26.06.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1976
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug‘i, 26.06.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1976
Kuchga kirish sanasi
06.07.2009
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) muvofiq dorixona muassasalari va omborxonalarda (bundan keyingi o‘rinlarda muassasalar deb yuritiladi) dori-darmonlarni (bundan keyingi o‘rinlarda dori vositalari deb yuritiladi) saqlashda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 12-iyundagi 35-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1976-1, 16.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2023-y., 10/23/1976-1/0393-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq ishlovchilar soni 50 va undan ortiqni tashkil qiluvchi muassasalarda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil qilinadi (lavozimlari ochiladi). Ishlovchilar soni 50 dan kam bo‘lgan muassasalarda mehnatni muhofaza qilish funksiyalarini bajarish uning rahbarlaridan birining zimmasiga yuklatiladi.
11. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash muassasa rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
52. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash xonalariga qo‘yiladigan texnik talablar Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablar haqidagi nizom (ro‘yxat raqami 1048, 2001-yil 11-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-yil, 13-son) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
59. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, berish, sotish, taqsimlash va hisobga olish shartlari to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1090, 2001-yil 29-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-yil, 23-24-son) talablariga muvofiq saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(161 va 162-bandlar O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)