19.06.2008 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN BELARUS RESPUBLIKASI HUKUMATI OʻRTASIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim

JINOYATChILIKKA QARShI KURASh SOHASIDA HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Belarus Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha shakldagi jinoyatchilik davlat, jamiyat va shaxs xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi, hayotning barcha sohalarida namoyon boʻlishi hamda jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, axloqiy, madaniy va maʼnaviy asoslariga putur yetkazishini eʼtirof etgan holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyatchilik rivojlanishining koʻlamlari va yoʻnalishlaridan jiddiy tashvishga tushganini ifoda etib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar noqonuniy aylanishi hamda terrorizm va uyushgan jinoyatchilik oʻrtasida aloqalarning kuchayib borishi holatini qayd etib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar davlatlari va Birlashgan Millatlar Tashkilotining jinoyatchilik, xususan uning uyushgan shakllariga qarshi kurash sohasida xalqaro shartnomalariga amal qilgan holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida xalqaro hamkorlikka katta eʼtibor qaratgan holda va insonning umumeʼtirof etilgan huquqlari va erkinliklariga tegishlicha rioya etish bilan ushbu sohada imkon qadar kengroq va samaraliroq hamkorlik qilish istagini bildirib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teng huquqlilik va oʻzaro manfaatdorlik tamoyillariga asosan, shuningdek, milliy qonunchilik hamda Tomonlar davlatlari ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan Tomonlar davlatlarining xalqaro majburiyatlariga muvofiq faoliyat olib borgan holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Hamkorlik sohalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tomonlar jinoyatchilikning oldini olish, aniqlash, bartaraf etish va fosh etishda hamkorlik qiladilar, xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning hayoti, sogʻligʻi, ozodligi va qadr-qimmatiga, shuningdek, mulkka qarshi jinoyatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terroristik aktlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy ishlab chiqarilishi hamda aylanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurol-yaroq, shu jumladan, biologik, kimyoviy va radiologik qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar, yadro va radioaktiv ashyolar, shuningdek, zaharlovchi moddalarning noqonuniy aylanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot, shu jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, shuningdek qalbaki pul belgilari, moliyaviy hujjatlar, qimmatli qogʻozlar, naqd pulsiz toʻlovlar vositalarini tayyorlash va sotish sohasidagi jinoyatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontrabanda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noqonuniy migratsiya, odam oʻgʻirlash, odam savdosi, shuningdek, transplantatsiya uchun odam aʼzolari va toʻqimalari savdosi bilan bogʻliq jinoiy faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy va tarixiy boyliklarga aloqador buyumlar, sanʼat asarlari, qimmatbaho toshlar va metallar, intellektual mulk, shuningdek, boshqa boyliklarning noqonuniy aylanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologiya sohasidagi jinoyatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot texnologiyalari, shu jumladan, kompyuter-axboroti sohasidagi jinoyatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanish xavfsizligiga va transportdan foydalanishga qarshi jinoyatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarini talon-toroj qilish va noqonuniy aylanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tomonlar shuningdek, quyidagi sohalarda hamkorlik qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni oʻqitish, maxsus tayyorlash va malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va axborot tizimlari, aloqa vositalari na maxsus texnikani rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida oʻzaro manfaatdor boshqa sohalar, shu jumladan, bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish, oʻgʻirlangan yoki yoʻqotilgan buyumlarni qidirish hamda murdalar shaxsini aniqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitim tutib topshirish va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish masalalariga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Hamkorlik shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar hamkorlikni quyidagi asosiy shakllarda amalga oshiradilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transmilliy jinoyatchilikning har qanday shakllari, xususan, terrorizm, uyushgan jinoyatchilik, narkotik moddalar, psixotrop moddalar, prekursorlar, qurol-yaroqlar, oʻq-dorilar va portlovchi moddalar, radioaktiv materiallarning noqonuniy ishlab chiqarilishi hamda aylanishi, migratsiya bilan bogʻliq jinoiy faoliyatning oldini olish va bartaraf etish maqsadida axborot almashinish, shu jumladan, transmilliy jinoyatchilikka jalb etilgan shaxslar va jinoiy tashkilotlar haqidagi axborot bilan almashinish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy tashkilotlarga qarshi muvofiqlashtirilgan harakatlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy taʼqibdan yashirinib yurgan yoki jinoiy jazodan boʻyin tovlagan shaxslar, shuningdek, bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyatlarning yangi turlari, ularning oldini olish, bartaraf etish, aniqlash va fosh etishning usullari va shakllariga daxldor axborot bilan almashinish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot sohasidagi, shu jumladan, noqonuniy xalqaro moliyaviy va eksport operatsiyalari, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, qalbaki pul belgilari, moliyaviy hujjatlar, qimmatli qogʻozlar, naqd pulsiz toʻlovlar vositalarini tayyorlash va sotish sohasidagi jinoyatlarni aniqlashga yordam berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy va texnikaviy usullar hamda kriminologik va kriminalistik tadqiqot vositalaridan foydalanish tajribasi bilan almashinish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontrabanda, ayniqsa narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning yashirin olib oʻtilishining oldini olish maqsadida chegara hamda bojxona nazoratini mustahkamlash boʻyicha zaruriy huquqiy, maʼmuriy va muhofaza choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish, yashirish va tarqatish usullari, noqonuniy muomalada paydo boʻlgan ularning yangi turlari, tayyorlash texnologiyalari, bunda qoʻllaniladigan moddalar, shuningdek, narkotik moddalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni tahlil qilish va aniqlashda qoʻllaniladigan tadqiqotlarning yangi usullari haqidagi axborot bilan almashinish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qalbaki hujjatlarni aniqlash va jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarning noqonuniy tarzda kirib kelishini hamda migratsiya bilan bogʻliq jinoyatlarni oldini olish maqsadida chegara nazorati va nazorat qiluvchi vakolatli organlarning moddiy-texnika taʼminoti sohasida axborot almashinish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliy tajriba bilan almashinish, shu jumladan, maslahatlar, seminarlar va oʻquv kurslarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika maʼlumotlari, milliy qonunchilik hujjatlari, risolalar va nashrlar, shuningdek, ushbu Bitimga daxldor sohalardagi ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan almashinish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy manfaatni ifodalovchi shoshilinch masalalarni koʻrib chiqish zarur boʻlgan holatlarda ekspertlar yigʻilishlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamga va spetsifik farqlovchi belgilariga ega oʻgʻirlangan buyumlar, jumladan, madaniy va tarixiy boyliklar, transport vositalari va oʻqotar qurollar, shuningdek, raqamli qimmatli qogʻozlar va pasportlarni (shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar) milliy qonunchilikka muvofiq qidirish va qaytarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Nazorat ostida yetkazib berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tomonlar milliy qonunchilik va Tomonlar davlatlarining xalqaro majburiyatlariga muvofiq narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni noqonuniy aylanmasida ishtirokchi shaxslarni aniqlash va jinoiy taʼqib qilish maqsadida, shunday vosita va moddalarni nazorat ostida yetkazib berish uchun zarur sharoitlar bilan taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tomonlar noqonuniy aylanmada boʻlgan boshqa buyumlarga nisbatan nazorat ostida yetkazib berish usullarini qoʻllash imkoniyatini koʻrib chiqadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Hamkorlikni amalga oshiruvchi organlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tomonlar jinoyatchilikka qarshi kurashda oʻz davlatlarining qonunchiligi va xalqaro majburiyatlariga rioya etgan holda ushbu Bitim; qoidalariga muvofiq oʻz vakolatli organlari orqali hamkorlik qiladilar. Ushbu Bitim qoidalarini amalga oshirish maqsadida quyidagilar Tomonlarning vakolatli organlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi;

Milliy xavfsizlik xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qoʻmitasi;

Bosh prokuratura.

Belarus Respublikasi uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xavfsizlik qoʻmitasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qoʻmitasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat chegara qoʻmitasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat nazorati qoʻmitasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitim kuchga kirgandan soʻng bir oy muddatda Tomonlar oʻz vakolatli organlari manzillari va boshqa zarur maʼlumotlar bilan almashinadilar hamda ushbu Bitimni amalga oshirish maqsadida Tomonlar oʻz vakolatli organlarining har qanday oʻzgarishlari haqida bir-birlarini xabardor qilishlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tomonlarning vakolatli organlari bir-birlari bilan aloqani bevosita amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Yordam koʻrsatish haqida soʻrov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim doirasidagi hamkorlik manfaatdor Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari tomonidan yuboriladigan yordam koʻrsatish haqidagi soʻrovlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar axborot Tomonlarning birini qiziqtirishi mumkinligi haqida asos boʻlgan taqdirda, axborot boshqa Tomonga soʻrovsiz taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yordam koʻrsatish haqidagi soʻrov yozma shaklda yuboriladi. Shoshilinch holatlarda soʻrov ogʻzaki tarzda yuborilishi mumkin, biroq bu uch sutka ichida matnni yuborish texnik vositalaridan foydalanilgan holda yozma tarzda tasdiqlanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordam koʻrsatish haqidagi soʻrov haqiqiyligi yoki mazmunida shubha yuzaga kelgan taqdirda, ushbu soʻrovni tasdiqlash haqida iltimosnoma yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yordam koʻrsatish haqidagi soʻrov quyidagilardan iborat boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yordam koʻrsatishni soʻrayotgan vakolatli organ nomi va soʻrov yuborilayotgan organ nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ish mohiyati bayoni yoki javob olish zarur boʻlgan savollar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) maqsadni koʻrsatish va soʻrov asosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) soʻralayotgan yordam mazmuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shu bilan birga, soʻrov quyidagilardan iborat boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishga daxldor shaxslar ismi, otasining ismi, familiyasi, laqabi, alohida belgilari, fuqaroligi, ularning tugʻilgan joyi va sanasi, kasb turi, yashash joyi va turar joyi haqida maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ishga daxldor yuridik shaxslar nomi va manzili haqida maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sodir etilgan qilmishlar yoki voqealar bayoni, jinoiy ishlar boʻyicha soʻrov yuborayotgan Tomon davlati qonunchiligiga muvofiq qilmishning tavsifi va qoʻllanilayotgan qonun matni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) soʻrovni bajarishda amal qilish maqbul boʻlgan oʻziga xos tartib bayoni hamda bunday tartibga rioya etish haqida iltimosnomani asoslash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) soʻrovning tegishlicha ijro etilishiga yordam beradigan istalgan boshqa axborot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yozma shaklda beriladigan yoki tasdiqlanadigan yordam koʻrsatish haqidagi soʻrov, soʻrov yuborayotgan vakolatli organ rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi hamda gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Har bir Tomon, agar soʻrovni bajarish uning davlati mustaqilligi, xavfsizligi, jamoat tartibi yoki mavjud manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan taqdirda yoki soʻrov yuborilishiga sabab boʻlgan harakat soʻralayotgan Tomon davlati qonunchiligiga koʻra jinoyat hisoblanmagan taqdirda yordam koʻrsatish haqidagi soʻrovni bajarishdan toʻliq yoki qisman voz kechishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordam koʻrsatish haqidagi soʻrovni bajarishdan voz kechish haqida qaror qabul qilingan taqdirda soʻrayotgan Tomon bu haqida kechiktirilmasdan sabablarini koʻrsatgan holda yozma tarzda xabardor etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agar yordam koʻrsatish haqidagi soʻrov soʻrovni olgan organning vakolatlari doirasiga kirmasa, ushbu organ uni soʻralayotgan Tomon davlatining tegishli vakolatli organiga yuboradi hamda bu haqida soʻrov yuborayotgan Tomonni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Soʻralayotgan Tomon davlati vakolatli organi soʻrayotgan Tomon davlati vakolatli organining iltimosiga koʻra soʻrov va uning mazmuni maxfiyligini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻralayotgan Tomon davlati vakolatli organi soʻrovni, uning maxfiyligini saqlagan holda ijro etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda bu haqida soʻrayotgan Tomon davlati vakolatli organiga xabar beradi, u esa soʻrovni bunday shartlarda bajarish imkoniyatlarini hal etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Foydalanishi cheklangan axborotni berish va ishlatish Tomonlar davlati qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tomonlar davlatlari vakolatli organlari yordam koʻrsatish haqidagi soʻrovning tezkor va toʻliq bajarilishini taʼminlash uchun barcha tegishli choralarni koʻradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Til
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim doirasida hamkorlikni taʼminlash maqsadida Tomonlar davlatlari vakolatli organlari rus tilidan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Xarajatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Tomon ushbu Bitimni bajarish davomida yuzaga kelayotgan xarajatlarni, agar har bir muayyan holatda oʻzgacha qaror qabul qilinmasa, mustaqil zimmasiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Ushbu Bitim bajarilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim bajarilishi Tomonlar davlatlarining qonunchiligi va xalqaro majburiyatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitimni ijro etish maqsadida idoralararo xalqaro bitimlar tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitim Tomonlarning boshqa xalqaro majburiyatlarini ijro etishlariga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Bitimga muvofiq olingan axborot va hujjatlar taqdim etgan Tomon iltimosiga koʻra maxfiy saqlanadi hamda oʻsha Tomon belgilagan maqsadlarda ishlatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim doirasida olingan hujjatlar va axborot uni taqdim etgan Tomonning oldindan yozma roziligisiz uchinchi tomonga taqdim etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Bitim qoidalarini talqin etish va qoʻllashda yuzaga keladigan bahsli masalalar Tomonlar davlatlarining manfaatdor vakolatli organlari tomonidan xalqaro huquq qoidalariga muvofiq maslahatlashuvlar yoki muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra, ushbu Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin, ular ushbu Bitimning tarkibiy qismi hisoblangan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bayonnomalar ushbu Bitimning 10-moddasiga muvofiq kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim uni kuchga kirishi uchun zarur davlat ichki protseduralari bajarganligi toʻgʻrisida har bir Tomonning diplomatik kanallar orqali oxirgi yozma xabarnomasi olingan sanadan eʼtiboran oʻttizinchi kunda kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitim besh yil muddatga tuziladi. Agar Tomonlardan biri diplomatik kanallar orqali Bitimni bekor qilish niyati haqida joriy davri tugaguniga qadar kamida olti oy oldin yozma shaklda xabarnoma yubormasa, uning amal qilishi keyingi besh yillik muddatga oʻz-oʻzidan uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minsk shahrida 2008-yil 19-iyunda ikki asl nusxada, oʻzbek va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitim qoidalarini qoʻllashda va talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelganda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2008-y., 3-4-son)