Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 06.08.2009 yildagi 223-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HAJ MAVSUMIDA YaNGI A(H1N1) GRIPPINING RESPUBLIKA HUDUDIGA KIRIB KELIShI VA TARQALIShINING OLDINI OLIShGA QARATILGAN ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tarqatayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi A(H1N1) grippi Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa, Avstraliya hamda Osiyodagi 150 dan ortiq mamlakatlarda qayd etilgan. Mazkur kasallikka chalingan bemorlar soni qariyb 200 ming nafarga yaqinlashib, ular orasida o‘lim holatlari qayd etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi gripp bo‘yicha vujudga kelgan vaziyat Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya, deb e’lon qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahonda epidemik vaziyatning murakkablashganligi, yangi A(H1N1) grippining chetdan respublikamizga kirib kelishi xavfi mavjudligini, xususan, Saudiya Arabistonida 595 nafar kishida mazkur virus aniqlanganligini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi aholisi, Haj mavsumida ziyoratchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda mazkur kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Haj mavsumida yangi A(H1N1) grippining respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha komissiya tarkibi 1-ilovaga, tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari raisligida tegishli vazirliklar hamda idoralarning tarkibiy bo‘linmalari vakillaridan iborat tarkibda hududiy komissiyalar tuzilishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Komissiyaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda turli yuqumli kasalliklar, xususan yangi A (H1N1) grippining chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha haj mavsumida amalga oshiriladigan tadbirlarni muvofiqlashtirish hamda ularning o‘z vaqtida, to‘laqonli bajarilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haj mavsumida yangi A (H1N1) grippining respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni belgilash vazifasi topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ziyoratchilarni safarga ketishdan oldin, Haj mavsumida va respublikaga kelgan vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, turli yuqumli kasalliklar, jumladan yangi A (H1N1) grippi kasalligiga qarshi zarur profilaktik choralarni ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haj mavsumida yangi A(H1N1) grippining respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha tegishli targ‘ibot-tashviqot materiallarini tayyorlash va mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yuqori saviyada tashkil etish vazifasi yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonidagi epidemiologik vaziyat haqida tegishli vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro axborot almashinuvini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita O‘zbekiston musulmonlar idorasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Haj mavsumida guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda yangi A(H1N1) grippi virusidan saqlanish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston musulmonlari idorasining ziyoratchilar uchun zarur bo‘lgan yangi A(H1N1) grippining oldini oluvchi dori-darmonlar, dezinfeksiyalovchi va profilaktik vositalarni xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarning idora tomonidan qoplanishi to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi ziyoratchilar kuzatiladigan va kutib olinadigan aeroportlarning sanitariya- nazorat punktlarida zarur shart-sharoitlarni yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga yuqumli kasalliklar, jumladan yangi A (H1N1) grippining chetdan kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olish bo‘yicha reja asosida mutaxassislarning ommaviy axborot vositalarida muntazam chiqishlarini uyushtirib borishi tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 6-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
223-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 6-avgustdagi 223-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haj mavsumida yangi A(H1N1) grippining respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.‎ Ikramov A.I.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri, komissiya raisi‎
2.‎ Yusupov O.O.‎ —‎‎ Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi vazifasini bajaruvchi, komissiya raisi o‘rinbosari‎
3.‎ Niyazmatov B.I.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, davlat bosh sanitariya vrachi, komissiya raisi o‘rinbosari‎
4.‎ Karomatov H.S.‎ —‎ Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari‎
5.‎ Qo‘ldoshev A.X.‎ —‎ Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari‎
6.‎ Abdulazizov X.M.‎ —‎ Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari‎
7.‎ Ahmedov A.A.‎ —‎ “Mahalla” jamg‘armasi raisi
8.‎ Nosirov S.X.‎ —‎ Davlat bojxona qo‘mitasi raisi‎
9.‎ Palvonov E.M.‎ —‎ “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari‎
10.‎ Musabayev E.I.‎ —‎ Respublika virusologiya ilmiy-tekshirish instituti direktori‎
11.‎ Rahimov R.A.‎ —‎ Respublika gripp markazi direktori‎
12.‎ Solihboyeva U.S.‎ —‎ “Dori-darmon” kompaniyasi raisi‎
13.‎ Alimov M.A.‎ —‎ “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi davlat sanitariya-epidemiologiya markazi bosh vrachi‎
14.‎ Alimov U.T.‎ —‎ O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy‎
15.‎ ‎‎Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 6-avgustdagi 223-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haj mavsumida yangi A (H1N1) grippining respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tadbirlar nomi‎

Bajarish muddati‎ Bajarishga mas’ul vazirliklar va idoralar‎
I. Tashkiliy-amaliy ishlar
1.‎

Ziyoratchilar orasida sog‘lom epidemiologik holatni ta’minlash uchun zarur dori-darmonlar, dezinfeksiyalovchi va profilaktik vositalar ro‘yxatini tayyorlash, O‘zbekiston musulmonlari idorasiga taqdim etish‎

2009-avgust‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari‎
2.‎ Yangi A (H1N1) grippiga qarshi tegishli dori-darmonlar va dezinfeksiyalovchi moddalar zaxirasini yaratish ishlarini amalga oshirish‎ 2009-yil sentyabr‎ O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
3.‎ Ziyoratchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi shifokorlar guruhini hamda tegishli aeroportlardagi sanitariya nazorati punktlarini yetarli darajada elektron yoki simobli termometrlar bilan ta’minlash‎ 2009-yil sentyabr‎ O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi‎
4.‎ Ziyoratchilarni kuzatib boruvchi tibbiy xodimlarning yangi A (H1N1) grippining profilaktikasi, tashxisi va davolash usullari bo‘yicha bilim va malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar tashkil et�sh‎ 2009-yil oktyabr‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari‎
5.‎ Ziyoratchilarda shaxsiy himoya vositalari (respiratorlar va doka-niqoblar) bo‘lishi va ulardan to‘g‘ri foydalanishlari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish‎ Haj mavsumi davomida‎ O‘zbekiston musulmonlari idorasi‎, Sog‘liqni saqlash vazirligi
6.‎ Ziyoratchilarning salomatligi to‘g‘risida ma’lumotlar olish uchun kuzatib boruvchilar bilan diplomatik korpuslar orqali kundalik tezkor aloqani yo‘lga qo‘yish‎ Haj mavsumi davomida‎ Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi‎
II. Davolash va profilaktika tadbirlari
7.‎

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari va qabul qiluvchi davlatning qonunchiligiga muvofiq Saudiya Arabistoniga borishga tibbiy mone’ligi bo‘lmagan ziyoratchilarni dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish‎

2009-yil avgust oyidan boshlab maxsus ishlab chiqilgan jadval asosida‎ O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
8.‎

Ziyoratchilar orasida immuniteti zaif (surunkali kasalliklar bilan og‘rigan, qandli diabet, yurak, buyrak, jigar kasalliklari va hokazo) shaxslarni aniqlash hamda Haj safari davomida ularni maxsus nazorat ostiga olish‎

2009-yil Tibbiy ko‘rik va Haj mavsumi davomida‎ O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari‎
9.‎ Haj safariga boruvchilar va ularni kuzatib boruvchi shaxslarning kamida 50 foizini davolashga yetadigan grippga qarshi (Tamiflyu yoki Relenza) dori vositalari zaxirasini yaratish‎ 2009-yil sentyabr‎ O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari‎
10.‎ Barcha Haj safariga boruvchi ziyoratchilar va ularni kuzatib boruvchilarni mavsumiy grippga qarshi emlashni ta’minlash‎ 2009-yil sentyabr-oktyabr‎ O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari‎
11.‎ Haj mavsumida kasallikka chalinganlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlashga ko‘maklashish‎ Haj mavsumi davomida‎ O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi‎
12.‎ Hajdan qaytayotgan ziyoratchilar orasida yuqumli kasallikka chalinishda shubha qilingan shaxslarni joylashtirish uchun shifoxona o‘rinlarini hozirlash‎ 2009-yil noyabr‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari‎
13.‎ Haj mavsumida Saudiya Arabistonida o‘zbekistonlik fuqarolar joylashgan mehmonxona va palata shaharchasida epidemiologik holat bo‘yicha doimiy nazoratni yo‘lga qo‘yish‎ Haj mavsumi davomida‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi‎
14.‎ Ziyoratchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi shifokorlar guruhi tomonidan ziyoratchilar sog‘lig‘ini kundalik tarzda kuzatib borish va ular orasida profilatik tadbirlar doimiy tartibda amalga oshirilishini tashkil etish‎ Haj mavsumi davomida‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari‎
15.‎ Saudiya Arabistonidan qaytayotgan ziyoratchilar kutib olinadigan aeroportlarda ularni sanitariya nazorati punktida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, termometriya va zarur hollarda maxsus laboratoriya tekshiruvlarini tashkil etish‎ 2009-yil noyabr-dekabr‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi‎
III. Targ‘ibot va tashviqot ishlari
16.‎ Tibbiyot xodimlari uchun yangi A(H1N1) grippi virusi bilan kasallanishning oldini olish, davolash yuzasidan maxsus yo‘riqnoma ishlab chiqish‎ 2009-yil avgust‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari‎
17.‎ Haj safariga borayotgan har bir ziyoratchini yangi A(H1N1)grippi haqidagi ma’lumotlar hamda undan himoyalanish borasida amal qilinishi zarur bo‘lgan talablar aks etgan eslatmalar bilan ta’minlash‎ 2009-yil avgust‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
18.‎ Respublika davolash-profilaktika muassasalari-ning malakali mutaxassislarini jalb etgan holda joylarda ziyoratga boradigan fuqarolar bilan targ‘ibot-tashviqot ishlarini hamda mavzuga oid seminar-treninglar tash�il etish‎ 2009-yil sentyabr-oktyabr‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari‎
19.‎ Barcha turdagi ommaviy axborot vositalari orqali yangiA(H1N1) grippi, uning klinik belgilari, diagnostikasi, davolash usullari hamda muhofazasiga bag‘ishlangan tushuntirish va targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish‎ Doimiy‎ O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 32-33-son, 361-modda)