O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO TAShKILOTLARGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BADALLARINI TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Xalqaro tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi badallarini to‘lash mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 19-iyun,
171-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-iyundagi 171-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi badallarini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 5-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Xalqaro tashkilotlarga badallar to‘lovchi vazirliklar va idoralar kelgusi moliya yilida badallarni to‘lash yuzasidan buyurtmanomalarni a’zolik haqidagi hujjatlar nusxalarini, kelgusida xalqaro tashkilotda qatnashishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi asoslovchi materiallarni ilova qilgan holda, a’zolikdan olinadigan iqtisodiy va boshqa foydalarni, to‘lovlar bo‘yicha qarzni va boshlanadigan moliya yilidagi to‘lovlar summasini ko‘rsatib, 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga va Moliya vazirligiga kiritadilar”.
2. 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 15-sentabrgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari to‘lovlari bo‘yicha takliflar yuzasidan axborotni to‘lovlar summasi bo‘yicha asoslashlar bilan, tashkilotda qatnashishning maqsadga muvofiqligini, a’zolikdan olinadigan iqtisodiy va boshqa foydani, mavjud qarzdorlikning oqibatlarini ko‘rsatgan holda taqdim etadi.
Boshlangan moliyaviy yilda badal to‘lanishi zarur bo‘lgan xalqaro tashkilotlar ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda badallar to‘lash asoslari, ularni to‘lash manbalari, to‘lovlar summasi, to‘lash muddatlari, badal to‘lovchi vazirliklar va idoralar ko‘rsatilgan, shuningdek, budjet ajratmalari yoki o‘z manbalari summasi O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida hamda xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish ehtiyoji aniqlangan holda tuziladi”.
3. 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi moliya yilida to‘lov valyutasida va AQSh dollaridagi ekvivalentda badal to‘lash hajmi va mablag‘ bilan ta’minlash manbalari yuzasidan umumlashtirilgan Ro‘yxat tuzadi”.
4. 9-banddagi “20-avgustgacha” so‘zlari “1-oktabrgacha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. 10-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 26-son, 296-modda)