Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2013 20.04.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1944
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 20.04.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1944
Kuchga kirish sanasi
20.07.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2013
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KREDIT UYuShMALARIDA BUXGALTERIYA HISOBI HISOBVARAQLARI REJASINI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 20-aprelda 1944-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/9-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2426, 14.02.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 9-son, 142-modda), “Kredit uyushmalari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, 4-5-son, 65-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 30-noyabrdagi 26/5-sonli “Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasini tasdiqlash haqida”gi qarori (2003-yil 27-mart, ro‘yxat raqami 1227 — Me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 5-6-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 14-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6/4-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 14-martdagi 6/4-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Hisobvaraqlar rejasi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda), “Kredit uyushmalari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 65-modda) qonunlariga muvofiq kredit uyushmalarida amalga oshiriladigan xo‘jalik, kredit, depozit va boshqa operatsiyalarni buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida buxgalteriya hisobi tamoyillari asosida aks ettirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit uyushmalari tomonidan buxgalteriya hisobi, ular O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab, qayta tashkil etilguncha yoki tugatilgunga qadar, uzluksiz ravishda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Hisobvaraqlar rejasiga barcha kredit uyushmalari tomonidan rioya etilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobvaraqlar rejasi kredit uyushmalari operatsiyalari hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo‘llanadigan Bosh buxgalteriya kitobi hisobvaraqlari ro‘yxatidan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit uyushmalarining hozirgi vaqtda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan barcha operatsiyalari turi ushbu Hisobvaraqlar rejasiga kiritilgan. Kredit uyushmalari tomonidan Hisobvaraqlar rejasi faqat qonun hujjatlari va Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari doirasidagi operatsiyalarni aks ettirish uchun foydalanilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh kitobda balans hisobvaraqlarini kodlashtirilish tizimi quyidagi beshta belgidan iborat sxemasi bo‘yicha qabul qilingan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

C‎

MM‎ SS‎‎

S‎

Hisobvaraq toifasi (bo‘lim)

1

Aktiv‎‎

2‎

Majburiyatlar

3‎

Kapital‎‎

4‎

Daromadlar

5‎

Xarajatlar

9‎

Ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari
MM‎‎‎ Hisobvaraq turkumiga tegishli asosiy hisobvaraqlar (birinchi tartib)
SS‎‎‎‎‎ Asosiy hisobvaraqlarga tegishli subhisobvaraqlar (ikkinchi tartib)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi kitobda shaxsiy hisobvaraqlar quyidagi sxema bo‘yicha kodlashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

CCCCC
‎I
‎I
‎I
‎I
‎I
‎I
‎I
‎I
‎I
‎I

KK
‎I
‎I
‎I
‎I
‎I
‎I
‎I
‎I

SSSSSS‎‎‎
‎I
‎I
‎I
‎I
‎I
‎I

NN
‎I
‎I
‎I
‎I
‎I

Hisobvaraqning tartib raqami

Kredit uyushmasi a’zosining kodi

Nazorat kaliti

Balans hisobvarag‘i‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi kitoblarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, kredit uyushmalari boshqarmalari, shuningdek, operatsiyalarni boshqarish maqsadida kredit uyushmalari menejmenti (boshqarishi) uchun zarur bo‘lgan muayyan axborotlar bilan ta’minlovchi qo‘shimcha ma’lumotlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobvaraqlar rejasida har bir hisobvaraq uchun u aktiv yoki passiv bo‘lishi, aktiv — passiv qoldiqlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan ruxsat etilgan ayrim hisobvaraqlardan tashqari aniq belgilab qo‘yilgan. Aktiv hisobvaraqlarga “Aktivlar”, “Xarajatlar” va “Ko‘zda tutilmagan holatlar” bo‘limlaridagi balans hisobvaraqlari, passiv hisobvaraqlarga “Majburiyatlar”, “Kapital” va “Daromadlar” bo‘limlaridagi balans hisobvaraqlari taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aktivlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida “Aktivlar” bo‘limiga kontr-aktiv hisobvaraqlari kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ko‘zda tutilmagan holatlar” bo‘limiga operatsiyalarni ikki yoqlama yozuv uslubi bo‘yicha aks ettirish va amalga oshirilgan operatsiyalarning to‘g‘riligini qo‘shimcha nazorat qilish imkonini beruvchi kontr-aktiv hisobvaraqlar kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ba’zi hisobvaraqlardan tashqari “Aktivlar” likvidlilik, “Majburiyatlar” esa muddatlilik tamoyillariga muvofiq tasniflangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Hisobvaraqlar rejasida har bir ikkinchi tartibli balans hisobvarag‘i uchun hisobvaraq maqsadi berilgan bo‘lib, unda hisobvaraqning debeti va krediti bo‘yicha qanday operatsiyalarni aks ettirish hamda tahliliy hisobni yuritish tartibi ko‘rsatilgan. Batafsil tahliliy hisob yuritish uchun kredit uyushmalarida shaxsiy hisobvaraqlardan tashqari hisob va reyestrlarning qo‘shimcha jurnali yuritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Daromadlar” va “Xarajatlar” bo‘limlari uchun tahliliy hisob ko‘rsatilmagan, chunki ushbu bo‘limlardagi hisobvaraqlar kredit uyushmalari ichki hisobvaraqlari hisoblanib, ularning o‘zlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki talablari va ichki hisob siyosatidan kelib chiqqan holda ushbu hisobvaraqlarda tahliliy hisobni qanday yuritishni belgilaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Hisobvaraqlar ro‘yxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kodi‎ Nomi‎
10000‎ AKTIVLAR‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10100 Kassadagi naqd pul mablag‘lari
10101 Kassadagi naqd pullar
10109 Yo‘ldagi naqd pullar
10500‎ Banklarda joylashtirilgan depozitlar va boshqa mablag‘lar‎‎
10503‎ — ‎ Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar
10507‎ Banklarda joylashtirilgan muddatli depozitlar‎
10597‎ — ‎ Banklarda joylashtirilgan boshqa mablag‘lar‎
10600‎ ‎‎Kredit uyushmalaridagi omonatlarni kafolatlash tashkilotiga joylashtirilgan mablag‘lar
10601‎ — ‎ Kredit uyushmalaridagi omonatlarni kafolatlash tashkilotiga joylashtirilgan mablag‘lar‎
10700 ‎‎Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi hisobvaraqlari
10701‎ — ‎ Davlat qimmatli qog‘ozlari‎
12500 ‎‎Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12501‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar‎
12505‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli muddati o‘tgan kreditlar‎
12509‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar‎
12599‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)‎
12600‎ ‎‎Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12601‎ —‎‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisq� muddatli kreditlar‎
12605‎ —‎‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli muddati o‘tgan kreditlar‎
12609‎ —‎‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar‎
12699 —‎‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)‎
12700‎ ‎‎Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12701‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar‎
12705‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli muddati o‘tgan kreditlar‎
12709‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar‎
12799 —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)‎
14900‎ ‎‎Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
14901‎ —‎‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar‎
14905‎ —‎‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli muddati o‘tgan kreditlar
14909‎ —‎‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
14999‎ —‎‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)‎
15000‎ ‎‎Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15001‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar‎
15005‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli muddati o‘tgan kreditlar‎
15009‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar‎
15099 —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)‎
15100‎ ‎‎Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15101‎ —‎‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar‎
15105‎ —‎‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli muddati o‘tgan kreditlar‎
15109‎ —‎‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar‎
15199‎ —‎‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)‎
15600‎ ‎‎Kredit uyushmasi a’zolariga berilgan lizing
15601‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari – yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan lizing‎
15603‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari – yuridik shaxslarga berilgan lizing‎
15609‎ —‎ Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing‎
15699‎ —‎ Lizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)‎
15700‎ ‎‎Sud jarayonidagi kreditlar va lizing
15701‎ —‎‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan sud jarayonidagi kreditlar‎
15703‎ —‎‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan sud jarayonidagi kreditlar‎
15705‎ —‎‎ Sud jarayonidagi lizing‎
15799‎ —‎‎ Sud jarayonidagi kreditlar va lizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)‎
15900‎ ‎‎Investitsiyalar
15901‎ —‎ Davlat qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar‎
16300‎ ‎‎Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16303‎ —‎‎ Banklardagi depozitlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar‎
16309‎ —‎‎ Kreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar‎
16311‎ —‎‎ Davlat qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar‎
16323‎ —‎‎ Lizing bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar‎
16377‎ —‎‎ Olish uchun hisoblangan, biroq shartnoma muddatida to‘lanmagan foizlar‎
16397‎ —‎‎ Boshqa olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar (vositachilik haqi)‎
16500‎ ‎‎Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar
16501‎ —‎‎‎ Yer‎
16505‎ —‎‎‎ Tugallanmagan qurilish‎
16509‎ —‎‎‎ Binolar va boshqa qurilishlar‎
16511‎ —‎‎‎ Binolar va boshqa qurilishlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)‎
16515‎ —‎‎‎ Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish‎
16519‎ —‎‎‎ Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)‎
16529‎ —‎‎‎ Transport vositalari‎
16531‎ —‎‎‎ Transport vositalarining yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)‎
16535‎ —‎‎‎ Mebel, moslama va jihozlar‎
16539‎ —‎‎‎ Mebel, moslama va jihozlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)‎
16549‎ —‎‎‎ Ijaraga berilgan asosiy vositalar‎
16551‎ —‎‎‎ Ijaraga berilgan asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)‎
16561‎ —‎‎‎ Ombordagi asosiy vositalar‎
16563‎ —‎‎‎ Ombordagi asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)‎
16600‎ ‎‎Nomoddiy aktivlar
16601‎ —‎‎‎‎ Nomoddiy aktivlar‎
16605‎ —‎‎‎‎ Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)‎
16609‎ —‎‎‎‎ O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar‎
16617‎ —‎‎‎‎ Gudvill‎
16699‎ —‎‎‎‎ O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)‎
16700‎ ‎‎Kredit uyushmasining boshqa o‘z xususiy mulklari
16701‎ —‎ Kredit va lizing bo‘yicha ko‘chmas mulk garovi hisobidan undirilgan mulk‎
16703‎ —‎ Kredit va lizing bo‘yicha boshqa mulk garovi hisobidan undirilgan mulk‎
16799‎ —‎ Ko‘chmas mulk va boshqa o‘z xususiy mulki bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)‎
19900‎ ‎‎Boshqa aktivlar
19901‎ —‎‎ Mayda xarajatlar‎
19902‎ —‎‎ Bosh ofis va/yoki filiallardan olinadigan mablag‘lar‎
19905‎ —‎‎ Olingan kreditlar bo‘yicha garovga berilgan mulk va mulkiy huquqlar‎
19908‎ —‎‎ Kredit uyushmasi xodimlari bilan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar‎
19909‎ —‎‎ Tovar — moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar‎
19911‎ —‎‎ Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobvaraqlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)‎
19913‎ —‎‎ Aniqlanish jarayonidagi olinishi lozim bo‘lgan boshqa aktivlar‎
19915‎ —‎‎ Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar ‎
19925‎ —‎‎ Oldindan to‘langan xarajatlar‎
19929‎ —‎‎ Boshqa muddati uzaytirilgan xarajatlar‎
19931‎ —‎‎ Muddati uzaytirilgan daromad solig‘i‎
19941‎ —‎‎ Tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi depozitlar‎
19945‎ —‎‎ Tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi depozitlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)‎
19997‎ —‎‎ Boshqa aktivlar‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20000 MAJBURIYATLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20400 Jamg‘arma depozitlar
20406 Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozitlari
20408‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarning jamg‘arma depozitlari‎
20418‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg‘arma depozitlari‎
20600 ‎‎Muddatli d�pozitlar
20606‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari‎
20608‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarning muddatli depozitlari‎
20618‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozitlari‎
21600‎ ‎‎To‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar
21606‎ —‎‎ Banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar‎
21696 —‎ To‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa qisqa muddatli kreditlar
22000‎ To‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar‎‎
22006‎ —‎ Banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar‎
22096‎ —‎ To‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa uzoq muddatli kreditlar‎
22100‎ ‎‎Lizing bo‘yicha majburiyatlar
22102‎ —‎‎ Banklar oldidagi lizing bo‘yicha majburiyatlar‎
22106‎ —‎‎ Boshqa lizing beruvchilar oldidagi lizing bo‘yicha majburiyatlar‎
22400‎ ‎‎To‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
22403‎ —‎‎ Jamg‘arma depozitlari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar‎
22405‎ —‎‎ Muddatli depozitlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar‎
22408‎ —‎‎ Lizing bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar‎
22410‎ —‎‎ Kreditlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar‎
22496‎ —‎‎ Boshqa majburiyatlar bo‘yicha hisoblangan foizlar‎
22500‎ ‎‎Hisoblangan soliqlar
22502‎ —‎ Daromaddan to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan soliqlar‎
22504‎ —‎ To‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan boshqa soliqlar
22506‎ —‎ To‘lash uchun ushlab qolingan soliqlar‎
22510‎ —‎ Budjetdan tashqari fondlar bilan hisob-kitoblar‎
22800‎ ‎‎Muddati uzaytirilgan daromadlar
22812‎ —‎ Kelgusi davr foizli daromadlari‎
22896‎ —‎ Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar‎
29800‎ ‎‎Boshqa majburiyatlar
29802‎ —‎‎ Tovar — moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar‎
29803‎ —‎‎ Xodimlar bilan hisob-kitoblardagi to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar‎
29805‎ —‎‎ Ijara bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar‎
29809‎ —‎‎ Bosh ofis va/yoki filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar‎
29813‎ —‎‎ Aniqlanish jarayonidagi to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa majburiyatlar‎
29822‎ —‎‎ To‘lanishi lozim bo‘lgan dividendlar‎
29896‎ —‎‎ Boshqa majburiyatlar‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30000 KAPITAL
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30300 Kredit uyushmasining ustav fondi
30301 Pay badallari
30900‎ ‎Zaxira kapitali
30903‎ —‎ Zaxira fondi‎
30905‎ —‎ Tekinga olingan mulklar‎
30907‎ —‎ Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi
31200‎ ‎‎Taqsimlanmagan foyda
31203‎ —‎ Taqsimlanmagan foyda (aktiv — passiv)‎
31206‎ —‎ Sof foyda (zarar) (aktiv — passiv)‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40000

DAROMADLAR

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40400 Banklardagi depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar
40401 Banklardagi depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar
40600‎ ‎‎Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi hisobvaraqlari bo‘yicha foizli daromadlar
40601‎ —‎ Davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizli daromadlar‎
42000‎ ‎‎Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42001‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar‎
42005‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar‎
42009‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar‎
42100‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar‎‎
42101‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar �o‘yicha foizli daromadlar‎
42105‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar‎
42109‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar‎
42200‎ ‎‎Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42201‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar‎
42205‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar‎
42209‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar‎
44100‎ ‎‎Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44101‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar‎
44105‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar‎
44109‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar‎
44300‎ ‎‎Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44301‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar‎
44305‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar‎
44309‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar‎
44400‎ ‎‎Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44401‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar‎
44405‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar‎
44409‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar‎
44800‎ ‎‎Investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
44801‎ —‎ Davlat qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar‎
44900‎ ‎‎Boshqa foizli daromadlar
44901‎ —‎ Boshqa foizli daromadlar‎
45100‎ ‎‎Lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45103‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolariga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar‎
45109‎ —‎ Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar‎
45200‎ ‎‎Foizsiz daromadlar
45201‎ —‎ Xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar‎
45600‎ ‎‎Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan olingan foyda
45601‎ —‎ Qimmatli qog‘ozlar bilan tijorat operatsiyalaridan olingan foyda‎
45800‎ ‎‎Investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar
45801‎ —‎ Qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda‎
45809‎ —‎ Xususiy kapitalga qilingan investitsiya bo‘yicha olingan dividendlar‎
45900‎ ‎‎Boshqa foizsiz daromadlar
45901‎ —‎ Mulklarning ijarasidan daromadlar‎
45909‎ —‎ Mulklarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda‎
45917‎ —‎ Boshqa xususiy mulk va/yoki aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda‎
45921‎ —‎ Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi‎
45994‎ —‎ Boshqa foizsiz daromadlar‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50000

XARAJATLAR

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50600 Jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50606 Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50608‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar‎
50618‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar‎
51100‎ Muddatli depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar
51106‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar‎
51108‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar‎
51118‎ —‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar‎
53100‎ Qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar‎‎
53106‎ —‎ Banklardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar‎
53195‎ —‎ Boshq� kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar‎
54100‎ ‎‎Uzoq muddatli kreditlar va lizing bo‘yicha foizli xarajatlar
54106‎ —‎ Banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar‎
54195‎ —‎ Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar‎
54198‎ —‎ Banklardan olingan lizing bo‘yicha foizli xarajatlar‎
54199‎ —‎ Boshqa lizing beruvchilardan olingan lizing bo‘yicha foizli xarajatlar‎
54900‎ ‎‎Boshqa foizli xarajatlar
54901‎ —‎ Boshqa foizli xarajatlar‎
55100‎ Foizsiz xarajatlar‎‎
55106‎ —‎ Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar‎
55600‎ ‎‎Tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlar
55602‎ —‎ Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlardan ko‘rilgan zararlar‎
55800‎ Investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar‎‎

55801‎

—‎

Qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar‎

55900‎ ‎‎Boshqa foizsiz xarajatlar
55902? —‎ Mulklarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar‎
55910‎ —‎ Boshqa mulk va/yoki aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar‎
55995‎ —‎ Boshqa foizsiz xarajatlar‎
56100‎ ‎‎Xodimlar ish haqi va ular uchun qilingan boshqa xarajatlar
56102‎ —‎ Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar‎
56106‎ —‎ Xodimlar uchun imtiyozlar‎
56110‎ —‎ Tibbiy, stomatologik xizmatlar va shifoxonada davolash xarajatlari‎
56114‎ —‎ Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar‎
56118‎ —‎ Ijtimoiy himoya bo‘yicha xarajatlar‎
56122‎ —‎ Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va boshqa jamg‘armalar uchun badallar‎
56195‎ —‎ Xodimlarga qilingan boshqa xarajatlar‎
56200‎ ‎‎Ijara va ta’minot xarajatlari
56202‎ —‎ Ijara to‘lovi‎
56206‎ —‎ Suv to‘lovi‎
56210‎ —‎ Elektr energiyasi va isitish tarmoqlari xarajatlari‎
56214‎ —‎ Ta’mirlash va ta’minot xarajatlari‎
56218‎ —‎ Qo‘riqlash xizmati xarajatlari‎
56300‎ ‎‎Xizmat safari va transport xarajatlari
56302‎ —‎ Xizmat safari xarajatlari‎
56306‎ —‎ Xizmat safari vaqtidagi kunlik xarajatlar‎
56310‎ —‎ Kredit uyushmasi mulkini ko‘chirish bilan bog‘liq bo‘lgan (Fraxt) xarajatlar‎
56314‎ —‎ Yoqilg‘i xarajatlari‎
56400‎ ‎‎Ma’muriy xarajatlar
56402‎ —‎ Reklama va e’lon xarajatlari‎
56406‎ —‎ Devonxona, ofis, xo‘jalik va boshqa buyumlar xarajatlari‎
56410‎ —‎ Pochta, telefon, faks bo‘yicha xarajatlar‎
56414‎ —‎ Hujjat markalari uchun xarajatlar‎
56418‎ —‎ Kitob, ro‘znoma va boshqa davriy nashriyotlar bo‘yicha xarajatlar‎
56500‎ Reprezentatsiya va xayriya‎‎
56502‎ —‎ Reprezentatsiya va ko‘ngilochar tadbirlar xarajatlari‎
56506‎ —‎ A’zolik badallari‎
56510‎ —‎ Xayr-ehson va xayriya xarajatlari‎
56600‎ ‎‎Eskirish xarajatlari
56602‎ —‎ Bino va boshqa imoratlarning eskirish xarajatlari‎
56610‎ —‎ Transport vositalarining eskirish xarajatlari‎
56614‎ —‎ Mebel va jihozlarning eskirish xarajatlari‎
56618‎ —‎ Nomoddiy aktivlarning eskirish xarajatlari‎
56622‎ —‎ Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning eskirish xarajatlari‎
56626‎ —‎ Obyektlarni ijaraga olish va ularni takomillashtirish huquqi bo‘yicha eskirish xarajatlari‎
56700‎ ‎‎Sug‘urta, soliq va boshqa xarajatlar
56702‎ —‎ Yuridik va auditorlik xizmati xarajatlari‎
56706‎ —‎ Maslahatchilar (konsaltinglar) xizmati uchun to‘lov xarajatlari‎
56710‎ —‎ Sug‘urta xarajatlari‎
56714‎ —‎ Soliqlar (daromad solig‘idan tashqari)‎
56718‎ —‎ Jarima va penya xarajatlari‎
56722‎ —‎ Sud jarayoni va aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar‎
56795‎ —‎ Boshqa operatsion xarajatlar‎
56800‎ ‎‎Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56802‎ —‎ Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash‎
56830‎ —‎ Boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash‎
56838‎ —‎ Lizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash‎
56895‎ —‎ Boshqa aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash‎
56900‎ Daromad solig‘ini baholash
56902‎ —‎ Daromad solig‘ini baholash‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90000 KO‘ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR HISOBVARAQLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90900 Kafolat va kafilliklar
90993 Kafolat va kafilliklar
91500‎ ‎‎Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari
91501‎ —‎ Berilgan kreditlar va lizing bo‘yicha hisoblangan foizlar‎
91505‎ —‎ Boshqa aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari‎
91800‎ ‎‎Kredit uyushmasining kredit va lizing majburiyati
91809‎ —‎ Kredit uyushmasining kredit va lizing berish majburiyati‎
91816‎ —‎ Kredit uyushmasining kredit va lizing olish majburiyati‎
93600‎ ‎‎Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar
93609‎ —‎ Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar‎
94500‎ ‎‎Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquqlar (talablar)
94501‎ —‎ Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar‎
94502‎ —‎ Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquqlar (talablar)‎
94503‎ —‎ Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar‎
95400‎ ‎‎Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari
95407‎ —‎ Qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar‎
95413‎ —‎ Hisobdan chiqarilgan kreditlar va lizing‎
95497‎ —‎ Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari‎
96300‎ ‎‎Ko‘zda tutilmagan holatlar kontr-hisobvaraqlari
96335‎ —‎ Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari kontr-hisobvarag‘i‎
96337‎ —‎ Kafolat va kafilliklar bo‘yicha kontr-hisobvaraq‎
96351‎ —‎ Kredit uyushmasining kredit va lizing berish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq‎
96358‎ —‎ Kredit uyushmasining kredit va lizing olish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq‎
96379‎ —‎ Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq‎
96381‎ —‎ Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquqlar (talablar) bo‘yicha kontr-hisobvaraq‎
96397‎ —‎ Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Hisobvaraqlar tavsifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10000

AKTIVLAR

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10100

KASSADAGI NAQD PUL MABLAG‘LARI

10101‎ Kassadagi naqd pullar‎

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining xazinasidagi, kirim va chiqim kassalaridagi saralangan va saralanmagan naqd pullarni ham hisobga olgan holda, banknot va tanga ko‘rinishidagi naqd pul mablag‘larining hisobi yuritiladi.
Kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tartibga solinadi.
Hisobvaraqning debetida kredit uyushmasining kassasiga kirim qilingan mablag‘larining tushumi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kredit uyushmasi kassasidan mablag‘lar to‘lovlari, shuningdek, limitdan yuqori bo‘lgan pul mablag‘larining xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshirilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.

10109‎ Yo‘ldagi naqd pullar
Ushbu hisobvaraqda yo‘ldagi naqd pullarning hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida bank yoki boshqa kredit tashkilotlariga jo‘natilgan naqd pullarning summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida qabul qiluvchi bank tomonidan olingan ularning haqiqatdagi kassaga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma asosida naqd pullarning summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10500‎ BANKLARDA JOYLAShTIRILGAN DEPOZITLAR VA BOShQA MABLAG‘LAR‎
10503‎ Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar‎
‎Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlari hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida talab qilib olinguncha depozitlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir bank va depozit turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10507‎ Banklarda joylashtirilgan muddatli depozitlar
‎Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining banklarda joylashtirilgan muddatli depozitlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida banklarda joylashtirilgan muddatli depozitlar summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida muddatli depozitlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir bank va depozit turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10597‎ Banklarda joylashtirilgan boshqa mablag‘lar
‎Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining banklarda joylashtirilgan yuqorida ko‘rsatilgan depozitlar toifasiga kirmaydigan mablag‘lar hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida banklarda joylashtirilgan boshqa mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida boshqa mablag‘larning qaytarilishi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir bank va depozit turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10600‎ Kredit uyushmalaridagi omonatlarni kafolatlash tashkilotiga joylashtirilgan mablag‘lar‎
10601‎ Kredit uyushmalaridagi omonatlarni kafolatlash tashkilotiga joylashtirilgan mablag‘lar
Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining o‘z a’zolarining manfaatlarini himoyalash, jumladan, omonatlarini kafolatlash maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan kredit uyushmalaridagi omonatlarni kafolatlash tashkilotiga joylashtirgan mablag‘lari hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida kredit uyushmalaridagi omonatlarni kafolatlash tashkilotiga joylashtirilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida kredit uyushmalaridagi omonatlarni kafolatlash tashkilotiga joylashtirilgan mablag‘larning qaytarilishi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10700‎ QIMMATLI QOG‘OZLAR OLDI-SOTDISI HISOBVARAQLARI‎
10701‎ Davlat qimmatli qog‘ozlari
Ushbu hisobvaraqda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, uning vakolatli tuzilmalari yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chiqarilgan qisqa muddatli davlat qimmatli qog‘ozlari qiymatining hisobi olib boriladi.
‎Hisobvaraqning debetida sotib olingan davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holda, shuningdek, mazkur qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont amortizatsiyasi summasining qiymati aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida sotilgan davlat qimmatli qog‘ozlarining qiymati, shuningdek, mazkur qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot amortizatsiyasi summasining qiymati aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob obligatsiyalarning va boshqa xazina majburiyatlarining turi va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
‎ ‎
12500‎ KREDIT UYuShMASI A’ZOLARI — JISMONIY ShAXSLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI KREDITLAR‎
12501‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Ushbu hisobvaraqda jismoniy shaxslarga kredit berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha berilgan kreditlarning (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki mohiyati bo‘yicha qayta tasniflangan boshqa kreditlar summasi aks ettiriladi.
‎‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12505‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli muddati o‘tgan kreditlar
Ushbu hisobvaraqda jismoniy shaxslarga berilgan, muddatida to‘lanmagan (qoplanmagan) qisqa muddatli kreditlarning (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12501 — “Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12509 — “Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan jismoniy shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa mohiyati bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira — 12599 — “Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan va qarzdorlar tomonidan qoplangan summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12509‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Ushbu hisobvaraqda kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlarning (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lga� boshqa operatsiyalarning) hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarga berilgan qayta ko‘rib chiqilgan va qayta tasniflangan 12501 — “Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 12505 — “Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash — 12599 — “Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan hamda qoplangan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
‎ ‎
12599‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
‎Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi tomonidan undirib olinmagan, jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar) bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12600‎ KREDIT UYuShMASI A’ZOLARI — YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI KREDITLAR
‎‎
12601‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
‎Ushbu hisobvaraqda yakka tartibdagi tadbirkorlarga kredit berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha berilgan kreditlarning (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki mohiyati bo‘yicha qayta tasniflangan boshqa kreditlar summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12605‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli muddati o‘tgan kreditlar
‎Ushbu hisobvaraqda yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan, muddatida to‘lanmagan (qoplanmagan) qisqa muddatli kreditlarning (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12601 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12609 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa mohiyati bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira — 12699 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan va qarzdorlar tomonidan qoplangan summa aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12609‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
‎Ushbu hisobvaraqda kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlarning (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qayta ko‘rib chiqilgan va qayta tasniflangan, ushbu hisobvaraqqa 12601 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 12605 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash 12699 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan hamda qoplangan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12699‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
‎Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi tomonidan undirib olinmagan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (maqomi bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar) bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobini yuritish.
‎Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summa aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12700

KREDIT UYuShMASI A’ZOLARI — YuRIDIK ShAXSLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI KREDITLAR

12701 Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
‎Ushbu hisobvaraqda yuridik shaxslarga kredit berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha berilgan kreditlarning (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki mohiyati bo‘yicha qayta tasniflangan boshqa kreditlar summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12705‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli muddati o‘tgan kreditlar
‎Ushbu hisobvaraqda yuridik shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan (qoplanmagan) qisqa muddatli kreditlarning (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12701 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12709 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan yuridik shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa mohiyati bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira — 12799 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan va qarzdorlar tomonidan qoplangan summa aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12709‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
‎Ushbu hisobvaraqda kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlarning (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan va qayta tasniflangan, ushbu hisobvaraqqa 12701 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 12705 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash — 12799 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan hamda qoplangan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12799‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
‎Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi tomonidan undirib olinmagan, yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (maqomi bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar) bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobini yuritish.
‎Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14900‎ KREDIT UYuShMASI A’ZOLARI — JISMONIY ShAXSLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI KREDITLAR‎
14901‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
‎Ushbu hisobvaraqda jismoniy shaxslarga kredit berilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlarlarning (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki mohiyati bo‘yicha qayta tasniflangan boshqa kreditlar summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
‎‎
14905‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli muddati o‘tgan kreditlar
‎Ushbu hisobvaraqda jismoniy shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan (qoplanmagan) uzoq muddatli kreditlarning hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 14901 — “Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14909 — “Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan jismoniy shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa mohiyati bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira — 14999 — “Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan va qarzdorlar tomonidan qoplangan summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14909‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
‎Ushbu hisobvaraqda kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 14901 — “Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” va 14905 — “Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash 14999 — “Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan hamda qoplangan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
‎‎
14999‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
‎Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi tomonidan undirib olinmagan, jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (maqomi bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar) bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15000‎ KREDIT UYuShMASI A’ZOLARI — YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI KREDITLAR‎
15001‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
‎Ushbu hisobvaraqda yakka tartibdagi tadbirkorlarga kredit berilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlarning (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki mohiyati bo‘yicha qayta tasniflangan boshqa kreditlar summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15005‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli muddati o‘tgan kreditlar
‎Ushbu hisobvaraqda yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddatida to‘lanmagan (qoplanmagan) uzoq muddatli kreditlarning (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 15001 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hamda 15009 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa mohiyati bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira — 15099 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan va qarzdorlar tomonidan qoplangan summa aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15009‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
‎Ushbu hisobvaraqda kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlarning (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 15001 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hamda 15005 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash — 15099 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan hamda qoplangan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15099‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
‎Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi tomonidan undirib olinmagan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar) bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15100‎ KREDIT UYuShMASI A’ZOLARI — YuRIDIK ShAXSLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI KREDITLAR
‎‎
15101‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
‎Ushbu hisobvaraqda yuridik shaxslarga kredit berilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlarning (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki mohiyati bo‘yicha qayta tasniflangan boshqa kreditlar summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15105‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli muddati o‘tgan kreditlar
‎Ushbu hisobvaraqda yuridik shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan (qoplanmagan) uzoq muddatli kreditlarning (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 15101 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” va 15109 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan yuridik shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida kreditlarning boshqa mohiyati bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira — 15199 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan va qarzdorlar tomonidan qoplangan summa aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15109‎ Kredit uyushmasining a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
‎Ushbu hisobvaraqda kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlarning (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalarning) hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 15101 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” va 15105 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va yuridik shaxslarga berilgan qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash — 15199 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan va qoplangan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15199‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
‎Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi tomonidan undirib olinmagan, yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar) bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15600‎ KREDIT UYuShMASI A’ZOLARIGA BERILGAN LIZING‎
15601‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan lizing‎
15603‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan lizing
‎Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda. Ushbu hisobvaraqlarda lizing bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan summa hisobi olib boriladi.
‎Hisobvaraqning debetida lizing bo‘yicha sof investitsiyalar summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida lizing bo‘yicha asosiy qarzni so‘ndirish summasi va/yoki lizingning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir lizing oluvchi bo‘yicha shartnomalar kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
‎‎
15609‎ Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing
‎Ushbu hisobvaraqda shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing summasi hisobi olib boriladi.
‎Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 15601 — “Kredit uyushmasi a’zolari – yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan lizing” va 15603 — “Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan lizing” hisobvaraqlari�an ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira — 15699 — “Lizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag‘i hisobidan qoplangan lizing summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir lizing oluvchi bo‘yicha shartnomalar kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15699‎ Lizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
‎Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan lizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir lizing oluvchi bo‘yicha shartnomalar kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15700‎ SUD JARAYoNIDAGI KREDITLAR VA LIZING‎
15701‎ Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan sud jarayonidagi kreditlar
15703‎ Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan sud jarayonidagi kreditlar
15705‎ Sud jarayonidagi lizing‎
‎Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
‎Ushbu hisobvaraqlarda kredit uyushmasining sud jarayonidagi kredit va lizing, shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va sud jarayonida bo‘lganligi sababli asosiy kredit va lizing hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan kreditlar va lizing summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida undirib olingan va/yoki 15799 — “Sud jarayonidagi kreditlar va lizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag‘i hisobidan qoplangan kreditlar va lizing summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor va lizing oluvchi bo‘yicha kredit va lizing shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15799‎ Sud jarayonidagi kreditlar va lizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
‎Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, sud jarayonidagi kredit va lizing, shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira hisobi olib boriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflanib ko‘rib chiqilayotgan kreditlar va lizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan tegishli zaxira hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘larning va/yoki zaxiraning o‘sish summalari aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor va lizing oluvchi bo‘yicha kredit va lizing shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15900‎ INVESTITSIYaLAR‎
15901‎ Davlat qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar
‎Ushbu hisobvaraqda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, uning vakolatli tuzilmalari yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chiqarilgan davlat qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalarning qiymati hisobga olinadi.
‎Hisobvaraqning debetida davlat obligatsiyalarining va boshqa xazina majburiyatlarining ularni sotib olishdagi barcha xarajatlari bilan birgalikdagi qiymati, shuningdek, ushbu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskontning amortizatsiya summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida qoplangan yoki sotilgan, davlat obligatsiyalarining va boshqa xazina majburiyatlarining qiymati, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot amortizatsiya summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob obligatsiya turlari va muddatlari hamda boshqa xazina majburiyatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
‎‎
16300‎ OLINIShI LOZIM BO‘LGAN HISOBLANGAN FOIZLAR‎
16303‎ Banklardagi depozitlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
‎Ushbu hisobvaraqda banklarda joylashtirilgan kredit uyushmasining boshqa hisobvaraqlari va depozitlari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarni qaytarish summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir bank bo‘y�cha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
‎‎
16309‎ Kreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
‎Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi a’zolariga berilgan kreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16311‎ Davlat qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
‎Ushbu hisobvaraqda davlat qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek, emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
‎‎
16323‎ Lizing bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
‎Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi a’zolariga berilgan lizing bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir lizing oluvchi bo‘yicha lizing shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16377‎

Olish uchun hisoblangan, biroq shartnoma muddatida to‘lanmagan foizlar

Ushbu hisobvaraqda olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan, lekin shartnoma bo‘yicha muddatida to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan, lekin shartnoma bo‘yicha muddatida to‘lanmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aktiv va qarzdor bo‘yicha shartnomalar kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

16397

Boshqa olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar (vositachilik haqi)
Ushbu hisobvaraqda boshqa olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar (shu jumladan vositachilik haqlari) hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar (vositachilik haqlari) summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) yoki hisobdan chiqarilgan foizlar (vositachilik haqlari), shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarni (vositachilik haqlarini) qaytarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

16500 KREDIT UYuShMASI FAOLIYATIDA FOYDALANILADIGAN ASOSIY VOSITALAR
16501

Yer
Ushbu hisobvaraqda qonun hujjatlariga muvofiq, kredit uyushmalariga foydalanish uchun berilgan yoki foydalanish huquqi bilan sotib olingan yer qiymati hisobi olib boriladi. Yerni sotib olishda qo‘shimcha xarajatlar, ya’ni ko‘chmas mulk bo‘yicha vositachilik haqlari, yuridik xizmat to‘lovlari, sotib olishdagi soliqlar, erni tozalash va tekislash, drenaj qiymatlari ham erning qiymati singari hisobvaraqning debetida aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan erning yer kadastri ma’lumotlariga ko‘ra qiymati aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yer qiymati aks ettiriladi.
‎Tahliliy hisob har bir yer maydoni bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.‎

16505

Tugallanmagan qurilish
Ushbu hisobvaraqda binolarni, inshootlarni qurish, jihozlarni o‘rnatish va boshqa asosiy vositalar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida asosiy vositalarni qayta qurish yoki qayta tiklash, qurilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida nihoyasiga yetkazilgan qurilish yoki qayta qurish aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalar turi (obyektlari) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

16509

Binolar va boshqa qurilishlar
Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining faoliyati va to‘liq ish yuritishi uchun zarur bo‘lgan, unga tegishli binolar, inshootlar va boshqa qurilishlarning (xizmat binolari, ombor, garaj, oshxona, o‘quv markazi, ijtimoiy infratuzilma obyektlarining) qiymati hisobi yuritiladi. Mustaqil iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan alohida turgan har bir bino yoki qurilish inventar obyekti hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida qurilgan bino va boshqa inshootlarning qiymati, qurilishga haqiqatda ketgan xarajatlardan kelib chiqib yoki sotib olingan bino va inshootlar qiymati to‘langan va qaytarilmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni) inobatga olib, shuningdek, bino va inshootlarni ish holatiga keltirish bilan bog‘liq yetkazib berish, montaj, o‘rnatish va ekspluatatsiyaga topshirish bo‘yicha chiqimlar va boshqa chiqimlar qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida (realizatsiya, hisobdan chiqarish, almashtirish, to‘liq eskirish, beg‘araz yordam sifatida berish va boshqalar natijasida) hisobdan chiqarilgan bino va qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bino va inshoot bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
‎‎

16511

Binolar va boshqa qurilishlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)

Ushbu hisobvaraqda bino va boshqa qurilishlarning yig‘ilgan eskirish summasi hisobi yuritiladi. Eskirish qonun hujjatlarida belgilangan eskirish me’yorlari va eskirishni hisoblash qo‘llanmasiga asosan har oy hisoblanadi.

Hisobvaraqning kreditida kredit uyushmasiga tegishli bo‘lgan bino va boshqa qurilishlarning yig‘ilgan eskirish summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan bino va boshqa qurilishlarning yig‘ilgan eskirish summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir bino (inshoot) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16515

Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish
Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi tomonidan uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning (bino, er, transport va boshqalarning) va ijara bo‘yicha foydalanilayotgan ijara mulkini takomillashtirish xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijaraga olingan obyektlarning ijaraga olish huquqi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek, ijaraga olinadigan obyektlarni rekonstruksiyalash va takomillashtirish bilan bog‘liq qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijaraga olingan asosiy vositalarning ijara muddati tugagach yoki ijara huquqi bekor qilingan taqdirda ijaraga beruvchiga qaytarilgan yoki asosiy vositalarning ijara muddati tugagandan keyin kredit uyushmasi tomonidan sotib olingan va sotilgan va/yoki qayta tasniflangan ijaraga olingan mulkni takomillashtirish bilan bog‘liq qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ijaraga olingan obyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

16519

Obyektlarni ijaraga olish va uni takomil�ashtirish bo‘yicha yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi tomonidan ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning (bino, er, transport va boshqalarning) yig‘ilgan eskirish hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida kredit uyushmasi tomonidan ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirish summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida ijaraga beruvchiga qaytarilgan yoki ijara shartnomasi muddati tugagandan keyin kredit uyushmasining asosiy vositalarning tegishli eskirish hisobvarag‘iga o‘tkazilgan asosiy vositalar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir ijaraga olingan obyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16529

Transport vositalari

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi transport vositalarining (avtomashina, yuk mashinalari va boshqa harakatlanuvchi vositalarning) qiymati hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning debetida transport vositalarining ularni sotib olish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek, transport vositalari qiymatining o‘sish bahosi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida transport vositalarining realizatsiya, to‘liq eskirish, tekinga berish va boshqalar natijasida hisobdan chiqarilgan qiymati aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir transport vositasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16531

Transport vositalarining yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi transport vositalarining (avtomashina, yuk mashinalari va boshqa harakatlanuvchi vositalarning) yig‘ilgan eskirish summasi hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida transport vositalarining eskirishini baholash summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida transport vositalarining realizatsiya, to‘liq eskirish, tekinga berish va boshqalar natijasida hisobdan chiqarilgan qiymati aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir transport vositasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16535

Mebel, moslama va jihozlar

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi faoliyati uchun sotib olingan, ofis va boshqa jihozlashlar uchun zarur bo‘lgan mebellar, kompyuterlar, moslamalarning qiymati hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning debetida mebel, moslama va jihozlarni sotib olish, olib kelish, o‘rnatish va foydalanish muddatini uzaytirish maqsadida qilingan yirik ta’mirlash bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek, ular qiymatining o‘sish bahosi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida realizatsiya, almashtirish, to‘liq eskirish, tekinga berish va boshqalar natijasida hisobdan chiqarilgan mebel, moslama va jihozlarning qiymati aks ettiriladi.

Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16539

Mebel, moslama va jihozlarning yig‘ilgan eskirish summasi
(kontr-aktiv)

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi mebellari, kompyuterlari va moslamalarining yig‘ilgan eskirish summasi hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida mebel, moslama va jihozlarning eskirish summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida realizatsiya, almashtirish, to‘liq eskirish, tekinga berish va boshqalar natijasida mebel, moslama va jihozlarning hisobdan chiqarilgan eskirish summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16549

Ijaraga berilgan asosiy vositalar

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining asosiy faoliyatida foydalanilmaydigan, balki qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchiga foydalanishga berilgan asosiy vositalar (yoki ularning qismi) hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning debetida ijaraga berilgan asosiy vositalarning qiymati aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida ijara muddati tugashi yoki ijara shartnomasi bekor qilinishi natijasida qaytarilgan asosiy vositalarning qiymati aks ettiriladi.

Tahliliy hisob ijaraga berilgan har bir asosiy vosita bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16551

Ijaraga berilgan asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasi
(kontr-aktiv)

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining asosiy faoliyatida foydalanilmaydigan, balki qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchiga foydalanishga berilgan asosiy vositalar (yoki ular qismi)ning yig‘ilgan eskirish hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida ijaraga berilgan asosiy vositalarning eskirishini baholash summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida ijara muddati tugashi yoki ijara shartnomasi bekor qilinishi natijasida qaytarilgan asosiy vositalarning qiymati aks ettiriladi.

Tahliliy hisob ijaraga berilgan har bir asosiy vosita bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16561

Ombordagi asosiy vositalar

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi tomonidan sotib olingan va omborda ekspluatatsiyaga kiritilgunga qadar hamda ekspluatatsiyadan chiqarilgandan keyin saqlanadigan asosiy vositalarning qiymati hisobga olinadi.

Hisobvaraqning debetida sotib olingan va omborda saqlanadigan asosiy vositalar deb aks ettiriladigan asosiy vositalarning qiymati hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida ekspluatatsiyaga kiritilgan yoki hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning qiymati hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir asosiy vosita turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16563

Ombordagi asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasi
(kontr-aktiv)

Ushbu hisobvaraqda ombordagi asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish va ularning qadrsizlanishi natijasida yig‘ilgan zararlar summasi hisobga olinadi.

Hisobvaraqning kreditida omborda saqlanadigan asosiy vositalarning eskirish qiymati va qadrsizlanishi natijasida vujudga kelgan zarar hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga beriladigan, sotish va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarishdagi asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasining hisobdan chiqarish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob ombordagi asosiy vositalar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16600 NOMODDIY AKTIVLAR
16601

Nomoddiy aktivlar

Ushbu hisobvaraqda dasturiy ta’minot, mualliflik huquqi va patent kabi nomoddiy aktivlarning qiymati hisobga olinadi.

Hisobvaraqning debetida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek, ekspluatatsiyaga tayyor nomoddiy aktivlarning qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16605

Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)

Ushbu hisobvaraqda nomoddiy aktivlarning yig‘ilish eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida yig‘ilgan zararlar hisobga olinadi.

Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida nomoddiy aktivlarning amortizatsiya summasi, qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16609

O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar

Ushbu hisobvaraqda ekspluatatsiyaga tayyor bo‘lmagan, o‘rnatish va/yoki yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha xarajatlar hisobga olinadi.

Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga tayyor bo‘lmagan nomoddiy aktivlarning o‘rnatish va/yoki yaratish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida ekspluatatsiyaga berilayotgan, sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16617

Gudvill

Ushbu hisobvaraqda xo‘jalik subyektlarining qo‘shilishi yoki qo‘shib olinishi natijasida vujudga keluvchi gudvill hisobga olinadi.

Hisobvaraqning debetida xo‘jalik subyektlarining qo‘shilish yoki qo‘shib olinishi natijasida sotib olingan sof aktivlarining xarid qilish bahosini ularning haqiqiy bahosidan oshiq summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida gudvillning qadrsizlanishi va/yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir xo‘jalik subyekti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16699

O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

Ushbu hisobvaraqda o‘rnatish va/yoki yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar qadrsizlanishi bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasi hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga berilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qadrsizlanishi bo‘yicha zararlarni hisobdan chiqarish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlar va qayta baholash bo‘yicha kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16700 KREDIT UYuShMASINING BOShQA O‘Z XUSUSIY MULKLARI
16701

Kredit va lizing bo‘yicha ko‘chmas mulk garovi hisobidan undirilgan mulk

Ushbu hisobvaraqda ijara huquqini inobatga olgan holda kredit uyushmasining asosiy faoliyatida foydalanilmaydigan ko‘chmas mulk hamda qarzdor tomonidan kredit uyushmasi oldidagi qarzini to‘liq yoki qisman to‘lash, o‘tkazib yuborish yo‘li yoki boshqa usullar bilan olingan ko‘chmas mulk hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning debetida olingan ko‘chmas mulkdan qoplanadigan aktivning to‘liq qiymatidan hamda kelgusi sotish xarajatlariga kamaytirilgan ko‘chmas mulkning bozor qiymatidan eng kami aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida sotish, almashtirish, tekinga berish, hisobdan chiqarish va boshqalar natijasida hisobdan chiqarilgan ko‘chmas mulkning qiymati aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir ko‘chmas mulk bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16703

Kredit va lizing bo‘yicha boshqa mulk garovi hisobidan undirilgan mulk

Ushbu hisobvaraqda ijara huquqini inobatga olgan holda kredit uyushmasining asosiy faoliyatida foydalanilmaydigan boshqa mulk hamda qarzdor tomonidan kredit uyushmasi oldidagi qarzini to‘liq yoki qisman to‘lash, o‘tkazib yuborish yo‘li yoki boshqa usullar bilan olingan boshqa mulk hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning debetida olingan mulkdan qoplanadigan aktivning to‘liq qiymatidan hamda kelgusi sotish xarajatlariga kamaytirilgan mulkning bozor qiymatidan eng kami aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida sotish, almashtirish, tekinga berish, hisobdan chiqarish va boshqalar natijasida hisobdan chiqarilgan boshqa mulkning qiymati aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir boshqa mulk bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16799

Ko‘chmas mulk va boshqa o‘z xususiy mulki bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

Ushbu hisobvaraqda keyinchalik qayta baholash natijasida mulk qiymatining bozor qiymatiga nisbatan tushib ketishi oqibatida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob mulkning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19900

BOShQA AKTIVLAR

19901

Mayda xarajatlar

Ushbu hisobvaraqda o‘rnatilgan tartibda mayda xarajatlar uchun beriladigan hisobdorlik summalari hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning debetida mayda xarajatlar uchun berilgan hisobdorlik summalari aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida foydalanilmagan mablag‘larning qaytarilishi, shuningdek, hisobdorlikdagi summalarning qoplanishi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir hisobdor shaxs bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib bor�ladi.
19902

Bosh ofis va/yoki filiallardan olinadigan mablag‘lar

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmalarining bosh ofisi va filiallari o‘rtasida yoki bir kredit uyushmasi filiallari o‘rtasida bo‘ladigan operatsiyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 29809 — “Bosh ofis va/yoki filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i o‘zaro mos hisobvaraqdir. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.

Hisobvaraqning debetida bosh ofis va/yoki filiallarga berilgan mablag‘lar aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida bosh ofis va/yoki filiallarga to‘langan qarzlar, noto‘g‘ri o‘tkazilish natijasida qaytarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob bosh ofis va/yoki filiallar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
19905

Olingan kreditlar bo‘yicha garovga berilgan mulk va mulkiy huquqlar

Ushbu hisobvaraqda olingan kredit bo‘yicha garovga berilgan mulklar va mulkiy huquqlar hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning debetida olingan kreditlar ta’minotiga kredit uyushmasi tomonidan yo‘naltirilgan mulklar va mulkiy huquqlar qiymati aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida kredit qaytarilmagan vaqtda kreditor tomonidan foydalanilgan summa, shuningdek, kreditlar qaytarishda va shartnoma muddati tugaganidagi mulk summasi aks ettiriladi.
19908

Kredit uyushmasi xodimlari bilan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi xodimlariga xizmat safari xarajatlari uchun avanslar, ortiqcha hisoblangan ish haqi yoki mukofot (badal) tariqasida to‘langan mablag‘, shuningdek, javobgar shaxs tomonidan yetkazilgan zarar hisobga olinadi.

Hisobvaraqning debetida kredit uyushmasi xodimlariga hisoblangan va to‘langan summalar aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida hisoblangan va to‘langan summalarni qoplash aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir kredit uyushmasi xodimi uchun alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19909

Tovar — moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar

Ushbu hisobvaraqda tovar-moddiy qimmatliklar, ya’ni asosiy vositalar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar uchun va boshqa tovar-moddiy qimmatliklar uchun o‘tkaziladigan mablag‘lar hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning debetida tovar-moddiy qimmatliklar uchun o‘tkazilgan mablag‘lar aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida tovar-moddiy qimmatliklar kirim qilinganda summalar to‘lanadi yoki hisobdan chiqariladi.

Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19911

Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobvaraqlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi tomonidan hali undirib olinmagan, olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobvaraqlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi summasi hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir debitor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19913

Aniqlanish jarayonidagi olinishi lozim bo‘lgan boshqa aktivlar

Ushbu hisobvaraqda biror-bir sabablarga (tegishli hujjatlarning mavjud bo‘lmasligi, rekvizitlari noto‘g‘ri ko‘rsatilganda, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan operatsiyalar va shu kabi boshqa hollarda) ko‘ra belgilangan maqsadi bo‘yicha tegishli hisobvaraqlarda hisobga olinishi yoki hisobdan chiqarilishi mumkin bo‘lmagan operatsiyalar hisobga olinadi. Aniqlanish jarayonida hisobvaraqdagi mablag‘lar maqsadi bo‘yicha hisobdan chiqarilishi yoki qaytarilishi talab qilinishi lozim bo‘lgan o‘rnatilgan muddat davomidagina qoldirilishi mumkin.

Hisobvaraqning debetida mablag‘lar kelib tushgan vaqtda tegishli hisobvaraqda hisobga olinishi mumkin bo‘lmagan summa aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida belgilangan maqsadi bo‘yicha hisobdan chiqarilgan yoki kredit uyushmasiga qaytarib yuborilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
19915

Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar

Ushbu hisobvaraqda kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar va boshqa qimmatliklar, shuningdek, kredit uyushmasining binosi va boshqa inshootlarini ta’mirlashi uchun mo‘ljallangan materiallar hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning debetida sotib olingan va omborga kirim qilingan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar qiymati aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va foydalanishga berilgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar qiymati aks ettiriladi.

Tahliliy hisob kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19925

Oldindan to‘langan xarajatlar

Ushbu hisobvaraqda joriy hisobot �avrida qilingan, lekin kelajakdagi hisobot davriga tegishli xarajatlarning (davriy nashrga yillik obuna, sug‘urta summalari, ijara va to‘lovlarni oldindan amalga oshirishning) summalari hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning debetida oldindan to‘langan kelgusi davr hisobotlariga tegishli xarajatlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida xarajatlar amalga oshirilgan davrga tegishli bo‘lgan, kredit uyushmasining joriy xarajatlariga o‘tkazilgan haqiqiy xarajatlarni qoplash summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob xarajatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19929

Boshqa muddati uzaytirilgan xarajatlar

Ushbu hisobvaraqda joriy davrda oldindan to‘langan, lekin kelgusi (1 yildan ortiq) (muddat shartnoma bo‘yicha belgilanadi) davr xarajatlari hisoblanadigan va qabul qilinadigan xarajatlar hisobga olinadi. Bunga ijara bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, nashrla�ga obuna to‘lovlari hamda mulk sug‘urtasi to‘lovlari va h.k. kiradi.

Hisobvaraqning debetida kredit uyushmasining oldindan to‘langan kelgusi davr xarajatlari summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida oldindan to‘langan mablag‘larning xarajatlar hisobvaraqlariga debetlash orqali amortizatsiya qilingan qismining summasi, shuningdek, ularning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob xarajatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19931

Muddati uzaytirilgan daromad solig‘i

Ushbu hisobvaraqda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va hisobot davridagi soliqqa tortiladigan va moliyaviy foyda o‘rtasidagi davriy farqlar, shuningdek, bo‘nak hisobidan to‘langan boshqa soliqlar, yig‘imlar, budjet va budjetdan tashqari fondlarga o‘tkazmalar summasi natijasida yuzaga keladigan muddati uzaytirilgan daromad solig‘ining summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida kelgusi davr hisobiga to‘�angan foydadan soliq, shuningdek, bo‘nak hisobidan to‘langan boshqa soliqlar, yig‘imlar, budjet va budjetdan tashqari fondlarga o‘tkazmalar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida muddati uzaytirilgan xarajatlarning mos summasiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqni kamayishi aks ettiriladi.

Tahli?iy hisob har bir kassir bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19941

Tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi depozitlar

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining tugatilgan yoki tugatilish arafasida bo‘lgan banklardagi (boshqa kredit tashkilotlaridagi) mablag‘lari hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning debetida tugatilgan yoki tugatilish arafasida bo‘lgan banklardagi (boshqa kredit tashkilotlaridagi) depozitlar va boshqa hisobvaraqlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida tugatilgan yoki tugatilish arafasida bo‘lgan banklardagi (boshqa kredit tashkilotlaridagi) mablag‘larni qoplash uchun ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobvarag‘idan kelib tushgan yoki boshqa aktivlar hisobidan qoplangan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir bank yoki kredit tashkiloti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19945

Tugatilgan va tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi depozitlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)

Ushbu hisobvaraqda tugatilgan va tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi (boshqa kredit tashkilotlaridagi) kredit uyushmasining depozitlari va boshqa hisobvaraqlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida zaxiraning bekor qilingan va/yoki kamayish summasi summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir bank yoki kredit tashkiloti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19997

Boshqa aktivlar

Ushbu hisobvaraqda yuqorida keltirilgan toifalarga to‘g‘ri kelmaydigan kredit uyushmasining barcha boshqa aktivlari aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida kredit uyushmasining boshqa aktivlari summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida qaytarish natijasida hisobdan chiqarilgan, sotilgan yoki qayta tasniflangan boshqa aktivlarning summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob aktivlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20000 MAJBURIYATLAR
20400 JAMG‘ARMA DEPOZITLAR
20406

Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozitlari

Ushbu hisobvaraqda jismoniy shaxslarning ma’lum bir maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan shakllangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lari aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lari summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir omonatchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20408

Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarning jamg‘arma depozitlari

Ushbu hisobvaraqda yuridik shaxslarning ma’lum bir maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan shakllangan mablag‘lari hisobi olib boriladi

Hisobvaraqning kreditida yuridik shaxslarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lari aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida yuridik shaxslarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lari summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir omonatchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20418

Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg‘arma depozitlari

Ushbu hisobvaraqda yakka tartibdagi tadbirkorlarning ma’lum bir maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan shakllangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lari aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lari summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir omonatchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20600

MUDDATLI DEPOZITLAR

20606

Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari

Ushbu hisobvaraqda jismoniy shaxslarning qat’iy belgilangan muddatga foizlar hisoblanish sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lari aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir omonatchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20608

Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarning muddatli depozitlari

Ushbu hisobvaraqda yuridik shaxslarning qat’iy o‘rnatilgan muddatga foizlar hisoblanishi bilan shakllangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida yuridik shaxslarning muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida yuridik shaxslarning muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir omonatchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20618

Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozitlari

Ushbu hisobvaraqda yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan muddatga foizlar hisoblanish sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lari aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lari summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir omonatchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21600

TO‘LANIShI LOZIM BO‘LGAN QISQA MUDDATLI KREDITLAR

21606

Banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar

Ushbu hisobvaraqda banklardan olingan sanasidan 12 oygacha bo‘lgan muddatdagi kreditlarning (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan moliyaviy lizing va boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlarning (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan moliyaviy lizing va boshqa operatsiyalarning) summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21696

Boshqalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa qisqa muddatli kreditlar

Ushbu hisobvaraqda boshqa kreditorlardan (banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari) olingan sanasidan 12 oygacha bo‘lgan muddatdagi kr�ditlarning (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan moliyaviy lizing va boshqa operatsiyalarlarning) hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22000

TO‘LANIShI LOZIM BO‘LGAN UZOQ MUDDATLI KREDITLAR

22006

Banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar

Ushbu hisobvaraqda banklardan olingan sanasidan 1 yildan ortiq muddatgacha bo‘lgan kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan moliyaviy lizing va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlar bo‘yicha olib boriladi.
22096

To‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa uzoq muddatli kreditlar

Ushbu hisobvaraqda boshqa kreditorlardan (banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari) olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatgacha bo‘lgan kreditlarning (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan moliyaviy lizing va boshqa operatsiyalarning) hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22100

LIZING BO‘YIChA MAJBURIYATLAR

22102 Banklar oldidagi lizing bo‘yicha majburiyatlar‎
22106 Boshqa lizing beruvchilar oldidagi lizing bo‘yicha majburiyatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.
Ushbu hisobvaraqlarda lizing bo‘yicha banklar va boshqa lizing beruvchilar oldidagi majburiyatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida lizingga berilgan mulkning haqiqiy qiymati bilan minimal lizing to‘lovlarining qaysi birining qiymati kichik bo‘lsa, o‘sha summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida lizing to‘lovlari jadvali bo‘yicha majburiyatlarning kamaygan summasi hisobi yuritiladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha shartnomalarga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22400

TO‘LANIShI LOZIM BO‘LGAN HISOBLANGAN FOIZLAR

22403

Jamg‘arma depozitlari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining jamg‘arma depozitlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir a’zo bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlari bo‘yicha olib boriladi.
22405

Muddatli depozitlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining muddatli depozitlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir a’zo bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlari bo‘yicha olib boriladi.
22408

Lizing bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining lizing bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida lizing to‘lovlari jadvali bo‘yicha hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir lizing beruvchi bo‘yicha shartnomalar kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22410

Kreditlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining kredit majburiyatlari (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan moliyaviy lizing va boshqa operatsiyalar) bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomal�ri bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22496

Boshqa majburiyatlar bo‘yicha hisoblangan foizlar

Ushbu hisobvaraqda yuqorida ko‘rsatilgan turkum tasniflarga mos tushmaydigan majburiyatlar bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi hisobdan chiqariladi.

Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22500

HISOBLA�GAN SOLIQLAR

22502

Daromaddan to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan soliqlar

Ushbu hisobvaraqda hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan daromad soliqlarining (qonun hujjatlariga muvofiq ravishda daromad, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirish soliqlarning) hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida hisoblangan daromad soliqlari summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida to‘langan daromad soliqlari summasi, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan daromad soliqlari summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob soliqlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22504

To‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan boshqa soliqlar

Ushbu hisobvaraqda hisoblangan, lekin hali olinmagan soliqlar (daromad solig‘idan tashqarilar) hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida kredit uyushmasining soliqlar bo‘yicha hisoblangan summalar aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida to‘langan soliqlar summasi, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan soliqlarni qaytarish summalari aks ettiriladi.

Tahliliy hisob soliqlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22506

To‘lash uchun ushlab qolingan soliqlar

Ushbu hisobvaraqda qonun hujjatlariga muvofiq kredit uyushmasining xodimlaridan ushlab qolingan va budjet daromadiga o‘tkaziladigan soliqlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida kredit uyushmasi tomonidan ushlab qolingan soliqlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida budjetga o‘tkazilgan soliqlar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir soliq turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22510

Budjetdan tashqari fondlar bilan hisob-kitoblar

Ushbu hisobvaraqda qonun hujjatlariga muvofiq yagona ijtimoiy to‘lovga, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga, O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasiga va boshqa jamg‘armalarga o‘tkaziladigan mablag‘lar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida yagona ijtimoiy to‘lovga, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va boshqa jamg‘armalarga o‘tkaziladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debet�da yagona ijtimoiy to‘lovga, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va boshqa jamg‘armalarga o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir jamg‘arma va to‘lovlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22800

MUDDATI UZAYTIRILGAN DAROMADLAR

22812

Kelgusi davr foizli daromadlari

Ushbu hisobvaraqda oldindan olingan va ularning amalda ishlab topilganligiga qarab daromadga o‘tkazilgan foizlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida oldindan olingan foizlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida ishlab topilgan foizlar summasi ak� ettiriladi.

Tahliliy hisob daromadlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22896

Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar

Ushbu hisobvaraqda muddati uzaytirilgan boshqa daromadlar (foizli daromaddan tashqari), ijara hamda boshqa foizsiz operatsiyalar bo‘yicha bo‘nak sifatida olingan pul mablag‘lari hisobi yuritilib, ular majburiyat deb tan olinadi va haqiqatda xizmat ko‘rsatilishiga qadar kredit uyushmasining daromadi sifatida aks ettirilishi mumkin emas.

Hisobvaraqning kreditida bo‘nak sifatida olingan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilib kredit uyushmasining daromadiga olingan ishlab topilgan daromad summalar aks ettiriladi.

Tahliliy hisob daromad turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29800

BOShQA MAJBURIYATLAR

29802

Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar

Ushbu hisobvaraqda olingan tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar (elektr, suv, gaz va boshqalar) uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida olingan tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29803

Xodimlar bilan hisob-kitoblardagi to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi xodimlariga ish haqi, pensiya, aliment, bolalar yordam puli, moddiy yordam, band qilingan ish haqi, boshqa mukofotlar yoki badallar berish uchun hisoblangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan mablag‘lar aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida berilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob hisoblar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29805

Ijara bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar

Ushbu hisobvaraqda lizingga (moliyaviy ijaraga) tushmaydigan ijara bo‘yicha hisoblangan majburiyat hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida ijara bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida ijara bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan summaning to‘langan yoki hisobdan chiqarilgan summalari aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir ijara beruvchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29809

Bosh ofis va/yoki filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmalarining bosh ofisi va/yoki filiallari o‘rtasida yoki bir kredit uyushmasi filiallari o‘rtasidagi operatsiyalar hisobi olib boriladi. �shbu hisobvaraq 19902 — “Bosh ofis va/yoki filiallardan olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i uchun o‘zaro bog‘liq hisobvaraq hisoblanadi. Ushbu hisobvaraqlarning aylanma va qoldiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlanma balansda ushbu hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.

Hisobvaraqning kreditida bosh ofis va/yoki filiallarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida bosh ofis va/yoki filiallardan kelib tushgan moliyaviy yordam summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob bosh ofis va/yoki filiallar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29813

Aniqlanish jarayonidagi to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa majburiyatlar

Ushbu hisobvaraqda biror-bir sabablarga ko‘ra (tegishli hujjatlarning mavjud bo‘lmasligi, rekvizitlari noto‘g‘ri ko‘rsatilganda, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan operatsiyalar va shu kabi boshqa hollarda) belgilangan maqsadi bo‘yicha tegishli hisobvaraqlarda hisobga olinishi yoki hisobdan chiqarilishi mumkin bo‘lmagan operatsiyalar hisobga olinadi. Aniqlanish jarayonida hisobvaraqdagi mablag‘lar maqsadi bo‘yicha hisobdan chiqarilishi yoki qaytarilishi lozim bo‘lgan o‘rnatilgan muddat davomidagina qoldirilishi mumkin.

Hisobvaraqning kreditida mablag‘lar kelib tushgan vaqtda tegishli hisobvaraqda hisobga olinishi mumkin bo‘lmagan summa aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida belgilangan maqsadi bo‘yicha hisobga olingan yoki qaytarib yuborilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
29822

To‘lanishi lozim bo‘lgan dividendlar

Ushbu xisobvaraqda kredit uyushmasi tomonidan e’lon qilingan, lekin hali to‘lanmagan dividendlarning hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan dividendlarning summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida kredit uyushmasi tomonidan to‘langan dividendlarning summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob aksiyalar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29896

Boshqa majburiyatlar

Ushbu hisobvaraqda yuqorida ko‘rsatilgan turkum tasniflarga mos tushmaydigan operatsiyalar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida mablag‘lar kelib tushishi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida mablag‘larni hisobdan chiqarish aks ettiriladi.

Tahliliy hisob operatsiyalar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30000

KAPITAL

30300

KREDIT UYuShMASINING USTAV FONDI

30301

Pay badallari

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining ustav fondini tashkil etuvchi kredit uyushmasi a’zolarining pay badallari hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida kredit uyushmasi a’zolaridan olingan pay badallari summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida kredit uyushmasi a’zolari kredit uyushmasidan chiqqan taqdirda pay badalining qaytarilgan summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob barcha a’zolar bo‘yicha alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30900

ZAXIRA KAPITALI

30903

Zaxira fondi

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi Ustaviga muvofiq foyda hisobidan ajratilgan mablag‘lar hisobi yuritiladi. Ushbu zaxiraning maqsadi kredit uyushmasini operatsion zararlar hisobidan kapitalning kamayishini himoyalash.

Hisobvaraqning kreditida yil yakunidagi foydadan zaxira fondiga o‘tkazilgan mablag‘lar aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida kredit uyushmasini tugatishda zaxira fondidan mablag‘larni hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
30905

Tekinga olingan mulklar

Ushbu hisobvaraqda boshqa shaxslardan kredit uyushmasi mulkiga tekinga olingan mulklar qiymati hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida tekinga olingan mulklar qiymati aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida boshqa shaxslarga tekinga (ilgari tekinga olingan) berilgan mulklar natijasida zararni qoplashga yo‘naltirilgan summa, shuningdek, o‘rnatilgan tartibga muvofiq aktivlardan foydalanish me’yoriga qarab, taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘tkazilgan summalar aks ettiriladi.

Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
30907

Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi asosiy vositalarining bozor qiymati o‘sishi natijasida boshlang‘ich qiymatiga nisbatan bo‘lgan qo‘shimcha qiymat hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida kredit uyushmasi asosiy vositalarining boshlang‘ich qiymatiga nisbatan bo‘lgan qo‘shimcha qiymat bahosi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida mol-mulk sotilganda yoki almashtirilganda baholangan qo‘shimcha qiymat, shuningdek, kredit uyushmasi binosi qiymatining boshlang‘ich qiymatiga nisbatan pasayib ketishi, o‘rnatilgan tartibga muvofiq qayta baholangan asosiy vositalardan foydalanishga qarab, taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘tkazilgan summalar hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob har bir asosiy vosita bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
31200

TAQSIMLANMAGAN FOYDA

31203

Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining o‘tgan moliyaviy yillar faoliyati natijasida olgan taqsimlanmagan foydaning (zararning) hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida kredit uyushmasining taqsimlanmagan foydasi summasi, shuningdek, o‘rnatilgan tartibga muvofiq taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘tkazilgan summalar aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida har xil jamg‘armalar uchun ajratmalar, hisoblangan dividendlar, kredit uyushmasining zararlari, shuningdek, kredit uyushmasi a’zolarining qarori bo‘yicha kredit uyushmasining ustav fondiga qayta investitsiya qilingan summalar aks ettiriladi.

Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
31206

Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)

Ushbu hisobvaraqda moliyaviy hisobot yilida kredit uyushmasi moliyaviy faoliyatining natijasida olingan sof foydaning (zararlarning) summasi hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida hisobot yilida kredit uyushmasi tomonidan olingan foyda, 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan zararlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida hisobot yilida kredit uyushmasi tomonidan ko‘rilgan zararlar, 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan foydalar summasi aks ettiriladi.

Tahliliy hisob sof foyda hisobi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
40000

DAROMADLAR

40400

BANKLARDAGI DEPOZITLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR

40401

Banklardagi depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar
Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha foizli daromadlar hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan daromad summasi, shuningdek, banklardan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va olingan foizlarni qaytarish, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga yopiladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.

40600

QIMMATLI QOG‘OZLAR OLDI-SOTDISI HISOBVARAQLARI BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR

40601

Davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizli daromadlar

Ushbu hisobv�raqda davlat qimmatli qog‘ozlari oldi-sotdisi hisobvaraqlari bo‘yicha foizli daromadlar hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan daromad summasi, diskont amortizatsiyasi, shuningdek, davlat qimmatli qog‘ozlari oldi-sotdisi hisobvaraqlari bo‘yicha hisoblangan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan yoki hisoblangan foizlarni qaytarish, mukofotning amortizatsiyasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija — 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga yopiladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
42000 KREDIT UYuShMASI A’ZOLARI — JISMONIY ShAXSLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI KREDITLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR
42001 Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar‎
42005 Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42009 Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42100 KREDIT UYuShMASI A’ZOLARI — YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI KREDITLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR
42101 Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42105 Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42109 Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42200 KREDIT UYuShMASI A’ZOLARI — YuRIDIK ShAXSLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI KREDITLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR
42201 Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42205 Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42209 Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44100 KREDIT UYuShMASI A’ZOLARI — YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI KREDITLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR
44101 Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44105 Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44109 Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44300 KREDIT UYuShMASI A’ZOLARI — JISMONIY ShAXSLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI KREDITLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR
44301 Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44305 Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan uzoq m�ddatli muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44309 Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44400 KREDIT UYuShMASI A’ZOLARI — YuRIDIK ShAXSLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI KREDITLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR
44401 Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44405 Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44409 Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar‎

Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.

Ushbu hisobvaraqlarda kredit uyushmasi a’zolariga berilgan muddatli, muddati o‘tgan va shartlari qayta ko‘rilgan kreditlar (maqomi bo‘yicha kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) bo‘yicha foizli daromadlar hisobi yuritiladi.‎

Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan daromad summasi, shuningdek, kreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv — passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
44800 INVESTITSIYaLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR
44801

Davlat qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining davlat qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan daromad summasi, diskont amortizatsiyasi, shuningdek, investitsiyalar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan yoki hisoblangan foydalarning qaytarilish summasi, mukofotning amortizatsiyasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
44900 BOShQA FOIZLI DAROMADLAR
44901

Boshqa foizli daromadlar

Ushbu hisobvaraqda yuqorida ta’riflangan toifalarga kirmaydigan kredit uyushmasining foizli daromadlari hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan daromad summasi, shuningdek, olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan boshqa foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv — passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45100 LIZING BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR
45103 Kredit uyushmasi a’zolariga berilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar
45109 Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing bo‘yicha foizli daromadlar‎

Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.

Ushbu hisobvaraqlarda kredit uyushmasi a’zolariga berilgan muddatli va shartlari qayta ko‘rib chiqilgan hamda sud jarayonidagi lizinglar bo‘yicha kredit uyushmasining ishlab topilgan foizli daromadlari hisobi olib boriladi.‎

Hisobvaraqning kreditida ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 � “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45200 FOIZSIZ DAROMADLAR
45201

Xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar

Ushbu hisobvaraqda kreditlar berish, rasmiylashtirish va xizmat ko‘rsatish, kredit liniyasining zaxiralangani uchun berilgan kafolatlar va kafilliklar, shuningdek, boshqa operatsiyalar bo‘yicha axborot va konsalting xizmatlari uchun kredit uyushmasi tomonidan olingan vositachilik daromadlari hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida vositachilik va xizmatlardan kelib tushgan daromadlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45600 QIMMATLI QOG‘OZLAR BO‘YIChA TIJORAT OPERATSIYALARIDAN OLINGAN FOYDA
45601 Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan olingan foyda
Ushbu hisobvaraqda davlat qimmatli qog‘ozlari oldi-sotdisi hisobvaraqlariga qilingan investitsiyalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan kredit uyushmasi foydasining hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida investitsiyalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foydalarni summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45800 INVESTITSIYaLARDAN OLINGAN FOYDA VA DIVIDENDLAR
45801

Qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida investitsiyalardan olingan foyda summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45809

Investitsiya qilingan xususiy kapital bo‘yicha olingan dividendlar

Ushbu hisobvaraqda investitsiya qilingan xususiy kapital bo‘yicha h�soblangan dividendlarning hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida investitsiyalardan olingan dividendlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan dividendlarni qaytarish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida kredit uyushmasining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45900 BOShQA FOIZSIZ DAROMADLAR
45901

Mulklarning ijarasidan daromadlar

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining ijaraga bergan mulklari va boshqa xususiy mulklaridan olingan daromadlarining hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida kredit uyushmasining ijaraga berilgan mulklari va boshqa mulklaridan kelib tushgan daromadlari summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarni qaytarish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45909 Mulklarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda
45917

Boshqa xususiy mulk va/yoki aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda

Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lgani uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining mulklarini va boshqa aktiv va/yoki xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilish natijasida olingan foydalarining hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning kreditida kredit uyushmasining mulklarini va boshqa aktiv va/yoki xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilish natijasida kelib tushgan daromadlari summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarni qaytarish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45921

Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining ilgari hisobdan chiqarilgan aktivlarining va tashkil etilgan zaxiralarining qaytarilish summasi hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida kredit uyushmasining ilgari hisobdan chiqarilgan aktivlari bo‘yicha kelib tushgan daromadlari summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarni qaytarish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — ?Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45994

Boshqa foizsiz daromadlar

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlariga mos tushmaydigan foizsiz daromadlari (jarima, penya va boshqalar) hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kreditida yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan, kelib tushgan foizsiz daromadlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarni qaytarish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
50000 XARAJATLAR
50600 JAMG‘ARMA DEPOZITLARI BO‘YIChA FOIZLI XARAJATLAR
50606 Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50608 Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
50618 Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg‘arma depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51100 MUDDATLI DEPOZITLAR BO‘YIChA FOIZLI XARAJATLAR
51106 Kredit uyushmasi a’zolari — jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51108 Kredit uyushmasi a’zolari — yuridik shaxslarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
51118 Kredit uyushmasi a’zolari — yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar

Yuqorida ko‘rsatilgan hisobvaraqlar xususiyatiga ko‘ra bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Ushbu hisobvaraqlarda kredit uyushmasining a’zolari oldidagi o‘z (jamg‘arma, muddatli) depozit majburiyatlari bo‘yicha foizli xarajatlarini hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek, kredit uyushmasining depozit majburiyatlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlari summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
53100 QISQA MUDDATLI KREDITLAR BO‘YIChA FOIZLI XARAJATLAR
53106 Banklardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53195 Boshqa kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54100 UZOQ MUDDATLI KREDITLAR VA LIZING BO‘YIChA FOIZLI XARAJATLAR
54106 Banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54195 Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Ushbu hisobvaraqlarda banklar yoki boshqa kreditorlardan olingan kreditlar (mohi�ti bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar) bo‘yicha kredit uyushmasining foizli xarajatlari hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek, kreditlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
54198 Banklardan olingan lizing bo‘yicha foizli xarajatlar
54199 Boshqa lizing beruvchilardan olingan lizing bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Ushbu hisobvaraqlarda lizing bo‘yicha foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida lizing jadvali bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54900 BOShQA FOIZLI XARAJATLAR
54901

Boshqa foizli xarajatlar

Ushbu hisobvaraqda yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek, boshqa majburiyatlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55100 FOIZSIZ XARAJATLAR
55106

Vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun xarajatlar

Ushbu hisobvaraqda bank yoki boshqa kredit tashkilotlari tomonidan kredit uyushmasiga ko‘rsatiladigan xizmatlari uchun kredit uyushmasining vositachilik xarajatlari hisobi yuritiladi, shu jumladan berilgan kreditlar uchun kredit liniyasini zaxiralashga, axborot va kansalting xizmatlarini olganiga, to‘lovlar o‘tkazilganiga, inkasso operatsiyalarini o‘tkazganiga, kafolatlar va kafilliklar berganiga va boshqa vositachilik xarajatlariga boshqa banklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kredit uyushmasining xarajatlari hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning kredit uyushmasi tomonidan sarf qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55600 TIJORAT OPERATSIYALARIDAN KO‘RILGAN ZARARLAR
55602 Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlardan ko‘rilgan zararlar
55800 INVESTITSIYaLARDAN KO‘RILGAN ZARARLAR
55801 Qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Ushbu hisobvaraqlarda kredit uyushmasining qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarni sotish yoki dispozitsiya qilinishi natijasida ko‘rilgan zararlarining hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida investitsiyalar bo‘yicha ko‘rilgan zararlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri ko‘rilgan zararlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55900 BOShQA FOIZSIZ XARAJATLAR
55902 Mulklarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar
55910 Boshqa mulk va/yoki aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Ushbu kredit uyushmasining xususiy mulklarini va boshqa xususiy mulk va/yoki aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rgan zararlarining hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida xususiy mulklarni va boshqa xususiy mulk va/yoki aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan zararlarning qaytarilish summasi, shuningdek, hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55995

Boshqa foizsiz xarajatlar

Ushbu hisobvaraqda yuqorida tasniflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan foizsiz xarajatlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida yuqorida tasniflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan amalga oshirilgan foizsiz xarajatlar hisobi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan zararlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy nati�a sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56100 XODIMLAR ISh HAQI VA ULAR UChUN QILINGAN BOShQA XARAJATLAR
56102

Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar

Ushbu hisobvaraqda xizmatchilarning mehnati evaziga ish haqi uchun, ish vaqtidan tashqari qilinadigan ishlar uchun, dam olish va bayram kunlaridagi ishlar uchun, mukofot to‘lovlari, xodimlarga berilgan sovg‘alar qiymati kredit uyushmasining ichki qoidalari va qonun hujjatlariga muvofiq ravishdagi boshqa to‘lovlar uchun kredit uyushmasining xarajatlari hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga sarf qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan �arajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56106

Xodimlar uchun imtiyozlar

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining xodimlari uchun berilgan imtiyozlarga qilgan, mukofot pullariga o‘xshash (yil yakuni bo‘yicha mukofotlar, ko‘p yillik xizmati uchun, ish staji uchun qo‘shimcha haq, bayram va yubiley sanalariga beriladigan mukofotlar va boshqalar), kredit uyushmasi xodimlarining o‘qishlari uchun to‘lovlar, shuningdek, ularning stipendiyalari, xodimlarga beriladigan qimmatli sovg‘alar qiymati hamda kredit uyushmasi qoidalari va qonun hujjatlariga muvofiq ravishda jismoniy shaxslardan undirib qolingan to‘lov hisobiga kredit uyushmasi tomonidan to‘lanadigan summalar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida xodimlar imtiyozlari uchun amalga oshirilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56110

Tibbiy, stomatologik xizmatlar va shifoxonada davolash xarajatlari

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi xodimlarga ambulatoriya yoki statsionar meditsina va stomatologiyaga oid ko‘rsatgan xizmati uchun qilgan xarajatlari hamda ular va ularning bolalari uchun sog‘lomlashtirish lagerlariga, sanatoriya-kurort muassasalariga va boshqalarga o‘rnatilgan tartibda to‘liq yoki qisman to‘lanadigan yo‘llanmalar qiymatining hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida tibbiy, stomatologik xizmatlarga va kasalxonaga yotqizishga qilinadigan xarajatlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56114

Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining qonunchiligiga muvofiq ish haqi fondidan nodavlat pensiya fondlar?ga to‘lanadigan ko‘ngilli badallar, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan ajratmalar xarajatlarining hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha o‘tkazilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri yoki ortiqcha to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56118

Ijtimoiy himoya bo‘yicha xarajatlar

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan hollarda mehnat shartnomasini muddatidan oldin tugatish vaqtida beriladigan nafaqa to‘lovlari va kompensatsiya to‘lovlar, shuningdek, qonun hujjatlariga va kredit uyushmasi qoidal�riga muvofiq ravishdagi nafaqa (bolalarga qonun hujjatlarida o‘rnatilgan balog‘at yoshiga yetgunicha beriladigan va boshqalar) to‘lovlari, moddiy yordam pullari va boshqa to‘lovlarini hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida ijtimoiy himoya uchun amalga oshirilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56122

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va boshqa jamg‘armalar uchun badallar

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga, O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalarining Federatsiyasiga va boshqa jamg‘armalarga ajratmalar, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq kredit uyushmasi xodimlarining sog‘liqlarini majburiy va ixtiyoriy sug‘urtalash hamda boshqa badallarning hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga va boshqa jamg‘armalar uchun amalga oshirilgan ajratmalar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56195

Xodimlarga qilingan boshqa xarajatlar

Ushbu hisobvaraqda yuqoridagi tasniflangan hisobvaraqlarga mos tushmaydigan, xodimlarga to‘lanadigan (to‘garaklarga, klublarga, mashg‘ulotlarga, gazeta va jurnallarga obuna bo‘lishga, qonun hujjatlarida o‘rnatilgan me’yordan ortiqcha to‘langan safar va vakolatli xarajatlar summasi va boshqalar) to‘lovlarning hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida yuqorida tasniflangan turkumlarga mos tushmaydigan, amalga oshirilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri �o‘langan qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56200 IJARA VA TA’MINOT XARAJATLARI
56202 Ijara to‘lovi
56206 Suv to‘lovi
56210 Elektr energiyasi va isitish tarmoqlari xarajatlari
56214 Ta’mirlash va ta’minot xarajatlari
56218 Qo‘riqlash xizmati xarajatlari
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Ushbu hisobvaraqlarda kredit uyushmasining ijaraga olingan obyektlarga, shartnoma asosida ishlaydigan kredit uyushmasi xodimlari hisoblanmaydigan xodimlardan tashkil topgan qo‘riqchilarga, shuningdek, qo‘riqlash signalizatsiyasiga, ta’mirlashga va bino, mebellar, transport va boshqa jihozlarni saqlashga, kredit uyushmasining suv, elektr, isitish tarmog‘i va boshqa kommunal xizmatlari uchun bo‘ladigan to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlari hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida ijara va ta’minot uchun hisoblangan va to‘langan xarajatlarini summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56300 XIZMAT S�FARI VA TRANSPORT XARAJATLARI
56302 Xizmat safari xarajatlari
56306 Xizmat safari vaqtidagi kunlik xarajatlar
56310 Kredit uyushmasi mulkini ko‘chirish bilan bog‘liq bo‘lgan (Fraxt) xarajatlar
56314 Yoqilg‘i xarajatlari
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Ushbu hisobvaraqlarda kredit uyushmasi xodimlarning xizmat safari bilan bog‘liq tr�nsport (xizmat safari xarajatlari), mehmonxona xizmati (yashash uchun boshqa xizmatlar) qiymati va limit doirasidagi kunlik xarajatlar; ofislar o‘rtasida jihozlar va boshqa mulklarni ko‘chirish (fraxt) xarajatlari, harakatda bo‘lgan xususiy va ijaradagi vositalar uchun foydalaniladigan yoqilg‘i materiallariga bo‘ladigan xarajatlar, shuningdek, o‘rnatilgan tartibga muvofiq xizmat safari uchun foydalaniladigan xodimlarning shaxsiy avtomobillariga bo‘ladigan xarajatlari hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida xizmat safari va transport uchun amalga oshirilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56400 MA’MURIY XARAJATLAR
56402 Reklama va e’lon xarajatlari
56406 Devonxona, ofis, xo‘jalik va boshqa buyumlar xarajatlari
56410 Pochta, telefon, faks bo‘yicha xarajatlar
56414 Hujjat markalari uchun xarajatlar
56418 Kitob, ro‘znoma va boshqa davriy nashriyotlar bo‘yicha xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.

Ushbu hisobvaraqlarda kredit uyushmasining gazeta, radio, televideniye va boshqa axborot vositalari orqali beradigan reklama va e’lonlarga, blankalarga, devonxona va ofis qurollariga, pochta va hujjat markalariga, telefon va faks, ma’lumotlarni uzatish uchun boshqa aloqa kanallaridan (Reuters, SWIFT, Internet, teleks va boshqalardan) foydalanish xarajatlari, shuningdek, davriy nashrlarga, shu bilan birga elektron bildirgichiga (“PRAVO” tizimi va boshqalarga) qilingan xarajatlar hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida ma’muriy xarajatlarga to‘langan summalar aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56500 REPREZENTATSIYA VA XAYRIYA
56502

Reprezentatsiya va ko‘ngilochar tadbirlar xarajatlari

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining to‘g‘ridan to‘g‘ri mavqeyi (prestiji) va biznesining rivojlanishiga imkon beradigan reprezentatsiya va ko‘ngilochar tadbirlarga qilgan xarajatlari, shuningdek, taqdimot tadbirlari xarajatlari hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida reprezentatsiya, ko‘ngilochar va taqdimot tadbirlari uchun qilingan xarajatlarining summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri qilingan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida kredit uyushmasi moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56506

A’zolik badallari

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi klublar, assotsiatsiya, ijtimoiy va boshqa tashkilotlarning a’zolari bo‘lib hisoblangan hollarda kredit uyushmasining a’zolik badallarni to‘lash uchun qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida a’zolik badallari uchun to‘langan xarajatlarning summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida kredit uyushmasi moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56510

Xayr-ehson va xayriya xarajatlari

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining xayr-ehson qilgan xarajatlari va xayriya jamg‘armalari hamda boshqa notijorat tashkilotlarga omonat qo‘yilgan omonatlari, shuningdek, tabiiy ofatdan ko‘rilgan talafotlarga qilingan xarajatlari hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida xayr-ehson va xayriya uchun qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida kredit uyushmasi moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56600 ESKIRISh XARAJATLARI
56602 Bino va boshqa imoratlarning eskirish xarajatlari
56610 Transport vositalarining eskirish xarajatlari
56614 Mebel va jihozlarning eskirish xarajatlari
56618 Nomoddiy aktivlarning eskirish xarajatlari
56622 Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning eskirish xarajatlari
56626 Obyektlarni ijaraga olish va ularni takomillashtirish huquqi buyicha eskirish xarajatlari

Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Ushbu hisobvaraqlarda kredit uyushmasining asosiy vositalarga va nomoddiy aktivlarga hisoblanadigan eskirish x?rajatlarining hisobi oli? boriladi.

Hisobvaraqning debetida hisoblanadigan eskirish xarajatlari aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan eskirish xarajatlarining qaytarilishi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56700 SUG‘URTA, SOLIQ VA BOShQA XARAJATLAR
56702 Yuridik va auditorlik xizmati xarajatlari
56706 Maslahatchilar (konsaltinglar) xizmati uchun to‘lov xarajatlari

Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Ushbu hisobvaraqlarda kredit uyushmasining shartnoma asosida yuristlar yoki boshqa firmalar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik, auditorlik va maslahatchilik xizmatlari uchun qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida yuridik va maslahatchilik xizmatlari uchun qilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56710 ‎Sug‘urta xarajatlari
‎Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining o‘z mulkini sug‘urta qilishga, yong‘indan sug‘urta qilishga va o‘z faoliyati bilan bog‘liq boshqa sug‘urta turlariga qilgan xarajatlar hisobi olib boriladi.
‎‎Hisobvaraqning debetida sug‘urta uchun qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56714‎ Soliqlar (daromad solig‘idan tashqari)
Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining soliqlarga, yig‘imlarga va qonun hujjatlariga muvofiq, mulkka, yo‘lga, ekologiyaga bo‘ladigan soliqlar kabi majburiy ajratmalar, haqiqiy ishlab topilgan daromaddan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalar va boshqa soliqlarga (daromad solig‘idan tashqari) qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan soliqlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56718‎

Jarima va penya xarajatlari

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining amaldagi qonun hujjatlariga va qoidalarga asosan o‘ziga solingan penya va jarimalar uchun qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida to‘langan jarima va penyalarning summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan jarima va penyalarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56722

Sud jarayoni va aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar

Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining sud jarayoni bilan bog‘liq xarajatlari, shuningdek, kredit uyushmasining xususiylikni o‘z nomiga o‘zlashtirish bo‘yicha xarajatlari hisobi olib boriladi.

Hisobvaraqning debetida sud jarayoni muhokamasi, shuningdek, aktivlarni o‘zlashtirishga to‘langan xarajatlarining summasi aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56795 Boshqa operatsion xarajatlar
‎Ushbu hisobvaraqda yuqorida ta’riflangan turkumlarga mos tushmaydigan xarajatlarni hisobi olib boriladi.
‎Hisobvaraqning debetida yuqorida tasniflangan turkumlarga mos tushmaydigan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobo� yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56800 KO‘RILIShI MUMKIN BO‘LGAN ZARARLARNI BAHOLASh
56802 Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56830 Boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56838 Lizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56895 Boshqa aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning tasniflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Ushbu hisobvaraqlarda kredit uyushmasining belgilangan muddatlarda o‘z aktivlari bo‘yicha qarzdorlar tomonidan qaytarilmagan yoki ularni undirib olish imkoni bo‘lmaganda, shuningdek, aktivlarning bozor qiymati ro‘yxatga olingan holatdagi qiymatiga nisbatan tushib ketishi natijasida ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash summasi, shuningdek, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholashning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholashning kamayishi, noto‘g‘ri hisoblangan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56900 DAROMAD SOLIG‘INI BAHOLASh
56902 Daromad solig‘ini baholash
‎Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi tomonidan olingan daromadlarga hisoblangan soliqlar (daromad solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga solingan soliq, xayriya ishlariga yig‘imlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqalar) bo‘yicha xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida daromad solig‘ining to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan soliqlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida moliyaviy natija sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
90000‎ KO‘ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR HISOBVARAQLARI‎
90900‎ KAFOLAT VA KAFILLIKLAR
90993‎ Kafolat va kafilliklar
‎Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi tomonidan a’zolari foydasiga bergan yoki tasdiqlagan kafolat va kafilliklar summasi hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kafolat va kafilliklar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida foydalanilgan, shuningdek, foydalanilmagan va muddati tugashi bilan belgilangan tartibda bekor qilingan kafolat va kafilliklar summasi aks ettiriladi.
91500‎ AKTIVLAR BO‘YIChA FOIZLAR VA VOSITAChILIK HAQLARI‎
91501‎ Berilgan kreditlar va lizing bo‘yicha hisoblangan foizlar
‎Ushbu hisobvaraqda o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq balans hisobdan chiqarilgan kreditlar va lizing bo‘yicha hisoblangan, lekin olinmagan foizlar, shuningdek, “foiz o‘stirmaslik” maqomiga o‘tkazilgan kreditlar va lizing bo‘yicha hisoblanadigan foizlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida balansdan hisobdan chiqarilgan va/yoki kreditlar hamda lizing bo‘yicha balansdan tashqari hisoblanadigan foizlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida belgilangan muddat tugashi bilan qaytarilgan yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi aks ettiriladi.
91505‎ Boshqa aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari
‎Ushbu hisobvaraqda boshqa aktivlar va vositachilik haqlari bo‘yicha hisobdan chiqarilgan foizlar summasi hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida balansdan hisobdan chiqarilgan va/yoki boshqa aktivlar va vositachilik haqlari bo‘yicha balansdan tashqari hisoblanadigan foizlarning summasi aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida belgilangan muddat tugashi bilan to‘langan yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi aks ettiriladi.
91800‎ KREDIT UYuShMASINING KREDIT VA LIZING MAJBURIYATI
91809‎ Kredit uyushmasining kredit va lizing berish majburiyati
‎Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining kredit va lizing berish majburiyatlari summasi hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida kredit uyushmasining kredit va lizingga berilgan majburiyatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kredit va lizing berishga ijro etilgan yoki bekor qilingan majburiyatlar summasi, shuningdek, qisman to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
91816‎ Kredit uyushmasining kredit va lizing olish majburiyati
‎Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasining bank va boshqa kreditorlar hamda lizing beruvchilardan kredit va lizing olish majburiyatlari summasi hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida kredit uyushmasining kredit va lizing olish majburiyatining berilgan sum?asi aks ettirila?i.
Hisobvaraqning kreditida ijro etilgan yoki bekor qilingan majburiyatlar summasi aks ettiriladi.
93600‎ SAQLANAYOTGAN QIMMATBAHO BUYuMLAR
93609‎ Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar
‎Ushbu hisobvaraqda saqlanayotgan qimmatliklar va hujjatlarning hisobi olib boriladi. Saqlanishga qabul qilingan qimmatliklar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq bo‘lib 96379 — “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” hisoblanadi.
‎Hisobvaraqning debetida shartli ravishda saqlanishga qabul qilingan qimmatbaho buyumlar va boshqa hujjatlarning qiymati aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida egalariga qaytarilgan yoki o‘rnatilgan tartibga muvofiq ravishda ushbu hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan qimmatbaho buyumlar va boshqa hujjatlarning qiymati aks ettiriladi.
94500‎ GAROV SIFATIDAGI QIMMATLI QOG‘OZLAR, MULKLAR VA MULKIY HUQUQLAR (TALABLAR)‎
94501‎ Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar‎
94502‎ Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquqlar (talablar)
‎Ushbu hisobvaraqda mulk, mulkiy huquqlar (talablar) garov sifatida kreditlar va/yoki lizinglar va boshqa berilgan kreditlar hisobi yuritiladi.
‎Garov kafolati sifatidagi mulk, mulkiy huquqlar (talablar) hisobvaraqqa garov bo‘yicha shartnoma tuzilgan vaqtdagi baholash qiymati bo‘yicha kirim qilinadi.
Hisobvaraqning debetida garov kafolati sifatida qabul qilingan mulklar, mulkiy huquqlar (talablar) qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida garovga olingan yoki kredit va/yoki lizing va foizlar so‘ndirilganidan so‘ng qaytariladigan foydalanilgan mulklar va mulkiy huquqlar (talablar) summasi aks ettiriladi.
94503‎ Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar
‎Ushbu hisobvaraqda berilgan kreditlar va/yoki lizinglar ta’minotiga qabul qilingan kafolatlar va kafilliklar, shuningdek, sug‘urta polislari summasi hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar va/yoki lizinglar ta’minotiga qabul qilingan kafolatlar va kafilliklar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kredit va/yoki lizing qaytarilmagan holatdagi ta’minotning ishlatilgan summasi, shuningdek, kredit qaytarilgandan keyin va kredit shartnomalari yopilgandan so‘ng kafolatlar va kafilliklar muddati o‘tishi bilan o‘rnatilgan tartibda ishlatilmagan summa aks ettiriladi.
95400‎ BOShQA KO‘ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR HISOBVARAQLARI‎
95407‎ Qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar
‎Ushbu hisobvaraqda kredit uyushmasi tomonidan qisqa �uddatli (bir yilgacha) ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar hisobi yuritiladi.
‎Hisobvaraqning debetida qisqa muddatli (bir yilgacha) ijara shartnomasida belgilangan bahoda olingan asosiy vositalar qiymati aks ettiriladi.
‎Hisobvaraqning kreditida qisqa muddatli (bir yilgacha) ijara shartnomasi amal qilish muddatining tugashi bilan qaytariladigan asosiy vositalar qiymati aks ettiriladi.
‎‎
95413‎ Hisobdan chiqarilgan kreditlar va lizing
‎Ushbu hisobvaraqda mavjud qoidalarga muvofiq balans hisobidan chiqarilgan kredit uyushmasining kreditlari va/yoki lizing (kredit va/yoki lizingning qaytarilmagan qismi) hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan kredit va lizing summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tiklangan yoki qaytarilgan kreditlar va/yoki lizing summasi, shuningdek, belgilangan muddati tugashi bilan bekor qilingan kreditlar va/yoki lizing summasi aks ettiriladi.
95497‎

Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari

Ushbu hisobvaraqda yuqorida keltirilgan tasnifga kirmaydigan operatsiyalar hisobi yuritiladi.

Hisobvaraqning debetida kirim qilingan mablag‘lar, hujjatlar yoki qimmatliklar qiymati aks ettiriladi.

Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan mablag‘lar, hujjatlar yoki boshqa qimmatliklar summasi aks ettiriladi.
96300‎ KO‘ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR KONTR-HISOBVARAQLARI‎
96335‎ Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari kontr-hisobvarag‘i‎
96337‎ Kafolat va kafilliklar bo‘yicha kontr-hisobvaraq‎
96351‎ Kredit uyushmasining kredit va lizing berish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq‎
96358‎ Kredit uyushmasining kredit va lizing olish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq‎
96379‎ Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq‎
96381‎ Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquqlar (talablar) bo‘yicha kontr-hisobvaraq‎
96397‎ Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 17-son, 216-modda)