25.06.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1973
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 25.06.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1973
Kuchga kirish sanasi
05.07.2009
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OTLAR BILAN TASHISH VA BOSHQA ISHLARNI BAJARISHDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 25-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1973]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir v.b. A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2009-yil 2-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23/B-son

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 2-iyundagi 23/B-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarishda mehnatni muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarish bilan shugʻullanadigan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalar mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarish bilan shugʻullanadigan korxona va tashkilotlar (bundan keyingi oʻrinlarda korxonalar deb yuritiladi) tomonidan qoʻllanishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunchilik hujjatlariga va mazkur Qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmalari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Qoidalarning bajarilishini nazorat qilish korxonaning xavfsizlik texnikasi boʻyicha xizmati (muhandisi) zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Xavfsizlikning umumiy talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati korxonaning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita korxona rahbariga boʻysunadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Korxonalarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriq berish, oʻqitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari hamda kasbiy-texnik tayyorgarlikdan oʻtgan boʻlishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Korxona maʼmuriyati barcha ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga oʻtkazilayotgan xodimlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini tashkil etishlari hamda ularga mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqiladi. Xodimlarni ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash korxona rahbariyatining zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Kasbiy tanlov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Korxonalarda kasbga koʻra tanlash oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassislar roʻyxati boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarish bilan shugʻullanadigan xodimlar tegishli kasbiy maʼlumotga va zarur ish tajribasiga hamda ushbu ishlarni bajarishda qoʻyilgan talablarga javob beradigan darajada ishlarni tashkil qilish qobiliyatiga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xodimlar otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarishga kirishish oldidan bunday ishlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar olishlari, oʻrnatilgan talablar bilan tanishishlari hamda ularni bajarishning xavfsiz usullarini oʻzlashtirib olgan boʻlishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kasbiy tanlovdan soʻng ishga qabul qilingan xodimlarning kasbiy mahorati yuqori ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida nazorat oʻrnatish, zarur boʻlganda qayta yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Homilador, emizikli ayollar va 18 yoshga toʻlmagan shaxslar tomonidan, otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarishga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Xodimlarning yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xodimlar yakka tartibdagi himoya vositalari bilan korxona tomonidan bepul taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yakka tartibda himoya vositalaridan foydalanishda, xodimlar ularning qoʻllanilish usullari, himoya xususiyatlari va amal qilish muddatlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishi hamda ulardan foydalanishga oʻrgatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Korxona rahbariyati quyidagilarni taʼminlashi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi meʼyorlar boʻyicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻllanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilishni (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Shaxsiy himoya vositalarini saqlash, berish va qabul qilish oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Xodimlar otlarning harakatini cheklovchi asbob-uskunalardan foydalanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarishga belgilangan tartibda dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtgan hamda tibbiy jihatdan sogʻlom boʻlgan shaxslar qoʻyiladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Korxona rahbariyati (yoki ish beruvchi) har yili davriy majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda ularning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Korxona rahbariyati majburiy tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, hamda dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Davriy majburiy tibbiy koʻriklarni oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra berilgan tavsiyalarning bajarilishi uchun javobgarlik korxona maʼmuriyati zimmasiga yuklanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim. Xodimlar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlashga haqli emas.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Xavfli va zararli omillar va ulardan himoyalanish usullari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Har bir korxona, amaldagi tarmoqqa mos keladigan xavfi yuqori sharoitlarda bajariladigan ishlar roʻyxatini tuzib chiqishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarishda xavfli va zararli omillar inson organizmiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarishda xavfli va zararli omillarga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) asov va asabiy otlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) nosoz ulov vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yoʻllarda xavfli past-balandliklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) daryo va yoʻllardagi qalinligi 15 sm dan kam boʻlgan muzlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) yoʻllarni temir yoʻl oʻtish joylari bilan kesishishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) yuqumli kasalliklar bilan zararlanishlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarishda insonlar va hayvonlarga xos kasalliklar (tuberkulyoz, brutsellyoz, leptospiroz va boshqalar) bilan kasallangan shaxslarning ishlashlari taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarishda teri kasalliklari bilan kasallangan, shilingan va mayda yaralari bor xodimlar faqat shifokor ruxsati bilan ishga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Otlar bilan tashish va boshqa ishlarni bajarishda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Otlar saqlanadigan korxona hududidagi yoʻllar, yoʻlaklar va oʻtish joylari boʻsh, tekis va yetarlicha yoritilgan boʻlishi kerak. Qish vaqtida oʻtish joylari va yoʻlaklar qordan tozalanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ozuqa yoʻlaklari har xil jihoz va materiallar bilan berkitilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Qish mavsumida muzlagan yoʻlaklarga qum, shlak va qirindi sepilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Korxona hududida transport va kishilarning harakatini boshqaruvchi yoʻl belgilari va koʻrsatkichlari boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Korxona hududi tungi paytda talablarga mos holda yoritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Ishchi otlar har bir otboqarga maxsus biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Qishloq xoʻjalik moslamalari otga faqat soz holda qoʻshilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Ot arava va otga qoʻshib ishlatiladigan moslamalar har bir otga alohida boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Qishloq xoʻjalik moslamalariga qoʻshilgan otlarni yolgʻiz qoldirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Ishga chiqishdan oldin brigadir va otboqar ishga taalluqli barcha inventarlarning sozligini tekshirish hamda gʻildiraklarning mahkamligiga alohida eʼtibor qaratishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Ot-ulov vositalari va boshqa moslamalar har doim soz holda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Ot-ulov vositalari otboqarga otning orqa oyogʻi yetmaydigan holda, maxsus oʻrindiqlar bilan jihozlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Hurkak va yagʻir otlarda koʻzpanasiz va yuganlanmagan holda yurishga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Tashish ishlari bilan band boʻlgan otlarning hamma tuyoqlari taqalangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Avtotransport va boshqa transport vositalari tez harakatlanadigan yoʻllarda yoʻl harakati qoidalariga rioya qiladigan otboqar va yuvosh hamda oʻrgatilgan otlardan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Yuqori tepaliklardan pastga tushishda aravalar oraligʻida maʼlum masofa boʻlishi, ularda tormoz tizimi qoʻllanilishi talab etiladi va bunday paytda odamlar aravada boʻlishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Ot-ulovlarini karvon yoki guruhlab tuproq yoki qor yoʻllarda hamda biroz qiya yoʻllarda olib borishda 1,5 — 2 m, muz yoʻllarda 5 m oraliq masofa saqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Ot-ulovlar oraligʻi keskin pastliklarda pastlik uzunligicha boʻlishi kerak. Keskin pastliklarda albatta harakatni toʻxtatuvchi moslamani (tormoz) qoʻllash kerak. Bunday holatlarda ot ulovlarda odam boʻlishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Ot-ulovlarini daryo va koʻllarda muz qalinligi yetarli boʻlmaganda hamda bahor vaqtida muzlarda yoriq paydo boʻlganda va muz suv bilan qoplanganda olib yurish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Pastqamlik, qumloq yoʻllarda, temir yoʻl oʻtish joylarida va boshqa xavfli joylarda otlarni boshqaruvsiz qoldirishga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Donali ogʻir, hamda katta hajmdagi yuklar aravaga zanjir, tros yoki arqon bilan yaxshilab bogʻlanib, maxsus ustuncha va ponalar bilan mahkamlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Yosh otlarni yuk tashishga oʻrgatish malakali xodimlarga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Ot-ulovlarda xavfsiz harakatlanish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jilovni ikki qoʻllab ushlash va jilovni yerga osilib qolishiga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aravani harakatga keltirishda jilovni sekin silkitish bilan otlarni yurgizish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aravani toʻxtatishda jilovni sekin tortish, kerak boʻlganda sal kuchliroq tortish, lekin keskin silkitmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aravani burishda jilovni qaytariladigan tomoni tortilishi, lekin qarama-qarshi tomoni qoʻyib yuborilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Aravakash oʻtiradigan joyda haydovchining oyogʻini tiraydigan qattiq asos boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Ot aravada ozuqani tarqatishda aravani toʻxtatib yerga tushiladi, soʻngra ozuqa tarqatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Yaylovda otlar bilan ishlaganda oldin egarining mustahkamligi va toʻgʻri bogʻlanishi hamda uzangini mustahkamligi tekshiriladi. Uzangilar tortilgandan soʻng ayil uzunligi aniqlanadi. Egar ustida oʻtirganda oyoq kiyim uzangiga toʻgʻri kelishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Egarlangan otni yuganidan tutib otxonadan chiqarish lozim. Otxonadan yoki boshqa yopiq imoratlardan chiqishda yoki u yerlarga kirishda otlarga minilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Egar ustida oʻtirganda yuganni qoʻlga oʻrash, qoʻyib yuborish mumkin emas, otni toʻgʻri boshqarish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Mehnatni muhofaza qilish qoidalari buzilganligi uchun xodimlarning javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmagan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Ishlab chiqarish bilan bogʻliq holda xodimlarning salomatligiga yetkazilgan zararlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
(64 va 65-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 20-aprel

Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 20-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 20-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 20-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 306-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.06.2023-y., 10/23/1973-1/0392-son; 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)