Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.07.2009 yildagi 191-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI SEYSMOLOGIYA INSTITUTINING SEYSMOLOGIYA STANSIYALARI MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seysmik xavfdan himoya qilish tadbirlarining samaradorligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasining eng muhim hayot ta’minoti tizimlari va kommunikatsiyalarida tabiiy va texnogen xususiyatga ega bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining seysmik stansiyalari kompleksining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan 2009-2010-yillarda seysmik xavf monitoringi tizimini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda Davlat dasturi deb ataladi) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik stansiyalar kompleksini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi funksiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugallangan obyektlarni tasdiqlangan qurilish me’yorlari va qoidalariga qat’iy muvofiq qabul qilib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq tender asosida seysmik stansiyalarni qo‘shimcha ravishda jihozlash uchun zamonaviy ilmiy-texnik asbob-uskunalar sotib olish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi belgilangan tartibda loyiha va tender hujjatlari ishlab chiqilishini, ular ekspertizadan o‘tkazilishini hamda Davlat dasturiga kiritilgan seysmik stansiyalarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash obyektlari bo‘yicha pudrat tashkilotlarini aniqlash bo‘yicha tanlov savdolari tashkil etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan Davlat dasturiga kiritilgan obyektlarni tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, shuningdek tender savdolari natijalari bo‘yicha ilmiy-texnik asbob-uskunalar sotib olish uchun mablag‘ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2010-yilgi Davlat budjeti va Investitsiya dasturini shakllantirishda, zaruriyat bo‘lganda, Fanlar akademiyasining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha Davlat dasturi amalga oshirilishini tugallash uchun budjet mablag‘lari va kapital qo‘yilmalar limitlarini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi Davlat dasturini amalga oshirish uchun ajratilayotgan mablag‘lar maqsadli va asosli sarflanishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda mintaqalarda yangi seysmik stansiyalar qurish uchun yer uchastkalari ajratilishini va texnik shartlar berilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti buyurtmanomalari bo‘yicha seysmik stansiyalarni, tegishli ravishda, uzluksiz elektr ta’minoti va telekommunikatsiyalar tarmoqlariga kirish uchun zarur aloqa kanallari bilan ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S.Qosimov va N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 9-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191-son