Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BANKROT BOʻLGAN “OʻZBEKQIShLOQMASh” OAJ KORXONASI NOMENKLATURASI QIShLOQ XOʻJALIGI TEXNIKASI IShLAB ChIQARIShINI SAQLAB QOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 4-apreldagi 830-son qarorini bajarish yuzasidan hamda qishloq xoʻjaligini ilgari “Oʻzbekqishloqmash” OAJ tomonidan ishlab chiqarilgan texnika bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining qishloq xoʻjaligi texnikasi va unga butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun tugatilayotgan “Oʻzbekqishloqmash” OAJdan “Agregat zavodi” OAJga:
tugatish qiymati boʻyicha — ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha ishlab chiqarish asbob-uskunalarini “Agregat zavodi” OAJning ustav fondidagi davlat ulushini koʻpaytirish hisobiga;
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
tekin asosda — konstruktorlik va texnologik hujjatlarni, shuningdek texnologik jihozlarni berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi koʻrsatib oʻtilgan ishlab chiqarish asbob-uskunalari, konstruktorlik va texnologik hujjatlar, shuningdek texnologik jihozlar “Agregat zavodi” OAJga berilishini taʼminlasin.
3. Belgilansinki:
ishlab chiqarish asbob-uskunalarini qayta joylashtirish, montaj qilish, ishga tushirish-sozlash ishlari va ishlab chiqarish quvvatlarini qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarishga tayyorlash “Agregat zavodi” OAJning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
“Agregat zavodi” OAJ 2009-yildan boshlab “Oʻzbekqishloqmash” OAJning qishloq xoʻjaligi texnikasi nomenklaturasi ishlab chiqarilishini va bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi bilan birgalikda investorlarning investitsiya majburiyatlarini va ularni bajarish jadvallarini aniq aks ettirgan holda “Oʻzbekqishloqmash” OAJning koʻchmas mol-mulkini sotishga shartnomalar tuzishda “Oʻzbekqishloqmash” OAJning tugatuvchi boshqaruvchisiga koʻmaklashsin;
investorlar qabul qilgan investitsiya majburiyatlari ular tomonidan bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 2-aprel
95-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 164-modda)