Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.01.2020 12.06.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1968
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining buyrugʻi , 12.06.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1968
Kuchga kirish sanasi
22.06.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.01.2020
Hujjat 02.12.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlaShtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIMMATLI QOGʻOZLAR MARKAZIY DEPOZITARIYSI TOMONIDAN AKSIYALAR EGALARI REESTRINI QABUL QILISh TARTIBI VA HUJJATLI AKSIYALARNI HARAKATSIZLANTIRISh MEXANIZMI TOʻGʻRISIDA VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 12-iyunda 1968-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2020-yil 20-yanvardagi 2020-02-sonli ““Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan aksiyalar egalari reyestrini qabul qilish tartibi va hujjatli aksiyalarni harakatsizlantirish mexanizmi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1968-2, 29.01.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami. 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 15-noyabrdagi 2013-03-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1968-1, 27.11.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 48-son, 629-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi tomonidan aksiyalar egalari reyestrini qabul qilish tartibi va hujjatli aksiyalarni harakatsizlantirish mexanizmi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor K.TOLIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 6-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-27-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 6-maydagi 2009-27-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan aksiyalar egalari reyestrini qabul qilish tartibi va hujjatli aksiyalarni harakatsizlantirish mexanizmi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINChALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 29-30-son, 278-modda) Qonuniga muvofiq Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (keyingi oʻrinlarda — Markaziy depozitariy) tomonidan aksiyalar egalari reyestrini qabul qilish tartibi va hujjatli aksiyalarni harakatsizlantirish mexanizmini oʻrnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponentlash — hujjatli aksiyalar blanklarini depozitariylarga saqlashga topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatsizlantirish — hujjatli aksiyalarni ochiq saqlashga deponentlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi reyestr — reyestr yuritishni amalga oshirgan shaxslar maʼlumotlari boʻyicha 2008-yil 22-iyuldagi ish kunining oxiriga shakllantirilgan qimmatli qogʻozlar egalarining roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatga olish jurnali — aksiyalarga boʻlgan huquqlarning oʻtishi, shuningdek aksiyalar egalari reyestrida (keyingi oʻrinlarda — reyestr) roʻyxatga olingan shaxs nomiga yozilgan aksiyalar sonining oʻzgarishi bilan bogʻliq yoki aksiyalarga majburiyatlar yuklatilishi faktini aks ettiruvchi boshqa har qanday hodisalar toʻgʻrisidagi yozuvlarni xronologik tartibda oʻzida saqlovchi jurnal;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxat — depozitariylar tizimi maʼlumotlari boʻyicha 2008-yil 22-iyuldagi ish kunining oxiriga shakllantirilgan qimmatli qogʻozlar egalarining roʻyxati;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 15-noyabrdagi 2013-03-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1968-1, 27.11.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 48-son, 629-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatli aksiyalar egasi (keyingi oʻrinlarda — egasi) — hujjatli aksiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egasining vakili (keyingi oʻrinlarda — vakil) — egasining nomidan ishonchnoma yoki topshiriq (vositachilik) shartnoma asosida ish olib boruvchi shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Depozitariylar tizimidan tashqarida saqlanayotgan, davlat roʻyxatidan oʻtgan, shuningdek depozitariydagi egasining depo hisobvaragʻida saqlanayotgan va hisobda turgan hujjatli aksiyalar mazkur Vaqtinchalik nizomda belgilangan tartibda harakatsizlantirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hujjatli aksiyalar bilan bitimlar faqat ular harakatsizlantirilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Egasi mustaqil ravishda yoki oʻz vakili orqali oʻziga tegishli hujjatli aksiyalarni depozitariyga harakatsizlantirish uchun topshirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.Depozitariy egasidan yoki uning vakilidan hujjatli aksiyalarni qabul qilishni faqat egasida depozitar shartnoma mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Egasida depozitar shartnoma yoʻq boʻlgan taqdirda, u mustaqil ravishda yoki oʻz vakili orqali depozitar shartnoma tuzishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil orqali depozitar shartnoma tuzishda egasi tomonidan vakilga beriladigan ishonchnomada egasi nomidan depozitar shartnoma tuzish huquqi, shuningdek hujjatli aksiyalarni depozitariyga topshirish huquqi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Hujjatli aksiyalar, ular harakatsizlantirilgandan soʻng depozitariylar tizimida hujjatsiz aksiyalar uchun belgilangan tartibda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Markaziy depozitariy emitentga emitentning yozma soʻrovi olingandan soʻng ikki ish kunidan kechiktirmasdan Roʻyxatni taqdim etishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Emitent mazkur Vaqtinchalik nizom kuchga kirgan kundan boshlab bir oy ichida Markaziy depozitariyga quyidagilarni topshiradi, mazkur Vaqtinchalik nizomning 10-bandida nazarda tutilgan holat bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Mazkur Vaqtinchalik nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan qogʻoz va elektron koʻrinishdagi Oxirgi reyestr. Bir betdan koʻpni tashkil qiluvchi Oxirgi reyestr tikilgan, orqa tomonida emitentning, shuningdek Oxirgi reyestrni tuzgan shaxsning (reyestr ixtisoslashtirilgan reyestr saqlovchi tomonidan yuritilgan taqdirda) asosiy muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi zarur. Oxirgi reyestrning betlari raqamlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Mazkur Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan Roʻyxat va Oxirgi reyestr maʼlumotlarini Solishtirish dalolatnomasi (keyingi oʻrinlarda — Solishtirish dalolatnomasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarida egasining nomi yozilgan hujjatli aksiyalar mavjud boʻlgan emitent Oxirgi reyestr va Solishtirish dalolatnomasi topshirilgan kundan boshlab ikki oy ichida Markaziy depozitariyga quyidagilarni topshiradi, Mazkur Vaqtinchalik nizomning 10 va 11-bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qogʻoz va elektron koʻrinishdagi roʻyxatga olish jurnali. Qogʻoz koʻrinishdagi roʻyxatga olish jurnali tikilgan, orqa tomonida emitentning, shuningdek Oxirgi reyestrni tuzgan shaxsning (reyestr ixtisoslashtirilgan reyestr saqlovchi tomonidan yuritilgan taqdirda) asosiy muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi zarur. Roʻyxatga olish jurnalining titul varagʻida uni yuritishning boshlangan va tugatilgan sanasi toʻgʻrisidagi axborot koʻrsatiladi. Roʻyxatga olish jurnalining betlari raqamlangan boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) reyestrni yuritishga tegishli boʻlgan va 2008-yilning 23-iyuliga qadar reyestrga yozuvlar kiritishga asos hisoblangan hujjatlar (keyingi oʻrinlarda — reyestrni yuritish tizimining hujjatlari). Agar reyestrni yuritish tizimining hujjatlari hajmi 200 betdan oshib ketsa, ular alohida jildlarga ajratilishi lozim. Har bir jild boʻyicha elektron va qogʻoz koʻrinishda xronologik tartibdagi roʻyxat tuziladi. Qogʻoz koʻrinishda taqdim etilayotgan roʻyxat emitent rahbarining imzosi va mazkur emitentning asosiy muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Vaqtinchalik nizomning 8 va 9-bandlarida belgilangan talablar mazkur Vaqtinchalik nizom kuchga kirgan sanasiga qadar Oxirgi reyestr, Solishtirish dalolatnomasi, roʻyxatga olish jurnali va reyestrni yuritish tizimining hujjatlarini Markaziy depozitariyga topshirgan emitentlarga tatbiq qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agar reyestr yuritish depozitariy tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa, roʻyxatga olish jurnali va reyestrni yuritish tizimining hujjatlari belgilangan tartibda ushbu depozitariyda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hujjatli aksiyalar ular harakatsizlantirilganidan soʻng belgilangan tartibda Markaziy depozitariyda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu holda aksiyalar egasi harakatsizlantirilgan aksiyalar blanklarini berishni talab qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Hujjatli aksiyalar Markaziy depozitariy tomonidan emitentga aksiya chiqarilishini bekor qilish hollarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Markaziy depozitariyning emitentdan Oxirgi reyestrni, roʻyxatga olish jurnalini va reyestrni yuritish tizimining hujjatlari hujjatlarni qabul qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Markaziy depozitariyning emitentdan mazkur Vaqtinchalik nizomning 8 va 9-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni qabul qilib olishi qabul qilish-oʻtkazish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Markaziy depozitariy mazkur Vaqtinchalik nizomning 8 va 9-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni qabul qilish va koʻrib chiqishni amalga oshirish muddati ularni Markaziy depozitariyga taqdim etilgan sanadan boshlab bir oydan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Markaziy depozitariy Oxirgi reyestrni, roʻyxatga olish jurnalini va reyestrni yuritish tizimining hujjatlarini agar ularni rasmiylashtirish mazkur Vaqtinchalik nizomning 8 va 9-bandlariga muvofiq boʻlmasa, emitentga qaytarishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Emitent mazkur Vaqtinchalik nizomning 16-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni tegishli tarzda rasmiylashtiradi va ular Markaziy depozitariy tomonidan qaytarilgan sanadan boshlab oʻn ish kuni davomida ularni Markaziy depozitariyga takroran taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Markaziy depozitariy Oxirgi reyestri maʼlumotlari asosida quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar egalari roʻyxatdan oʻtkazilmagan boʻlsa, ularni deponentlarning Yagona bazasida roʻyxatga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar egalariga depo hisobvaragʻlari ochilmagan boʻlsa, ularga depo hisobvaragʻlarini ochadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar egasining nomi yozilgan hujjatli aksiyalar harakatsizlantirilmagan boʻlsa, egalari depo hisobvaragʻlariga, Oxirgi reyestrda koʻrsatilgan egasining nomi yozilgan hujjatli aksiyalar soni va tipiga muvofiq ravishda “Harakatsizlantirilishi lozim qimmatli qogʻozlar” — boʻlimiga kirim yozuvini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitentning depo hisobvaragʻiga taqdim etuvchiga tegishli hujjatli aksiyalar boʻyicha “Harakatsizlantirilishi lozim joylashtirilgan taqdim etuvchiga tegishli hujjatli qimmatli qogʻozlar” maxsus boʻlimiga kirim yozuvini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Markaziy depozitariy roʻyxatga olish jurnali va reyestrni yuritish tizimining hujjatlarining mazmuniga javobgar boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Hujjatli aksiyalarni harakatsizlantirish mexanizmi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Hujjatli aksiyalarni deponentlash quyidagicha amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Markaziy depozitariyga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan — hujjatli aksiyalarni tashkillashtirilgan qimmatli qogʻozlar savdolariga qoʻyilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egasiga xizmat koʻrsatuvchi depozitariy tomonidan — boshqa hollarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxs uchun — egasining merosxoʻri, yuridik shaxs uchun — huquq vorisi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) egasiga xizmat koʻrsatuvchi depozitariyga — egasi yoki uning vakili, jismoniy shaxs uchun — egasining merosxoʻri yoki yuridik shaxs uchun — huquq vorisi tomonidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Egasiga xizmat koʻrsatuvchi depozitariy va egasi (egasining vakili, egasining merosxoʻri, egasining huquq vorisi) oʻrtasida tuzilgan, egasiga xizmat koʻrsatuvchi depozitariyning vakolatli shaxsi tomonidan imzolangan hujjatli aksiyalarni qabul qilish-oʻtkazish dalolatnomasining nusxasi egasining depo hisobvaragʻiga unga tegishli hujjatli aksiyalarni saqlashga qabul qilish va egasining Markaziy depozitariydagi depo hisobvaragʻidan ushbu egasiga xizmat koʻrsatuvchi depozitariydagi depo hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarida oddiy hujjatli aksiyalar mavjud boʻlgan emitent depozitariyning yoki egasining soʻrovi boʻyicha mazkur aksiyalar blanklari (sertifikatlari) emitent tomonidan tayyorlanganligi toʻgʻrisida tasdiqlov beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalar blanklari (sertifikatlari) emitent tomonidan tayyorlanmaganligi hollarida, u mazkur fakt aniqlangan sanadan boshlab ikki ish kuni davomida shu haqda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organini va tegishli tasdiqlov soʻrovini yuborgan shaxsni yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Toshkent shahrida joylashgan depozitariy hujjatli aksiyalar qabul qilingan kundan boshlab, besh ish kunidan kechikmagan holda, Toshkent shahridan tashqarida joylashgan depozitariy, oyiga bir martadan kam boʻlmagan holda, Markaziy depozitariyga hujjatli aksiyalar yetkazib berishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Egasining nomi yozilgan hujjatli aksiyalarni harakatsizlantirish xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agar aksiya blankida (sertifikatda) boʻsh joy qolmaganligi sababli oʻtkazish yozuvida egasining nomi koʻrsatilmagan boʻlsa, depozitariy Markaziy depozitariyga topshirilgan Oxirgi reyestrdagi maʼlumotlar asosida egasining nomi yozilgan hujjatli aksiyalarni harakatsizlantirish uchun qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Agar egasining nomi yozilgan hujjatli aksiyalarni topshirish vaqtida aksiyalar egasi Oxirgi reyestrga kiritilmagan va uning nomi aksiya blankidagi (sertifikatdagi) oʻtkazish yozuvida koʻrsatilmagan boʻlsa, u Markaziy depozitariyga oʻzining ushbu egasining nomi yozilgan hujjatli aksiyalarni sotib olganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Aksiyalar blanklari (sertifikatlari) qalbakiligining gumoni mavjud boʻlganda, Markaziy depozitariy qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan Depozitar hisob va hisobotlarining yagona qoidalari (standartlari) “Qimmatli qogʻozlarni saqlashga qabul qilish” boʻlimining 46.2, 46.3-bandlariga muvofiq harakatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Markaziy depozitariy uch ish kuni davomida ularga nisbatan shubha paydo boʻlgan hujjatli aksiyalarni maxsus saqlash joyiga qabul qilish toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiradi va ushbu aksiyalarni egasining depo hisobvaragʻidagi “Tekshiruvdan oʻtmagan qimmatli qogʻozlar” boʻlimiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mazkur Vaqtinchalik nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Aksiyalar egasi, emitent, Markaziy depozitariy va nominal saqlovchi vazifasini bajaruvchi depozitariy oʻrtasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mazkur Vaqtinchalik nizom talablariga amal qilinishi boʻyicha nazoratni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Mazkur Vaqtinchalik nizom Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi Bosh direktori Sh. Abdujabbarov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 6-may.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi tomonidan aksiyalar egalari reyestrini qabul qilish tartibi va hujjatli aksiyalarni harakatsizlantirish mexanizmi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎‎‎“TASDIQLAYMAN”

TUZDI

‎‎‎‎Aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi

‎‎______________________________

‎‎___________________________________

‎‎R�estr tuzgan tashkilot nomi

‎‎(F.I.Sh.)

‎‎______________________________

‎‎___________________________________

‎‎(rahbar F.I.Sh.)

‎‎(imzo)‎

______________________________‎‎

“___” _____________ 200__ yil‎‎

‎‎(imzo)

M.Oʻ.‎

“___” _____________ 200__ yil‎‎

M.Oʻ.‎

‎‎_____________________________________________________________________________________OXIRGI REESTRI

‎‎(aksiyadorlik jamiyati nomi)

‎‎2008 YIL 22 IYuL ISh KUNINING OXIRI HOLATI BOʻYIChA


‎‎‎Aksiyadorlik jamiyati toʻgʻrisida axborot:
??
1. ‎‎Toʻliq nomi: _______________________________________________________
2.‎ ‎‎Qisqartirilgan nomi: ________________________________________________
3. ‎‎Markaziy depozitariyda roʻyxatga olingan shaxs kodi: _________________________
4. Ustav fondi:‎‎______________________soʻm
5.‎ ‎‎Aksiya nominali:___________________soʻm
6. Chiqarilishdagi aksiyalar soni:‎‎________‎dona.

‎‎shu jumladan:

‎hujjatsiz shaklda chiqarilgan oddiy egasi yozilgan _________dona

‎‎‎hujjatsiz shaklda chiqarilgan egasi yozilgan imtiyozli‎ ______dona

‎hujjatsiz shaklda chiqarilgan oddiy_________dona

‎‎‎hujjatsiz shaklda chiqarilgan imtiyozli
‎‎_____dona‎
‎‎hujjatli shaklda chiqarilgan oddiy egasi yozilgan __________dona

‎hujjatli shaklda chiqarilgan egasi yozilgan imtiyozli_______dona

‎‎hujjatli shaklda chiqarilgan oddiy _________dona

‎h‎‎ujjatli shaklda chiqarilgan imtiyozli
‎______dona

‎‏№‎

Markaziy depozitariyda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxs kodi*‎‏

Qimmatli qogʻozlar saqlovchisi nomi

Majburiyat yuklatilmagan aksiyalar soni

Majburiyatlaryuklatilgan aksiyalar soni

Egani tasdiqlovchi hujjat**

INN***

OKPO****‎‏

Manzil, telefon

oddiy‎

‎‎ovoz berish huquqisiz imtiyozli

ovoz berish huquqiga ega imtiyozli

oddiy‎‎

ovoz berish huquqiga ega imtiyozli

‎ovoz berish huquqisiz imtiyozli

tip, seriya‏

raqam‎‏

berilgan sana

kim tomonidan berilgan

yuridik propiska‎‏

pochta manzili

jami shu jumladan, hujjatli shaklda chiqarilgan oddiy jami‎ shu jumladan ovoz berish huquqisiz hujjatli shaklda chiqarilgan imtiyozli‎ jami‎ shu jumladan hujjatli shaklda chiqarilgan imtiyozli‎ jami‎ shu jumladan oddiy hujjatli shaklda chiqarilgan‎ jami‎ shu jumladan imtiyozli ovoz berish huquqiga ega hujjatli shaklda chiqarilgan‎ jami‎ shu jumladan imtiyozli ovoz berish huquqisiz hujjatli shaklda chiqarilgan

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

16‎

17‎

18‎

19‎

20‎

21‎

22‎

23‎

‎‎(“excel” formatida toʻldiriladi)


‎‎‎Egalar — yuridik shaxslar
‎‎
‎‎Egalar — jismoniy shaxslar
‎‎Ishonchli boshqaruvchilar
‎‎Hujjatli shaklda chiqarilgan oddiy aksiyalar (chiqarilgan va muomalada boʻlgan aksiyalarning umumiy soni koʻrsatiladi)

‎‎
‎JAMI:


‎‎‎‎Oxirgi reyestrni tuzish uchun masʼul

‎‎____________________________

‎‎_____
‎‎(Boshqarma yoki boʻlim boshligʻi F.I.Sh.) ‎ (imzo)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Mavjud boʻlgan taqdirda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Jismoniy shaxslar uchun — pasport yoki uni oʻrnini bosuvchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Yuridik shaxslar uchun — davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Yuridik shaxs tashkil etmagan xususiy tadbirkorlar (XT) uchun — XTni hokimiyatda roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Jismoniy shaxs uchun — u mavjud boʻlsa koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Yuridik shaxs va XT uchun majburiy tarzda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**** Yuridik shaxs uchun majburiy tarzda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi tomonidan aksiyalar egalari reyestrini qabul qilish tartibi va hujjatli aksiyalarni harakatsizlantirish mexanizmi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
__________________________________________________________________‎‎

‎‎(aksiyadorlik jamiyati nomi)‎

Roʻyxati va Oxirgi reyestri maʼlumotlarini ‎‎solishtirish Dalolatnomasi

‎‎‎2008-yil 22-iyuldagi holat
‎(aksiyalar egasiga tegishli aksiyalar soni va tipi va uning anketa maʼlumotlari boʻyicha)


‎‎‎‎____________________


‎‎‎“___” _____________ 200__ yil

(dalolatnoma tuzilgan joy) ‎

‎‎Biz, quyida imzo chekuvchilar, ushbu Dalolatnomani shu haqda tuzdikki, unga koʻra aksiya egasiga tegishli aksiyalarning tipi va soni va uning anketa maʼlumotlari boʻyicha Roʻyxatdagi va Oxirgi reyestrdagi maʼlumotlarni solishtirish amalga oshirildi.

‎‎
‎Oʻtkazilgan solishtiruv natijalariga koʻra quyidagilar aniqlandi:
‎1. Roʻyxatdagi egalar soni — _____________ta‎
‎‎2. Oxirgi reyestrdagi egalar soni — _____________ta‎

‎3. Tipi va soni boʻyicha farqlar MAVJUD/MAVJUD EMAS

(tagiga chizilsin)‎

(ushbu Dalolatnomaning 3-bandi boʻyicha farqlar mavjud boʻlsa, ushbu Dalolatnomaning 3.1-bandiga qarang)‎‎

‎‎3.1. Tipi va soni boʻyicha farqlar ushbu Dalolatnomaning 1-ilovasida aks ettirilgan*

‎‎4. Rekvizitlar (anketa maʼlumotlari) boʻyicha farqlar MAVJUD/MAVJUD EMAS.

‎‎(tagiga chizilsin)‎

‎‎(ushbu Dalolatnomaning 4-bandi boʻyicha farqlar mavjud boʻlsa, ushbu Dalolatnomaning 4.1-bandiga qarang)

‎‎4.1. Rekvizitlar (anketa maʼlumotlari) boʻyicha farqlar ushbu Dalolatnomaning 2-ilovasida aks ettirilgan*

‎‎_________________________________________________

‎‎‎Reyestr yuritishni amalga oshirgan shaxs nomi

‎‎(aksiyadorlik jamiyati, depozitariy yoki ixtisoslashtirilgan roʻyxatga oluvchi)‎

________________‎ _______________‎

(rahbar lavozimi)‎

(F.I.Sh.)‎

________________‎

(rahbar imzosi)‎

M.Oʻ.‎

‎‎_________________________________________________

‎‎Aksiyadorlik jamiyati nomi

________________‎ _______________‎

(rahbar lavozimi)‎

(F.I.Sh.)‎

________________‎

(rahbar imzosi)‎

M.Oʻ.‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ushbu Dalolatnomaning ilovalari uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“___” __________ 200__ y.dagi Dalolatnomaga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Roʻyxat va Oxirgi reyestrdagi (anketa maʼlumotlari boʻyicha) maʼlumotlar natijalariga koʻra aniqlangan farqlar toʻgʻrisidagi axborot

‎‎___________________________________________

‎‎(aksiyadorlik jamiyatining nomi)

‎‏№

Aksiya egasi nomi Roʻyxatga olingan shaxs kodi Roʻyxatdagi aksiyalar soni (dona)‎‏ Oxirgi reyestrdagi aksiyalar soni (dona)‎‏ Aksiyalar sonidagi farq (3-ustun ayiruv 4-ustun)‏ Farq sababi‎‏ Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni oʻzgartirish uchun asos‎‏ Depozitariyda qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni oʻzgartirish uchun asos — hujjatning mavjudligi‎‏ Farqni yoʻq qilish boʻyicha harakatlar‎‎ Izoh
reyestr yurituvchi boʻyicha*‎ depozitariy boʻyicha
1.‎ 2.‎ 3.‎ 4.‎ 5.‎ 6.‎ 7.‎ 8.‎

9.‎‎

10.‎‎ 11.‎
‎‎(“excel” formatida toʻldiriladi)‎‎
‎‎I. Hujjatsiz shaklda chiqarilgan oddiy aksiya
‎‎II. Hujjatsiz shaklda chiqarilgan imtiyozli aksiya
‎‎III. Hujjatli shaklda chiqarilgan egasi yozilgan oddiy aksiya
‎‎IV. Hujjatli shaklda chiqarilgan egasi yozilgan imtiyozli aksiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2008-yil 22-iyulga ish kunining oxiriga qadar reyestr yuritishni amalga oshirgan shaxs
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“___” __________ 200__ y.dagi Dalolatnomaga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Roʻyxat va Oxirgi reyestrdagi (rekvizitlar (anketa maʼlumotlari) boʻyicha) maʼlumotlar natijalariga koʻra aniqlangan farqlar toʻgʻrisidagi axborot

‎‎_________________________________________________________

‎‎‎‎(aksiyadorlik jamiyati nomi)

T/r‎‏‎

Aksiya egasi nomi‎‏ Roʻyxatga olingan shaxs kodi‎‏ Roʻyxatdagi maʼlumotlar‎ Oxirgi reyestrdagi maʼlumotlar
Egani tasdiqlovchi hujjat‎‎ INN‎‏ OKPO‎‏ Yuridik manzil / roʻyxatdan oʻtgan‎‏ Pochta manzili / yashash joyi‎‏ Egani tasdiqlovchi hujjat INN‎‏‎ OKPO‏‎ Yuridik manzil / roʻyxatdan oʻtgan‏ Pochta manzili / yashash joyi
tip, seriya raqam‎ berilgan vaqti‎ kim tomonidan berilgan‎ tip, seriya raqam‎ berilgan vaqti‎ kim tomonidan berilgan‎
1.‎ 2.‎ 3.‎ 4.‎ 5.‎ 6.‎ 7.‎ 8.‎ 9.‎ 10.‎ 11.‎ 12.‎ 13.‎ 14.‎ 15.‎ 16.‎ 17.‎ 18.‎ 19.‎
‎‎(“excel” formatida toʻldiriladi)
1.‎
2.‎
3.‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 24-son, 281-modda; 2013-y., 48-son, 629-modda)