Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.07.2009 yildagi 188-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IQTISODIYOTNING REAL SEKTORI KORXONALARINI QO‘LLAB-QUVVATLAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2008-yil 28-noyabrdagi PF–4058-son Farmonida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, 2009-2010-yillarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qo‘llanishini nazorat qilish tartibi hamda Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar (tariflar) belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom doirasida texnologik jarayonlarni va xomashyo, materiallar va energiya resurslari sarfi normalarini maqbullashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga tannarxni pasaytirish, quvvatlardan foydalanish darajasini va mehnat unumdorligini oshirish, foydalanish xarajatlari va qo‘shimcha xarajatlarni qisqartirish, xarid qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar narxini kamaytirish, xodimlar sonini maqbullashtirish natijasida qo‘shimcha daromad (foyda) olinishi qonun buzilishlari deb hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq olingan qo‘shimcha daromad (foyda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining inqirozga qarshi tadbirlarga doir qarorlarida nazarda tutilgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha eng muhim loyihalarni amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini va pirovard narxini yanada pasaytirishga hamda xodimlarni belgilangan tartibda mukofotlashga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 9-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
188-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 28-son, 328-modda)