08.05.2009 yildagi 132-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI MAJBURIY IJRO ETISHDA XATLANGAN VA OLIB QOʻYILGAN MOL-MULKNI SAQLASH TARTIBI HAMDA SHARTLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 55-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda xatlangan va olib qoʻyilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.A.Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 8-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-maydagi 132-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda xatlangan va olib qoʻyilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 55-moddasiga muvofiq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda xatlangan va olib qoʻyilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni saqlash alohida qonun hujjatida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mol-mulkni xatlash mol-mulkni roʻyxatga olishdan, uni tasarruf qilish man etilganligini eʼlon qilishdan, zarur hollarda esa, mol-mulkdan foydalanish huquqini cheklashdan, uni olib qoʻyish yoki saqlashga topshirishdan iboratdir. Cheklashning turlari, hajmi va muddatlarini har bir muayyan holda mol-mulkning xususiyatini, uning mulkdori yoki egasi uchun ahamiyatini hisobga olib, davlat ijrochisi belgilaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xatlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
undiruvchiga olib beriladigan yoki realizatsiya qilinadigan qarzdorning mol-mulki saqlanishini taʼminlash maqsadida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
javobgarga tegishli boʻlib, uning oʻzida yoki boshqa shaxslarda turgan mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi sud ajrimi ijro etilayotganda qoʻllanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xatlangan mol-mulkni olib qoʻyib, realizatsiya qilish uchun topshirish davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda, biroq xatlangandan keyin kamida uch ish kunidan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijrochisi muayyan ijro ishini yuritish holatlaridan kelib chiqib, mol-mulkni xatlash bilan bir vaqtda ushbu mol-mulkni yoki uning ayrim ashyolarini olib qoʻyishga haqli.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qarzdorning xatlangan mol-mulkini tasarruf qilish yuzasidan davlat ijrochisining taqiqini buzish yoki undan foydalanish huquqining cheklanganligiga rioya qilmaslik qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Saqlash uchun topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xatlangan va olib qoʻyilgan mol-mulk quyidagilarni saqlovchi sifatida belgilagan holda saqlash uchun topshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorni, undiruvchini, ularning vakillarini, qarzdor yoki undiruvchinining voyaga yetgan oila aʼzolarini (jismoniy shaxs boʻlgan qarzdor yoki undiruvchi uchun), yuridik shaxsning xodimini (yuridik shaxs boʻlgan qarzdor yoki undiruvchi uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakilini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlash uchun maxsus shart-sharoitlarni talab qiladigan mol-mulkni (avtomototransport vositasi, dori-darmonlar, zargarlik buyumlari va boshqalarni) xatlab qoʻyishda mol-mulkni masʼuliyatli saqlashning belgilangan normalariga muvofiq maxsus omborxona binolari, asbob-uskunalar va shart-sharoitlarga ega boʻlgan boshqa tashkilotlarning vakilini;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) organlarining mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnomalar tuzilgan va mol-mulkni saqlash uchun tegishli binolarga ega boʻlgan savdo tashkilotlarini.
(6-bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xatlangan mol-mulkni muayyan saqlovchiga saqlashga berish masalasi davlat ijrochisi tomonidan har bir holatda uni roʻyxatga olishda, eng avvalo, mol-mulkning saqlanishini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar mavjudligidan, mol-mulkning oʻzlashtirilishiga, rastrata qilinishiga, yashirilishiga, nobud qilinishiga, unga shikast yetkazilishiga yoʻl qoʻymaslikdan yoki boshqacha tarzda mol-mulkning miqdor, sifat va qiymat tavsifining oʻzgarishidan, shuningdek ushbu mol-mulk bilan bogʻliq keyingi ijro xatti-harakatlarini amalga oshirishda yetkazilishi mumkin boʻlgan har xil toʻsiqlarning oldini olishdan kelib chiqqan holda hal qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qarzdorning mol-mulki saqlash uchun saqlovchiga mol-mulkning xatlash dalolatnomasiga imzo qoʻydirgan holda topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Avtomototransport vositasi xatlangan taqdirda davlat ijrochisi ushbu mol-mulkdan boshqa shaxslarning foydalanishini va boshqacha tarzda tegilishini cheklashni (muhrlab qoʻyishni) taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari davlat ijrochisi tomonidan belgilanadigan ularning saqlanishi uchun tegishli shart-sharoitlar taʼminlanadigan (vakolatli organlar, DYHXX organlari va boshqa tashkilotlarning toʻxtash joylari, omborlari, jarima maydonchalari) maxsus ajratilgan joylarga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijrochisi savdoga qoʻyilgan avtomototransport vositasini saqlash joyini oʻzgartirishga va ularning saqlanishini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlarida avtomototransport vositalarini saqlash joylari mavjud boʻlgan taqdirda uni unga saqlash uchun berishga haqlidir. Bunda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuzilib, davlat ijrochisi, mol-mulkning saqlanishi uchun masʼul boʻlgan shaxs, shuningdek mol-mulkning saqlanishi uchun yangidan tayinlangan masʼul shaxs tomonidan imzolanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qarzdorning koʻchmas mulkini xatlashda mol-mulk qoʻriqlashga topshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Byuro organlarida qarzdorning xatlangan mol-mulkka boʻlgan huquqlari mavjudligini va hajmini tasdiqlovchi hujjatlarning (xonalarda, seyflarda va shu kabilarda), ularning saqlanishi taʼminlanadigan shartlarda saqlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
(10-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xatlangan mol-mulk, uning egasi, qarzdor yoki boshqa shaxslarning xohishidan qatʼi nazar, xatlangan joyda quyidagi hollarda qoldirilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijrochisida mol-mulk joyini oʻzgartirish uning shikastlanishiga, qiymatining kamayishiga olib kelishi mumkin boʻlgan asoslar mavjud boʻlganda;
(11-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijrochisida yoki saqlovchida ushbu mol-mulkni joyini oʻzgartirish imkoniyatining obyektiv sabablari mavjud boʻlmaganda.
(11-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu holatda saqlovchi xatlangan mol-mulkning saqlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan, qonunchilikka zid boʻlmagan har qanday xatti-harakatni amalga oshirishga haqli. Bunda davlat ijrochisi mol-mulkni xatlash dalolatnomasida xatlangan mol-mulkning egasiga, qarzdorga yoki uchinchi shaxsga xatlangan va saqlash uchun saqlovchiga topshirilgan mol-mulkdan saqlovchining toʻsqinliksiz foydalanishini taʼminlash majburiyatini yuklaydi.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Saqlovchi mol-mulkning saqlanishi uchun tegishli shart-sharoitlarga rioya qilishi va ularni taʼminlashi shart, mol-mulkni oʻzlashtirgan, rastrata qilgan, yashirgan, nobud qilgan yoki unga shikast yetkazishga yoʻl qoʻygan taqdirda javobgar boʻladi, shu jumladan jinoiy javobgar boʻladi, bu toʻgʻrida mol-mulkni saqlashga qabul qilib olgan shaxsning imzosi bilan xatlash toʻgʻrisidagi dalolatnomada (qarorda) yozuv qayd etiladi yoki saqlovchidan tegishli tilxat olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saqlovchi, shuningdek, mol-mulkka nisbatan ijro xatti-harakatlarini amalga oshirish, shu jumladan koʻzdan kechirish, tanishish, baholash yoki olib qoʻyish uchun davlat ijrochisining xatlangan mol-mulkdan foydalanishini taʼminlashi shart.
(12-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qarzdorning mol-mulkini roʻyxatga olish paytida aniqlanib, xatlangan soʻmlar va chet el valyutasidagi pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, qimmatbaho toshlar, oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallardan, qimmatbaho toshlardan, marvariddan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar, shuningdek ana shunday buyumlarning rezgilari va alohida qismlari (boʻlaklari) olib qoʻyilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Olib qoʻyilgan soʻmdagi naqd pul mablagʻlari keyingi ish kunidan kechikmay Byuro organining depozit hisob raqamiga oʻtkazish uchun bankka topshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qimmatli qogʻozlar, valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa roʻzgʻor buyumlari, nodir buyumlar, asl tasviriy sanʼat hamda haykaltaroshlik asarlari uch ish kuni mobaynida masʼuliyatli saqlash uchun bankka yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga yoki investitsiya vositachisiga topshirilishi kerak, muayyan turdagi qimmatliklar muzeyga yoki ularning saqlanish sharoitlarini taʼminlovchi boshqa ixtisoslashtirilgan muassasaga topshirilishi lozimligi toʻgʻrisida qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Pochta markalari, shu jumladan kolleksiya pochta markalari saqlash uchun pochta aloqa tashkilotlariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tez buziladigan, shu jumladan saqlash muddati 72 soatgachani tashkil qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek yaroqlilik muddati bir oy mobaynida tugaydigan tovarlar olib qoʻyilib, isteʼmolga (foydalanishga, qayta ishlashga) yaroqliligini aniqlash uchun oʻtkazilgan ekspertiza xulosasi olingan va baholangan vaqtdan boshlab bir sutka davomida realizatsiya qilish uchun topshiriladi. Bunda tez buziladigan tovarlarni ekspertizadan oʻtkazish va baholash bir kun muddatda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat ijrochisi tomonidan ijro xatti-harakatlarini amalga oshirishda qarzdorda qurol-yarogʻlar, oʻq-dorilar, narkotik vositalar, ularning analoglari psixotrop moddalar va radioaktiv materiallar borligi aniqlangan taqdirda davlat ijrochisi darhol tegishli huquqni muhofaza qilish organi vakilini ushbu holat yuzasidan qaror qabul qilish uchun chaqiradi va u yetib kelgunga qadar bunday mol-mulkning qoʻriqlanishini taʼminlaydi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Saqlovchining javobgarligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulk realizatsiya qilingan hollarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulk va avtomototransport vositalari realizatsiya qilinganda — mol-mulkni qabul qilib xaridorga topshirgandan keyin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulk belgilangan tartibda egasiga qaytarilgan hollarda;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda tugatiladi.
(19-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Saqlash tartibi va shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat ijrochisi mol-mulkni saqlashga topshirishda mol-mulkni tasarruf etishni taqiqlash va mazkur mol-mulkdan foydalanish yuzasidan muayyan cheklashlarni belgilash yoʻli bilan saqlashning maxsus rejimini belgilaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlat ijrochisi xatlangan mol-mulkni saqlash uchun qaysi saqlovchiga topshirgan boʻlsa, oʻsha saqlovchi davlat ijrochisining yozma ravishdagi roziligisiz ushbu mol-mulkdan foydalanishi mumkin emas. Bankka yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga yoki investitsiya vositachisiga masʼuliyatli saqlash uchun topshirilgan mol-mulk boʻyicha, shuningdek mol-mulkning xossalariga koʻra, undan foydalanish uning yoʻq boʻlib ketishiga yoki qimmati pasayishiga olib kelgan taqdirda, davlat ijrochisi bunday rozilikni berishga haqli emas. Agar mazkur mol-mulkdan foydalanish uning saqlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlsa, davlat ijrochisining roziligi talab etilmaydi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Xatlangan va olib qoʻyilgan mol-mulkni uni buzilishiga va (yoki) keyinchalik sotib boʻlmaydigan ahvolga olib kelishi mumkin boʻlgan holatda saqlashga qoʻyish taqiqlanadi. Bu holda davlat ijrochisi mol-mulkni zarur holatda saqlash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Davlat ijrochisi xatlangan va saqlashga topshirilgan mol-mulkni lentalardan, shu jumladan oʻzi yopishuvchi lentalardan foydalanib, qulflarni almashtirib va boshqa usullar bilan muhrlab qoʻyish yoʻli bilan boshqa shaxslar tomonidan foydalanishni va boshqacha tarzda u bilan munosabatda boʻlishni cheklab qoʻyilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrishga haqli. Mol-mulkka uning xatlashda turganligini bildiruvchi maxsus maʼlumotlar, shuningdek farqlovchi belgilar qoʻyilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Zarur hollarda davlat ijrochisi xona va omborlarni, shu jumladan ularga xatlangan mol-mulk saqlash uchun joylashtirilganda yoki davlat ijrochisi tomonidan mazkur xonalar va omborlardan foydalanishni taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollarda muhrlab qoʻyishga haqli. Xona va omborlarni muhrlab qoʻyish toʻgʻrisida yoki ulardan foydalanishni taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishda davlat ijrochisi qarzdorning yoki boshqa shaxsning ushbu xonadagi va xatlanmagan boshqa mol-mulkdan foydalanish imkoniyatini hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijrochisi va boshqa shaxslar xatlangan mol-mulkka saqlovchi ishtirokida yoʻl qoʻyilishi mumkin. Xatlangan mol-mulkka nisbatan ijro xatti-harakatlarini amalga oshirish paytida, shu jumladan mol-mulkni koʻzdan kechirish, tanishish, baholash va olib qoʻyish vaqtida saqlovchining ishtirok etishi mumkin boʻlmagan taqdirda mol-mulkka va xonani ochishga davlat ijrochisining va ikki nafar guvohning ishtirokida ruxsat etiladi, bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Saqlash uchun haq toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Saqlovchi, agar qarzdor uning oʻzi yoki uning oila aʼzolari (qarzdor yuridik shaxs boʻlsa, — uning xodimi) boʻlmasa, saqlaganligi uchun tegishli haq oladi. Saqlovchining mol-mulkni saqlash uchun qilgan zarur xarajatlari ham mazkur mol-mulkdan foydalanish orqali amalda olgan foydasi chegirib tashlangan holda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro xatti-harakatlarini amalga oshirish boʻyicha xatlangan va qarzdordan olib qoʻyilgan mol-mulkni saqlash xarajatlari, shuningdek ularni tashkil etish uchun sarflangan mablagʻlar “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 77-moddasida belgilangan tartibda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan xarajatlar hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Budjet tashkilotlaridan pul mablagʻlarini undirish va alimentlarni, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazganlik natijasida, boquvchining vafoti natijasida yetkazilgan zararlarni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan avtomototransport vositalarini vakolatli organlarning va DYHXX organlarining toʻxtash joylarida, omborlarida va jarima maydonchalarida saqlaganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ushbu Nizomni qoʻllanish boʻyicha paydo boʻladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 19-20-son, 236-modda; 2012-y., 8-9-son, 83-modda; 2015-y., 39-son, 507-modda; 2017-y., 33-son, 864-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)