11.06.2009 yildagi 160-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.12.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan maʼlumotlarni eʼlon qilishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-noyabrdagi 616-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2026-y., 09/26/616/1123-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-dekabr)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-noyabrdagi 616-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2026-y., 09/26/616/1123-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-dekabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 6-maydagi PF-78-son Farmoniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-dekabrdan boshlab toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini onlayn monitoring qilish imkonini beradigan Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Yagona elektron platforma) ishga tushirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona elektron platforma “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida eʼlon qilinishi belgilangan maʼlumotlar majburiy eʼlon qilinadigan rasmiy manba hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-noyabrdagi 616-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2026-y., 09/26/616/1123-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-dekabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida eʼlon qilinishi belgilangan maʼlumotlar ushbu Qonunda belgilangan muddatlarda masʼul shaxslar tomonidan Yagona elektron platformadagi shaxsiy kabineti orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona elektron platformada joylashtiriladigan maʼlumotlar davlat tilida eʼlon qilinadi va boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-noyabrdagi 616-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2026-y., 09/26/616/1123-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-dekabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yagona elektron platformada “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan maʼlumotlar (keyingi oʻrinlarda — eʼlon) pulli asosda joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eʼlonni joylashtirish uchun belgilangan toʻlov toʻlangani toʻliq Yagona elektron platforma orqali tasdiqlanganidan keyin (mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida belgilangan hollar bundan mustasno) masʼul shaxslarga tegishli maʼlumotlarni shaxsiy kabineti orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda joylashtirish imkoniyati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona elektron platformaga joylashtirilgan eʼlon joylashtirilgan paytdan eʼtiboran Yagona elektron platformada real vaqt rejimida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlovga qobiliyatsizlik ishining xususiyati, qarzdorning moliyaviy holati, ishning soddalashtirilgan yoki umumiy tartibda koʻrilishi hamda boshqa holatlarni inobatga olgan holda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan toʻlovlarni kechiktirib yoki toʻlovga qobiliyatsizlik ishi yakunlangandan keyin toʻlash imkoniyati berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona elektron platformada maʼlumotlarni eʼlon qilish bilan bogʻliq xarajatlar “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan navbatdan tashqari tartibda qoplanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-noyabrdagi 616-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2026-y., 09/26/616/1123-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-dekabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Yagona elektron platformada eʼlonlarni joylashtirish uchun toʻlovlar miqdori maxsus vakolatli davlat organi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Sud boshqaruvchilari uchun Yagona elektron platformadan foydalanganlik uchun har oylik abonent toʻlovi miqdori maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishi toʻxtatib turilgan taqdirda, attestatning amal qilishi toʻxtatib turilgunga qadar toʻlangan oylik abonent toʻlovining foydalanilmagan qismi sud boshqaruvchisi uchun saqlanadi hamda attestatning amal qilishi tiklangan kundan eʼtiboran qolgan muddat davomida amal qiladi.
(31 va 32-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 2026-yil 11-noyabrdagi 616-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2026-y., 09/26/616/1123-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-dekabr)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 11-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
160-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 24-son, 274-modda; 2010-y., 37-son, 322-modda; 2011-y., 50-son, 518-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 12.11.2026-y., 09/26/616/1123-son)