniqlangan va hujjatlarda qayd etilgan kamayishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NM — ushbu balanslararo davr boshida MBZdagi yadroviy materiallarning aniqlangan va hujjatlarda roʻyxatga olingan mavjud miqdori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yadroviy materiallarning amaldagi mavjud miqdorini aniqlash natijalari asosida, shuningdek inventarizatsiya farqining olingan miqdorini uning yoʻl qoʻyiladigan miqdori bilan taqqoslash yoʻli bilan har bir MBZ uchun yadroviy materiallarning kamomadi (ortiqchaligi) yoki yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishda anomaliyalar yoʻqligi toʻgʻrisida xulosalar chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishning barcha darajalari uchun hisobotning yagona tizimi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Hisobga olish maʼlumotlarini tuzatishga faqat xato yozuvni saqlab qolgan holda hisobga olish hujjatlariga yangi yozuvlarni kiritish yoʻli bilan yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Hisobot maʼlumotlarini tuzatishga faqat yangi hisobot hujjatlarini taqdim etish yoʻli bilan yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Respublika darajasida yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, yadroviy materiallar aylanishi subyektlari yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimida, shu jumladan MBZda maʼlumotlarning himoya qilinishi va saqlanishini taʼminlaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Nazorat qilinishi kerak boʻlgan yadroviy materiallar
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Davlat hisobiga qoʻyish va davlat hisobidan chiqarish
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Yadroviy materiallar ishlab chiqarilgandan keyin yoki shu yadroviy materiallar aylanishi subyektining boshqa MBZdan, yoki yadroviy materiallar aylanishi boshqa subyektining MBZdan kelib tushganda MBZda hisobga qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yadroviy materiallar yadroviy materiallar aylanishi ayni bir subyektining boshqa MBZga, yoki yadroviy materiallar aylanishi boshqa subyektining MBZga joʻnatilgandan keyin MBZda hisobdan chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Yadroviy materiallarni yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari va radioaktiv chiqindilar milliy reyestriga kiritish (keyingi oʻrinlarda — milliy reyestr deb yuritiladi) va milliy reyestrdan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining ruxsati bilan yadroviy materiallar aylanishi subyekti taqdim etgan hisobot hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Yadroviy materiallarning MBZdagi kategoriyalari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Agar ushbu MBZda tarkibida yadroviy materiallar boʻlgan har xil mahsulotlar boʻlsa, yadroviy materialning kategoriyasini aniqlashda barcha mahsulotlar tarkibida mavjud boʻlgan yadroviy materiallarning birgalikdagi massasidan va ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan kamroq raqamli kategoriyaga tushadigan mahsulotlar yadroviy materiallar massasi miqdoriy chegaralaridan kelib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Materiallar balansi zonasi va asosiy oʻlchash nuqtalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. MBZ soni va chegarasi yadroviy materiallar aylanishi subyekti tomonidan har bir MBZda va yadroviy materiallarning MBZlar oʻrtasida joyi oʻzgartirilishida yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni taʼminlash talablaridan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. MBZ quyidagi talablar hisobga olingan holda tashkil qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MBZga kelib tushadigan yoki MBZ dan joʻnatiladigan yadroviy material massasi yadroviy materiallarning oʻlchangan tavsiflari (hisob-kitob metodikalari qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladigan hollar bundan mustasno) hisobga olish birliklarini, ichida yadroviy material boʻlgan idishlarni toʻliq qayta hisoblab chiqish va identifikatsiyalash asosida, ilova qilingan hujjatlar maʼlumotlari, yadroviy materiallarning pasportiga oid maʼlumotlar boʻyicha belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zavod laboratoriyalari, toʻxtash zonalari va omborlar, shuningdek axborotning maxsus himoya qilinishini talab qiladigan yadroviy materiallar uchastkalari singari yadroviy materiallar aylanishi subyektining tarkibiy boʻlinmalari alohida MBZga ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. MBZda oʻlchashning asosiy nuqtalari belgilanadi. Ularda attestatsiyadan oʻtkazilgan qoʻllanish metodikalari va vositalar yordamida yadroviy materiallarning miqdori, massasi, izotop tarkibi, boshqa miqdoriy tavsiflari oʻlchanadi yoki ularning atributiv belgilari tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MBZda oʻlchashning asosiy nuqtasini tanlash MBZdagi yadroviy materiallar oqimi va amalda mavjud miqdorini oʻlchashni taʼminlaydigan tarzda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish uchun yadroviy materiallarni oʻlchash tizimi va oʻlchash sifatini nazorat qilish dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Har bir MBZ uchun asosiy oʻlchash nuqtalari, oʻlchashlarni bajarish metodikalari, texnik vositalar, namuna uchun tanlab olish tartib-qoidalari roʻyxatini, oʻlchashning aniqligini talab qiladigan oʻlchashlarni davriy oʻtkazish maʼlumotlarini, oʻlchash natijalarini taqdim etish muddatlari va shakllarini oʻz ichiga oladigan oʻlchash dasturi ishlab chiqiladi. Dastur yadroviy materiallar aylanishi subyektlari rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi va besh yilda kamida bir marta qayta koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Oʻlchashlarni bajarish metodikasi amaldagi oʻlchovlar birligini taʼminlash boʻyicha normativ hujjatlarni talablariga muvofiq tuziladigan alohida normativ hujjatlar shaklida rasmiylashtiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Oʻlchashlarni bajarish metodikasi amaldagi oʻlchovlar birligini taʼminlash boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq metrologik attestatsiyadan oʻtishi kerak. Yadroviy materiallarni oʻlchash tizimida oʻlchashlarni bajarish metodikasining aniqligi koʻrsatgichlari tavsiya etilgan xalqaro maqsadli qiymatlarga eng koʻp darajada yaqinlashtirilgan boʻlishi kerak.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Oʻlchash vositalarini rostlash namunalari va oʻlchash natijalari toʻgʻriligini tekshirish amaldagi oʻlchovlar birligini taʼminlash boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq metrologik attestatsiyadan oʻtishi va nomi, tipi va attestatsiyadan oʻtkaziladigan miqdor va uning nuqsonlari koʻrsatilgan holda attestatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlishi kerak.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Yadroviy materiallarni oʻlchash tizimida foydalaniladigan oʻlchash vositalari roʻyxatida vositaning nomi, uning tipi, markasi, zavod tartib raqami boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Oʻlchash vositalari amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq tekshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Yadroviy materiallar aylanishining har bir subyektida yadroviy materiallarni oʻlchash tizimi doirasida oʻlchashlar sifatini nazorat qilish dasturi ishlab chiqiladi va joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yadroviy materiallarni berish tartib-qoidasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Yadroviy materiallar aylanishi subyektlari tomonidan yadroviy materiallarni olish va berishga yadroviy materiallar aylanishi bilan bogʻliq yadroviy materiallar aylanishi subyektining obyektlari sanitariya-gigiyena holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tegishli hududiy organining xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan ruxsat beriladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Yadroviy materiallarni berish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallar aylanishi subyektlari rahbarlari tomonidan imzolangan dastlabki bildirishnomalarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirim-chiqim va ilova qilinadigan hujjatlarni rasmiylashtirgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Ilova qilinadigan hujjatlarda yadroviy materiallar joylashtirilgan konteynerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi (muhrlar (tamgʻalar)ning tiplari va indentifikatorlari, konteynerlarning brutto-massasi va boshqa zarur maʼlumotlar). Joyi oʻzgartirilayotgan yadroviy materiallarning tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (pasportga oid maʼlumotlar) maxsus pochta bilan yoki yuk bilan birga joʻnatiladigan hujjatlarda keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Yadroviy materiallarni berishda quyidagi tartib-qoidalar bajariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi koʻzdan kechirish va hisobga olinadigan birliklar (konteynerlar) sonini tekshirish, transport vositasiga va (yoki) yadroviy materiallar bor boʻlgan konteynerga nisbatan qoʻllaniladigan aralashishni indikatsiya qilish qurilmasi tekshiriladi (konteynerlar, muhrlar (tamgʻalar)ni tekshirishni, konteynerlarning identifikatorlari, muhrlar (tamgʻalar) va joylashtirish joylari ilova qilinadigan hujjatlarning muvofiqligini tekshirishni oʻz ichiga oladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallar bor boʻlgan konteynerlarning brutto-massasi, ularning parametrlari oʻlchanishini tasdiqlaydigan tartib-qoidalar bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tasdiqlovchi oʻlchashlar turi va hajmi ushbu oʻlchashlarni bajaradigan yadroviy materiallar aylanishi subyektining hujjatlari bilan quyidagilardan kelib chiqib belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berish turi (yadroviy materiallar aylanishi bir subyektining MBZ oʻrtasida, yadroviy materiallar aylanishi subyektlari oʻrtasida, eksport-import);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallar turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallar miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlar turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idishlar va aralashishni indikatsiya qilish vositalari turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻlchashlarning nuqsonlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Kirish (chiqish) nazorati jarayonida oʻlchashlar natijasida olingan maʼlumotlar hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Bunda oʻlchashlar vositalari va metodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, oʻlchashlar natijalari, oʻlchashlarning nuqsonlari, oʻlchash bajarilgan asosiy oʻlchash nuqtalari, aralashishni indikatsiya qilish qurilmalari tiplari va identifikatorlari, oʻlchashlar oʻtkazilgan sana va oʻlchashni bajargan shaxslarning familiyasi keltirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Yadroviy materiallar olinishi va joʻnatilishini hujjatlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Yadroviy materiallarni olishda yadroviy materiallar aylanishi subyekti tomonidan uch ish kuni mobaynida yadroviy materiallar mavjud boʻlgan idishlarning atributiv belgilari tekshiriladi va tasdiqlovchi oʻlchashlar bajariladi. Mulohazalar mavjud boʻlmagan taqdirda yadroviy materiallarni dastlabki qabul qilish va hisobga qoʻyish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yadroviy materiallarni uzil-kesil qabul qilish va hisobga qoʻyish, agar xalqaro yoki hukumatlararo bitimda yoki shartnomada oʻzgacha hol qayd etilmagan boʻlsa, yadroviy materiallar va ularga pasportlar (formulyatorlar, sertifikatlar) olingandan keyin 10 sutkadan kechikmay amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Yadroviy materiallarni joʻnatishda yadroviy materiallar aylanishi subyekti yadroviy materiallarni bir ish kuni mobaynida hisobdan chiqaradi va ularning pasportlari (formulyarlari, sertifikatlari)ni, agar xalqaro va hukumatlararo bitim yoki shartnomalarda oʻzgacha hol qayd etilmagan boʻlsa, uch ish kuni mobaynida yadroviy materiallar aylanishining oluvchi subyektiga joʻnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Olingan yadroviy materiallar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uni olgan yadroviy materiallar aylanishi subyekti tomonidan hisobga olish hujjatlariga kiritiladi. Joʻnatilgan yadroviy materiallar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ularni joʻnatgan yadroviy materiallar aylanishi subyektining hisobga olish hujjatlariga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilishda anomaliyalar aniqlangandagi xatti-harakatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Yadroviy materiallar aylanishining joʻnatuvchi subyekti va yadroviy materiallar aylanishining oluvchi subyekti maʼlumotlari oʻrtasida 0,99 ishonchli ehtimolidan kelib chiqib, statistik ahamiyatli farqlar aniqlangan taqdirda, farqning sabablarini aniqlash choralari koʻriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Agar yadroviy materiallar aylanishining joʻnatuvchi subyekti va yadroviy materiallar aylanishining oluvchi subyekti maʼlumotlarining statistik ahamiyatli farqlari mavjudligi tasdiqlansa, u holda yadroviy materiallar aylanishining oluvchi subyekti maxsus hisobot tuzishi va uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga yuborishi shart.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Fizik inventarizatsiya, material balansini chiqarish va inventarizatsiya farqini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Fizik inventarizatsiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MBZda yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdorini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish birliklari haqiqiy parametrlarining tegishli hisobga olish maʼlumotlariga muvofiqligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallar balansini chiqarish, inventarizatsiya farqi va uning nuqsonlarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishdagi kamchiliklar va qoida buzilishlarini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Fizik inventarizatsiya tartib-qoidasi yadroviy materiallar aylanishi subyektlarida amal qiladigan metodikalar va yoʻriqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Fizik inventarizatsiya tartib-qoidasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MBZda fizik inventarizatsiyaga tayyorgarlik koʻrishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallarning mavjud miqdori roʻyxatini hamda yadroviy materiallarning amalda mavjud roʻyxatini tuzishga va hisobga olish hujjatlarini tekshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallarning mavjud miqdori roʻyxati hisobga olish maʼlumotlariga muvofiqligini tekshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishni nazorat qilish vositalarining holatini tekshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdorini oʻlchashdagi nuqsonlar hisobga olingan holda hisobga oluvchi va tasdiqlovchi oʻlchashlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻlchab boʻlmaydigan nobudgarchilik va uning nuqsonlari miqdorini baholashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir yadroviy material uchun inventarizatsiya farqi va uning nuqsonlarini aniqlashga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Har bir MBZdagi yadroviy materiallar soni ularning sonini va oʻlchashlarning asosiy nuqtasida tarkibini oʻlchash yoʻli bilan aniqlanadi, tezkor-texnik hisobga olish va nazorat tekshirishlari, hisobga olish va hisobot hujjatlarini davriy solishtirish yoʻli bilan nazorat qilinadi hamda fizik inventarizatsiya oʻtkazish yoʻli bilan tekshiriladi. Fizik inventarizatsiya balanslararo davrda MBZda har bir yadroviy material uchun balans chiqarish bilan tugallanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Fizik inventarizatsiyani oʻtkazishda har bir yadroviy materialning massasi aniqlanadi. Yadroviy material massasining qiymati, shuningdek 0,95 ga teng boʻlgan ishonchli ehtimollik uchun oʻlchashning nuqsonlari qiymati hujjatlar bilan roʻyxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Yadroviy materiallar massasining ilgari aniqlangan qiymatlaridan faqat ularning ishonchliligi ularni aniqlash paytidan ulardan foydalanish paytigacha foydalanishni nazorat qilishning qoʻllanilgan vositalari zarur holatda ekanligi tasdiqlanishi mumkin boʻlgan va (yoki) yadroviy materiallar miqdor parametrlarini va (yoki) ularning atributiv belgilarini oʻlchashning hisobga olish tartib-qoidasi bajarilishi jarayonida tasdiqlangan hollarda hisobga olish tartib-qoidalarini bajarishda (fizik inventarizatsiyalar, yadroviy materiallarni berish va hokazo) foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Tasdiqlovchi oʻlchashlarni qoʻllash hajmi har bir yadroviy material uchun chegaraviy miqdorining kamomadi (ortiqchaligi)ni aniqlash ehtimolidan kelib chiqib qoʻllash hajmiga va foydalanishni nazorat qilish vositalarini tekshirish natijalariga bogʻliq holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Hisobga olish va tasdiqlovchi oʻlchashlarning natijalari oʻrtasida statistik ahamiyatli farq aniqlangan taqdirda bu haqda yadroviy materiallar aylanishi subyekti rahbariyatiga maʼlum qilinadi, shuningdek farq kelib chiqishining sabablari aniqlashtiriladi. Zaruriyat boʻlganda yangi hisobga olish oʻlchashlari bajariladi va hisobga olish hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Fizik inventarizatsiyalar takroriyligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Fizik inventarizatsiyalar har bir MBZ uchun davriy bajariladi, balanslararo davr esa MBZda yadroviy materiallar kategoriyasiga, yadroviy materiallar aylanishi subyektining texnologik va boshqa xususiyatlariga bogʻliq holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MBZda fizik inventarizatsiyalar quyidagi vaqt chegaralaridan kam boʻlmagan vaqtda rejalashtiriladi, tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-kategoriyali yadroviy materiallar mavjud boʻlgan MBZ uchun — bir kalendar oy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-kategoriyali yadroviy materiallar mavjud boʻlgan MBZ uchun — uch kalendar oy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-kategoriyali yadroviy materiallar mavjud boʻlgan MBZ uchun — olti kalendar oy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-kategoriyali yadroviy materiallar mavjud boʻlgan MBZ uchun — oʻn ikki kalendar oy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallar aylanishi subyektining barcha MBZ uchun — oʻn ikki kalendar oy.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. MBZda fizik inventarizatsiyalar takroriyligi yadroviy materiallar aylanishi subyekti tomonidan taqdim etilgan asoslash asosida yadroviy materiallarga foydalanishni nazorat qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlarini koʻrishning majburiyligi sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Hisobga olish, hisobot hujjatlari va yadroviy materiallar berilganligi toʻgʻrisida dastlabki bildirishnomalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Hisobga olish hujjatlari har bir MBZ uchun yuritilishi va ularda yadroviy materialning har bir turi, shu jumladan MBZda ularning soni va MBZda miqdorning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Hisobga olish hujjatlarida har bir turkum uchun yadroviy materiallar miqdorining barcha oʻzgarishlari, turkumning tavsifi va turkumni shakllantirish uchun birlamchi maʼlumotlar aks ettiriladi, yadroviy materiallar miqdori oʻzgarishi sanasi, yadroviy materiallar aylanishining joʻnatuvchi subyekti MBZ va yadroviy materiallar aylanishining oluvchi subyekti MBZ koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. MBZda yadroviy materiallarning miqdor va sifat oʻzgarishlarini, shu jumladan kalibrlash natijalarini aniqlash, oʻlchashlarning barcha vositalarini tekshirish va yoʻqlama qilish uchun foydalaniladigan maʼlumotlar, namuna olish va ularning analizi natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, oʻzgarishlar sifatini tekshirish, oʻlchashlarning tasodifiy va tizimli nuqsonlari natijalari tegishli hujjatlarda aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Yadroviy materiallar aylanishining har bir subyektida, hisobot berish shakllarining yagona tizimi doirasida hisobga olish hujjatlariga asoslangan quyidagi hisobot hujjatlari tuziladi va amal qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inventar miqdorning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hisobot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
material-balansli hisobot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallarning mavjud miqdori roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdori roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus hisobot.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Yadroviy materiallar aylanishi subyektining hisobot hujjatlari muntazamlilik asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga yuboriladi.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Inventar miqdorning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hisobot, yadroviy materiallarning mavjud miqdori roʻyxatlari, yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdori MBZ va yadroviy materiallar aylanishi subyekti boʻyicha tuziladi. Ushbu hisobotlarda yadroviy materiallarning mavjud miqdori va ularning MBZ oʻrtasida yoki yadroviy materiallar aylanishi subyektlari oʻrtasida joyi oʻzgartirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Inventar miqdorning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hisobot, MBZ boʻyicha yadroviy materiallarning mavjud miqdori roʻyxati bevosita yadroviy materiallar miqdorining har bir oʻzgarishi bilan bogʻliq voqeadan keyin yoki ushbu davrda yuz bergan yadroviy materiallar miqdori oʻzgarishi boʻyicha har oyda, biroq koʻrsatib oʻtilgan oʻzgarishlar yuz bergan oyning oxirgi kunidan 15 kundan kechikmay yadroviy materiallar aylanishi subyektida yadroviy materiallarning hisobini muntazamlilik asosida amalga oshiradigan xizmatga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Yadroviy materiallar aylanishi subyektining inventar miqdori oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hisobot yilning har choragida yuboriladi va unda ushbu davrda yuz bergan yadroviy materiallar inventar miqdori oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Yadroviy materiallarning inventar miqdorida oʻzgarishlar yuz bermagan hisobot davrlari uchun yadroviy materiallar aylanishi subyekti va MBZ hisobot davrida yadroviy materiallarning inventar miqdori oʻzgarmaganligini koʻrsatgan holda belgilangan tartibda toʻldirilgan hisobot shaklini yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Fizik inventarizatsiya natijalari boʻyicha MBZda material-balansli hisobot tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. MBZning material-balansli hisobotida har bir yadroviy materiallar boʻyicha quyidagilar alohida yozuvlar shaklida aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallarning dastlab roʻyxatdan oʻtkazilgan miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot beriladigan balanslararo davrda yadroviy materiallar miqdorining koʻpayishi va (yoki) kamayishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fizik inventarizatsiya natijalari boʻyicha aniqlangan yadroviy materiallarning eng soʻnggi amalda mavjud miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inventarizatsiya farqi qiymati va uni aniqlashdagi nuqsonlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Yadroviy materiallar aylanishi subyektining material-balansli hisobotida fizik inventarizatsiya davomida aniqlangan yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdoriga asoslangan yadroviy materiallar balansi aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Yadroviy materiallar aylanishi subyektining material-balansli hisobotida yadroviy materiallarning har bir turi boʻyicha quyidagilar alohida yozuvlar shaklida aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallarning dastlab roʻyxatdan oʻtkazilgan miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fizik inventarizatsiya natijalari boʻyicha aniqlangan yadroviy materiallarning eng soʻnggi roʻyxatdan oʻtkazilgan va amalda mavjud miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Agar yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdorini yadroviy materiallarning mavjud miqdori roʻyxatida eng soʻnggi roʻyxatdan oʻtkazilgan taqqoslashda anomaliyalar aniqlangan boʻlsa, u holda material-balansli hisobotga yadroviy materiallarning mavjud miqdorini navbatdagi balanslararo davr uchun boshlangʻich miqdor sifatida qabul qilishning asoslanganligini tasdiqlaydigan zarur hujjatlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Material-balansli hisobot bilan bir vaqtda balanslararo davr oxirida yadroviy materiallarning amalda mavjud roʻyxati tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. MBZda yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdori roʻyxati yadroviy materiallarning har bir turkumi va turi uchun indentifikatsiya tavsiflari va boshqa tavsiflar alohida koʻrsatilgan holda materialning har bir turi va turkumi uchun fizik inventarizatsiya sanasiga izchil yozuvlar shaklida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Material-balansli hisobot va MBZ yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdori roʻyxati MBZda hisobiga olish va nazorat uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan yadroviy materiallarning mavjud miqdori aniqlangandan keyin 15 kundan kech boʻlmagan muddatda yadroviy materiallar aylanishi subyektining yadroviy materiallarini hisobga olish xizmatiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Yadroviy materiallar yoʻqotilganligi, oʻgʻirlanganligi, ulardan ruxsatsiz foydalanilganligi aniqlangan taqdirda, shuningdek joʻnatuvchi va oluvchi yadroviy materiallar aylanishi subyektlarining maʼlumotlari inventarizatsiya farqi yoki statistik ahamiyatli tafovuti qiymati uchun belgilangan chegaradan chiqilgan taqdirda maxsus hisobot yadroviy materiallar aylanishi subyekti tomonidan tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus hisobot yuqorida koʻrsatib oʻtilgan holatlar aniqlangan paytdan boshlab 24 soat mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga taqdim etiladi.
(75-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Maxsus hisobotda quyidagilar mavjud boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularga nisbatan ruxsat berilmagan xatti-harakatlar yuz bergan yadroviy materiallar bilan bogʻliq holatlar, voqealar va (yoki) voqealar turkumining tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya va yadroviy materiallar turini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallarning miqdoriy tavsifini aniqlash uchun birlamchi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun koʻrilgan chora-tadbirlar va keyingi xatti-harakatlar dasturi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. MBZ boʻyicha yadroviy materiallar aylanishi subyektining hisobot hujjatlari soʻrov boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga taqdim etiladi.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Yadroviy materiallarni yadroviy materiallar aylanishining boshqa subyektiga berishda, ular joʻnatilishidan kamida yetti kun oldin, yadroviy materiallar aylanishining joʻnatuvchi subyekti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga bu haqda dastlabki bildirishnomani yuboradi.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda, shuningdek yadroviy materiallar har xil idoralarning yadroviy materiallar aylanishi boshqa subyekti tomonidan berilganda yadroviy materiallar aylanishining joʻnatuvchi va oluvchi subyektlari moʻljallanayotgan joʻnatish (olish) sanasidan kamida 15 kun oldin Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga dastlabki bildirishnomalarni yuboradilar.
(79-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rejadan tashqari joʻnatishlar yuz bergan taqdirda, respublika, idoraviy va mintaqaviy darajalardagi INBni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimining vakolatli davlat organlarining maxsus farmoyishi boʻyicha dastlabki bildirishnomalar joʻnatish muddatlari aniqlangandan keyin uch kundan kechikmay yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Ushbu Nizomning 78 va 79-bandlarida koʻrsatilgan hollarda, yadroviy materiallar olinganda va hisobga qoʻyilgandan keyin, yadroviy materiallar aylanishining oluvchi subyekti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga tegishli pozitsiyalar toʻldiriladigan dastlabki bildirishnomalar shaklidan foydalangan holda uning olinganligining tasdigʻini yuboradi.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Yadroviy materiallar aylanishi subyektlarida yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Yadroviy materiallar aylanishi subyektlarida yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish normativ va texnik hujjatlarni, yadroviy materiallarni oʻlchash tizimini, hisobga olish va hisobot hujjatlarini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Yadroviy materiallar aylanishi subyektining rahbari tomonidan yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish toʻgʻrisidagi Nizom (yoʻriqnoma) ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Nizom (yoʻriqnoma)da quyidagilar belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallar aylanishi subyektida va MBZda yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish ishlarini tashkil etish, yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish bilan shugʻullanadigan xodimlar (personal) tuzilmasi va tarkibi. Ushbu xodimlar (personal)ning huquq va majburiyatlari boʻlinma toʻgʻrisidagi nizomlar, lavozim va ish yoʻriqnomalari bilan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MBZ soni, ularning chegaralari va tuzilmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallar aylanishi subyektlarida qoʻllaniladigan yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish uchun metodika va oʻlchash vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallardan foydalanishni nazorat qilish vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish va hisobot hujjatlari roʻyxati va shakllari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MBZda yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilishning holatini nazorat qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilishda anomaliyalarni tekshirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar (personal)ni yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish ishlariga tayyorlash va qoʻyish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MBZda va umuman yadroviy materiallar aylanishi subyektida yadroviy materiallarning mavjud miqdori roʻyxatini tuzish muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fizik inventarizatsiyalarni oʻtkazish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. MBZda yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimida hisobga olish birliklari identifikatorlari, aralashish indikatsiyasi qurilmasi identifikatorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish ishonchliligi va hisobga olish birliklari joylashgan joy ishonchliligi kamida 99% boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Har bir MBZ uchun yadroviy materiallar aylanishi subyekti rahbari tomonidan yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Yoʻriqnomada quyidagilar belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻlchashning asosiy nuqtalari, shuningdek ularda qoʻllaniladigan oʻlchash metodikasi va vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallardan foydalanishni nazorat qilish vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu MBZda qoʻllaniladigan yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish tartib-qoidasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallarning texnologik nobudgarchiligini baholash tartib-qoidasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Yadroviy materiallarning har qanday texnologik nobudgarchiligi oʻlchashlar yoki dastlabki oʻlchashlar yoki eksperimental tadqiqotlar natijalariga asoslangan hisoblab chiqilgan metodikalar yordamida aniqlanadi. Yadroviy materiallarning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan texnologik nobudgarchiligi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi bilan kelishiladi.
(85-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Yadroviy materiallar aylanishi subyekti rahbarining buyrugʻi bilan har bir MBZ uchun ushbu MBZdagi yadroviy materiallar uchun moddiy javobgar shaxslar (omborchilar, masʼul saqlovchilar va hokazolar) tayinlanadi. Ular bilan moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnomalar tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Yadroviy materiallarni moddiy javobgar shaxsdan boshqa shaxslarga, bir texnologik operatsiyadan boshqasiga yoki smenalar oʻrtasida berish hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Yadroviy materiallarni hisobga oladigan va nazorat qiladigan xodimlarga (personalga) qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Yadroviy materiallarni hisobga oladigan va nazorat qiladigan xodimlar (personal) tegishli tartib-qoidalarni bajarish boʻyicha oʻqitiladi, shuningdek yadroviy materiallar aylanishi subyektlarida belgilangan tartibga muvofiq ularning bilimlari vaqti-vaqti bilan tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish tartib-qoidalari bilan bogʻliq bilimlarni tekshirishning davriyligi xodimlar (personal)ning har xil kategoriyalari uchun yadroviy materiallar aylanishi subyekti rahbari tomonidan belgilanadi. Tekshirish uch yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Ushbu Nizomni buzganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Ushbu Nizom buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
(90-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Mahsulotlar‎

Yadroviy material‎ Yadroviy material massasi, kg, kamida‎

‎‎1-kategoriyali yadroviy materiallar

‎‏Metall mahsulotlar:
‎metall buyumlar, birikmalar;
‎quymalar, zarrachalar, ularning qotishmasi va qorishmasi; yoqilgʻi elementlari va yigʻilmalari, metall va intermetall yoqilgʻi;
‎aralashmasiz qayta eritish yoʻli bilan qayta ishlanadigan brak qilingan buyumlar va chiqindilar
Pu, U-233‎ Pu va U-233 boʻyicha jami massasi 2‎
YUBU‎ U-235 izotopi boʻyicha 5‎
Qorishma, Pu, U-233, YUBU va boshqa yadroviy materiallar birikmasi‎ Pu, U-233, U-235, Np-237, Am, Cf boʻyicha jami massasi 2‎
Tarkibida yadroviy materiallar yuqori miqdorda boʻlgan mahsulotlar:
‎karbidlar, oksidlar, xloridlar, nitridlar, ftoridlar, ularning qotishmasi va qorishmasi;
‎yoqilgʻi elementlari va yuqorida eslatib oʻtilgan birikmalardan, shuningdek yadroviy materiallar konsentratsiyasi kamida 25 g/l (25 g/kg) boʻlgan boshqa mahsulotlar
Pu, U-233‎ Pu i U-233 boʻyicha jami massasi 6‎
YUBU‎ U-235 izotopi boʻyicha 20‎
Qorishma, Pu, U-233, YUBU va boshqa yadroviy materiallar birikmasi‎ Pu,U-233, U-235, Np-237, Am, Cf boʻyicha jami massasi 6‎

‎‎2-kategoriyali yadroviy materiallar

‎‏Metall mahsulotlar:
‎metall buyumlar, birikmalar; quymalar, zarrachalar, ularning qotishmasi va qorishmasi;
‎yoqilgʻi elementlari va yigʻilmalari, metall va intermetall yoqilgʻi; aralashmasiz qayta eritish yoʻli bilan qayta ishlanadigan brak qilingan buyumlar va chiqindilar
Pu, U-233‎ Pu i U-233 boʻyicha jami massasi> 0,5, biroq< 2‎
YUBU‎ U-235 izotopi boʻyicha ³ 1, biroq < 5‎
qorishmalar, Pu, U-233 birikmasi, YUBU va boshqa yadroviy materiallar‎ Pu, U-233, U-235, Np-237, Am, Cf boʻyicha jami massasi ³ 0,5, biroq < 2‎
‎‏Tarkibida yadroviy materiallar yuqori miqdorda boʻlgan mahsulotlar:
‎ karbidlar, oksidlar, xloridlar, nitridlar, ftoridlar, ularning qotishmasi va qorishmasi;
‎yoqilgʻi elementlari va yuqorida eslatib oʻtilgan birikmalardan, shuningdek yadroviy materiallar konsentratsiyasi kamida 25 g/l (25 g/kg) boʻlgan boshqa mahsulotlar xloridlar, nitridlar, ftoridlar, ularning qotishmalari va qorishmalari;
‎tarkibida yuqoridagi birikmalar va boshqa yadroviy materiali 25 g/l (25 g/kg) dan kam boʻlmagan mahsulotlar yoqilgʻi elementlari va yigʻilmalari.
Pu, U-233‎ Pu va U-233 boʻyicha jami massasi> 2, biroq< 6‎
YUBU‎ U-235 izotopi boʻyicha> 6, biroq< 20‎
qorishmalar, Pu, U-233 birikmasi, YUBU va boshqa yadroviy materiallar‎ Pu, U-233, U-235, Np-237, Am, Cf boʻyicha jami massasi> 2, biroq< 6‎
‎‏Tarkibida yadroviy materiallar past miqdorda boʻlgan mahsulotlar:
‎murakkab qayta ishlashni talab qiladigan mahsulotlar;
‎konsentratsiyali mahsulotlar; 1 dan 25 g/l (25 g/kg) gacha yadroviy materiallar
Pu, U-233‎ Pu va U-233 boʻyicha jami massasi> 16‎
YUBU‎ U-235 izotopi boʻyicha> 50‎
qorishmalar, Pu, U-233 birikmasi, YUBU va boshqa yadroviy materiallar‎ Pu, U-233, U-235, Np-237, Am, Cf boʻyicha jami massasi> 16‎

‎‎3-kategoriyali yadroviy materiallar

‎‏Metall mahsulotlar:
‎ metall buyumlar, birikmalar; quymalar, zarrachalar, ularning qotishmasi va qorishmasi;
‎ yoqilgʻi elementlari va yigʻilmalari, metall va intermetall yoqilgʻi; aralashmasiz qayta eritish yoʻli bilan qayta ishlanadigan brak qilingan buyumlar va chiqindilar
Pu, U-233‎ Pu va U-233 boʻyicha jami massasi> 0,2 , biroq< 0,5‎
YUBU‎ U-235 izotopi boʻyicha> 0,5, biroq< 1‎
qorishmalar, Pu, U-233 birikmasi, YUBU va boshqa yadroviy materiallar‎ Pu, U-233, U-235, Np-237, Am, Cf boʻyicha jami massasi> 0,2, biroq< 0,5‎
‎‏Tarkibida yadroviy materiallar yuqori miqdorda boʻlgan mahsulotlar:
‎ karbidlar, oksidlar, xloridlar, nitridlar, ftoridlar, ularning qotishmasi va qorishmasi;
‎ yoqilgʻi elementlari va yuqorida eslatib oʻtilgan birikmalardan, shuningdek yadroviy materiallar konsentratsiyasi kamida 25 g/l (25 g/kg) boʻlgan boshqa mahsulotlar
Pu, U-233‎ Pu va U-233 boʻyicha jami massasi> 0,5, biroq< 2‎
YUBU‎ U-235 izotopi boʻyicha> 2, biroq< 6‎
qorishmalar, Pu, U-233 birikmasi, YUBU va boshqa yadroviy materiallar‎ Pu, U-233, U-235, Np-237, Am, Cf boʻyicha jami massasi> 0,5, biroq <2‎
‎‏Tarkibida yadroviy materiallar past miqdorda boʻlgan mahsulotlar:
‎murakkab qayta ishlashni talab qiladigan mahsulotlar;
‎ konsentratsiyali mahsulotlar;
‎1 dan 25 g/l (25 g/kg) gacha yadroviy materiallar qayta ishlashni talab qiladigan mahsulotlar;
‎tarkibida yadroviy materiali 1 dan 25 g/l (25 g/kg) gacha boʻlgan mahsulotlar
Pu, U-233‎ Pu va U-233 boʻyicha jami massasi> 3, biroq< 16‎
YUBU‎ U-235 izotopi boʻyicha> 8, biroq< 50‎
qorishmalar, Pu, U-233 birikmasi, YUBU va boshqa yadroviy materiallar‎ Pu, U-233, U-235, Np-237, Am, Cf boʻyicha jami massasi> 3, biroq< 16‎

‎‎4-kategoriyali yadroviy materiallar*

‎‏Metall mahsulotlar:
‎metall buyumlar, birikmalar;
‎quymalar, zarrachalar, ularning qotishmalari va qorishmalari;
‎yoqilgʻi elementlari va yigʻilmalari, metall va intermetal yoqilgʻi; brak buyumlar va chiqindilar, eritish yoʻli bilan aralashtirmasdan qayta ishlash
Pu, U-233‎ Pu va U-233 boʻyicha jami massasi 0,2‎
YUBU‎ U-235 izotopi boʻyicha 0,5‎
qorishmalar, Pu, U-233 birikmasi, YUBU va boshqa yadroviy materiallar‎ Pu, U-233, U-235, Np-237, Am, Cf boʻyicha jami massasi 0,2‎
‎‏Tarkibida yadroviy materiallar yuqori miqdorda boʻlgan mahsulotlar:
‎karbidlar, oksidlar, xloridlar, nitridlar, ftoridlar, ularning qotishmalari va qorishmalari;
‎tarkibida yuqoridagi birikmalar va boshqa yadroviy materiali 25 g/l (25 g/kg) dan kam boʻlmagan mahsulotlar yoqilgʻi elementlari va yigʻilmalari
Pu, U-233‎ Pu va U-233 boʻyicha jami massasi 0,5‎
YUBU‎ U-235 izotopi boʻyicha 2‎
qorishmalar, Pu, U-233 birikmasi, YUBU va boshqa yadroviy materiallar‎ Pu,U-233, U-235, Np-237, Am, Cf boʻyicha jami massasi 0,5‎
Tarkibida yadroviy materiallar past miqdorda boʻlgan mahsulotlar:
‎murakkab qayta ishlashni talab qiladigan mahsulotlar;
‎tarkibida yadroviy materiali 1 dan 25 g/l (25 g/kg) gacha boʻlgan mahsulotlar
Pu, U-233‎ Pu va U-233 boʻyicha jami massasi 3‎
YUBU‎ U-235 izotopi boʻyicha 8‎
qorishmalar, Pu, U-233 birikmasi, YUBU va boshqa yadroviy materiallar‎ Pu, U-233, U-235, Np-237, Am, Cf boʻyicha jami massasi 3‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Boshqa barcha mahsulotlar, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kamida 1 g/l (1 g/kg) konsentratsiyali tarkibida Pu, U-233, YUBU boʻlgan mahsulotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uranda U-235 kamida 20 % boʻlgan uranning har qanday birikmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) himoyasiz kamida 1 Gr/s = 100 rad/s, 1 m masofada yutilgan daraja quvvatli har qanday mahsulotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) har qanday birikmalar: plutoniy-238 izotopi miqdori 80 %li plutoniy; toriy; neptuniy-237; ameritsiy-241; ameritsiy-243 va kaliforniy-252;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) maxsus noyadroviy mahsulotlar va ularning har qanday birikmalari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 32-33-son, 364-modda; 2010-y., 51-son, 486 -modda; 2011-y., 20-21-son, 208-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)