Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.2023 31.03.2009 yildagi 90-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“QIShLOQ QURILISh BANK” AKSIYADORLIK TIJORAT BANKINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh VA MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 657-sonli ““Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki tashkil etilganligi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1083-son qarorini bajarish yuzasidan va uning samarali faoliyati tashkil etilishini ta’minlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi 893-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank xizmati ko‘rsatish sifatini oshirishga hamda uy-joy-kommunal va ijtimoiy sohalarda, qishloq aholi punktlarini obodonlashtirish borasidagi ehtiyojlarni amalga oshirishda aholi va yuridik shaxslarga kredit berishni kengaytirishga, qishloqda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurishga, shuningdek qishloq tadbirkorlariga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlari ko‘rsatishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli bank siyosatini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi, zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqaradigan, yig‘ma, kompozitsion va mayda blokli konstruksiyalardan foydalangan holda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloqda obyektlar qurishning industrial va yig‘ma texnologiyalarini joriy etadigan barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarga, shu jumladan “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati va “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga kredit berish va kompleks tarzda bank xizmatlari ko‘rsatish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-dekabrdagi 412-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 602-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloqni obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga kredit berish va moliyalashtirishning maqbul mexanizmini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankda zamonaviy korporativ boshqaruvni shakllantirish va bank ijro etuvchi organining samarali faoliyatini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning maqbul darajada kapitallashuvini, likvidligini unga yuklangan vazifalarning bajarilishi va majburiyatlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun yetarli darajada saqlab turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
universal tijorat banki sifatida bank tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga kompleks xizmatlar ko‘rsatilishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq joylarda faoliyat ko‘rsatayotgan bank-moliya infratuzilmasini faollashtirish va kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki kengashi va boshqaruvi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda bank ustavini ishlab chiqsin va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida tasdiqlasin, shuningdek bankni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarning zarur paketini tayyorlasin va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankka yuklangan vazifalarni samarali bajarish zarurligidan kelib chiqqan holda bank hamda uning filiallari tuzilmasini va shtatlar jadvalini o‘n kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning markaziy apparati va uning filiallarini banklarning bo‘linmalarida hamda qishloqda ishlab chiqarish va infratuzilmaning namunaviy loyihalari bo‘yicha uy-joy qurish bilan bog‘liq loyihalarga kredit berish sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, “Qishloqqurilishloyiha” loyiha-qidiruv instituti mas’uliyati cheklangan jamiyat bilan birgalikda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurishga kredit berish tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “G‘alla-bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyalari chiqarilishini “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankiga qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni va yangidan chiqariladigan aksiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni yig‘imlar undirmasdan amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston banklar uyushmasi va Bank-moliya akademiyasi 2009-2010-yillar mobaynida “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki mutaxassislari uchun, o‘qitish haqini undirmagan holda, qishloqda yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga kredit berish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston banklar uyushmasi, “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurishga imtiyozli kreditlar olish tartibi, kredit olish uchun hujjatlar tayyorlash bo‘yicha qishloq joylarda doimiy asosda seminarlar va o‘quv kurslari o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankiga Milliy teleradiokompaniya, Matbuot va axborot agentligi, Markaziy bank va O‘zbekiston banklar uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublika ommaviy-axborot vositalari tomonidan to‘lov undirilmasdan reklama materiallari e’lon qilinishini nazarda tutadigan 2009-2010-yillarda bank faoliyati va uning tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ommaviy-axborot vositalarida keng yoritilishi bo‘yicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Respublika tijorat banklarining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki balansiga bepul beriladigan 2-ilovaga muvofiq filiallar ro‘yxati to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Moliya vazirligi “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining Toshkent shahar, Shahrisabz ko‘chasi, 36-uyda joylashgan ma’muriy binosining bir qismi tutash hudud bilan birgalikda “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankiga bepul berilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 31-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi 893-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-martdagi 90-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika tijorat banklarining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki balansiga bepul beriladigan filiallari ro‘yxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎

Tijorat banklari filiallari nomi‎

Manzil‎

‎‎BUXORO VILOYATI

1.‎ “O‘zsanoatqurilishbank”ning Kogon filiali‎ 200700, Buxoro viloyati, Kogon shahri, Do‘stlik ko‘chasi, 4-uy‎

‎‎SAMARQAND VILOYATI

2.‎ “O‘zsanoatqurilishbank”ning Kattaqo‘rg‘on filiali‎ 140800, Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahri, Amir Temur ko‘chasi, 6-uy‎

‎‎SURXONDARYo VILOYATI

3.‎ “O‘zmilliybank”ning Sariosiyo filiali‎ 133606, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 18-uy‎
4.‎ “O‘zmilliybank”ning Jarqo‘rg‘on filiali‎ 133300, Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 1-uy‎

‎‎SIRDARYo VILOYATI

5.‎ “O‘zmilliybank”ning Yangiyer filiali‎ 108706, Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahri, Sh.Rashidov ko‘chasi, 17-uy‎

‎‎TOShKENT VILOYATI

6.‎ “O‘zsanoatqurilishbank”ning Yangiyo‘l filiali‎ 112000, Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahri, Oxunboboyev ko‘chasi, 28-uy‎
7.‎ “O‘zsanoatqurilishbank”ning G‘azalkent filiali‎ 110700, Toshkent viloyati, G‘azalkent shahri, Beruniy ko‘chasi, 24-uy‎

‎‎FARG‘ONA VILOYATI ‎

8.‎ “O‘zsanoatqurilishbank”ning Marg‘ilon filiali‎ 151100, Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri, Marg‘iloniy ko‘chasi, 173-uy‎

‎‎XORAZM VILOYATI

9.‎ “O‘zsanoatqurilishbank”ning Xiva filiali‎ 220900, Xorazm viloyati, Xiva shahri, Feruz ko‘chasi, 87-uy‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 14-son, 159-modda; 2016-y., 52-son, 602-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)